Vohid Karimov
Открыть в Telegram
Software Engineer, Google. youtube.com/@vovopapcom | vovopap.com/calendar | @talk2vovopap
Больше5 643
Подписчики
Нет данных24 часа
-17 дней
-1330 дней
Архив постов
5 647
Hozirda human code review jarayoni hamma o'zini va codebase'ini hurmat qiladigan kompaniyalarda bottleneck'ga aylangan. Quyidagi tech talk men uchun juda foydali bo'ldi:
https://youtu.be/Ib5GBkD555M
5 647
Oldin ish kunim qanchalik productive bo'lishi men va mening hamkasblarimga bog'liq edi. Hozir esa qo'shimchasiga LLM agentlarga ham bog'liq bo'lib qoldi. Chota kecha Jetski (tashqarida Antigravity) xotini bilan urishib qolganmi deyman, har doim chotkiy qiladigan tasklarni qilgisi kelmayapti.
5 647
Menda 2ta yangilik bor — biri yaxshi va biri yomon.
Yaxshi: Myunxenda yangi Google ofisi ishga tushyapti 😎 Yomon: Mening jamoam bu ofisga o’tmas ekan 😏
Yangi ofis Myunxenning taniqli Arnulfpost (eski pochta) binosiga uyg’unlashtirib qurilgan. Bu ofis Myunxendagi eng katta ofis bo’lib, aytishlaricha swimming pool’ga ham ega bo’lar ekan.
Oldin Zurich ofisida ishlagan bir Googler aka bilan gaplashib qoldim, uni aytishicha Zurich’da ham swimming pool’ga ega ofis bor ekan. Bir paytlar hazillashib swimming pool’ga pingvin yetishmayapti, iltimos 3-4ta pingvin olib kelaylik deb internal ticket yaratishgan ekan. #1stworldproblems
5 647
Repost from @Rustam-Z⚡️
Coding project ideas — 50+ loyiha
Ko'p junior'lar tajribani qayerdan olishni bilmaydi. Javob oddiy: o'zingiz har xil dasturlarni qurishingiz kerak.
AI'ga loyihani boshidan oxirigacha yozdirmang. System design (schemas, data flow, core logic) va arxitekturani o'zingiz qiling. Dasturlashni o'rganmoqchi bo'lsangiz, qaror qabul qilishda AI ishlatmang.
Va sizlar uchun 50+ loyiha g'oyasini to'pladim, bir nechtasini tanlab, oxirigacha yetkazinglar:
🔗 rustamz.com/coding-project-ideas-for-learning-leveling-up-programming-skills
Ayniqsa universitetning 1–3-kurs talabalari uchun foydali bo'ladi.
@rustamzokirov
5 647
LinkedIn’dagi yangi turdagi postlar: “Men Google interviewlaridan o’tdim, hozirda team-matching jarayonidaman, agar siz Google’da ishlasangiz va menga mos komanda bilsangiz gaplashaylik”.
Ayniqsa internshipga topshirganlar orasida bunday postlar ko’paygan. Bunday kreativ postlar ko’paygani job market rostan ham ancha achinarli ahvoldaligidan dalolat beradi. Men refer qilgan 2-3ta zo’r dasturchilar ham afsuski team-matching’da qolib ketishdi.
Haa mayli, vaziyat yaxshilanadi deb umid qilaman. FAANGdan tashqari ish topish qanday bo'lyapti?
5 647
Myunxenda ko'pchilik moshina o'rniga velosiped ishlatishi sabablaridan biri bu parkovka. Shaxar markazida moshina uchun parkovka topish juda muammo.
Men ham shu sabab velosipedda yuraman. Lekin bugun ofisga kelsam velosiped parkovkasida ham veligim uchun joy qolmabdi 🤷♂️
5 647
Yandex Uzbekistan’dan bepul Dev Camp.
Toshkentda uch hafta: 10–31 oktabr kunlari.
Dasturda backend dasturlash, algoritmlar va AI yo‘nalishlari bo‘ladi.
🧑💻 Dastur IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda universitetni tamomlagan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan.
Buning uchun katta tajribaga ega bo‘lish shart emas. Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q.
