ru
Feedback
"UNIVERSAL" o'quv markazi

"UNIVERSAL" o'quv markazi

Открыть в Telegram

"UNIVERSAL" o'quv markazi rasmiy kanali

Больше
293
Подписчики
Нет данных24 часа
-27 дней
+1230 день
Архив постов
🎓 "UNIVERSAL" ўқув маркази 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини ЁЗГИ ТАЪТИЛ даври учун ўқув курсларига таклиф этади! 🏫 ТАЪЛИМДА БИ
🎓 "UNIVERSAL" ўқув маркази 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини ЁЗГИ ТАЪТИЛ даври учун ўқув курсларига таклиф этади! 🏫 ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ ✅ Фарзандингизни ёзги таътил даврида бекор юриши, олган билимларидан узоқлашиб кетиши ёки ўйинқароқ бўлиб қолиши сизни хавотирга соляптими?! Бу муаммоларни ечими албатта бизда мавжуд. "UNIVERSAL" ўқув маркази ёзги таътил даври учун 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини қуйидаги фанларидан ўқув курсларига ТАКЛИФ ЭТАДИ. ▪️Математика ▪️Инглиз тили ▪️Кимё ▪️Биология ▪️7-10 ёшли болалар учун эса МЕНТАЛ АРИФМЕТИКА дарслари бўлмоқда. 🙋‍♂️Барча ўқув курсларига илмга чанқоқ ўқувчи ёшларни ТАКЛИФ ЭТАМИЗ! 👉 Батафсил маълумот: https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1 📞 Тел:+998905999532 📍Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ, Зиёкор кўчаси 🎯Мўлжал:собиқ КОММУНАДАГИ АКАДЕМИК ЛИЦЕЙ биноси рўпарасида

O'qish kerak Birov o'qib olim bo'larmiding deganda: Ha bo'laman deyishga kuch topinglar! Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Миллий сертификат имтиҳонларида иштирок этиш тўлови қанча? 👉 Ўзбек тили ва адабиёти — БҲМ 1.5 (495 минг сўм) 👉 Рус тили ва
Миллий сертификат имтиҳонларида иштирок этиш тўлови қанча? 👉 Ўзбек тили ва адабиёти БҲМ 1.5 (495 минг сўм) 👉 Рус тили ва адабиёти — БҲМ 1.5 (495 минг сўм) 👉 Қорақалпоқ тили ва адабиёти — БҲМ 1.5 (495 минг сўм) 👉 Математика — БҲМ 1.5 (495 минг сўм) 👉 Физика — БҲМ 1.5 (495 минг сўм) 👉 Кимё — БҲМ 1.5 (495 минг сўм) 👉 Биология — БҲМ 1.5 (495 минг сўм) 👉 Тарих — БҲМ 1.5 (495 минг сўм) 👉 География БҲМ 1.5 (495 минг сўм) 👉 Чет тиллари (инглиз, немис, француз, турк...) БҲМ 1.5, 10% чегирма (445 минг сўм) ❗️Маълумот учун, 2023-йил 1-майдан бошлаб базавий ҳисоблаш миқдори 300 минг сўмдан 330 минг сўмга оширилган. Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

O'zbekistonda bu yil o'qishga topshirgan abituriyentlardan deyarli yarmi xattoki o'tish ballini ham to'play olishmagan! 439 3
O'zbekistonda bu yil o'qishga topshirgan abituriyentlardan deyarli yarmi xattoki o'tish ballini ham to'play olishmagan! 439 337 abituriyent 56,7 (o'tish) ballidan kam ball to'plagan. 59 866 abituriyent imtihonda ishtirok etmagan. Shunda jami 499 351 ishtirokchi o‘qishni tark etgan. Faqat 449 135 nafar abituriyent qolgan. Bu yilgi kvota 127 259 nafarni tashkil etadi, ya’ni uch yarim abituriyentning har biri talaba. Ushbu xabarni shu yil o'qishga topshirganlarga jo'natib qo'ying! Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Repost from Xushnudbek.uz
Mandat chiqmasdan turib o‘qishga kirganini qanday bilish mumkinligini yana bir bor tushuntiraman. #abituriyent 1-qadam: avval
+2
Mandat chiqmasdan turib o‘qishga kirganini qanday bilish mumkinligini yana bir bor tushuntiraman. #abituriyent 1-qadam: avval https://mandat.uzbmb.uz saytini ochasiz; 2-qadam: "Kengaytirilgan qidiruv" degan joydan o‘zingiz tanlagan OTM hamda yo‘nalishni qidirib topasiz va “Qidirish” tugmasini bosasiz (1-rasmga qarang); 3-qadam: Shunda umumiy ro‘yxat ochiladi (2-rasmga qarang). O‘sha ro‘yxatda nechanchi o‘rinda turganingizni qidirib topasiz. O‘rinni aniqlash uchun maslahat: har bir sahifada 10 nafardan abituriyent joylashgan bo‘ladi, siz nechanchi sahifadagi nechanchi joydaligingizga qarab, o‘rningizni oson aniqlay olasiz. Masalan, 5-sahifada 3-o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak 43-o‘rindasiz (4 ta to’liq 10 va + 3); 4-qadam: keyin familiyangiz yonidagi “Batafsil” tugmasini bosib, o‘zingizning sahifangizni ochasiz (3-rasmga qarang). O‘sha yerda qaysi yo‘nalishlarga topshirganingiz va ularga nechta kvota berilgani ko‘rsatilgan bo‘ladi; ❗️5-qadam: agar siz kvota doirasidagi o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak, aniq talaba bo‘ldingiz. Masalan, siz topshirgan yo‘nalishda jami 75 ta kvota berilgan, siz esa 68-o‘rinda turibsiz. Bu degani, talabalik bilan sizni tabriklasa bo‘ladi. Nega unaqaligini mana bu yerda tushutirganman: https://t.me/xushnudbek/20711; 6-qadam: xuddi shu ishni topshirgan beshta yo‘nalishingizda tekshirib chiqishingiz mumkin. Agar kvota doirasidan tashqarida turgan bo‘lsangiz-chi, unda hammasi tamom deganimi? Yo‘q, bunday emas. Kvotadan tashqaridagilar uchun ham yaxshi imkoniyat bor. Buni mana bu yerda batafsil tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/20711 👉 @xushnudbek 👈

