ru
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Открыть в Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Больше
1 068
Подписчики
-124 часа
+27 дней
+11630 день
Архив постов
Ishxona ish safariga chiqadiganlar uchun rag’banlantirish maqsadida oyoq kiyim olib berdi. Bu kabi, rag’bat yilning har chora
Ishxona ish safariga chiqadiganlar uchun rag’banlantirish maqsadida oyoq kiyim olib berdi. Bu kabi, rag’bat yilning har choragida qilish kelishib olindi. Shunchaki nima kerakligini aytsangiz bas:) Rag’bat va bonus: Pul + esda qolarlik buyum.

Sumalak yeganlar bormi? Bu yil sumalaksiz o’tadimi deyman:(

Oxirgi yillar, turli xil jamiyat va community larga qo’shilish taklifini berishmoqda. Avvalari bunga juda ijobiy yondashib, qatnashib ko’rish fikrida yurar edim. Ammo oxirgi paytlar, taklifni qabul qilayotib, birinchi biroz kuzatib chiqishimni bildiraman. Shaxsiy qarashlar va prinsiplarga mos tushsagina qo’shilishga rozi bo’laman. Sababi, men guruhga qo’shilishim bilan mendagi vaqt va energiyani ham ulashishimga tog’ri keladi. Bu qanchalar foydali ekanligi esa keyinroq bilinadi. Shu sabab kuzatib bo’lgach xulosaga kelish menga mosdek tuyilayabdi. Albatta, men o’zim tashabbus berib qo’shilgan guruhlar bundan mustasno. (Misol uchun: “Massonlar guruhimiz”)

Coupang kartam men safardalik paytim ishxonamga yuborilgan edi. Yaxshi ham rouming bor ekan. Telefon kelganda ishxonaga tashl
Coupang kartam men safardalik paytim ishxonamga yuborilgan edi. Yaxshi ham rouming bor ekan. Telefon kelganda ishxonaga tashlab ketishligi mumkinligini aytgandim. Ammo shaxsiy ma’lumotlar saqlanishi kerakligini aytib, yaqindagi KB bankiga tashlab ketishligi mumkinligini aytishdi. Men esa rozi bo’lib, KB bank manzilini aytdim. Koreyaga qaytib, kuni kecha kartamni qo’limga oldim. Limit ham oshirilgan, ishlatishga juda qulay. Ayniqsa siz Coupang ilovasi orqali mahsulotlar harid qilib tursangiz, 4% gacha cashback beradi. Qanday ochtirishni esa, ilova orqali qidirib ko’ring. Limit, sizning statusingizdan kelib chiqib, belgilanadi. @Elyorbilan

Tor doiradagi korrupsiya va tanish bilishchilik haqida O’zbekistonda bir mahsulotning 2.1 mln USD lik bozori mavjud. Har yili 90% tender orqali Hukumat tomonidan qoplanadi. Bir Koreys tanishim, biz ham kirib borsak hech bo’lmasa 30% ni egallasak ham 700K USD qila olarkanmiz deya reja tuza ketdi. Men esa miyig’ida kulib qo’ydim. Tanish bilishlar orqali surishtirsam, har yili tenderda 4 ta MCHJ qatnashib, 1 tasi doimo g’olib bo’lar ekan. Mahsuloti sifatli yoki arzonligi uchun emas, VIP ga yaqinroq odam bo’lgani uchun ekan. Xo’sh aytingchi, men Koreysga buni qanday tushuntiray? Nomiku Tender ammo ko’rinishi boshqacha:) Yevropa va rivojlangan Davlatlarning mahsuloti turganda, Rossiyaning tan olinmagan mahsuloti doimiy tender yutib kelsaya… @Elyorbilan

+35C -> +5 📉

Shundoq ham koreyaliklar va chet elliklar uchun ish bozoridagi ahvol yaxshi emas edi. 2025-yilda yillik daromad talablari osh
+2
Shundoq ham koreyaliklar va chet elliklar uchun ish bozoridagi ahvol yaxshi emas edi. 2025-yilda yillik daromad talablari oshirilgandan keyin professional ishchi vizasini olish qiyinlashishi mumkin. Chunki viza uchun talab qilinadigan minimal summa bilan real bozordagi kompaniyalar taklif qiladigan yillik maoshlar mos kelmaydi. Qisqa qilib aytganda, Koreyada E-7-1 vizasini olish uchun mehnat shartnomasidagi yillik ish haqi GNI ning 80% dan kam bo‘lmasligi kerak. Universitetni endi bitirib kelgan talabaga buncha maosh taklif qilish qiyin. Viza bo‘yicha advokat Facebookda kelajakda chet ellik ishchilar bozori qiyin bo‘lishi mumkin deb izoh yozibdi. Azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

