ru
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Открыть в Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Больше
1 072
Подписчики
Нет данных24 часа
+37 дней
+11930 день
Архив постов
Jahon Iqtisodiy Forumining o'tkazgan yillik yig'ilishining asosiy mavzusi Sun'iy Intellekt va uni kelajagi haqida bo'libdi. Davos 2024 yig'ililshida Open AI rahbari Sam Altman, Microsoft rahbari Satya Nadella va boshqa IT sohasidagi obro'li kishilar yig'ilishgan, Agar siz sun'iy intellektning hayotingizga ta'siri haqida hech qachon o'ylamagan bo'lsangiz, 2023 yil buni o'zgartirgan bo'lishi mumkin. Quyida majlisda aytilgan ayrim fikrlar keltirilgan. "Taxminlarga ko'ra, butun dunyo bo'ylab bandlikning deyarli 40 foizi sun'iy intellektga duchor bo'ladi, bu esa rivojlangan mamlakatlarda 60 foizga etadi. Lekin bundan ham ko'proq foyda olishadi, shu bilan birga kuchli samaradorlik o'sish va ish haqini oshirishi mumkin." "AI haqiqatan ham odamlar hal qila olmaydigan, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi va iqlim o'zgarishi kabi qiyin, intiluvchan muammolarni hal qila oladi" "Tartibga solish xatarlarni qoplashning dastlabki shartidir, ammo qolganlari ijodkorlik va ijobiy fikrlash uchun bepul bo'lishi kerak" "Yangi texnologiyalar bizni rivojlantiradimi yoki ular bizni va farzandlarimizni virtual hamjamiyatlarni, insoniy aloqani chalkashtirib yuborishga yetaklaydimi?" "AI ta'lim va o'rganish uslubimizni o'zgartirish imkoniyatiga ega." "Odamlar sun'iy intellekt sababli ishini yo'qotmayapti. Sun'iy intellektdan qanday foydalanishni biladigan boshqa birovga o'z ishini yo'qotmoqda" "Har bir fuqaroga, ayniqsa, yoshlarimizga AI vositalari qanday ishlashini o‘rgatish zarur." "Texnologiya kundalik hayotimizda tobora katta rol o'ynagani sababli, xavfsizlik, ishonch va odamlarning o'zaro ta'siri masalalari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda." “Diplomatiyadan mudofaagacha, AI geosiyosatni sezilarli darajada o'zgartiradi.” “Texnologiya sifatida, menimcha, u o'zgaruvchan bo'ladi. O'ylaymanki, bu bizning dunyomizni Internet kabi o'zgartiradi.” “AI tomonidan yaratilgan kontent birinchi navbatda mualliflik huquqi bilan himoyalanishi mumkinmi va agar shunday bo'lsa, bu mualliflik huquqi kimga tegishli?” To'liq suhbat: https://www.weforum.org/videos/ai-governance-alliance/ Azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

Bu tish pastani doimiy ishlatishimga 2 sabab bor. 1. Misvoqdan qilinganligi. 2. Yozgi oromgohimni eslatib turishi: Yoshligimd
Bu tish pastani doimiy ishlatishimga 2 sabab bor. 1. Misvoqdan qilinganligi. 2. Yozgi oromgohimni eslatib turishi: Yoshligimda Geolog lageriga ko’p borganman. Birinchi bor borishim juda yoqgan, o’sha payt ushbu tish pasta bilan borganim haliyam yodimda. Oilamdan uzoqda birinchi bor o’zim mustaqil yashab ko’rishim edi. Juda yoqganidan ko’rib turibsiz Koreyada yuribman. Har safar shu pastani ishlatishim bilan oromgohdagi taasurotlar yodimga tushadi. Kichik bir topishmoq beraman, men bilan birga borgan yaqin do’stim doimo o’zi bilan “paket, salafan” olib yurardi. Avtobusda kerak bo’lib qolishini bilardi-da. Topib ko’ringchi nima uchun? Eng yaxshi yangilik, tanishim o’sha oromgohga direktor o’rinbosari bo’libdi. Toshkentga kelishingiz bilan ayting, yopiq holida bo’lsa ham borib dam olib kelamiz deb aytib qoldi. Yoshlikni eslab bir aylanib kelaman, ha aytgancha birinchi “vals” ga ham o’sha yerda tushganman. Ajib davrlar edi😉

Kattaroq uyga ko’chib, hech bo’lmasa 3-4 kunda bir uyda ovqat qilib yeyman deb niyat qilgan edim. Ko’chdim, ammo 2 haftada bir zo’rg’a qilayabman. Hamma sharoit bor negadur xohish yo’q. Yakshanba kuni (adashmasam): Muzlatgichdan tovuq qanotchalarini olib ovqat qilaman degan edim, shu shu Seulga ketib Dushanba kechga qaytdim. Kecha ishdan kelsam, uydan biroz yoqimsiz hid kelganday bo’ldi. Qarasam olib qo’ygan go’sht muzidan erib allaqachon aynibdi. 1 kg ediya😓 Qanday qilib ovqat qilishga hafsala qilasizlar? Biror yechim bormi?

