ru
Feedback
Abdusattor

Abdusattor

Открыть в Telegram

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal ✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot Maqsad Club: @maqsadobuna

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала Abdusattor

Канал Abdusattor (@abdusattor) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 59 339 подписчиков, занимая 359 место в категории Мотивация и цитаты и 1 216 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 59 339 подписчиков.

Согласно последним данным от 23 сентября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -1 002, а за последние 24 часа — -31, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Верифицирован (официально подтверждён Telegram)
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 42.30%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 20.44% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 25 093 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 12 126 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 333.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal ✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot Maqsad Club: @maqsadobuna”

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 24 сентября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Мотивация и цитаты.

59 339
Подписчики
-3124 часа
-2197 дней
-1 00230 дней
Архив постов
Nega kimdir oyiga $500, kimdir $5 000, yana kimdir $10 000 topadi? Buni aql desak, aqlli bo‘lmagan boylar bor. Ta’lim desak,
Nega kimdir oyiga $500, kimdir $5 000, yana kimdir $10 000 topadi? Buni aql desak, aqlli bo‘lmagan boylar bor. Ta’lim desak, oliy ma’lumotsiz ham katta daromad qilayotganlar bor. Tinimsiz mehnat desak, kun bo‘yi jismoniy mehnat qilib, baribir kam daromad qiladigan millionlab odamlarni ko’rishimiz mumkin. Bu yerda qayerda va qaysi oilada tug‘ilganimiz kabi bizga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Lekin biz o‘zgartira oladigan taraflari ham yetarlicha. Yangi YouTube videomizda shu kabi savollarga javob izladik. Insonning daromadi qanday shakllanadi, bozorda qaysi ko‘nikmalar qimmat turadi va o‘zimiz ta’sir qila oladigan omillar orqali moliyaviy holatimizni qanday yaxshilash mumkinligini ham tahlil qildik. Ko‘rishingizni tavsiya qilaman. 📹: https://youtu.be/ZR-cskvRUnQ?si=8RbkjuV6dZ2vYcB5

AI’ni ishlatib ko‘rish bilan uni ish quroliga aylantirish orasida katta masofa bor. ChatGPT’dan matn yozdirolasiz, lekin har kuni ikki soatingizni olayotgan ishni u bilan qanday yengillashtirishni bilmasligingiz mumkin. AI’da video yasash oson. Lekin shu imkoniyatni mijoz chaqiradigan va daromad keltiradigan xizmatga aylantirish boshqa masala. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma’lumotlariga ko’ra AI’dan foydalanadigan korxonalar ulushi 2024-yildagi 14,2 foizdan 2025-yilda 20,2 foizga oshgan. O‘sish sezilarli, lekin bu hali har beshta korxonadan taxminan bittasi degani. Siz ijtimoiy tarmoqlarda AI haqidagi kontentni ko‘p ko‘rib, hamma allaqachon undan foydalanyapti deb o’ylaysiz. Lentangizda bir mavzu ko‘payishi butun bozor shunaqa degani emas. Ya’ni AI bilan orqali o’z xizmatingizni bizneslarga taklif qilishga hali kech emas demoqchiman. Bu uchun o‘zingiz biladigan sohadan boshlashingiz mumkin. O‘sha ishda yillar davomida orttirgan tajribangiz qayerga AI kerakligini, qayerda esa oddiyroq yechim yetarli ekanini ko‘rishga yordam beradi. Faqat daromadni AI haqidagi bilimning o‘zi kafolatlamaydi. Siz yaratgan yechim kimningdir ishiga qanchalik foyda berishi muhim.

Raqamli San’at Ijodiy Birlashmasi tashkil etildi. Loyihaning rejalari va asosiy yo'nalishlarini ko'rib mazza qildim. Manga judayam yoqdi. Sizlardan kamdan-kam biror bir kanalga obuna bo'lishingizni so'rayman. Lekin bu loyihaga obuna bo'lmasangiz bo'lmaydi. Loyiha haqida to'liq ma'lumotni loyihaning rasmiy Telegram kanalida olishingiz mumkin. @raqamlisanat