Shovqinli va gavjum Tayland 🇹🇭 ko’chalaridan alangalik salomlar:) Yagona yubora olishim mumkin bo’lgan kechki ko’cha ekan..
+6
Shovqinli va gavjum Tayland 🇹🇭 ko’chalaridan alangalik salomlar:) Yagona yubora olishim mumkin bo’lgan kechki ko’cha ekan.. (qolganlari biroz uyatli) Ovqatlari ma’romida, juda ko’p mahsulotlari halol ekan. (Ba’zida Bangkokda yashash Koreyadan yashashdan ko’ra qulaydek tuyulayabdi) “Freedom” qayerda deyishsa, ikkilanmay Tailand deb aytishim mumkin. Ob havosi esa nam, ammo hozir eng zo’r payti deb aytishdi. (Odamni hursand qilib🤓) Odamlari esa doimo kulib turadi. 4 kunlik olgan xulosam. Yana bir necha kun o’tkazib, vaqt topsam post qilib yozaman. Borish kerak bo’lgan joylar bo’lsa, tavsiya qilsangiz yo’q demasdim😌

Koreyadagi reklama shari (Air dancer) hatto bosh egib, sizni chorlaydi. Koreyacha reklmada bu! @Elyorbilan

Yangilangan eslatma! (Tuzatishlar kiritildi)
Yangilangan eslatma! (Tuzatishlar kiritildi)

Eslatma
Eslatma

So’zim isboti bilan. Ma’qolani o’qish uchun link
So’zim isboti bilan. Ma’qolani o’qish uchun link

Kichik Tajribamdan.. Koreyslar bilan birga ishlaganda nima sababdan, har yili chet elga sayohatga chiqib kelishi sababi yanada ochiqlanyabdi. Puli ko’p, yoki sayohatni sevganidan emas balki, stressli hayot va kuchli raqobatdan charchagani uchun ham chigal yozgani sayohat qiladi. Havo almashtirib keladida bahonada:) @Elyorbilan

Koreyadagi chet ellik ishchilarning huquqlari haqida: LinkedIn da Sarah ajoyib ma’lumotlarni ulashdi. Bu achchiq bo’lmasin, h
+1
Koreyadagi chet ellik ishchilarning huquqlari haqida: LinkedIn da Sarah ajoyib ma’lumotlarni ulashdi. Bu achchiq bo’lmasin, haqiqat. Ayniqsa, Koreya darajasida bo’lmagan Davlatlardan kelganlarda ko’p kuzatiladigan holat bu. Men ham qo’shimcha qilib, ushbu tavsiyalarni qoldirayabman: Koreya eksport hisobiga asosiy byujetni tashkil qiladi, va albatta hozir Koreyadagi Kompaniyalar globbalashib, chet elliklarni ham ishga yollayabdi. Ammo ba’zida Koreyslar chet elliklarni mensimay, ularga bosim o’tkazish holatlari ham kuzatilayabdi. Bu vaziyatda men shunday tavsiya qilardim: 1. Chet elliklarni qo’llab quvatlash markazi (har bir katta shaharlarda bor, misol uchun Seoul Global markaz yoki Daejeon foreign support center) 2. Inson huquqlarini himoya qilish markazi. 3. Immigratsiya xizmati 4. Ijtimoy tarmoqlar: - Instagram: Grumpy alliens - Facebook - Twitter Ijtimoy tarmoqlar orqali boshqa chet elliklardan maslahat olish yoki Koreys jurnalistlarni jalb qilish mumkin. 5. 노동청 (Mehnat Idorasi) 6. Kompaniyadagi HR 인사팀 (odatda Kompaniya muammosini tashqariga chiqarmay hal qilishga urinishadi. Ammo chet elliklarni qanchalik himoya qila olishligiga shubham borligi sabab bu yo’lni tavsiya qilmayman) Muhimi Koreys tilini juda yaxshi bilgan holda, har doim o’z huquqlarini yaxshi talab qilish kerak. @Elyorbilan

Odatda har qaysi Davlatda sayohat yoki ish safari bilan bormay, tarixi va turizmi bilan You Tube dagi videolar bilan tanishib chiqaman. 1 haftadan keyin yana safar bo’lgani uchun Aleksey Shevtsov ning Bangkok haqidagi videosini ko’rib chiqdim. Videoda Koreya bilan ham solishtirgan lavhalari bor, va bu ayni haqiqat. Videoni ko’rib bo’lib, 기대된다 xulosasiga keldim. Ramazon oyida borayotgan go’shamni qarang.. Videoga nomi: СРОЧНО ЕДЬ В БАНГКОК