Ana endi, bemalol fikringizni bildira olasiz:)

Hozirgina Team leader bilan bir ish yuzasidan gaplashib qoldik. Musulmon davlatlar vaksina statistikasini tahlil qilayotgan edik, muammo chiqib qoldi. Shunda Team leader (O’zbekcha qanday tarjima qilsa bo’ladi?): Yaxshiyam ma’lumotlar ba’zasini hammasini bir vaqtda emas, bir qismigina test uchun boshlagan ekanmiz. Misol uchun 2 oy vaqtimizni shunga sarflab, oxirida xato topsak qanchalik asabiylashar edik tog’rimi? Men: Ha, (hali bu ishni boshlamagandim ham😂) Team leader: Bilasanmi bunday qilishni qayerdan o’rganganman? Men: Yo’q, qayerdan? Team leader: Koreyada 500 yil burun Qirol Sejong bo’lgan, ushbu tarix asarlarini o’qib ko’p narsa o’rganganman. Misol uchun u soliq joriy qilmoqchi bo’lganda, butun davlat soliq tizimini bir vaqtda o’zgartirib yubormagan. Birinchi bir kichik hududda test qilib ko’rgan, shunday qilib 24 yil davomida sinab so’ng joriy qilgan. Hozirgi President ni qara (Yunsokyol ni nazarda tutayabdi), bu ahmoq bundan 500 yil o’tsa ham Qirol Sejongdek fikrlay olmasa kerak🤨 Men: Ha… Koreyslar bir ajoyib xalqda.

Aka hafa bo’lmaydilar degan umiddaman😅

Mana…
Mana…

O’sha o’xshash odamni rasmini tashlaymi?
Anonymous voting

O’quvchim bugun meni rasmimni chizibdi. O’zim ham hayron. Qizig’i ushbu rasmga o’xshash odamni ko’rganman.
O’quvchim bugun meni rasmimni chizibdi. O’zim ham hayron. Qizig’i ushbu rasmga o’xshash odamni ko’rganman.

Видеосообщение00:36

Видеосообщение00:35

Видеосообщение00:56

Видеосообщение00:59

Ertaga Koreyadagi O’zbekiston Elchixonasida uchrashuvim bor. Maksimal tayyorgarlik ko’rib, ko’zlangan savollarga javob olish
Ertaga Koreyadagi O’zbekiston Elchixonasida uchrashuvim bor. Maksimal tayyorgarlik ko’rib, ko’zlangan savollarga javob olish maqsadida borishni niyat qilganman.

Tuki yo’q mushuk, sfinks:)

Видеосообщение00:50

Bizni davrda “gado” deyilardi…
Bizni davrda “gado” deyilardi…

Toshkentim ona shahrim…. Menimcha Toshkentni shu holicha ko’rgan oxirgi avlod biz bo’lsak kerak! “skver” ko’chalarida yurib,
+9
Toshkentim ona shahrim…. Menimcha Toshkentni shu holicha ko’rgan oxirgi avlod biz bo’lsak kerak! “skver” ko’chalarida yurib, albatta o’sha mashxur va shinam muzqaymoq kafeda oilaviy xordiq chiqarib kelar edik. “Brodvey” ko’chalaridagi rassomlar san’at asarlari va qariyalar sotayotgan kitob, aksesuarlargacha hali ham yozdimda.. Toshkent oxirgi go’zalligi va yashilligini 2009-yil 15- Noyabrdan boshlab yo’qotdi. 1 asrlik chinorlar kesildi, yerlar tekkislandi. Hozir kun payti borsangiz, sahro kabi issiq ufurib turadi. Oldingi salqin, va muhimi toza havodan asar ham qolmagandek. 2022-yil borib yaqqol sezdim. Afsus!

Koreyada Hanshin universiteti qilgan noinsoniy harakatga qarshi intervyu berdik BBC O’ZBEK ga. O’zbek tilida o’qib chiqishingiz mumkin.