⚡️Нишонига тегадиган гаплар... Ўн беш йил олдин синф доскаси тахта бўлган, ўқувчи эса ақлли. Ҳозирда эса доска ақлли бўлди, ў
⚡️Нишонига тегадиган гаплар... Ўн беш йил олдин синф доскаси тахта бўлган, ўқувчи эса ақлли. Ҳозирда эса доска ақлли бўлди, ўқувчи эса тахта! Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

✅ Apellasiya shikoyati mandat e’lon qilingandan 3 kundan keyin Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti orqali qabul
Apellasiya shikoyati mandat e’lon qilingandan 3 kundan keyin Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti orqali qabul qilinadi ❌ Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, uning shikoyati ko‘rib chiqilmaydi. ❌ Test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellasiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi. Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#Диққат #Тарқатинг ❗️Абитуриентлар ўқишга кирган ёки кира олмаганини билиб олишлари мумкин Ҳуқуқшунос Хушнудбекнинг сўзларига
#Диққат #Тарқатинг ❗️Абитуриентлар ўқишга кирган ёки кира олмаганини билиб олишлари мумкин Ҳуқуқшунос Хушнудбекнинг сўзларига кўра, 1 августдан 13 августга қадар бўлиб ўтган барча тест синовларининг натижалари маълум бўлди. Энди мандат - https://mandat.uzbmb.uz сайтидаги рўйхат бошқа ўзгармайди. Ўқишга кирган ёки кира олмаганини ушбу натижалар орқали билиб олиш мумкин бўлади. Асосий квота бўйича ўқишга кирганлар рўйхатида турганлар, якуний натижаларни кутиб ўтирмасдан, талабаликни аллақачон нишонлайверса бўлади. Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#UNIVERSAL 🧑‍🎓 Tez kunda boshqa Ixtisoslashgan maktablar va Prezident maktabi 2-bosqich natijasi ham chiqadi! Bizdan uzoqlashmang! Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#eslatma 🔔 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan: ❗️Ixtisoslashtiril
#eslatma 🔔 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan: ❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi. 📆 Shunga ko‘ra, ushbu maktablarning imtihon natijalari shu haftaning oxirlarida Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi. Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

