"UNIVERSAL" o'quv markazi
Открыть в Telegram
293
Подписчики
Нет данных24 часа
-27 дней
+1030 день
Архив постов
O‘zbekiston aholisi 1 yil ichida 2,2 foizga ko‘paydi
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-iyul holatiga respublika bo‘yicha jami doimiy yashovchi aholi soni 36 mln 372 ming 300 kishini tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘paygan.
Erkaklar soni ayollardan ko‘pligicha qolmoqda:
👩🦰 ayollar – 18 mln 66 ming kishi;
👨🏻 erkaklar – 18 mln 306 ming 300 kishi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#tonggi_motivatsiya
Eng yaxshi bo'lishga imkon beradigan 15 usul:
1. Bugun kechagidan yaxshiroq bo'ling.
2. Sizni ilhomlantiradigan narsani qiling.
3. O'zingiz duch kelgan muammoga 10% e'tiboringizni, 90% esa uning yechimiga e'tibor bering.
4. Ishingizni eng yuqori darajada bajaring.
5. Boshqalarni maqtang, ayniqsa boshqalar maqtashni xohlaganda.
6. Muvaffaqiyatga erishish uchun har kuni o'z hunaringiz bilan shug'ullaning.
7. Qattiq ishlang, bahona qilmang.
8. Yiqilgandan keyin tezda ko'tarilishni o'rganing.
9. Boshqalarga va o'zingizga bergan va'dalaringizni bajaring.
10. Saxiylikni namoyon eting, ayniqsa qiyin paytlarda.
11. Har doim kutgandan oshib ketishga harakat qiling.
12. Jismoniy va aqliy kuchingizni tiklash uchun har kuni vaqt ajrating.
13. Uyingizdagi farovonlikni muvaffaqiyatingiz asosiga aylantiring.
14. Professional sportchi kabi sport bilan shug'ullaning.
15. Boshqalarni kechagidan yaxshiroq bo'lishga ilhomlantiring.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI
Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash, ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot — Cambridge Assessment International Education tomonidan amalga oshiriladi.
Saralash natijalar anonim tarzda e’lon qilinadi. Nomzodning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilmaydi.
Quyidagi havolalar orqali natijalar bilan hududlar kesimida tanishib chiqishingiz mumkin
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#prezident_maktablari
📢 PREZIDENT MAKTABLARIGA 1-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARINI ANIQLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
🔹Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi:
➖Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
➖ Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
➖ Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
➖Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.
📌 Shuningdek, imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Prezident maktablarining 1-bosqichdagi test natijalari e’lon qilindi
Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:
1️⃣ portal.piima.uz saytining "Qabul-2023" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali – https://portal.piima.uz/page/ps1
2️⃣ Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali:
cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/
3️⃣ Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#ЭЪЛОН
🎓 "UNIVERSAL" ўқув марказида МАТЕМАТИКА фанидан янги гуруҳ ўз фаолиятини бошлайди!
✅ Президент ва ихтисослаштирилган мактабларда фарзандини ўқитишни ният қилган ота-оналар диққатига, фарзандингиз шу мактабларга энг юқори балл билан ўқишга киришини истасангиз бугундан ҳаракатни бошланг!
✅ "UNIVERSAL" ўқув маркази 2023 йил 1-августдан МАТЕМАТИКА фанидан янги гуруҳ шакллантирмоқда.
🙋♂️Ўқув курслари ҳафтасига 3 кун 2 соатдан бўлиб ўтади.
⚡️Янги гуруҳга 3-синфни битириб, 4-синфга ўтган ўқувчилар қабул қилинади.
Ўқитувчи: кўп йиллик тажрибага эга ва олий тоифали Юлдашева Шоҳиста устоз.
Руйхатдан ўтиш учун👇
📞Тел:+998905999532
👉 Батафсил:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📍Манзил: Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ, Зиёкор кўчаси.
🎯Мўлжал: собиқ
КОММУНАДАГИ АКАДЕМИК ЛИЦЕЙ биноси рўпарасида.
❗️Мақсадга эришиш йўлидаги энг катта тўсиқ бу – қўрқув!
❗️Қўрқув бўлмаганда ҳозиргача қандай ютуқларга эришган бўлардингиз, тасаввур қилиб кўринг.
🔴Рад этилишдан қўрққанингиз учун ёқтирган қиз (йигит)ингизга гапира олмадингиз, ваҳоланки у ҳам сизни севарди.
