ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

Machine Learning Lab.

Machine Learning Lab.

Открыть в Telegram

Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲 YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012

Больше
962
Подписчики
+124 часа
-27 дней
-430 дней
Архив постов
Sun’iy intellekt yo‘nalishida yangi mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun 1 000 000 dollarlik «President AI Award 2026» tanlov
Sun’iy intellekt yo‘nalishida yangi mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun 1 000 000 dollarlik «President AI Award 2026» tanlovi e’lon qilindi Aynan sun’iy intellekt yechimlari bilan shug‘ullanuvchi jamoalar uchun «President AI Award 2026» tanloviga hujjatlar qabul qilinmoqda. Uning doirasida davlat boshqaruvi, tibbiyot, ta’lim, sanoat va yashil iqtisodiyot sohalaridagi 15 ta eng yaxshi loyihaga 40 000 dollardan 100 000 dollargacha investitsiya kiritiladi. Ishtirok etish shartlari: • Jamoada ishchi prototip (MVP) bo‘lishi shart. • GitHub platformasida loyiha kodi joylashtirilgan bo‘lishi lozim. • Faqat g‘oya bilan ariza topshirish mumkin emas. Arizalar 1-avgustga qadar bepul qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: awards.gov.uz Reklama

Repost from Uzbekonomics
Kuni kecha yuzlab nufuzli iqtisodchilar, olimlar ochiq xat yozishibdi. Masalan, Acemoglu, Autor, Milgrom, Stiglitz, Akerlof, Aghion, Krugman, Bernanke, Furman va boshqalar unga qo'l qo'yishgan. Xatni mazmuni juda qisqa: AI keyingi 10 yilda tubdan kuchayishi mumkin, sanoat inqilobidan ham kattaroq, lekin ancha tezroq iqtisodiy o'zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin, millionlab ish o'rinlari xavf ostida, lekin turmush darajasi oshishi ham mumkin deyishmoqda. Va, iqtisodchilar, siyosatchilar va texnologiya liderlariga murojaat qilib hozir harakat qilish kerak AI insonni almashtirmasdan, to'ldiradigan tizim qurilishi uchun deb yozishibdi. To'g'risi, men biroz hayratlandim. Shunchalik ko'p iqtisodchilar bunga qo'l qo'yganiga. Mazmuniga e'tiroz bor menda, ayniqsa oxirgi qismiga - AIni to'g'ri yo'nalishga yetaklashimiz kerak deyishmoqda. Avvalambor, xatda biror bir aniq "nima qilish kerak" degan savolga javob yo'q, mavhum, bo'lishi mumkin degan taxminlar keltirilgan xolos. Yangi narsani tasavvur qilinadigan muammo bo'lishi bilanoq tartibga solish kerak deb o'ylay boshlaganimiz yaxshilikka emas deb o'ylayman. Regulatorlar hali nima bo'lishini bilmagan texnologiyani boshqarishga harakat qilishi kerak demoqda bu iqtisodchilar va fikr yetakchilari. Noaniq kelajak uchun qonun yozish - bu taxminlar ustiga qonun qurishdir. Bozor ko'pincha hech kim xohlamagan zararlarni o'zi bartaraf etadi. Preemptiv regulyatsiya esa odatda innovatsiyani o'ldiradi - va katta kompaniyalarga raqobatchilardan himoya qalqoni bo'lib xizmat qiladi. Preemptiv regulyatsiyaning salbiy ta'siri bu - deyarli har doim katta kompaniyalarga raqobatchilardan himoya qalqoni bo'ladi. To'g'ri, ba'zi xavflar haqiqatan ham o'rinli, masalan biosalohiyat, kritik infratuzilma. Xatda kam regulyatsiya qilsak kech bo'ladi deb shama qilishmoqda, lekin ortiqcha regulyatsiya xarajatlari-chi? Sekinlashgan innovatsiya, katta kompaniyalar raqobatni compliance orqali bo'g'ishi, va hech qachon yaratilmagan davolash usullari vhkz. Xullas, shu nima qilish kerak degan joyiga uncha tushunmadim? Qandaydir AI-czar lavozimi bo'lishi kerakmi, unga shartli Acemoglu o'tirishi kerakmi, AI regulyatsiyasini Yevropalashtirish kerakmi, data markazlar moratoriy e'lon qilish kerakmi, kim nimani hal qiladi? Bozorga ortiqcha aralashuv chorlovi sifatida bu xat ishlatilishi mumkin, shunisi xatarli. AI xatarlarini o'rganish yaxshi, bemalol. Minglab tadqiqotchilar tadqiqot qilyapti, mehnat bozoriga ta'siri haqida har kuni yangi tadqiqot ko'ramiz. Yangi ma'lumotlar yig'ilmoqda, yaratilmoqda - ularni xatsiz ham qilishyapti, qilyapmiz. Esingizda bo'lsa 1-2 yil oldin shunga o'xshash bir g'alati murojaat bo'lgan edi - hamma AI bo'yicha nima qilayotgan bo'lsa barchasini muzlatib qo'yaylik, uni avval yaxshi tushunib olaylik deb. AI poygasida qolib ketayotganlar to'xtab turinglar degandek o'qilgandi. https://apnews.com/article/ai-must-act-now-job-displacement-783469467e0df1463df44518f33295ee @uzbekonomics

