cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Islom Urolov

AQShning Massachusetts shtatidagi Tufts Universitetida iqtisodiyot bo’yicha magistratura talabasi Donation uchun: https://tirikchilik.uz/islomurolov YouTube: https://www.youtube.com/@islom_urolov Aloqa uchun: @islomurolov_bot

Больше
Рекламные посты
1 681
Подписчики
-724 часа
-357 дней
-1530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from Madina Zarif
​​Чет элда ўзбек бўлиш Ёки она тилини сақлаб қолиш Қулупной тера туриб: ўғлимга: жоон, анави тоғорани олиб бер, дедим. Кейин миямга урди: бу болага мен доим жоон, деб мурожаат қиламан. Аммо бу бола бу сўзнинг маъносини билармикин ўзи? Ўз тажрибамдан келиб чиқиб айтадиган бўлсам: чет элда она тилини сақлаб қолиш бироз мушкул. Биз учунку, ҳа, ўзбек тили она тили. Аммо чет элда туғилиб, ўсаётган болаларимиз учун эса ҳар доим ҳам бундай деб бўлмайди. Уйда албатта ўзбек тилида гаплашишга ҳаракат қилинадию, аммо бизни иш бироз karisik. Баъзан бир жумлани ичида 4 та тил аралаштирганимизни пайқаб куламиз. - Мама, probier mal вот эта еда schmeken gut yapiyor. (Ойи, татиб кўр, мана бу овқат мазали - рус, немис, рус, немис турк тилларида). - Сейчас я занята, birazdan, хўп? (Ҳозир бандман, бироздан кейин, хўпми?) - Хоп. (Ўзбекча) Ўғлим Туркияда туғилгани учун, қизларим эса ақлини Туркияда танигани учун кўпинча ўзаро турк тилида гаплашишади. Русча ҳам ҳаётимизда анча илдиз отган: қизларим Ўзбекистонда рус мактабга боришгани сабаб улар билан суҳбатимизда кўпроқ русча ишлатар эканмиз. Ва бу автоматик ҳолда ўғлим, қизларим билан мулоқот тилига айланган. Аммо баъзан аралаш тилларда гаплашганимиздан миям портлаб кетай, дейди. Бирор нарсани тушунтириш жараёнида эса: дод деворай дейман, чунки мия аралаш сўзлар ичида менга кераклисини топаётганда инфаркт бўлади. 😊 Ўзбек тили эса: қизларим ўзбек тилини билишади, тушунишга бироз қийналишади ва акцент билан гаплашишади. Ўғлимдан бирор нарсани бекитмоқчи бўлсак, ўзбек тилида гаплашамиз, чунки у ўзбек тилини деярли билмайди. Чет элда катта бўлган болалардаги асосий муаммо эса: бобо бувилар, амма холалар билан эркин гаплаша олишмасликлари. Балки бу муаммо ҳаммада ҳам эмасдир, аммо бизда бу муаммо бор. Тилни асраб қолишга келсак эса...бу ҳақида ҳали бирор ечимим йўқ. Аммо ечим керакми, билмадим. - Болашим, жоон дегани нима деганини биласанми? - Йўқ. - Herz, дегани. - Мама, herz юрак, дегани, жон эса – душа, дегани, - дея таржимамни туғирлади қизим. Дам олишни истасам эса, ўзбекча гаплашадиган одам қидираман. Чунки одам ўзини энг яхши ўз она тилида ифода қила олади ва бу инсонўғлининг эҳтиёжи. Аммо болаларим қай тилни она тилим, дея олади, уни ҳали тўла англамадик. 😊
Показать все...