Man tarixni juda zo‘r bilaman deb aytolmayman. Lekin tarixga doim qiziqqanman. Tilimiz, xarakterimiz, madaniyatimiz, hatto ay
Man tarixni juda zo‘r bilaman deb aytolmayman. Lekin tarixga doim qiziqqanman. Tilimiz, xarakterimiz, madaniyatimiz, hatto ayrim odatlarimiz ham bizdan oldin yashagan minglab ajlodlar qoldirgan iz ekanligini tushunaman. Bolaligimizdan ko‘plab xorijiy qahramonlarni obraz sifatida taniymiz. Ularning kiyimi, xarakteri, janglari, hatto gapirish uslubigacha ko‘z oldimizda. O‘zimizning tariximizda ham qahramonlar, voqealar va hikoyalar bundan kam emas. Shu sabab man doim o‘z tariximizni ham zamonaviy vizual tilda ko‘rishni xohlardim. Bugun Raqamli San’at Ijodiy Birlashmasi Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasini zamonaviy vizual vositalar va sun’iy intellekt yordamida qayta talqin qilibdi. Manimcha, bu o‘z tariximizni yangi avlodga zamonaviy tilda yetkazish yo‘lidagi qiziq tajribalardan biri. Ko‘rishingizni tavsiya qilaman. 🎞: https://youtu.be/f_fJpTnWIMQ?si=8CJxxvPN16OavJik

Avtomatik jamg‘arish nega ishlaydi? Har oy o‘zingizga “bu safar albatta pul ajrataman” deysiz. Lekin oy oxiriga kelib reja ko‘pincha amalga oshmay qoladi. Agar pul kartangizdan avtomatik ravishda jamg‘armaga o‘tib tursa, natija butunlay boshqacha bo‘ladi. Bu faqat iroda emas, tizim masalasi ekanini ko‘rsatadi. AQShda o‘tkazilgan bir tadqiqotda kompaniya xodimlari pensiya jamg‘armasiga qo‘shilish uchun o‘zlari ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lgan. Hech narsa qilmasa, jamg‘arma ham boshlanmasdi. Natijada xodimlarning atigi 37 %i dasturda qatnashgan. Keyin tizimni o‘zgartirishgan. Yangi xodim ishga kirishi bilan avtomatik ravishda jamg‘arma dasturiga qo‘shilgan, xohlamasa esa keyin o‘zi chiqib ketishi mumkin bo‘lgan. Natijada jamg‘armada qatnashuvchilar soni 37 %dan 86 %gacha oshgan. Ya’ni odamlar har doim jamg‘arishni xohlamagani uchun emas, ko‘pincha uni boshlashni kechiktirgani uchun ham pul yig‘olmaydi. Yaxshi tizim esa har safar o‘zingizni majburlash zaruratini kamaytiradi. Imanum aynan shu muammoni avtomatlashtirishga yordam beradi. Masalan, qancha pulni kunlik yoki oylik jamg‘armaga ajratishni oldindan belgilab qo‘ysangiz, ilova shu summani avtomatik ravishda kartangizdan jamg‘armangizga o‘tkazib boradi. Shaxsan men ham avtoinvestitsiya funksiyasidan foydalanaman. Har kuni belgilangan miqdordagi pul kartamdan avtomatik yechilib, jamg‘armamga qo‘shilib boradi. Manashu kichik funksiyaning effekti pul yig’ishda juda katta rol o’ynaydi.

3-qism Shu sabab internetda: “Milliarderlarning 80 foizi mana buni qiladi”, “Baxtli odamlarning 70 foizi mana bunday yashaydi”, “Uzoq umr ko‘radigan odamlar mana buni yeydi” degan ma’lumotlarni ko‘rganimizda birinchi savol berishingiz kerak. - “Raqam rostmi?” - “Bu narsa sababmi yoki shunchaki yonma-yon kelayotgan belgimi?” Masalan, muvaffaqiyatli odamning hayotiga qaraymiz. Soat 5 da turadi, kitob o‘qiydi, sovuq dush oladi, qahva ichadi, qora futbolka kiyadi. Keyin shu tashqi belgilarni ko‘chirib, natija ham ko‘chadi deb o‘ylaymiz. Vaholanki, uning natijasini olib kelgan asosiy sabab butunlay boshqa joyda bo‘lishi mumkin. 20 yil bir sohada ishlagandir. Kerakli vaqtda kerakli odam bilan tanishgandir. Oilasi unga kuchli ta’lim bergandir. Risk qilgandir. Omadi kelgandir. Yoki bularning hammasi birgalikda ishlagandir. Shuning uchun korrelyatsiya bizga “bu ikki narsa orasida bog‘liqlik bor” deydi. Lekin “Nega bog‘liqlik bor?” degan savolga javob bermaydi. Sababni bilish uchun yana chuqurroq kirish kerak. Uchinchi omillarni ko‘rish kerak. Sababning yo‘nalishini tekshirish kerak. Ba’zida tajriba qilish kerak. Ba’zida esa shunchaki “Bilmayman” deyishga intellektual halollik kerak bo’ladi. Menimcha, statistik fikrlashning eng muhim ko‘nikmalaridan biri ham shu. Raqam ko‘rganimizda hayratlanishdan oldin, o‘zizga savol bering. Balki men sababni natija bilan adashtirayotgandirman? Chunki statistikada eng xavfli yolg‘on har doim soxta raqam bo‘lmaydi. Ba’zida raqam mutlaqo to‘g‘ri bo‘ladi. Xato o‘sha to‘g‘ri raqamdan chiqargan xulosada bo‘ladi.