🤩 Eng qizig‘i: eng yaxshi ishtirokchilar Yandex Uzbekistan’da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, kompaniya dasturchilari va jamoa rahbarlari bilan muloqot qilish imkoniyati ham bo‘ladi.
O‘zbekistonning boshqa hududlaridan qatnashadigan eng yaxshi ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashash joyi Yandex tomonidan qoplanadi.
❗️Ariza topshirishning oxirgi muddati 30-sentabr.
Ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish va kirish topshiriqlarini bajarish kerak.
5 647
Repost from @Rustam-Z⚡️
⚡️ Google Internship 2027 applications opened today
SWE / Site Reliability Engineering Intern (BS/MS), Summer 2027
• Europe + UK
• Deadline: 23 October 2026
Requirements:
• enrolled in CS or a related technical field in EMEA (Europe, UK)
• penultimate or final year
• Python, C, C++, Java or JS
Last year I referred a few people. 3 of them from 🇺🇿 made it through final round interviews
Now the important part: apply today, asap
The interview process takes weeks, and after that you still need to find a team and a project. Apply late and you can clear every round, then find nothing left.
Apply here: get your CV + transcript (in English) 👇
• Zürich, Munich, Paris, Dublin, Stockholm
• London
@rustamzokirov
5 647
Hammamizga O'zbekiston mustaqillik bayrami muborak bo'lsin! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿
📍 Nuremberg, Germany
5 647
Yangi LLM modellar chiqishini yaqindan kuzatmayman, lekin GPT-6 Astra modeli qiziq bir feature chiqaribdi — mid-turn steering.
Bu funksiya orqali LLM agentga berilgan vazifani bajarish jarayonida o’zgartirishlar kiritsa bo’ladi. Hali ishlatib ko’rmagan bo’lsam-da, quyidagi holatlarda foydali bo’ladi deb o’ylayman:
1. Agentga vazifa berdim, lekin muhim fakt esdan chiqdi. Hozirda agentni to’xtatib, vazifani boshqatdan beraman. Mid-turn steering bilan shu faktni agentning ish jarayoniga qo'shib yuborsam bo’ladi.
2. Agentga oson vazifa berdim, lekin 10 minutdan beri nimalardir qilyapti. Agentni to’xtataman yoki “balki men o’ylaganchalik oson emasdir” deb kutaman. Mid-turn steering bilan “What is taking so long?” deb so’rab, to’g’ri yo’naltirishim mumkin.
3. Agentga “design & planning” turdagi vazifa topshirdim, lekin u research qilib, kod yozishni boshlab yubordi. Hozir agentni to’xtatishga majburman. Mid-turn steering orqali u fayllarni o'zgartirishni boshlaganda “Don’t rush to coding, let’s plan first” deb to’xtatib qolaman.
Tushunishimcha, mid-turn steering bu model qobiliyati emas, balki agent harness qatlamida qurilgan yechim (correct me if wrong). Shu featureni ishlatganlar bormi? Qanchalik yaxshi ishlayapti?
5 647
Dasturlashdan keyin qaysi yo‘nalishda rivojlanish haqida o‘ylayapsiz?
Variantlardan biri – Machine Learning.
9 sentyabrga qadar Yandex ML School Uzbekistan'ning bepul bir yillik dasturiga ariza topshirish mumkin. Avvaliga matematika va fundamental bilimlar o‘rganiladi, keyin esa Machine Learning, Deep Learning, Computer Vision, NLP, LLM va Reinforcement Learning yo‘nalishlari bosqichma-bosqich o‘zlashtiriladi.
🤩 Ya’ni bu shunchaki «AI bo‘yicha kurs» emas, balki ML modellari va zamonaviy AI texnologiyalari qanday ishlashini izchil o‘rganish imkoniyati.
Yangi oqimga 35 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Qatnashish uchun saralovdan o‘tish kerak. Mashg‘ulotlar Toshkentda kechki vaqtda bo‘lib o‘tadi.
👉 9 sentyabrga qadar ariza topshirishga ulguring!
5 647
Bugun parollar haqida bir foydali narsa o'qib qoldim...
