cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

ONA TILI VA ADABIYOT

Bu kanalda oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari va abituriyentlar uchun test,qoʻllanmalar berib boriladi

Больше
Рекламные посты
297
Подписчики
Нет данных24 часа
-57 дней
-1330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Qachonlardir Oʻzbekistondagi OTMga kira olmagan talaba Harvardda fan doktori ilmiy darajasini oldi Iqtisodchi, doktorant Botir Qobilov Harvard universitetida fan doktorligini himoya qilgan birinchi oʻzbekistonlik boʻldi. Maʼlumot uchun, u oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Markaziy bankida yetakchi iqtisodchi lavozimida ham ishlagan.
“Chet elda, AQShda magistraturani oʻqiganman, hozir doktorlik ishimni yoqlayapman. Singapurda emas, Toshkentdagi Singapur menejment institutida oʻqiganman. Oʻzbekistonda davlat universitetida oʻqimaganimning sababi 1-avgustdagi imtihondan oʻta olmaganman. Buning oqibatida hozir yopilib ketgan xalqaro biznes maktabi – Kelajak ilmi degan nodavlat ilmiy majmuasiga kirganman va Singapur institutiga oʻqishni koʻchirganman. Oʻqishimning trayektoriyasi keyin meni Amerikaga olib keldi. Baʼzilar “shu paytgacha qanaqa yutugʻing bor”, deb soʻrashadi va yutugʻimni Harvardda oʻqiyotganim deb bilishadi. Lekin men eng katta yutugʻim 1 avgustda imtihondan oʻta olmaganim, deb bilaman. Chunki oʻsha imtihondan oʻtib davlat universitetiga kirganimda balki hozirgi oʻrnimda boʻlmasdim”,
deya oʻz tarixini gapirib bergan edi Qobilov bir paytlar bergan intervyusida. Boʻlajak olim oʻz yutugʻidan faxrlanar ekan, oʻz fikrida Oʻzbekistondagi OTM hamda maktab orasidagi farq haqida ham quyidagicha fikr bildirib ketgan edi:
“Kirolmaganim sababi ham kulgili: hozirgacha ham bu muammo boʻlsa kerak, yaʼni test – talabalarni saralash tizimi, menimcha, juda ham yaxshi ishlamaydi. Chunki maktabni bitirayotgan abituriyent bilan universitet orasida katta boʻshliq bor. Yaʼni maktablar universitetga talabalarni tayyorlamayapti. Maktabda olingan bilim oʻqishga kirishga yetarli emas. Hamma qatori men ham qancha-qancha pul sarflab repetitorlarga borganman, shu narsaning oʻzini muammo deb bilaman”,
degan edi u oʻshanda. TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
Показать все...
06:30
Видео недоступноПоказать в Telegram
Badiiy asarlarning pdf va audio shakli. (Koʻk yozuvning ustiga bossangiz ana shu asar chiqadi) 1. "O'tkan kunlar" [Pdf] [Audio] 2. " Kecha va kunduz"( tushgan) [Pdf] [Audio] 3. "Me'mor " [Pdf] [Audio] 4. " Yulduzli tunlar " [Pdf] [Audio] 5. " Sohibqiron " [Pdf] [Audio] 6.  "Jimjitlik" [Pdf] [Audio] 7. "Oltin zanglamas " ( tushgan) [Pdf] [Audio] 8. "Tushda kechgan umrlar " ( tushgan) [Pdf] [Audio] 9. "Nur borki soya bor" [Pdf] [Audio] 10. "O'jar" ( tushgan, badiiy matn bb) 11. "Asror bobo" ( tushgan) 12."Ming bir jon" 13. "San'atkor "💙 14." Adabiyot muallimi" 15."Zarbulmasal" [Pdf] [Audio] 16. " Mehrobdan chayon" [Pdf] [Audio] 17."Ikki eshik orasi" ( tushgan) [Pdf] [Audio] 18 " Qiyomat" [Pdf] [Audio] 19" Asrga tatigulik kun " [Pdf] [Audio] 20" Xo'jand qal'asi" [Pdf] [Audio] 21. "Avlodlar dovoni " [Pdf] [Audio] 22. " Ko'hna dunyo " [Pdf] [Audio] 23. "Ulugbek xazinasi " [ diyonat ] [Pdf] [Audio] 24."Ufq trilogiyasi" [Pdf] [Audio] 25."Lolazor" [Pdf] [Audio] 26."Chinor" [Pdf] [Audio] 27."Otamdan qolgan dalalar " [Pdf] [Audio] 28." Jaziramadagi odamlar" [Pdf] [Audio] 29."Abulfayzxon " [Pdf] [Audio] 30." Temir xotin " [Pdf] [Audio] 31."Dunyoning ishlari " [Pdf] [Audio] 32." Sarvqomat dilbarim " [Pdf] [Audio] 33."Oq kema," [Pdf] [Audio] 34."Jayhun ustida bulutlar " [Pdf] [Audio] 35. "Molxona " [Pdf] [Audio] 36."Yulduzlar mangu yonadi " [Pdf] [Audio] 37."Otoyining tugilgan yili" [Pdf] 38."Qorako'z Majnun", "Qoplon", "Sobiq" [Pdf] [Audio] 39."O'g'ri ", "Bemor" [Pdf] [Audio] 40"Ot egasi" ( tushgan) [Pdf] [Audio] 41." O'zbeklar" [Pdf] [Audio] 42 " Hayotga muhabbat" [Pdf] [Audio] 43" Hellados " [Pdf] [Audio] 44"Garov" [Pdf] [Audio] 45"Ruhlar isyoni [Pdf] [Audio] (Har bir hikoyani alohida raqamlaganimiz uchun 45ta boʻlib ketdi.) Ushbu asarlar boʻyicha testlar mana bu kanalda beriladi👇 a'zo boʻling yoki koʻk yozuv ustiga bosing. @milliysertifikat_Abdusaid
