cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan

Guliston shahridagi Prezident maktabi: 📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari 📌Prezident maktabidagi yangiliklar 📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar 📌O‘quv jarayonidan lavhalar 📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot ☎️ 67-236-02-07

Больше
Рекламные посты
1 123
Подписчики
+224 часа
-107 дней
+3830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#parvozingiz_sarbaland_bõlsin ⚡️Tadbir davomida bitiruvchi sinf o'quvchilari hamda ularning ota-onalari maktab ma'muriyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. ✳️ Prezident maktabi ilk bitiruvchi o'quvchilari, ayni vaqtda nufuzli Oliy ta'lim dargohlari talabalarining ham bayram tadbiriga tashrifi maktab o'quvchilarini behad quvontirdi. ✨Shu o'rinda maktab rahbariyati hamda ahil jamoasi barcha bitiruvchi o'quvchilarimizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 💫Aziz farzandlarimiz!!! Doimo yo'llaringiz oq, kelajagingiz porloq bo'lsin!!! Har biringiz ulkan mas'uliyatingiz bilan ishonchimizni oqlab, jonajon Ona Vatanimizning ravnaqiga o'zingizning munosib hissangizni qo'shasiz degan umiddamiz!!! Barchangizga omad yor bo'lsin! Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Показать все...
#bayram_muborak 🕊OQ YO‘L SIZGA AZIZ BITIRUVCHILAR! ⚜️Guliston shahridagi Prezident maktabida "Ilm-saodat kaliti!"shiori ostida so‘nggi qo‘ng‘iroq bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. ✨ Tadbirni viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev kirish so'zi bilan ochib berib, barchani ushbu ayyom bilan samimiy muborakbod etdi. O'quv yili davomida har tomonlama faol bo'lgan bir qator o'quvchilar taqdirlandi. ❇️Bayram tadbirining badiiy qismida bitiruvchi o'quvchilar tomonidan beg'ubor bolalikka bag'ishlangan dramatik, Ona Vatanga sadoqat, ota-onalarga cheksiz hurmat va ustozlarga chuqur ehtirom ruhida badiiy chiqishlar, kuy va qo'shiqlar ijro etilib, dilrabo raqslar namoyish etildi. ✅Ayniqsa, o'quvchilar tomonidan jonli tarzda ijro etilgan "Prezident maktabi madhiyasi", "O'zbekiston yoshlari" hamda "Jadidlar"qo'shig'i tadbirga o'zgacha ruh bag'ishlagan bo'lsa, milliy va zamonaviy badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo'ldi. Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Показать все...
👍 5 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishda kundalik.comdagi baholar rasmini yuklash mumkinmi?
➖Kundalik.comning o‘quvchiga joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini chiqarib, keyin ariza.piima.uz saytiga yuklash mumkin. ❗️Diqqat, Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan o‘quvchi baholar tabelining nusxasi direktor tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihon savollari qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarning yoshi va maktabda o‘qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?
➖Mazkur maktablarga kirish imtihonlari savollari taʼlim dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan spetsifikatsiyalarga asosan tuziladi.
❓Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshira olishadimi?
➖Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
2
#qabul_2024 #call_markaz #press_tur ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi. Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu maktablarga 1-iyundan boshlab hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali 20-iyungacha onlayn qabul qilinmoqda. Ota-ona va o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10-may kunidan 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kuniga 3000 mingga yaqin murojaatlarga batafsil javob berib kelinmoqda. Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Biz Andijonda yashaymiz. Farzandim bir paytning o’zida Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hamda mazkur maktabning Andijondagi filialiga hujjat topshirishi mumkinmi? ✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjat topshiruvchi talabgorlar faqat o'zi yashayotgan hududdagi (Nukus shahri, Andijon shahar va Samarqand shahar) filialiga yoki Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjat topshira olishadi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ✅ Shu sababli o‘quvchi Toshkent shahridagi yoki o‘z hududidagi maktabga hujjat topshirgani maqsadga muvofiq. ❌ Chunki o‘quvchida bir vaqtning o‘zida Toshkent shahridagi va o‘z hududidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining kirish imtihonida ishtirok etishi imkoni mavjud emas. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Repost from Hilola Umarova
Dunyoni bilimlilar boshqaradi, kelajakni iste’dodlilar yaratadi. Bu haqiqatni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi jarayonlarini kuzata turib yana bir bor teranroq his qildim. Yevropa va Osiyo qit’asidagi 18 ta davlat o‘quvchi-yoshlari ishtirok etgan ushbu bahs jarayonlari o‘tgan vaqt davomida chinakam ma’nodagi katta bilimlar bellashuviga aylanib ketdi. 120 nafarga yaqin dunyo yoshlarini bir nuqtaga jamlagan ushbu olimpiada bahslarining qizg‘in va murosasiz kechganligini ishtirokchi o‘quvchilarning taassurotlaridan ham anglash qiyin emas. Albatta, O‘rta asr sharq ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ilmiy me’rosi va katta hayot yo‘li dunyoning deyarli barcha davlatlarida hozirga qadar chuqur o‘rganib kelinadi. Va uning tabobatga doir asarlari va tavsiyalari dunyo tibbiyotida keng qo‘llaniladi. Buxoro ana shu buyuk vatandoshimiz nomi bilan ataluvchi katta bir tadbirga mezbonlik qildi. Bunda bilimlar bahs olib borsada, o‘zaro hurmat va do‘stlik yetakchilik qildi. Bu do‘stona kayfiyat ayniqsa yoshlarning Buxorodagi turli tarixiy va madaniy maskanlarga qilgan sayohatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi, deyishimiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bugun yakunlangan ushbu xalqaro olimpiada bahslari O‘zbekiston yoshlari uchun ham bir maktab bo‘lishi qatorida, kelgusidagi muhim musobaqalar oldidan katta tayyorlov vazifasini o‘tagani aniq. Men mazkur olimpiadaning barcha ishtirokchilariga kelajakda bundanda katta omadlar tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показать все...
👍 1
Repost from Sirdaryo.uz
Гулистон шаҳридаги Президент мактабида «Битирув оқшоми» бўлиб ўтди Унда вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиев, мактаб жамоаси ва ўқувчилари, уларнинг ота-оналари иштирок этди. Айни пайтда Президент мактабида 164 нафар ўқувчи таҳсил олади. Уларга 25 нафар маҳаллий, 8 нафар хорижлик мутахассис таълим бериб келмоқда. Бу йил мактаб жамоасининг ютуқ ва муваффақиятлари залворли бўлди, дейиш мумкин. Қайд этилишича, мактаб ўқувчиларининг академик салоҳияти кўрсаткичи бўйича республикада бешинчи ўринда турибди. 23 нафар битирувчининг барчаси муддатидан олдин дунёнинг нуфузли олийгоҳлари талабаси бўлиб, 7 млн АҚШ долларидан ортиқ грант маблағлари соҳибига айланишган. Тантанада сўз олган вилоят ҳокими битирувчилар ва уларнинг ота-оналарига ўзининг самимий тилакларини билдирди. Ўқув йили давомида турли танлов ва мусобақаларда фаол иштирок этиб, совринли ўринларни эгаллаган ўқувчилар тақдирланди. Тадбирнинг бадиий қисмида ўқувчилар саҳна чиқишлари, шеър ва қўшиқлари орқали ўз билимлари, иқтидорларини намойиш қилдилар. Telegram | Facebook | Instagram
Показать все...
👍 16👏 5 1
Показать все...
Guliston shahridagi Prezidenti maktabida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirimizni kanalimizda kuzating.

👍 14
Показать все...
Guliston shahridagi Prezidenti maktabida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirimizni kanalimizga kuzating.

Фото недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda. 📊 Ushbu arizalarning 13-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Перейти в архив постов