Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
Открыть в Telegram
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓 - The best international and local teachers 👩🏫 - Innovative Technologies 🖥 - New training methods 📚 - STEM Subjects 👨💻 - useful enrichment programmes 🎼 Murojaat: @pmferganabot
Больше1 791
Подписчики
-324 часа
+327 дней
-7030 день
Архив постов
#avgust_kengashi
#OAV_biz_haqimizda
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi – o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Sevara Shakirova
+9
#avgust_kengashi
🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik Avgust kengashi — o‘quv-seminarini yakunladik.
Unda Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari bilan 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va maktab boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim masalalarni atroflicha muhokama qildik.
Bu yilgi kengashning asosiy g‘oyasi — kuchli maktab kuchli liderlikdan boshlanadi.
❗ Seminar davomida Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va inventarizatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish va tahlil etish, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting va natijadorlikni oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr va tajriba almashdik. ❗ Shuningdek, HR siyosati va pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlaridan samarali foydalanish, ta’lim va sport integratsiyasi, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik. ❗ Maktab rahbarlari bilan huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham muhim masalalarni ko‘rib chiqdik. ❗ Shu bilan birga, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv reja va tarifikatsiyani shakllantirish, kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldik.Mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha Agentligimizning tegishli boshqarma va bo‘limlari mas’ullari tomonidan seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, maktab direktorlari bilan mavjud muammolar, amaliy tajribalar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Eng muhimi, bu uchrashuvlar faqat ma’lumot berish bilan cheklanmay, joylardagi muammolarni bevosita rahbarlarning o‘zidan eshitish, fikr va takliflarni muhokama qilish hamda kelgusidagi vazifalarni birgalikda belgilab olish uchun amaliy maydon bo‘ldi. Men uchun maktab direktori — faqat ta’lim jarayonini boshqaruvchi rahbar emas. U jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, yangilikka ochiq, tashabbus ko‘rsatadigan va eng muhimi, natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan liderdir.
Ikki kun davomida ushbu kengashni mazmunli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishga hissa qo‘shgan Agentligimiz jamoasi, boshqarma va bo‘limlarimiz mas’ullariga, shuningdek, o‘z tajribasi, fikr va takliflari bilan faol ishtirok etgan barcha maktab direktorlariga minnatdorlik bildiraman.🖌 Oldimizda yangi o‘quv yili va katta vazifalar turibdi. Ishonamanki, bir jamoa bo‘lib, aniq maqsad va mas’uliyat bilan harakat qilsak, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqamiz. ✅ Rasmiy sahifalar
+6
#avgust_kengashi
✨ AVGUST KENGASHI: OCHIQLIK, MAS’ULIYAT VA NATIJADORLIK
Avgust kengashining navbatdagi yig‘ilishi ta’lim muassasalarida qonuniylik, samarali faoliyat, kadrlar salohiyati va ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi.
✅ Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, Ichki mehnat tartibi hamda Odob-axloq qoidalari talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅ Shuningdek, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv rejalar va tarifikatsiyani shakllantirish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
✅ Kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan fikr almashilib, professional va salohiyatli kadrlarni tanlashning ahamiyati qayd etildi.
✅ Shu bilan birga “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida rahbarlarning topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashi, mas’uliyat va natijadorlikni oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Prezident_maktabi
#Farğona_shahri
⚡️Fargʻona shahridagi Prezident maktabi yangi o‘quv yili uchun tayyor.
🌐 Telegram manzilimiz | Facebook sahifamiz | Web sahifamiz
+6
#avgust_kengashi
✨ AVGUST KENGASHI: ZAMONAVIY YONDASHUV VA SOG‘LOM TA’LIM MUHITI
Avgust kengashi doirasidagi navbatdagi mashg‘ulotlarda maktabda zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, jamoada sog‘lom munosabatlarni shakllantirish va rahbarlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ “Ta’lim va sport integratsiyasi: zamonaviy yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbolli tajribalar” mavzusida ta’lim jarayonida sportning o‘rni, zamonaviy yondashuvlar va samarali tajribalar muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash, bu borada tizimli yondashuv va hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
✅ Maktab rahbarlari uchun huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha ham zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+6
#avgust_kengashi
✨ AVGUST KENGASHI: ILG‘OR TAJRIBA, TA’LIM SIFATI VA ZAMONAVIY BOSHQARUV
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusidagi Avgust kengashi — o‘quv-seminari doirasidagi mashg‘ulotlar davom etmoqda.
✅Dastlab Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Maktablarni boshqarish, ta’lim sifatini oshirish va samarali tajribalarni tizimdagi boshqa ta’lim muassasalarida qo‘llash yuzasidan fikr almashildi.