“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat Olimlar sun’iy intellekt rivoji uch bosqichdan ibo
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat Olimlar sun’iy intellekt rivoji uch bosqichdan iborat bo‘lishini aytadi. Hozirgi birinchi bosqich – har biri alohida yo‘nalishlarga ixtisoslashgan chatbotlar davri. Janubiy Koreyadagi Gachon universiteti sun’iy intellekt professori Jumabek Alixonov Kun.uz bilan suhbatda SIning mehnat bozoriga ta’siri va texnologiyaning keyingi avlodlari qanday bo‘lishi haqida so‘zlab berdi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

🧬 Claude Science — olimlar uchun yangi AI ish maydoni Anthropic o'z Claude modellari asosida ilmiy tadqiqotchilar uchun maxsus mo'ljallangan yangi ilova — Claude Science'ni taqdim etdi. Bu yangi model emas — xuddi hammaga tanish Claude (jumladan Opus 4.8) asosida ishlaydi, ammo tadqiqotchilarning kundalik ish jarayonini butunlay o'zgartirish uchun yaratilgan. 🔬 Nima qila oladi? • Genomika, yagona hujayra tahlili, proteomika, struktura biologiyasi va keminformatika kabi sohalar uchun 60 dan ortiq maxsus vosita va ma'lumotlar bazasiga ulangan • Oqsil strukturalari, genom treklari, kimyoviy formulalarni to'g'ridan-to'g'ri vizual ko'rinishda chiqaradi • Har bir natija — jadval, grafik yoki hisobot — uni yaratgan asl kod va muhitga bog'langan holda taqdim etiladi, ya'ni oylar o'tsa ham qayta tekshirish va takrorlash mumkin • Laptop, laboratoriya kompyuteri yoki HPC klasterida — o'zingiz ishlaydigan joyda ishlaydi • Katta hisoblash vazifalarini (masalan, oqsilni "folding" qilish) avtomatik ravishda klasterga yuborib, natijani qaytarib beradi 🔐 Xom ma'lumotlar va hisoblash resurslari foydalanuvchining o'z infratuzilmasida qoladi. 📅 Hozircha beta rejimida, Pro, Max, Team va Enterprise foydalanuvchilari uchun ochiq. Bundan tashqari, Anthropic ilmiy loyihalar uchun 50 tagacha grant beryapti — har biriga 30,000 dollargacha kredit bilan. Arizalar 15-iyulgacha qabul qilinadi. Claude Code dasturchilar ishini o'zgartirgani kabi, Claude Science ham ilmiy tadqiqotlar sohasida shunday ta'sir ko'rsatishi mumkin — deb hisoblaydi Anthropic rahbariyati. 👉@machine_learning_lab👈