👍 17
Tufts Universitetidagi magistratura dasturini tamomladim. Bu davr hayotimda ko’p jihatdan tubdan burilish yasadi. Bilim, malaka, dunyoqarashim va imkoniyatlarim yana bir pog’ona yuqoriga ko’tarildi. Bu yo’lda meni qo’llab kelgan ota-onam, oilam, ustozlarim va do’stlarimdan minnatdorman. @islom_urolov
Показать все...
👍 60🔥 21 8 7🏆 4
Показать все...
Home Page - Commencement

Tufts University's Commencement and Degree Conferral

👍 5 2
Kanalimizda 110 ta premium subscriptionli account bor ekan. Kanalni boost qivoraylik. Storiesga graduationdan rasmlar qo’yib turaman.
Показать все...
🔥 25😁 5👍 1😇 1
Barcha kanallarga bir vaqtning oʻzida obuna boʻlish uchun ushbu koʻk yozuvni ustiga bosing!
Показать все...
Neojamiyat

Muhammad Yusupovich invites you to add the folder “Neojamiyat”, which includes 22 chats.

Doʻstlar, quyida sizlarga turli mavzularda foydali va qiziqarli boʻlgan kanallarni tavsiya qilmoqchiman: @sharqshunos_tarixchi - Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi @santuagaraoflibrary - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida @korinmas_qol - ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida @economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida @green_econ – iqtisodiyot va iqlim oʻzgarishi haqida, xorijda tahsil olayotgan talaba oʻz fikr-mulohazalari va olgan bilimlari bilan boʻlishib boradi @Azizbekh17mem - Boshqa kanallarda uchramaydigan ijtimoiy, siyosiy mem, foto va videolar @jadidlar - Jadidlar xotirasini tiklash, yetuk namoyondalari ijodi va faoliyatini yetkazish yoʻlida ochilgan sahifa @Economics_ITE - Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar @therealniyozov - siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda @lazizbek42 - Dastirlash haqida foydali maslahatlar, foydali gikrlar va kuzatishlar @Bookerberg - kitoblar, filmlar va seriallar haqida @legal_mind - ijtimoiy-siyosiy va aktual mavzularda faqat fikrlar, huquqiy kontent va fikrdoshlar jamiyati @blogdilshoda - yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar (grantlar) haqida rasmlar, videolar, maslahatlar hamda oʻsha imkoniyatlar toʻgʻrisida to'liq ma'lumot berib boruvchi kanal @Kinovat - kino olami haqida qiziqarli va siz bilmagan barchasi @nota_bene1 - shunchaki qiziqarli ma’lumotlar @ZakovArt - tasviriy sanʼat: rassomlar va kartinalar. @engengeng888 - barchasi zakovatga oid... @bilimdon_zakovatchi - Yangi Faktlar , Savollar , Zakovat haqida barchasi, xullas, ideal kanal @xoshimovuz - Hayotimizda boʻlayotgan voqea-hodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharhlar @nofalsafiy - kinodan koinotgacha: turli sferarlar ichra sayohat @Jahonas_world- Amerikada siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi sohasi boʻyicha oʻqish haqida. Study with me va lifestyle content
Показать все...
👍 1
​​Bu video juda yaxshi iqtisodiy dars. Bu yerdagi gʻoya ham, savdoni cheklash — proteksionizm siyosati, yoxud “oʻz bozorini” muhofaza qilish siyosatidek taqdim qilingan. Videodagi gʻoyada tadbirkorlarni “mahalliy” va “xorijiy”ga ajratishga urgʻu berilgan. Proteksionist — savdoni cheklash gʻoyasida ham, “mahalliy mahsulot” va “xorijiy mahsulot” ajratilgani kabi — xato, lekin mantiqiy xatoni yomon tarafi bu narsa iqtisodiyot uchun qimmatga tushadi. Albatta, chet ellik tadbirkorlar Oʻzbekistonga kelsa, pul tiksa va biznesini rivojlantirsa — hech ham xavotirga oʻrin yoʻq, “monopollashtirish” esa