✅ Shuningdek, ta’lim muassasalarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish hamda inventarizatsiya jarayonlarini school.piima.uz portali orqali tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
✅ Ta’lim sifatini boshqarishda monitoring va tahlilning ahamiyati, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting yuritish hamda natijadorlikni oshirish mexanizmlari ham mashg‘ulotlarning muhim mavzularidan bo‘ldi.
✅ Bundan tashqari, “HR siyosati — pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlari” mavzusida maktab jamoasi bilan samarali ishlash va pedagoglar o‘rtasida sog‘lom muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
✨ AVGUST KENGASHI O‘Z ISHINI BOSHLADI
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi — o‘quv-seminari o‘z ishini boshladi.
✅ Kengashning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, maktab boshqaruvini takomillashtirish hamda rahbarlarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar.
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilayotgan ikki kunlik tadbirda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, shuningdek, yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari ishtirok etmoqda.
✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Farg‘ona TRK | Rasmiy kanal
☀️Assalom, Farg'ona!
23.08.2026
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi, xalqaro olimpiada bronza medal sohibi Yahyobek Hakimjonov, ustozi va onasi studiyamiz mehmonlari!
Mustaqillik ayyomiga munosib tuhfa. Yoshlarga berilayotgan katta e’tiborning natijasi.
🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
Repost from Farg‘ona TRK | Rasmiy kanal
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlanadi
Ixtisoslashtirilgan maktablar - yuksalishga yo‘l.
🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
Yutuqlarimiz davom etmoqda!
⚡️ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Azizbek Habibullaev Türkiye Scholarships xalqaro stipendiya dasturi g‘olibi bo‘ldi.
📊 Azizbek Habibullaev Cambridge International A Level imtihonlarida yuqori natija qayd etib, Triple A — A-A-A natijasini qo‘lga kiritgan. O‘quvchimiz Türkiye Scholarships — Education Research Program doirasida Turkiyaning Gazi Üniversitesi Mühendislik Fakültesiga Makine Mühendisliği (Mechanical Engineering) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Stipendiya dasturi doirasida universitet kontrakt to‘lovi, yotoqxona, tibbiy sug‘urta, aviachipta hamda oylik 13 000 TL stipendiya qoplanadi.
✅ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi o‘quvchimizni ushbu muhim yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi ta’lim yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
🌐 Telegram manzilimiz | Facebook sahifamiz | Web sahifamiz
Yutuqlarimiz davom etmoqda!
⚡️ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Azizbek Habibullaev Türkiye Scholarships xalqaro stipendiya dasturi g‘olibi bo‘ldi.
📊 Azizbek Habibullaev Cambridge International A Level imtihonlarida yuqori natija qayd etib, Triple A — A-A-A natijasini qo‘lga kiritgan. O‘quvchimiz Türkiye Scholarships — Education Research Program doirasida Turkiyaning Gazi Üniversitesi Mühendislik Fakültesiga Makine Mühendisliği (Mechanical Engineering) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Stipendiya dasturi doirasida universitet kontrakt to‘lovi, yotoqxona, tibbiy sug‘urta, aviachipta hamda oylik 13 000 TL stipendiya qoplanadi.
✅ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi o‘quvchimizni ushbu muhim yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi ta’lim yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
🌐 Telegram manzilimiz | Facebook sahifamiz | Web sahifamiz
Repost from Sevara Shakirova
+6
#sayyor_qabul
#Fargʻona_viloyati
🌿 So‘xda: ota-onalar va pedagoglar bilan yuzma-yuz muloqot
So‘x tumanida tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida ota-onalar, pedagoglar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashdik. Sayyor qabul davomida ularning ta’lim jarayoniga oid murojaatlari, taklif va fikrlarini bevosita tingladik. Ko‘tarilgan masalalarni joyida muhokama qilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab oldik.
Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.Polvonov, So‘x tumani hokimi S.Sayidmusayev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori N.Mannopova, pedagoglar va ota-onalar ishtirok etishdi.
Shuningdek, So‘x tumanida barpo etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktabdagi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdik. Bunyodkorlik ishlarining holati, o‘quv va yordamchi binolarni zamonaviy talablar asosida jihozlash, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish bilan bog‘liq masalalarni ko‘zdan kechirdik. Qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va maktabni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdik.Muloqotimizning asosiy mavzularidan biri — So‘xda yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Ta’lim sifatini ta’minlash, kuchli pedagogik jamoani shakllantirish, zamonaviy ta’lim muhitini yaratish va eng muhimi, So‘xdagi iqtidorli bolalarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun munosib imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdik. Har bir hududdagi bolaga sifatli ta’lim olish uchun teng imkoniyat yaratish — oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri, deb hisoblayman. ✅ Rasmiy sahifalar
Repost from Saida Mirziyoyeva
+9
Buxoro viloyatiga yana keldik — may oyida belgilangan rejalar ijrosini, natijalarini ko‘zdan kechirmoqdamiz.