Repost from HumbleBeeAI
💜 Takeda × Insilico Medicine: AI orqali dori kashf qilish bo'yicha yirik kelishuv 🔻Yaponiyaning farmatsevtika giganti Taked
💜 Takeda × Insilico Medicine: AI orqali dori kashf qilish bo'yicha yirik kelishuv 🔻Yaponiyaning farmatsevtika giganti Takeda Gonkongning Insilico Medicine biotexnologik kompaniyasi bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi. Shartnomadan ko'zlangan maqsad – sun'iy intellekt yordamida yangi dorilarni kashf qilish va ularni bozorga chiqarish jarayonini bir necha barobar tezlashtirish. 🔬Hamkorlik doirasida nimalar ko'zda tutilgan? Takeda kompaniyasi Insilico’ning mashhur Pharma.AI platformasidan to‘liq foydalanadi: 🟦PandaOmics – kasallik keltirib chiqaruvchi biologik sabablarni aniqlash; 🟦Chemistry42 – generativ AI orqali mutlaqo yangi molekulalarni sintez qilish; 🟦InClinico – klinik sinovlarning muvaffaqiyat ehtimolini tahmin qilish. 🔬Shartnoma bo'yicha ~$60 mln – boshlang'ich to'lov va'da qilingan, va muvaffaqiyatli natijalarga qarab umumiy qiymat $600 mlngacha yetishi mumkin; Kelajakda dorilar sotuvga chiqsa, Insilico sotuvdan alohida ulush olishi ham kafolatlangan.
Insilico joriy yilda shunchaki "portlash" qilyapti – yanvar oyidan beri kompaniya jami $7 mlrddan ortiq qiymatdagi shartnomalarni imzoladi: Eli Lilly bilan – $2.75 mlrdgacha SK Biopharmaceuticals bilan – $2.5 mlrdgacha (neyroimmun kasalliklar bo'yicha) Va endi Takeda bilan – $600 mlngacha Eng muhimi, Insilico shunchaki IT-platforma emas. Kompaniyaning o‘z AI algoritmlari yordamida yaratgan o‘pka fibrozi dori vositasi (Rentosertib) allaqachon 2a-klinik bosqich sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib ulgurgan. Takeda uchun ham bu yilgi birinchi yurish emas – fevral oyida ular Iambic kompaniyasi bilan saraton va oshqozon-ichak kasalliklariga qarshi dori ustida $1.7 mlrdlik shartnoma tuzgan edi.
⚗️Mazkur yangilik ortidan soha insayderlari va investorlarning AI-biotexnologiyalarga bo'lgan ishonchi yanada ortdi. Farmatsevtikada to‘liq "AI inqilobi" davri boshlandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱Instagram

Video formati kichiklashtirilgan versiyasi. Aytgancha ushbu semesterda katta yordam bergan. Mr. Jasurbek Mamurovga alohida rahmat aytaman. @j_journey @machine_learning_lab

🤖 Capstone Project: TurtleBot3 bilan ikkita qiziqarli loyiha! Mazkur semestrda "Capstone Project" kursi doirasida talabalarimiz TurtleBot3 Burger roboti yordamida ikkita amaliy loyiha ustida jiddiy ishladilar: 1️⃣ Autonomous Driving (Avtonom harakatlanish) — SLAM va Navigation paketlaridan foydalanib, robot berilgan muhitda bir nechta destinatsiya nuqtalarini qabul qiladi va ularning eng yaqinini navbat bilan topib, mustaqil ravishda boradi. 2️⃣ Lane Following (Yo'l chizig'ini kuzatish) — kamera orqali olingan tasvirlarni qayta ishlab, robot berilgan xaritada to'g'ri va tez yo'l bosib o'tishi talab qilindi. Talabalarimiz har ikki loyihani ham katta qiziqish bilan, yuksak sifatda amalga oshirdilar. Ularning bilim va mehnatidan faxrlanaman! 👏 Yuqorida loyiha jarayonidan tayyorlangan video-xulosani tomosha qilishingiz mumkin 🎥👆 @machine_learning_lab

Repost from N/a
“Qwen3"ni Tahlil Qilamiz! | Masterclass | 20 Iyun koreya vaqtida 20:00da. 🤖 Qwen3 — dunyoning eng kuchli open-source AI mode
“Qwen3"ni Tahlil Qilamiz! | Masterclass | 20 Iyun koreya vaqtida 20:00da. 🤖 Qwen3 — dunyoning eng kuchli open-source AI modeli. Biz uni qo'lda tahlil qilamiz. Attention, MoE, RoPE, Thinking mode — bularni 1 soatda sodda tilda tushuntiramiz. Google Colab da birga ishlaymiz. Va asosiy savol: O'zbek tilida yaxshi AI model qurish haqiqatdan ham mumkinmi? 🎤 So'zlovchi Sardor Abdirayimov – UNIST Institutda Magistr | ML Engineer | Dasturchi 📅 Sana: 2026-yil, 20-Iyun (Shanba) ⏰Vaqt: 16:00 - 17:30 Toshkent Vaqti | (20:00 - 21:30 Koreaya Vaqti) 📍Joy: Online (Zoom) Diqqat: Zoom havola emailingizga va telegram kanalga joylaniladi! Röyxatdan ötiş uçun: https://forms.gle/A6ArAsjHT1ripVUU9 📢 Telegram kanal (materiallar shu yerda): https://t.me/sardor_dardi