2-qism Masalan, yana bir mashhur gap bor, “Muvaffaqiyatli odamlar ertalab 5 da uyg‘onadi” degan. Shu gapdan “Demak, soat 5 da uyg‘onsam muvaffaqiyatli bo‘laman” degan xulosa chiqarsak to'g'ri bo'ladimi? Aks holda obodonlashtirish xizmati xodimlari dunyodagi eng boy odamlar bo‘lishi kerak edi. Ular sizdan ham, mendan ham oldin uyg‘onishadi. Demak, muammo uyg‘onadigan soatda emas. Balki muvaffaqiyatli odamlarning ayrimlari umuman tartibli yashar. Balki maqsadi aniqdir. Vaqtini to'g'ri boshqarar. Keraksiz narsalarga “yo‘q” der. Yoki erta uyg‘onish shunchaki o‘sha hayot tarzining bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Biz esa natijani ko‘rib, uni sabab deb o‘ylaymiz. Bu huddi daraxtning mevasiga qarab “Demak, olmani shoxga osib qo‘ysam, daraxt bo‘ladi” deyishga o‘xshaydi. Yo‘q. Olma sabab emas. Olma undan oldin bo‘lgan butun bir jarayonning natijasi. Ildiz bor. Suv bor. Tuproq bor. Quyosh bor. Vaqt bor. Biz esa oxiridagi ko‘rinib turgan narsani olib, barcha muvaffaqiyatni shunga bog‘lab qo‘yamiz.

Boy odamlar ko‘proq kitob o‘qiydi degani, “kitob o‘qisangiz boy bo‘lasiz” degan emas. Tasavvur qiling, yoz fasli keldi. Muzqa
Boy odamlar ko‘proq kitob o‘qiydi degani, “kitob o‘qisangiz boy bo‘lasiz” degan emas. Tasavvur qiling, yoz fasli keldi. Muzqaymoq savdosi oshdi. Xuddi shu paytda suvda cho‘kish holatlari ham ko‘payadi. Agar statistikaga yuzaki qarasak, “Muzqaymoq odamlarni cho‘ktiradi” degan xulosa chiqarishimiz mumkin. Chunki muzqaymoq savdosi oshgan sari cho‘kish ham oshyapti. Mantiqsiz, to‘g‘rimi? Muzqaymoq bilan cho‘kish o‘rtasida bog‘liqlik bor, lekin biri ikkinchisining sababi emas. Statistikada bunga “korrelyatsiya” deyiladi. Oddiy tilda aytganda, ikki narsa bir vaqtda o‘zgarayotganini ko‘ramiz. Muammo shundaki, inson miyasi bunaqa raqamlarni ko‘rganida darrov hikoya yasagisi keladi. Misol uchun A oshdi. B ham oshdi. Ha demak, A sababli B oshgan deb juda ko‘p xato qilamiz. Masalan, boy odamlar ko‘p kitob o‘qiydimi? Ha. Demak, ko‘p kitob o‘qisangiz boy bo‘lasiz deyish to’g’ri xulosa bo’lmaydi. Balki umuman teskarisidir? Balki daromadi yuqori odamning vaqtini boshqarish imkoniyati ko‘proqdir va shu sabab u ko‘proq kitob o‘qir? Yoki yaxshi ta’lim olgan odam ham ko‘proq kitob o‘qiydi, ham yuqori daromadli kasbga kirish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi. Unda kitob boylikning sababi bo‘ldimi? Yoki ta’lim ikkala narsaga ham ta’sir qildimi? Yoki kitob o‘qish ham qisman yordam berdi, yuqori daromad ham keyinchalik ko‘proq o‘qish uchun sharoit yaratdimi? Mana shu joydan boshlab masala qiziqlashadi. Chunki real hayotda sabablar kamdan-kam hollarda bitta bo‘ladi.