“Jo‘yzar” kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirildi (yana 10 kilometrida jarayon davom etmoqda). Bu yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkonini beradi. Shu yerning o‘zida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirildi. “Shayxoncha” mahallasida 240 o‘rinli zamonaviy bog‘cha barpo etildi.
Shuningdek, turizm sohasidagi yangi loyihalar — “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Jo‘yi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari muhokama qilindi. Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki to‘laqonli sayohat maskaniga aylantirishdir.
Tashrifimiz yakunida Buxoroi sharifning “Yetti pir” qadamjolarini ziyorat qildik.
—
Снова в Бухарской области — оцениваем результаты майских обсуждений.
На канале Жуйзар забетонировали 9 км (ещё 10 км в работе), что сэкономит 12 млн кубометров воды в год. Рядом уже работает рыбное хозяйство. В махалле «Шайхонча» возвели новый современный детсад на 240 мест.
Также обсудили новые туристические проекты: комплекс «Афшона», этнодома, восстановление канала Жуйи Мулиён, гостиницы и кластер у нового аэропорта. Цель — привлекать 10 млн человек в год, и чтобы Бухара стала для них полноценным
путешествием, а не просто транзитной точкой.
Завершили визит посещением святынь — семи пиров Бухары.
🔰Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiga qabul qilingan yana bir iqtidorli o‘quvchimiz, Rustamov Temurxonning onalaridan samimiy tilak.
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
🔹Fargʻona shahridagi Prezident maktabiga 2026-2027-oʻquv yili kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan iqtidorli oʻquvchimiz Shohrux Rahmatovning muvaffaqiyat sirlari va samimiy dil izhorlari bilan tanishing.
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
⚡️ Fargʻona shahridagi Prezident maktabida 2026-2027-o'quv yili uchun 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
+9
⚡️Yangi O'zbekistonni - yangi yoshlar bilan quramiz.
🏢 Fargʻona shahridagi Prezident maktabida 2026-2027-o'quv yili uchun 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
📌 Ochiq eshiklar kunida yangi qabul qilingan o‘quvchilar hamda boshqa tashrif buyurgan mehmonlarga maktab pedagog xodimlari tomonidan maktab hayoti, dars jarayonlari va qo‘shimcha mashg‘ulotlar haqida ma’lumotlar berildi.
❗️Kun tartibiga ko‘ra:
▫️ Maktabimiz haqida ma'lumotlar va taqdimot;
▫️Yangi o‘quv yili qabul jarayonlari to'g'risida ma'lumot;
▫️ Dars mashg'ulotlari va to'garaklar;
▫️ Prezident maktabi bo‘ylab sayohat;
▫️Qiziqarli savol-javoblar;
▫️Sinflarga bo'linish jarayonlari tashkillandi.
🎉 Barcha o'quvchi yoshlarimizga yangi o'quv yilida omad va zafarlar tilaymiz
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
+9
#sayyor_qabul
#Fargʻona_viloyati
🎓 AGENTLIK DIREKTORINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI — SO‘XDA
Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaat va takliflarini joyida o‘rganish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning navbatdagi sayyor qabuli So‘x bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazildi.
Sayyor qabulda viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.Polvonov, tuman hokiml S.Sayidmusayev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori N.Mannopova, pedagoglar va ota-onalar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida fuqarolarning ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimiga oid murojaat, taklif va muammolari tinglanib, ularni vakolat doirasida hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.✅ Shuningdek, uchrashuvda So‘x tumanida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, ta’lim sifatini ta’minlash hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿 Chekka hududlarda ham iqtidorli yoshlar uchun sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, ota-onalar va pedagoglar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish — Agentlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
"Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!"
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining barcha o‘qituvchi va murabbiylari xalqimizni samimiy muborakbod etamiz.
🔰Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, milliy g‘ururi va yorqin kelajakka bo‘lgan ishonchidir. Bugun biz tinch va obod yurtda, erkin va farovon hayot sari dadil qadam tashlab, yosh avlodga zamonaviy bilim va tarbiya berishdek sharafli vazifani ado etmoqdamiz.
🔹Prezident maktabi jamoasi sifatida Vatanimiz taraqqiyoti, yoshlarimizning yuksak marralarni zabt etishi va Yangi O‘zbekistonning munosib kelajagini barpo etish yo‘lida bor bilim va salohiyatimizni safarbar etamiz.
✅Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#muhim_xabar
📢 RASMIY E’LON: XORIJIY TILLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGA QO‘SHIMCHA QABUL
Ota-onalardan kelib tushayotgan ko‘plab murojaat va takliflarni inobatga olgan holda, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1–7-sinflariga to‘lov-shartnoma asosida qo‘shimcha sinflarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumot va yangiliklarni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali kuzatib boring.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
