cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

𝑨𝑭𝑺𝑼𝑺 𝒀𝑰𝑳𝑳𝑨𝑹𝑰𝑴 🏅

Рекламные посты
212
Подписчики
-224 часа
-57 дней
-930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

YOMON SEVDIM Sevdimu baxt tomon sevdim, Tunu kun har zamon sevdim. O‘rtaga bor budim tikib, Bir bor sevdim, yomon sevdim. Qasamlar ichdigu biroq, Sen mendan men sendan yiroq. Bo‘lib qoldim g‘alatiroq, Bir bor sevdim, yomon sevdim. Bog‘lanibman telbadayin, Topilgandek baxtim tayin. Qasddanmikan yo atayin, Bir bor sevdim, yomon sevdim. Kulib turib hayr deding, Ketsang nega kelgan eding. Blok qilgan interneting, Bir bor sevdim, yomon sevdim. Raqami ham o‘chikkinam, Bo‘ylari pas kichikkinam. Seni burni puchikkinam, Bir bor sevdim, yomon sevdim. Aylandimi qalbing toshga, Kirmasdan o‘n yetti yoshga. Dunyoda qiz yo‘qday boshqa, Bir bor sevdim, yomon sevdim... ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Показать все...
Start bosvorin lar
Показать все...
https://t.me/rocky_rabbit_bot/play?startapp=frId5133147933 Rocky Rabbit: Fun and Earnings! 🐰🚀 Play Rocky Rabbit for fun and profit! Join through this link and let’s start our profitable journey together!
Показать все...
Rocky Rabbit

Rocky Rabbit Airdrop

UNGA YOR YOR AYTILGAN KUNDA Koʻngil ado boʻldi alamdan, Qasamlardan qaytilgan kunda... Ajralishdik qoshi qalamdan, Unga yor yor aytilgan kunda... Kuydi yurak qon boʻldi dilim, Hijronlardan ex tilim tilim... Armon endi oʻsha sevgilim, Yor yorlari aytilgan kunda.. Ey tilloga oʻch boʻlgan xonim, Bir umrga alvido jonim. Armon boʻldi mening mehmonim, Sizga yor yor aytilgan kunda... Tushdek keldi bilmayman qanday, Qushdek ketdi qoʻldan uchganday... Oʻtiribman tikon quchganday, Yorga yor yor aytilgan kunda... Oq libosda koʻzim oldida, Kulib dilga oʻtlar soldida... Yor yordan ham koʻnglim qoldida, Unga yor yor aytilgan kunda... Orzular ham dard boʻldi qaygʻu, Dorisi yoʻq azobli tuygʻu... Koʻzlarimda kelmadi uyqu, Unga yor yor aytilgan kunda... ✍ Odilbek Qodirov
Показать все...
ONAMNING SOCHIGA OQLAR TUSHIBDI Onamga tashvishim aytib nolibman, Goh oromin buzib, orom olibman... Dunyoga berilib bilmay qolibman, Onamning sochiga oqlar tushibdi... Oʻzimni oqlashga bahonam ishlar, Oʻtkinchi shon shuhrat, soxta olqishlar... Oʻtib ketibdida qancha yoz qishlar, Onamning sochiga oqlar tushibdi... Bazan yoʻlim kutib tinchi aribdi, Aytmayin sogʻinib, jim ahtaribdi... Men tez ulgʻayibman, u tez qaribdi, Onamning sochiga oqlar tushibdi... Kun oʻtdi gohi doʻst, goh gʻanim bilan, Mast boʻlib janonga yoqqanim bilan. Koʻrmabman har kuni boqqanim bilan, Onamning sochiga oqlar tushibdi... Kimlar uchun yeldim, yugurdim, chopdim, Qancha kerak boʻlsa shuncha vaqt topdim... Yugurib qora soch onam yoʻqotdim, Onamning sochiga oqlar tushibdi... ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Показать все...
SENI QANDOQ UNUTIB BOʻLAR Yuragimdan koʻchib ketmaysan, Ketsang yoddan oʻchib ketmaysan... Mendan sira kechib ketmaysan, Seni qandoq unitib boʻlar? Bitilgandek umrbodimga, Armon boʻlding iltifodimga. Har kun tushib tursang yodimga, Seni qandoq unitib boʻlar? Koʻz oldimda qiyosi jisming, Beixtiyor tilimda isming... Yuragimda yashar bir qisming, Seni qandoq unitib boʻlar? Hayollarim yoninga daydib, Ketaverar sogʻinchin aytib. Kelib tursang tushimda qaytib, Seni qandoq unitib boʻlar? Doston aytdim kuygan baxshidek, Goʻya hijron umrim naqshidek... Unutmoqdan oʻlgan yaxshidek, Seni qandoq unitib boʻlar? Duchor boʻldim qancha qasamga, Oshiq boʻlib bitta sanamga... Oʻrnab qolgandaysan tanamga, Seni qandoq unitib boʻlar? ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Показать все...
SEVGANIM BOR Kechikdingiz yor boʻlishga, Sevgimga duchor boʻlishga. Yonginamda bor boʻlishga, Sevmang meni sevganim bor... Parilar der bizdan goʻzal, Dunyoda har qizdan goʻzal... Oy boʻlsangiz sizdan goʻzal, Sevmang meni sevganim bor... Mendek sevmas birov deysiz, Boshqasini yorim deng siz... Muhabbati uning tengsiz, Sevmang meni sevganim bor... Yolgʻon ishva, nigoh boʻlar, Soxta sevgi gunox boʻlar. Koʻngil oʻlar, umid soʻlar, Sevmang meni sevganim bor... Koʻplar koʻnglim sizga derkan, Raqamimni topib tergan. U hayotin menga bergan, Sevmang meni sevganim bor... Oʻzi oʻngu hayolim u, Halovatim halolim u... Chiroyligim zilolim u. Sevmang meni sevganim bor... ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Показать все...
AZIZA _ IJROSIDA_23-07-23_23-52-20-410_23-07-23_23-53-32-663.mp31.36 MB
BORJNGIZGA SHUKR DÒSTLARIM ✍NARGIZA HAYDAROVA 🎙AZIZA UMARXON ☘🌺☘🌺☘🌺☘🌺☘🌺☘
Показать все...
AZIZA UMARXON.mp31.97 MB
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.