Pulni tejash kamroq xarid qilish degani emas. Muammo nima uchun xarid qilayotganingizni tushunishda. Kimdir telefoni eskirgani va foydalanish noqulay bo’lgani uchun yangi telefon sotib oladi. Yana kimdir atrofidagilardan ortda qolmaslik uchun. Tashqaridan ikkalasi ham bir xil xarid. Lekin birinchisi ehtiyojdan kelib chiqqan qaror, ikkinchisi esa impulsiv. Rostini aytsak biz ko’p holatda hissiyot bilan xarid qilamiz. Va shu tarzda pulimizning katta qismi ongli tanlovga emas, avtomatik iste’molga ketadi. Manimcha, moliyaviy intizom ham aynan shu joydan boshlanadi. Inson uchun bugungi rohat ham kelajakka investitsiya ham kerak. Asosiy narsa qaysi biriga qancha mablag’ ketishida. Masalan, hozir daromadingizning atigi 5–10 foizini IMANUM orqali investitsiyaga ajratsangiz, bu summa bugun hayotingizni tubdan o‘zgartirmasligi mumkin. Lekin sizda pulning bir qismini iste’mol qilmasdan, kelajak uchun ajratish odati shakllanadi. Odam avval katta pul topib, keyin moliyaviy intizomli bo‘lib qolmaydi. Kichik mablag‘ni boshqarishni o‘rgangan odam katta mablag‘ kelganida ham uni qayerga yo‘naltirishni biladi. Shu sabab investitsiyani faqat “qancha daromad beradi?” degan savol bilan ko‘rmaslik kerak.

Bir dasturchi har kuni chekish yillar davomida o‘pkaga qanday ta’sir qilishini 3D model orqali ko‘rsatibdi. Qiziq joyi ekranda ko‘rinayotgan har bir o’pka uchun alohida 3D model yaratilmagan. O‘pkaning bitta 3D modeli yaratilgan. Keyin Chat GPT Astra shu bitta modelni jonlantirgan. Ya’ni saytga kirib “5 yil”, “10 yil”, “20 yil” deb o‘zgartirsangiz, o‘pka ham ekranda asta-sekin o‘zgaradi. Ba’zi narsalarni matndan o‘qish yoki mutaxassisdan eshitish har doim ham ta’sirli bo’lavermaydi. Masalan, “chekish o‘pkaga zarar qiladi” degan gapni hammamiz bilamiz. Lekin o‘sha zarar yillar davomida qanday yig‘ilib borishini 3D ko‘rinishda ko‘rish butunlay boshqa ta’sir qiladi. 🔗: https://breath-atlas.thebuggeddev.chatgpt.site

Videoda 5-kuni deyilgan, lekin ochiq eshiklar kuni 6-sentabr kuni bo’ladi. Man o’zim ham shu yerda bo’laman. Chunki shu loyihadan uy olganman va qurilish jarayonlarini o’zim ko’rmoqchiman. Ochiq eshiklar kuniga kelib, kompaniya egasi bilan yuzma-yuz gaplashishingiz mumkin. Tadbirga faqat “O’rmon Saroyi” loyihasidan uy olganlar emas hamma kelishi mumkin. O’rmon Saroyi loyihasida ko’rishamiz.

🗓️ 6-sentyabr kuni soat 11:00 da “O‘rmon Saroyi” loyihamizda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. 🌳 Siz loyiha qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishasiz, xonadonlar va mavjud takliflar haqida to‘liq ma’lumot olasiz. Ishtirok etish uchun pastdagi havola orqa ro‘yxatdan o‘ting https://forms.gle/eKu3PvUHApHKApA58 📞 +998 55 515 01 00