+4
#imtihon_natijalari_2023 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar ❗️Kuzatuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari fayl variantda taqdim etilmoqda. Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#imtihon_natijalari_2023 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDA
#imtihon_natijalari_2023 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI E’LON QILINDI! ❗️Joriy yilning 25-26-iyul kunlari  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi va Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi. Imtihon natijalarini quyidagicha  aniqlashingiz mumkin: portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi, "Natijalar" oynasi, "Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar" sahifasi orqali; ➖ Biroz vaqtdan so'ng, talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali. Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Yakuniy mandatni kutish davrini qanday o'tkazish kerak? Ko'plab abituriyentlar mandat kutish azobini boshidan o'tkazmoqda. Bu davrda faqat ikki toifa abituriyentlar siqilmayapti: eng yuqorida turganlar va eng pastda turganlar. O'rtaliqdagilarning esa yuragi taka-tuka. Xo'sh, mandatgacha bo'lgan vaqtni qanday o'tkazgan ma'qul? Bir qancha tavsiyalarimizni beramiz: 👨‍🌾 Agarda imtihon topshirguncha uy yumushlaridan sizni ozod qilishgan bo'lsa, o'sha ishlarni ikki xissa bajarishga harakat qiling. Agar hovlida tursangiz, dalada ish topilsa, o'shalarni qilgan ma'qul. Mehnat jarayoni rohat bag'ishlaydi, ham mandat salgina miyadan suriladi. 🚶‍♂ Qarindoshlaringizni ko'rishga boring. O'qish bilan bo'lib, ularni ko'pda yo'qlolmaganingiz aniq. Har kuni qaysidir qarindoshingiznikiga, ammangiznikiga, xolangiznikiga, amakingiznikiga boring, qariyalarni ziyorat qiling. 😴 Ko'proq uxlab oling. Chunki o'qishlar boshlanib ketganidan so'ng bu orzuga aylanib qoladi. Talabalik davri oldiniga oson tuyulsa ham, qiyinchiliklari, uyqusiz tunlari asta-sekin boshlanib qoladi. 🖥 Ko'rishni orzu qilgan kinofilm, seriallarni ko'rib chiqing, kitoblar o'qing. Kompyuter o'yinlari ham zarar qilmaydi. Faqat chegarasida! Yana surunkali 48 soatlab o'ynab, o'zingizni toliqtirib qo'ymang. ⛹‍♂ Sport bilan shug'ullaning, masalan, yugurish yoki tosh ko'tarish. Mandat kutish muddat sport ko'nikmalarini oshirish uchun yaxshigina muddat. Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#tezkor #tarqating ❓Mandat qachon chiqadi? Abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘t
#tezkor #tarqating ❓Mandat qachon chiqadi? Abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi (mandat) test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Agar hammasi qonun hujjatlari asosida amalga oshirilsa, (?) roppa-rosa 7 kundan keyin natijalar e'lon qilinadi! ❗️O'tkan yili: Imtihonlar: 20-avgustda yakunlangan Mandat: 27-avgustda e'lon qilingan 😉 Qisqasi, 1 hafta sabr! ❗️Mandatni kutayotganlarga yuboring! Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

🍀🍃🍀🍃🍀🍃🍀🍃🍀🍃🍀🍃🍀 Аслида бугун ҳам кечаги кун каби айнан бир хил кун тақдим этилди. Аммо айнан кечагидай яшашга мажбур эмассиз... Бугунги кунингизни шодлик, табассум ва муҳаббатга тўлдиринг Қадрдон... Ассалому алайкум. Янги кун, янги имкон муборак! 🍀🍃🍀🍃🍀🍃🍀🍃🍀🍃🍀🍃🍀

#super_natija👏👏👏 "UNIVERSAL" o'quv markazi Abdurasulova Madina: 187.9 Ilmingizni ziyoda qilsin! Ustozi: TOSHBOYEVA GULRUH.
#super_natija👏👏👏 "UNIVERSAL" o'quv markazi Abdurasulova Madina: 187.9 Ilmingizni ziyoda qilsin! Ustozi: TOSHBOYEVA GULRUH. Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#super_natija👏👏👏 Ismoilova Mohidil: 182.4 Ilmingizni ziyoda qilsin! Ustozi: TOSHBOYEVA GULRUH. Kanalga ulanish uchun 👇 ht
#super_natija👏👏👏 Ismoilova Mohidil: 182.4 Ilmingizni ziyoda qilsin! Ustozi: TOSHBOYEVA GULRUH. Kanalga ulanish uchun 👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#Qabul2023 ⚡️ Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi 📆 Ma’lumki, 2023-yil 1-avgust kuni 2023-2024-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi. ✅ Bugun, 13-avgust kuni barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bunda jarayonlar: 👉 4-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida; 👉 11-avgust kuni — Sirdaryo viloyatida; 👉 12-avgust kuni — Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlarida; 👉 13-avgust kuni — qolgan hududlarda o‘z yakuniga yetdi. ❇️ Bilimni baholash agentligi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga va xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

12-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi Abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz/answer sahifasidan; 2️⃣ https://mandat.uzbmb.uz saytidan; 3️⃣ Quyidagi Telegram botlardan: ➖ @e_dtm_mandatbot@e_dtm_mandat1bot@e_dtm_mandat2bot@e_dtm_mandat3bot@e_dtm_mandat4bot Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

❗️Test sinovlari to’liq tugadi, endi 10 kun ichida mandat chiqishi kerak Bugun, 13-avgust kuni barcha hududlarda bakalavriat uchun test sinovlari yakunlandi. 1-avgustda boshlangan test sinovlari 13 kun davomida 2 smenada o’tkazildi. Endi amaldagi qonunchilikka ko’ra, 10 kun ichida yakuniy mandat e’lon qilinishi kerak. Kutamiz, qani, mandat o’tgan yillarda kuzatilgani kabi kechikib chiqarmikin yoki vaqtida e’lon qilisharmikin… Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1