#unutmang AI hammani kuchaytirmadi, AI hammaga kuchli bo'lishga imkon beradi! Kuchli AI model (hardware+software) hamda kuchli AI bilim (prompt, vibe coding) egalarigina bu imkoniyatdan haqiqiy foydalanganlardir. Birinchisi pul, ikkinchisi qunt talab qiladi! Ko'ryapsizmi, hech narsa o'zgargani yo'q... Hech narsa o'zgarmaydi ham, illo hammasi o'zimizga bog'liq. Bu qonuniyat bug' mashinasi revalutsiyasida ham, dotkom-u AI davrida ham o'sha-o'sha! Imkoniyatlar vertikallikdan gorizantallikka o'zgaryapti. Tarixda hali bu darajada bo'lmagan. O'xshamayaptimi, demak ayb o'zimizda! @v_turakulov

Aziz vatandoshlar barchamizga Qurbon hayiti muborak bo’lsin. 👉@machine_learning_lab👈

Calling undergraduate students from Central Eurasia in the US! We're lauching Silkroad Fellows. Applications are open and you
Calling undergraduate students from Central Eurasia in the US! We're lauching Silkroad Fellows. Applications are open and you can apply until June 15th through our website – silkroadfellows.com What is Silkroad Fellows ? it's a fully-funded summer fellowship for US-based university students from Central Eurasia. you spend the summer in Silicon Valley working on a real project inside the Silkroad Innovation Hub — and walk out with mentorship, a network, and real experience. What is included: → 6-week fellowship in Silicon Valley → housing, weekday lunch, mentorship in Silicon Valley, all covered Who are we? we are Silkroad Innovation Hub – a Silicon Valley-based organization based a few minutes from Stanford and Sand Hill Road. Learn more at silkroadinnovationhub.com 🎓 Eligibility Undergraduate university students based in the United States from Central Eurasian countries: 🇦🇿 Azerbaijan, 🇬🇪 Georgia, 🇰🇿 Kazakhstan, 🇰🇬 Kyrgyzstan, 🇲🇳 Mongolia, 🇹🇯 Tajikistan, 🇹🇲 Turkmenistan, 🇹🇷 Türkiye, 🇺🇿 Uzbekistan 🗓️ Key dates - june 15 — application deadline - june 30 — decisions - july 15 — program begins - august 30 — program ends 🌐 apply now / learn more: silkroadfellows.com ❓ questions: nilufar@silkroadinnovationhub.com

#news AI sohasidagi insonlar juda ko'pi tanisa kerak, Andrej Karpathy endi Anthropicda. Mana buni yozning eng zo'r transferi
#news AI sohasidagi insonlar juda ko'pi tanisa kerak, Andrej Karpathy endi Anthropicda. Mana buni yozning eng zo'r transferi desa bo'ladi. Ishoning bundan keyingi transferlar (u xoh futbolda bo'lsin) endi eslanmaydi bu yilda. 👉@machine_learning_lab👈

Repost from HumbleBeeAI
🚀2️⃣0️⃣0️⃣🔣0️⃣0️⃣0️⃣💲 GRANT - 20 kishi uchun 👑Biz 20 ta iste'dodli yoshlarga AI Engineer bo'lish uchun to'liq moliyaviy q
🚀2️⃣0️⃣0️⃣🔣0️⃣0️⃣0️⃣💲 GRANT - 20 kishi uchun 👑Biz 20 ta iste'dodli yoshlarga AI Engineer bo'lish uchun to'liq moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun Grant ajratdik - birinchi kundan bitirguningizga qadar sizdan moliyaviy hech narsa talab etilmaydi. 💸To'lov yo'q. Qo'shimcha xarajat talab etilmaydi. Faqat siz, mentor va real loyihalar. Nima olasiz: ✅ 8–12 oylik mentor-mentee uslubida ta'lim ✅ Amaliy, loyiha asosidagi o'quv dasturi ✅ Bitirgandan so'ng ishga tayyor mutaxassis bo'lasiz ✅ Sohadagi mutaxassislardan 1-1 mentorlik 🎯 Biz ma'ruza tinglash uslubida o'qitmaymiz. Biz birgalikda real narsalar quramiz. Bu oyiga 1,000$lik dastur — va biz saralashdan o'tgan 20 kishi uchun barcha xarajatni o'z zimmamizga olamiz. ⚠️Talablar: → Yosh: 16–30 → Ingliz tili: B2 va undan yuqori → Dasturlash bo'yicha boshlang'ich bilim → AI sohasida haqiqatan rivojlanishga tayyorlik 😁😆😁 O'rinlar soni cheklangan! Quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin: 🔗 Ariza havolasi 🔗 Ko'p beriladigan savollar: 🔗 Savol-javob 🔗 O'quv dasturi: 🔗 Roadmap 🔗 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱 Instagram