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
8 май — Халқаро Oналар куни! ОНАМНИ КЎРГАНИ БОРАМАН Бозорга чиқибди қулупнай, Етказди, Худодан айланай, Илиниб, илиниб олволай, Онамни кўргани бораман. Ишларим йўлимни тўсса ҳам, Пойимда тиканлар ўсса ҳам, Бир даста гул олиб бўлса ҳам, Онамни кўргани бораман. Кирсам ҳам иккита нон билан, Бағрига босади жон билан, Айтади: "кедингми, жон болам?" Онамни кўргани бораман. Айтмайин боламнинг ғамини, Билдирмай рўзгорим камини, Ўчирмай юрагин шаъмини, Онамни кўргани бораман. Акамнинг яхшисин оширай, Укамнинг айбини яширай, Қувнатиб меҳрини тоширай, Онамни кўргани бораман. Эркалай: «Оймомам, ўзимни, Қувнатиб турасиз кўзимни», Кулади эшитиб сўзимни, Онамни кўргани бораман. @ustoztuhfasi
Показать все...
Milliy sertifikatdan quyidagi darajani olgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilariga ustama berilishi aniq boʻldi: A+ A B+ Boshlangʻich taʼlim ustozlariga: A+ A B+ B C+ C Barchani tabriklaymiz! Rohatini koʻring! @Sertifikat_haydarovlar
Показать все...
Kutilgan xabar ham keldi! Endi sizga savol: Kuzgi imtihonda nechta ustozga ustama olishiga koʻmaklashamiz?! Tasavvur qiling: B+ daraja va 50% ustama! 3 yil davomida bu ustama yigʻilib taxminan 85, 90 million boʻladi! Xullaski, siz maktabni yakunlayvering biz ungacha sizga bir xushxabar tayyorlaymiz! @SertifikatTayyorlov
Показать все...
Milliy sertifikatdan quyidagi darajani olgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilariga ustama berilishi aniq boʻldi: A+ A B+ Boshlangʻich taʼlim ustozlariga: A+ A B+ B C+ C Barchani tabriklaymiz! Rohatini koʻring! @Sertifikat_haydarovlar
Показать все...
Repost from Xushnudbek.uz
Magistratura uchun til bilish sertifikati bekor bo‘ladimi? Aytgancha, mavzu ochilganda yana bir masala haqida ma’lumot bersam. Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda magistraturaga kirish uchun til bilish sertifikati bo‘lish talabi bekor qilinishi haqidagi xabarlar rosa aylandi. Mazkur masala bo‘yicha bir nechta mas’ullar bilan, ya’ni aynan qaror qabul qiluvchi insonlar bilan gaplashdim. Ayni kunlarda magistraturaga kirish uchun xorijiy til bilish sertifikatiga oid talabni bekor qilish bo‘yicha hech qanday reja yo‘q. Va, katta ehtimol bilan, ushbu talab bekor bo‘lmaydi, sertifikat so‘rash davom etaveradi. Shunga qarab tayyorgarligingizni ko‘ring. Mabodo boshqacha yangiliklar bo‘lib qolsa, xabar beramiz. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Repost from Navoiyshunoslik
#Yangi_nashr Foydali ilm ulashmoq eng go'zal amallardan biridir. Shunday amallar bilan band qilib qo'ygani uchun Allohga beadad shukr! "Spectrum" nashriyoti "Navoiyshunoslik" kitobimizni nashrdan chiqardi va barcha viloyatlarga yetkazdi (kitob 5000 nusxada chop qilish rejalashtirilgan). Unda hazrat Navoiy hayoti va ijodiga oid nazariy qismdan tashqari 63 ta g'azal va 63 ta qit'a tahlili mavjud. Kitob MILLIY SERTIFIKAT imtihonlariga tayyorlanuvchilar, qolaversa, hazrat Navoiy ijodlariga qiziquvchi barcha adabiyot muxlislari uchun foydali manbalardan bo'lishiga umid qilamiz! Fursatdan foydalanib, kitob nashrini amalga oshirgan Yoqubjon aka boshchiligida nashriyotning barcha xodimlariga minnatdorlik bildiraman! Bir hadisda inson vafotidan keyin ham unga savobi yog'ilib turadigan uch amaldan biri manfaat olinadigan ilm tarqatish ekani aytiladi. Alloh barcha xizmat qilganlarni hamisha shunday xayrli ishlarga vasila qilsin! Ilk suratda — kamina, ikkinchisida — Yoqubjon aka. https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy
Показать все...
https://t.me/amirarashidova_bot?start=f489ccb8e38af0dd56e0 😍😍😍Qizlajonlar Amira Rashidovaning guruhiga qoʻshiling va bepul 10 kunlik OʻZIGA ISHONCHNI OSHIRISH VA ENERGIYAGA BOY BOʻLISH kursiga qatnashing🥰🥰🥰
Показать все...