Ba'zi kompaniyalar xodimlariga vaqti-vaqti bilan korporativ parolni o'zgartirishni majbur qilar ekan. Parolni 6 oyda bir almashtirib turish korporativ tizim xavfsizligini kuchaytirishdek ko'rinsada, aslida bu teskari natijaga olib kelar ekan. Chunki xodimlar oddiy va eslab qolish oson bo'lgan parollardan foydalanishni hamda ularni qog'ozga yozib yurishni boshlashadi.
Agar kompaniyangizda sizlarga ham password rotation majburiy bo'lsa, postimni boshlig'ingizga jo'natib qo'ying.
5 647
LLM va AI agentlar hali ham men bergan ahmoq argument yoki takliflarga yo'q deya olmaydi. Ba'zida hayol bir joyda bo'lmaydi yoki uzoq ish kuni ohirida odam charchaydi. Shunday holatlarda "kettik tomdan kalla tashaymiz" desam, "davay qo'limni ushla kettik" deydi.
Yo'q degani yetarlicha context borku. Maqsadlar va cheklovlarni aniqlashitirib oldikku. Men bundan chetlashishni boshlaganimda (atayin yoki adashib), u menga "Vohid, bu narsa kelishuvimizga teskariku. Nega bunday qilmoqchisan?" deyishi kerak.
5 647
Telegramni nomini Connecting-ga o'zgartirish kerak.
Telegram bir paytlar juda tez va barqaror ishlar edi va men uchun eng zoʻr app edi. Telegramni yozayotganlar 10x monster dasturchilar boʻlsa kerak deb oʻylab yurar edim junior dasturchiligimda. Text/voice xabarlar joyida joʻnar edi va voice/video qoʻngʻiroqlar esa sekin internetda ham ishlardi. GIF ishlatib oʻrtoqlar guruhida mazza qilar edik.
Hozir esa Telegramda:
— Ovozli xabarlar ketishini kutib tomosha qilib oʻtirasiz. Video xabarlar ham shu.
— Chatda joʻnatilgan rasmlar thumbnaillari ham juda sekin ochadi. Kutib-kutib kerakmas deb chiqib ketasiz.
— GIF search rasvo ishlaydi. Sekin ochadi va ochganda ham qidirgan search term-ga mos GIF-lar topmaydi.
Toʻgʻri, Telegram 99% holatda yaxshi ishlaydi. Lekin xayolimda (albatta statistikaga ega emasman) oldin 99.99% ishlar edi. Oʻsha 0.99% messaging app uchun sezilarli farq oʻynar ekan. Balki Telegram Premium bilan yaxshiroq ishlar, farqini sezganlar boʻlsa yozinglar.
Biror kishi shu postni Pavelga joʻnatvorsin, iltimos.
5 647
Yaqinda bo’lgan suxbat:
Tanish Googler: Hey dude, how is it going?
Me: All good, except I have too much work these days.
Fellow Googler: I see. Just put your asian into work!
Me: Hmm, what do you mean my "asian"? Dude, that is racist.
Fellow Googler: No, no! I said put your agents into work.
5 647
To'g'risi aytsam Waymo'ni Germaniyaga kelishi ko'pchilik uchun surpriz bo'ldi. Ahir Germaniya bu qoidalar, tartiblar, va byurokratiya davlatiku. Butunlay autonomous moshinalar uchun Germaniya davlatidan oq fotiha oguncha qancha vaqt ketar ekan deb hamma hayronda.
Nima bo'lsa ham biz juda hursandmiz 🎉💪😎
5 647
Bir paytlar biz San Francisco'ga borardik Waymo ko'rgani. Endi Waymo kelyapti Munich'ga bizni ko'rgani 😎
https://waymo.com/blog/2026/08/waymo-in-munich/
5 647
Chrome Autofill har doim ishlataman va ancha vaqtimni tejaydi. Endi Google Wallet orqali Chrome sizning passport va boshqa malumotlaringizni ham to'ldirib berar ekan. Passport malumotlarini to'ldirishdagi stressdan qutilar ekanmiz vanihoyat. Ishlatib ko'rganlar bormi?
https://blog.google/products-and-platforms/products/chrome/autofill-ios-android-wallet/
