cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

ONA TILI VA ADABIYOT (Rasulberdi Nazarov bilan)

◻️Oʻzbek tili va adabiyotiga ixtisoslashgan kanal! 📕Qo'llanmalar ◻Audio darslar ◻ Test namunalari Fan o’qituvchisi: Rasulberdi Nazarov ( SamDU magistri va " G F A " o'qituvchsi) Aloqa uchun : @rasulberdi_nazarovbot

Больше
Рекламные посты
468
Подписчики
-324 часа
-137 дней
-4530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#Ovozli_chat Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat 📆 2024-yil 7-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi. ❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👏 1
Repost from N/a
#Abituriyent #Qabul2024 ⚡️ Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlar ✅ 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. 📱 Oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. ✅ Ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichida abituriyentlar quyidagilarni tanlaydi: ➖ fanlar majmuasi (barcha uchun); ➖ taʼlim tili (barcha uchun); ➖ test topshirish alifbosi (ta’lim tili sifatida o‘zbek tili tanlansa); ➖ test topshirish hududi (barcha uchun). ➖ kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan OTM (alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalish tanlansa). ❕ Bunda fanlar majmuasini aniqlash uchun tanlangan ta’lim yo‘nalishi abituriyent mazkur ta’lim yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tganini anglatmaydi (ta’lim yo‘nalishi test sinovlaridan so‘ng tanlanadi). Bu fanlar majmuasini aniqlash uchun abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. 🏀 Abituriyent alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini tanlasa, kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan OTMni tanlashi mumkin (test topshirish hududini tanlagani kabi). Bu abituriyent mazkur OTMga hujjat topshirganini anglatmaydi. 📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://t.me/BaholashUz/6628 ▶️ Videoqo‘llanmani youtube orqali HD formatda ko‘rish: https://youtu.be/IU_udMVbWBo — — — 📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bir vaqtda iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi (imtihonning aniq sanalari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi). ✅ Ro‘yxatdan o‘tishning 2-bosqichi test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davom etadi va abituriyentlar tomonidan quyidagilar tanlanadi: ➖ oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM); ➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish); ➖ taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin); ➖ tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri). 👨🏻‍🎓 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, mandat natijalari esa ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda my.uzbmb.uz saytida eʼlon qilinadi. — — — ✅ Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlar uchun mandat natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: ➖ kollej va (yoki) texnikum; ➖ kasb va mutaxassislik; ➖ taʼlim shakli. 📝 Kollej va texnikumlar uchun mandat natijalari bir hafta muddatda my.uzbmb.uz saytida eʼlon qilinadi. 👉 @jtodilov 👈
Показать все...
⚡️Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi ✅ Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda: ❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida): ❇️ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ❇️ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 💡Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. ❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq): ❇️ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ❇️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 💡 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
04:20
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish - uz~2.mp428.49 MB
👍 2
.
Показать все...
#Qabul_2024 Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. "Men SamDUga topshirdim, men SamDCHTIga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.
Показать все...
👍 5
01:42
Видео недоступноПоказать в Telegram
⚡️ Rasman: 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon bekor bo‘ldi ▪️ 2024 yilda ushbu ro‘yxatdagi OTMlarda ham boshqa chet tili yo‘nalishi bor OTMlar kabi test imtihoni o‘tkaziladi: ✔️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; ✔️Samarqand davlat chet tillar instituti; ✔️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; ✔️Toshkent davlat pedagogika universiteti; ✔️ Qo‘qon davlat pedagogika instituti; ✔️Nukus davlat pedagogika instituti; ✔️Andijon davlat chet tillar instituti; ✔️ Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Показать все...
7.64 MB
👍 2
Repost from Xushnudbek.uz
Pedagoglar kutgan qaror qabul qilindi: TKT, TESOL, TEFL va TESL uchun ham ustama beriladi, ammo bir sharti bor Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklarining tegishli qarori bilan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. Pedagoglar uchun 2 ta katta yangilik bor: 1️⃣ Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi (60 balldan yuqori), boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi (46 balldan yuqori) sertifikat uchun ustama beriladigan bo‘ldi; 2️⃣ mazkur qaror loyihasi e’lon qilinganidan so‘ng 5 mingdan ortiq takliflar bildirilgan edi. Takliflarning ayrimlar inobatga olingan. Xususan, dastlabki loyihada pedagoglarga ustama beriladigan chet tili sertifikatlar roʻyxatidan chiqarib tashlangan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uchun ham ustama beriladigan bo'ldi. Ammo bir sharti bor. Ya'ni ushbu 4 ta sertifikatlar CEFR tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama to‘lanadi. Agar CEFR tizimining B2 sertifikati bo'lmasa, unda TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uchun ustama berilmaydi. Shuningdek, barcha TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Sertifikatlar qaror.pdf1.14 MB
❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi #abituriyent Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. 📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. ‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi. Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan: https://t.me/xushnudbek/20045 Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2023-yilgi o‘tish bali bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20881 ❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim. Bu haqda batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/23772 Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Xushnudbek.uz

❓Ehtiyojmand xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? #abituriyent Ko‘pchilik shu savol bilan murojaat qilayotgani uchun aniq misol bilan tushuntirmoqchiman. Juda ko‘p xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq o‘qishga kiraman" deb o‘ylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan tashqari ular yuqori ball ham to‘plashi kerak, yaʼni bilim ham muhim. Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika bo‘ylab kunduzgi taʼlimga davlat granti asosida jami 2000 ta QO‘SHIMCHA kvota ajratilgan. Sirtqi va kechki taʼlimda imtiyoz berilmaydi. ❗️Ko‘pchilik tavsiyanoma olganlar “menga ball qo‘shib beradi”, deb o‘ylaydi. Bu ham xato. Mazkur tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi. ‼️BU MUHIM: 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun imtiyozli kvota faqat BIRINCHI yo‘nalishga o‘tadi. Shu sababli birinchi yo‘nalishga kunduzgi taʼlimni tanlash kerak. Agar birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyozli kvotaga daʼvogarlik qila olishmaydi. Birinchiga kunduzgini tanlab, 2…