davlatni ishtirokisiz imkonsiz. Chunki, bordiku oʻsha chet ellik investorlar bozorni egallab olsalar ham (juda ehtimoli past), lekin bozorga kirish hammaga ochiq boʻlib qolaversa — xavotirga oʻrin boʻlmaydi, chunki yana boshqa chet ellik yoki mahalliy tadbirkorlar kelib, oʻsha “monopollashtirgan” tadbirkorlarni bozorini sindiradi. Albatta agar bozorga kirishni davlat cheklab qoʻymasa. Kirishni cheklab qoʻysa muammo boʻladi. Buni masalan oddiy bir dehqon bozori misolida aytsam. Deylik dehqon bozorda bir nechta odam oʻz mahsulotini sotmoqda, bir nechta chet ellik sotuvchi keldi-da arzonroqqa sotishni boshladi, shu videodagi aka aytganidek, mahalliy sotuvchilar chiqib ketishga majbur boʻldilar, shunda agar bozorni eshigi ochiq tursa va har imkoniyatda yangi sotuvchi kirishiga imkon boʻlsa, “monopollashtirish” xavfi yoʻq. Narxni sunʼiy oshirgan kuni, yana sotuvchilar kelishadi. Chet ellikmi mahalliymi ahamiyatsiz. Oʻzbekistondagi asosiy muammolardan biri ham aynan shu, davlat tomonidan bozorga kirish cheklanishi. Lekin bu videoda boshqa saboq bor, saboq shundaki, tabiiyki, ayrim tadbirkorlar, hatto raqobatli sohalarda faoliyat olib borsalar ham, albatta imkoni boʻlsa davlat raqobatni cheklashidan manfaatdor boʻladilar. Bu yerda ham, diqqat bilan eshitsangiz, videodagi odam, aynan davlat cheklovlarni qoʻyishi haqida aytmoqda. Jamiyat va davlat uchun saboq shundaki — davlat iloji boricha raqobatli muhitni yaratishi kerak va har bir sohaga kirishni iloji boricha ochiq va oson qilib turishi kerak. Har bir tadbirkorlikka toʻsiqni, bozorni cheklanishini jamiyat uchun katta bir kulfatdek qaralishi kerak. Agar oʻsha sohani ichidagi ayrim tadbirkorlar yoki tashkilotlardan sohani qanday rivojlantirish kerak deb soʻrasangiz, ular shunday raqobatni “cheklovchi” choralarni aytishlari ham mumkin. Bundan ehtiyot boʻlish kerak. Shuning uchun ham, qarorlar qabul qilishda, iqtisodiy foydadan kelib chiqqan holdagina fikr yuritsak maqsadga muvofiq boʻladi. Albatta chet ellik investorlar oʻzi shundoq ham Oʻzbekistonda juda juda kam. Mintaqada eng kam kishi boshiga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya oladigan mamlakat hisoblanamiz, lekin shunga qaramasdan ham, cheklashni xohlaydiganlar mavjud. Xuddi shunday, import mahsulotlarini cheklash ham, bir xil mantiqsizlik, agar chet eldagi ishlab chiqaruvchilar, yoki chet ellik sotuvchilar bizga tovarlarni “arzonroq” sotishni xohlab turishgan boʻlsa — biz albatta buni qabul qilishimiz kerak, axir qancha arzonga olsak — shuncha koʻp iqtisodiy yutuq. Teskarisini qilish — xalqni kambagʻallashtiradi.
Показать все...

👍 4
Repost from Musofir Iqtisodchi
Yangi O'zbekiston universitetida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik mavzular bo'yicha tadqiqot olib borish uchun (doktorlikdan oldingi/doktorlikdan keyingi) ilmiy tadqiqotchi vakansiyasi bor ekan. Menimcha oylik yaxshi va tajriba ortirish uchun kam uchraydigan imkoniyat. Magistratura diplomi, ma'lumot to'plamlari bilan ishlash uchun kuchli bilim va Ingliz tilini yuqori darajada bilish kerak ekan. Munosib tanishlar bo'lsa iltimos ulashib qo'ying. @musofir_iqtisodchi
Показать все...
👍 13
Ushbu saytda o’tgan yili yozgan culture shock haqidagi postimni joylashtirdim https://unicraft.uz/post/culture-shock @islom_urolov
Показать все...
"Culture shock"

Yangi madaniyatga moslashish bosqichlari haqida qisqacha

🔥 4 3
Показать все...
👍 11 4🥰 1