Kichik tajribamdan, 📊 Koreyada ba’zida yozib qolishadi, hoy do’stlar qayerdan shuncha pul topayabsiz? Qanday qilib oyiga 200
Kichik tajribamdan, 📊 Koreyada ba’zida yozib qolishadi, hoy do’stlar qayerdan shuncha pul topayabsiz? Qanday qilib oyiga 2000-3000 USD chiqarib, uy moshinalar qatorasiga olayabsiz? Bizni ham ota-onamiz misol qilib keltirib, ko’proq pul yuborishni so’rashayabdi deb. Xolis yondashsam. Bu yerda adolatsizlik 2 tarafda ham bor. 1. Ota-onalar farzandlarini o’qish maqsadida yuborib, nima sababdan pul talab qilayabdi? Alisher Umirdinovning “Talaba do’stimga 78 tavsiya” kitobida ham ota-onalarga qarata ajoyib misralar keltirilgan: Hurmatli ota-onalar, farzandingizni o’qish maqsadida chet elga yubordingizmi, iltimos o’qishga qo’yib bering. Pul yubor deb, o’qishdan ko’ngli sovub ketishiga sababchi bo’lib qolmang. Biroz kuting, yetuk kadr bo’lsa siz so’ragan mablag’larni davomiy yuboradi. Siz, halaqit emas aksincha imkoningiz bo’lsa yordam bering. Va bu jumlalar naqadar achchiq bo’lmasin ammo haqiqat. 2. Talabalar diqqatiga: O’qish maqsadida kelib, ota-onaga pul yuborib, Koreyada yoki boshqa yerda pul topish oson kabi illuziyani shakillantirib qo’ymang iltimos. Sizning ota-onalaringiz, yon atrofdagilarga, meni farzandim shuncha yuborayabdi, pul topishi oson ekan deb maqtanib faxrlanib yurishadi. Tabiiyki, bu gaplarni eshitgan yon atrofdagilar, meni ham farzandim Koreyada… Topishi shunday bo’lsa, uyga pul yubormay kayf safoga berilib ketmadikan deb shubhaga ham borib qolishayabdi. Hurmatli va qadrli ota onalarimizga murojatim: Farzandingizni talaba qilib yubordingizmi, o’zini o’nglab olishiga imkon bering. So’ng siz orzu havas qilgan ishlarga ulgura oladi. Aks holda, vaqtinchalik dunyo havasni deb kelajagini barbod qilgani qoladi xolos. Ps: Koreyaga qarz olib kelganlar albatta o’zingiz bilib ish qiling. Chet elda talaba bo’lish oson emas. Sababi biz “native” emasmiz, 2 barobar ko’p harakat qilishga majburmiz. Ham o’qib, ham ishlash esa bu juda mushkul. O’zingizni o’nglab olib, reallikdan ota-onangizni ham bohabar qiling. Susambil kabi illuziya shakillanib qolmasin. Yolg’on ma’lumot tarqatayotgan ba’zi bir bloggerlar, ahmoqlikni bas qiling. Bir kun 200-300$ topib olib, har kungi ishim shunday kabi yolg’onlarni to’qimang. Oxiratdagi javobini ham o’ylabroq ish qiling. @Elyorbilan

Bir yil ko’z yumib ochguncha o’tdi ketdi:) Kirib kelayotgan Muborak Mohi Ramazon hayrli bo’lsin! Iftorliklarga doimo ochiqman
Bir yil ko’z yumib ochguncha o’tdi ketdi:) Kirib kelayotgan Muborak Mohi Ramazon hayrli bo’lsin! Iftorliklarga doimo ochiqman 😁

Hamfikrlar bir birini vaqtini tejaydi deb shunga aytishsa kerak:) Ustozation bilan ham fikr ekanligimni adashmasam 5-6 yil avval Instagramda bildirgan edim. Ana endi hammasi globallashayabdi.

#Foydali kontent 1️⃣Propaganda-3, yoxud miyaning chirishi. Bu kontentdan olgan xulosalarim, go’yo ichimdagi ovozga o’xshaydi.
+1
#Foydali kontent 1️⃣Propaganda-3, yoxud miyaning chirishi. Bu kontentdan olgan xulosalarim, go’yo ichimdagi ovozga o’xshaydi. Ustozation jamoasiga respect. Ham ilm-fan, ham tibbiy ham diniy tomondan hozirgi kun vabosini yoritishibdi baraka topgurlar. Ancha mashaqqatli izlanish va mehnat qilinganligi sezilib turibdi. 2️⃣Kim aybdor: O’qituvchi yoki o’quvchi? Subyektiv jamoasidan ajoyib kontent. Ta’lim va undagi muammolarni chiroyli yoritishibdi. Millat taqdiriga befarq bo’lmagan har qanday inson, shu singari dolzarb mavzularni yoritib chiqgan kontentlarni ko’rib xulosa qilishi va hech bo’lmaganda yonidagi insonlarga yetkizib qo’yishi kerak deb bilaman. Alloh rozi bo’lsin, kontent egalaridan! Kelasi gal, “ “ ichidagi psixologlar haqida kontent qilishsa nur ustiga a’lo nur bo’lar ekan!

+3
Omad haqida Yaqinda avval o’qigan universitetim, Instagramda qishda olingan rasmlar bo’yicha tanlov uyishtirgan edi. Men ham o’zimga juda yoqgan videodan skrinshot qilib rasm yuborgandim. (Aslida videoni o’zim emas, ukamiz olgan va menga yuborib bergan edi) Buni qarangki, men 1 o’rinni olibman. Sovg’a o’laroq 50,000 wonlik chicken kuponini yuborishibdi. Men yeya olmaganim uchun “karrot” ilovasi orqali biroz arzonga pullab yubordim:) Ana endi nasb qilsa, videoni olgan ukamiz bilan iftorlik qilsam kerak! Videoni sizlar bilan ham ilindim, yoshlikdagi Narniya saltanati kinosi atmosferasini yodga soldi. Siz ham ko’rib bahramand bo’ling. @Elyorbilan