🔴Рад этишларидан қўрққанингиз учун ота-онангизга ўзингиз ёқтирган касбни айта олмадингиз, ваҳоланки улар сизни ўз фикрингиз йўқлиги учун ҳавотирланиб ўзлари сизга касб таклиф этишди.
❣ Муваффақиятга эриша олмасликдан қўрқиш ҳаммада бор бўлган ҳиссиёт. Лекин айнан шу ҳиссиётни енгган одамгина мувоффақиятга эришади.
Агар Стив Жобс ёки Жефф Безос ўз гаражида иш бошлашдан қўрққанида ҳозирги Apple ёки Amazon яратилмаган бўларди. Муваффақиятсизлик ҳаммада бўлади. Бундан қўрқманг❗️
Фақат олға!!!
Муваффақият сари!!
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
🔔 Hurmatli ota-onalar!
⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.
🗣 Jumladan:
✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;
✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;
✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).
✅ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.
❌ Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.
📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2023
#Muhammad_al_Xorazmiy_maktabi
❗️AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI KUNI ERTAGA 25-IYULDA, IKKINCHI KUNI 26-IYULDA TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LIB O‘TADI
📆 Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 25-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00 da, 26-iyul kuni esa 1 smenada — 08:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.
⚡️MUHIM:
➖Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining imtihoni bir kun ya'ni 26-iyulda Toshkent shahrida 1 smenada — 12:00 da;
➖Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining imtihoni bir kun ya'ni 26-iyulda Toshkent shahrida 1 smenada — 17:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.
📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
➖“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi
➖ Moliya instituti qoshidagi "Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi"
🔔 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📲 Ma’lumot uchun, ushbu 3 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirgan talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.
✅Talabgorlar imtihon boshlanishidan bir yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 25-iyuldan 31-iyulga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o‘quv muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi
AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori va mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida qabul va imtihon jarayonlari haqida ma’lumot berildi:
✔️ Qayd etilishicha, joriy yilning 25-26-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga, 28-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, 30-iyul kuni Ijod maktablariga hamda 31-iyul kuni Prezident maktablari uchun 2-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
✅ Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari katta sig‘imli 58 ta yopiq binoda o‘tkazilishi belgilangan.
📂 Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun 56 745 ta hujjat, Ijod maktablariga 4 684 ta, hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga 142 212 ta hujjat, Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga jami 18 831 ta hujjat qabul qilingan.
❗️Hozirda maktablarda imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimliklari, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
⏰ Batafsil
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Мотивация
✍ Кун маслаҳати
📌 Мияси майда-чуйда орзуларга тўла одамлар билан узоқ суҳбат қурманг. Улар сизнинг катта орзу-мақсадларингизни чўктиради.
📌 Ҳаётдан аламзада ва норози инсонлар билан мулоқот қилманг. Ундайлар сизнинг ҳаётга бўлган қизиқишингизни, умидингизни сўндиради.
📌 Жуда ҳам эҳтиёткор ва қўрқоқларни фикрларига қулоқ солманг. Улар туфайли таваккалга қўл уролмайсиз.
📌 Дангаса, ишёқмаслар билан дўстлашманг. Акс ҳолда сизнинг миянгиз ҳам уларникига ўхшаб ҳаётда ўсиш учун имкониятлар эмас, кўпроқ ухлаш учун сабаблар излай бошлайди.
📌 Катта орзулар қилинг, мақсадлар қўйинг. Унга етиш режасини тузинг ва бу йўлда сиз билан елкама-елка муаммоларингизни ҳал қилувчи, қувончингизга шерик бўлувчи дўстлар орттиринг!
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#eslatma
Beshikdan to qabrgacha ilm izlang
Mo'min-musulmon ummati doim ilm ummati, ma'rifat ummati, ziyo ummati bo'lib kelgan.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
🏛 📹 TDYU hayoti haqida videorolik.
👨🏻💻Abituriyentlar uchun motivatsiya.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#Хайрли_тонг
🌱Aссалому алайкум! Ҳафтанинг Душанба куни муборак бўлсин😊
Оилангизни бахт, омад ҳеч қачон тарк этмасин.
Соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин!
Бошланган янги кун, янги ҳафта, янги ой барчамизга омадли келсин!