#trip #trevel #familytrip Kecha (10.05.2026y) Qamchiq davonida asr vaqti arafasida shunday havo hukmronlik qildiki kishi yil davomidagi charchoqlarini va olgan stresslarini bir soat ichida, soyabon ostida o'tirib chiqarib yuborsa bo'lar edi. Wow daxshat. Havotir olmanglar men ham sizlar kabi bu imkoniyatdan foydalanmadim 😂. Har qanday kamera bu go'zallikni inson ko'zi kabi ochiqb bera olmaydi. 👉@machine_learning_lab👈

Yaxshi yangilik a!? ChatGPT ishlatmayotganimga ancha bo'lib qolibdi. 👉@machine_learning_lab👈
Yaxshi yangilik a!? ChatGPT ishlatmayotganimga ancha bo'lib qolibdi. 👉@machine_learning_lab👈

Toshkentdagi Inha universitetining bitiruvchi talabalaridan ajoyib natijalar! Ushbu videoda talabalarimizning 1-Capstone loyihasi: Avtonom navigatsiya (Autonomous Navigation) bo'yicha tayyorgarlik va sinov jarayonlari aks etgan. Shunday iqtidorli va mehnatkash yoshlarga dars berayotganimdan xursandman. Ularning o'z ustida ishlashi, yozgan algoritmlari yordamida robotlarning labirintdan muvaffaqiyatli o'tayotganini kuzatish o'qituvchi sifatida juda g'ururlantiradi! ✨ Bu hali boshlanishi, izlanishdan to'xtamaymiz. Bizni oldinda yanada qiziqarli va murakkab bosqich kutmoqda. Keyingi Capstone loyihamiz: Avtopoyga (Autoracing)! 🏎💨 Talabalarimiz bu vazifani ham a'lo darajada uddalashlariga ishonaman. #Robotics #CapstoneProject #AutonomousNavigation #KelajakMuhandislari 👉@machine_learning_lab👈

#liyrik_chekinish Odamda farosat bo’lsa o’ziga qiyin bo’ladi. Agar odamda farosat bo’lmasa atrofdagilarga qiyin bo’ladi. 👉@machine_learning_lab👈

O'zbek tili segmenti uchun bir dataset tayyorlayotgan edik jamoamiz bilan. Hozir kichikroq qismi bilan huggingfacedagi ochiq
O'zbek tili segmenti uchun bir dataset tayyorlayotgan edik jamoamiz bilan. Hozir kichikroq qismi bilan huggingfacedagi ochiq ikkita modelni (o'zbek tiliga fine tune qilingan) test qilib ko'rgandim. Natijasi yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan. Nasb qilsa tez orada ommaga ochiq qilib chiqaramiz datasetni. 👉@machine_learning_lab👈

Repost from HumbleBeeAI
🐝 HumbleBeeAI is Hiring – Mobile Engineer 📌 Incheon, South Korea We're a fast-growing AI tech company and we're expanding o
🐝 HumbleBeeAI is Hiring – Mobile Engineer 📌 Incheon, South Korea We're a fast-growing AI tech company and we're expanding our global team. If you love building things that actually ship — this one's for you. 💡 Why HumbleBeeAI? → Real impact, not busywork → Fast growth in skills & compensation → Learn from top-tier senior engineers → Work on cutting-edge AI products 🛠 What You'll Build Native SDKs & plugins for Android and iOS, used across multiple production apps. You'll also work on device fingerprinting, secure data handling, and TypeScript/npm wrappers for cross-platform teams. ⚙️ Tech Stack Kotlin Swift Java TypeScript Unity Android Studio Xcode Gradle Node.js GitHub Actions 📋 Requirements ✅ 3+ years of mobile engineering experience ✅ Authorized to work in South Korea ✅ Able to commute to Incheon office 📩 How to Apply Send your resume + GitHub or project links to: contact@humblebee.ai Where tech meets growth, and ambition meets purpose. 🚀 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱 Instagram

#AI_Hackathon Termizdamiz!!! 👉@machine_learning_lab👈
#AI_Hackathon Termizdamiz!!! 👉@machine_learning_lab👈