cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿

Odilbek Qodirov ning telegram tarmogʻidagi rasmiy kanali. Shoir bilan bogʻlanish: +998889980070 @Qodirov_Odilbek Sheʼrlar mualliflik huquqiga ega.

Больше
Рекламные посты
2 333
Подписчики
-124 часа
-57 дней
+1830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Pahmoq sochin taramaganlar, Sheʼrlarimga qaramaganlar. Kanalimda koʻp ekan bildim, Layk bosishga yaramaganlar😂 ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Показать все...
👍 24
QARAGAN QIZLAR Uzun sochin taragan qizlar, Boy kuniga yaragan qizlar... Qancha kerak bugun pulim bor, Choʻntagimga qaragan qizlar. Koʻngil bersam koʻnglimni yancha, Hanjarlarin koʻksimga sancha... Mensimayin ranjitdi qancha, Choʻntagimga qaragan qizlar. Hiyonatga botishgan edi, Yolgʻon ishqdan totishgan edi. Oʻzlarini sotishgan edi, Choʻntagimga qaragan qizlar. Chin muhabbat armon ekanda, Kul ekanda hazon ekanda... Shunchalaram arzon ekanda, Choʻntagimga qaragan qizlar. Ishondilar soʻzimga emas, Koʻkka tikkan koʻzimga emas. Sevdim desam oʻzimga emas, Choʻntagimga qaragan qizlar. Hamon oʻsha koʻkda oymisiz? Goʻzal qalam qoshi yoymisiz? Boyvachchaga tegib boymisiz? Choʻntagimga qaragan qizlar. Qosh chimirib asablar tarang, Oʻtayabsiz yonimdan arang. Mana bugun boy boʻldim qarang, Choʻntagimga qaragan qizlar. ✍ Odilbek Qodirov
Показать все...
👍 17
🎧 vadasida turolmagan qiz 📙 Odilbek Qodirov. 🎙 Anvar Eshmo'minov.
Показать все...
ANVAR eshmominov - vadasida turolmagan qiz.mp31.67 MB
👍 5
Layk bosib qoʻyorilar endi Qirgʻiz qizlar bossin deb labilari burmay😏😂 ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Показать все...
👍 11
QIRGʻIZ QIZEY Bahmal olmaday totli, Ikki labi novvotli... Qaraydi oʻtli oʻtli, Qirgʻiz qizey, suluv qiz. Kuydirishi yomonda, Kulib yurar omonda. Yashaydi Oʻsha tomonda, Yashaydi Aravonda, Qirgʻiz qizey, suluv qiz. Nima boʻlsa boʻldirsin, Bu nozlaring oʻldirsin... Sendan akang oʻrgilsin, Qirgʻiz qizey, suluv qiz. Qadami mayda mayda, Yuzlari toʻlin ayda. Sendayin qiz bor qayda, Qirgʻiz qizey, suluv qiz. Unda hayolim daydi, U esa dilim yeydi. Oʻzbekcha akov deydi, Qirgʻiz qizey, suluv qiz. Oxu koʻzli gul badan, Jilmayadi oynadan. Yolchidimey qaynadan, Qirgʻiz qizey, suluv qiz. Ranjishib oʻzbek qizlar, Endi xatoyim izlar. U senlasam ham sizlar, Qirgʻiz qizey, suluv qiz. Dil koʻnmaydi faryodga, Ayriliq yomon dodga... Yor boʻl Paxtaobodga, Qirgʻiz qizey, suluv qiz. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Показать все...
👍 19
Bugun qirgʻiz qizlar haqida
Показать все...
👍 7
00:39
Видео недоступноПоказать в Telegram
Farrux Nabiyev dan yangisi Yuribsizmi sevib boylarni ✍ Odilbek Qodirov sheʼri Tez kunda.
Показать все...
7.16 MB
👍 14
ЭРКАКНИНГ ОМАДИ КEЛГАНДА Йиқилса синди деб миш мишлар, Тарқалар бўронлар елганда... Ўтади кетади бу ишлар, Эркакнинг омади келганда. Ортидан тош отиб турганлар, Дўст деса жим сотиб юрганлар. Қайтаркан юзини бурганлар, Эркакнинг омади келганда. Менсимай кетдингиз ой гўзал, Бойга ёр бўлдингиз бой гўзал... Аттанглар қиласиз ҳой гўзал, Эркакнинг омади келганда. Сохтасиз бошга дард соласиз, Икки юз ранги ҳил оласиз. Ўйнашманг уялиб қоласиз, Эркакнинг омади келганда. Номардлик қилмайди асл шер, Номардлар ҳаммадан зўрман дер. Тескари айланиб кетар ер, Эркакнинг омади келганда. Кун келар бошида ғам бўлмас, Пинхона кўзлари нам бўлмас. Худойим берганда кам бўлмас, Эркакнинг омади келганда. Битмаган ишлари юрсиней, Худо бер қаддини урсиней. Сурсиней, даврини сурсиней, Эркакнинг омади келганда. ✍ Одилбек Қодиров
Показать все...
👍 21
Bugungi sheʼrni tanlang,Anonymous voting
  • Erkakning omadi kelganda
  • Qirgʻiz qizey, suluv qiz
  • Ikkoviyam
0 votes
👍 8
ERKAKNING OMADI KELGANDA bugungisi✊
Показать все...
👍 11