Ҳамиша Аллоҳнинг паноҳида бўлинг🤲
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Ertaga akademik litseylarga kirish test sinovlari bo’lib o’tadi
📆 2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari ertaga (24-iyul kuni) ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Bunda:
1️⃣-smena — 09:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:30) da;
2️⃣-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 13:30) da boshlanadi.
📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.
⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.
📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.
📺📺 Test sinovi test2023.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilib boriladi va keng jamoatchilik jarayonlarni onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Harakatga qarang, natijaga emas.
– Ko'pchilik insonlar yetarli harakat qilmasdan turib natijasini zo'r bo'lishiga harakat qiladi. Aslida, esa harakat har doim ham aniq natijaga olib kelmaydi.
– Harakat har doim qilinaverish kerak, natijasi esa Allohdan. Natijaga kafolat berilmaydi, qachonki harakatni ketma-ketma, davomiy qilinsa natija yaxshi bo'lishi umid qilinadi.
"Garchi strategiya qanchalik zo'r bo'lsa ham, harakat bo'lmasa, strategiya 0 ga ishlaydi".
©Uinston Cherchill
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
🎓 "UNIVERSAL" ўқув марказида 10-11-синф ўқувчилари ва АБИТУРИЕНТЛАР учун ДТМ синови бўлиб ўтмоқда!
⚡️Бугун 23-июл куни барча фанлардан абитуриентлар ва 10-11-синф ўқувчилари учун ДТМ синови ташкил этилди.
✅Тобора яқинлашаётган асосий имтиҳонлар учун бундай ДТМ синовлари муваффақият калити бўлиши аниқ!
Барча ўқувчиларга омад ёр бўлсин!
🙋♂️АБИТУРИЕНТЛАРНИ КЕЛГУСИ ДТМ СИНОВЛАРИГА ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
👉 Батафсил:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📞Тел:+998905999532
🎓 "UNIVERSAL" ўқув марказида 10-11-синф ўқувчилари ва АБИТУРИЕНТЛАР учун ДТМ синови ўтказилади!
🏫 Унутманг!
ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ
✅ Барча фанлардан абитуриентлар ва 10-11-синф ўқувчилари учун АСОСИЙ ИМТИҲОНЛАР ОЛДИ ТАЙЁРГАРЛИК ДТМ СИНОВИ ташкил этиш режалаштирилган.
МАҚСАД НИМА⁉️
✅ Йўналиш фанлар ва мажбурий фанлардан ўқувчиларни реал билим даражасини аниқлаш ва ҳар бир фан бўйича таҳлил натижаларини чиқариб бериш.
✅ Абитуриентлар ва 10-11-синф ўқувчиларини ДТМ даражасидаги тест саволларига тайёрлаб бориш ва ОТМ имтиҳонларига ўқувчида кўникма ва амалиёт ҳосил килиш.
✅ ДТМ синови натижалари бўйича юқори натижага эришганларни тақдирлаш ва соғлом рақобатни ташкил этиш.
⚡️ДТМ СИНОВИ 23-июл якшанба куни соат 9:00 да бошланади!
🙋♂️Барча абитуриент ва 10-11-синф ўқувчиларини ДТМ синовига ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
(Нархи 10 минг)
👉 Батафсил маълумот:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📞 Тел:+998905999532
📍Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ, Зиёкор кўчаси
🎯Мўлжал:собиқ
КОММУНАДАГИ АКАДЕМИК ЛИЦЕЙ биноси рўпарасида
#imtihon_2023
❓Farzandim Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirgan. Agentlik rasmiy sahifalarida yaqin kunlarda imtihon bo‘lishi haqidagi e'lonni o‘qidik. Imtihon ruxsatnomasini qachon yuklab olsak bo‘ladi?
✅Imtihon ruxsatnomasini telefoningizga sms-xabarnoma borgandan so‘ng ariza.piima.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetga o‘quvchining ID raqami hamda telefon raqamini kiritgan holda yuklab olishingiz mumkin.
🗣Eslatib o‘tamiz, sms-xabarnoma imtihon boshlanadigan sanadan uch kun oldin talabgor tomonidan kiritilgan birinchi telefon raqamiga yuborila boshlaydi va imtihon bo‘ladigan kungacha barcha talabgorlarga yetkaziladi.
📲Sms-xabarnomada kirish imtihoni o‘tkaziladigan bino nomi, sanasi, vaqti hamda o‘quvchining guruhi va joyi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