Negadir topadigan pulimizga ikki xil munosabatda bo’lamiz. Oylik maoshni rejalashtirib ishlatamiz, lekin premiya yoki sovg‘a qilingan pulni "tekin pul" deb o’ylaymiz. Mantiqan ikkalasi ham bir xil xarid kuchiga ega. Lekin “tekin pullar” kelganda ongimiz bizni keraksiz xarajatlarga undaydi. Har oy maosh yoki asosiy mehnatingiz evaziga keladigan pulni ishlab topish qanchalik qiyin bo‘lganini miya yaxshi biladi, shuning uchun uni juda ehtiyotkorlik bilan rejalashtiradi va tejaydi. Premiya, lotereya yutug‘i, sovg‘a yoki kutilmaganda qaytgan eski qarz uchun miya zo‘riqmagani uchun uni "tekin imkoniyat" deb baholaydi va bir lahzalik qarorlar bilan keraksiz narsalarga ishlatishga tayyor turadi. Shu joyda vijdonni oqlaydigan "Baribir bu pul mening oylik rejamda yo‘q edi!" degan fikr uyg‘onadi. Aynan shu fikr keraksiz xarajatlar uchun yashil chiroq yoqib beradi. Aslida rejada bo’lmagan pulga sarflash maqsadida emas, jamg‘armani kattartirish maqsadida berilgan imkoniyat deb qarash kerak. O’zimning tajribamdan kelib chiqsak, man ham kutilmaganda kelgan pullarni oson ishlatib yuborardim. Keyin o’tirib hisoblasam o’sha pullarning 90% keraksiz narsalarga sarflanganini tushunardim. Pulni jamg’arishga keladigan bo’lsak, naqt yoki plastikda pul yig’ishni jamg’arma deb o’ylamayman. Chunki nafsim istagan vaqtda u pulni oson ishlataman. Shuning uchun ham har kuni kunlik harajatlarimdan ortgan pulni oz miqdordan bo’lsa ham Imanum’ga investitsiya qilib boraman. Imanum’dagi pul man uchun begona pul desam ham bo’ladi. U yerdagi jamg’armam Islom moliyasi asosida har doim ko’payib boradi. Agar hayotimda o’sha mablag’ga haqiqatan ham qattiq ehtiyoj sezsam undan foydalanishim mumkin. Lekin shu vaqtgacha bunga ehtiyoj sezmadim. Pul jamg’arish uchun katta pul bo’lishi ham shart emas. Kuniga 100-200 ming so’mdan ham ajratib yurish mumkin. Asosiysi shu odatni shakllantirish.

Telegram kanaldagi so’rovnomada 44% (2943 ta) odam hayotini o’zgartiradigan keskin qaror qabul qilishni istagani lekin komfort zonasidan chiqolmagani haqida ovoz berishgan. Psixologiyada bu Yo‘qotishdan qo‘rqish nazariyasi deyiladi. Ya’ni yo‘qotilgan $100 dollarining hissi, to‘satdan topib olgan $100 dollarining quvonchidan kamida 2 baravar kuchliroq bo‘ladi. Bunga yana bir misol ota-onalarimiz 90-yillardagi inqirozlar yoki valyuta tebranishlarini ko‘rishgan. Ularning miyasida "Borini yo‘qotib qo‘ymaslik" instinkti shunchalik kuchli shakllanganki, buning ta’siri farzandalarga ham o‘tgan. "Tinchgina kafolatlangan davlat ishida ishla", “Nima bo’lsa ham diplom olish kerak” kabi maslahatlar manashu yo’qotishdan qo’rqish nazariyasining namunasi. Inson ko‘pincha "Men risk qilmadim, demak hech narsa yo‘qotmadim" deb o‘ylaydi. Aslida har kuni "xavfsiz" qarorlarni tanlash qisqa muddatda hech narsa yo‘qotilmagandek tuyuladi, lekin 10-20 yil o‘tgach, inson o‘zining haqiqiy potensialini va imkoniyatlaridan foydalanmaganini tushunib yetadi. Shuning uchun yangi kasb va ko’nikmalarni o’rganish, hayotida yangi tajribalarni sinab ko’rish insonning potensialini yuzaga chiqarishga katta yordam beradi. Biz bu mavzu haqida Maqsad klubimizdagi “O’zgarish uchun kerak bo’lgan asosiy nazariya” darsida ham gaplashganmiz.

Bir haftadan keyin yangi o'quv yili boshlanadi. Man 2 ta farzandimni "Jahon School"ga berganman. "Jahon School" asoschisi Jahongir Pulatovni yaqindan taniyman va uni chinakam ta'lim odami deb bilaman. Shu uchun ham bolalarimni qo'rqmasdan uning maktabiga berganman. "Jahon School" maktabi 26-avgust kuni ota-onalar uchun "Maktab ko'rish kuni"ni o'tkazyapti ekan. Agar farzandingiz uchun yaxshi maktab izlayotgan bo'lsangiz, shu tadbirga kelishingiz mumkin. Tadbirda maktab bilan tanishtiruv, ota-onalar uchun taqdimot va taomlar degustatsiyasi bo'ladi. ⏰ Tadbir: 26-avgust, Chorshanba 14:00'da boshlanadi. Tadbirda ishtirok etish uchun pastdagi havoladan ro'yxatdan o'tishingiz mumkin: ✍️: https://jahonschool.uz/forma2

O‘rganilgan ojizlik Aniq bilaman, sizning ham kamida bitta shunaqa tanishingiz bor: hech narsadan yaxshilik umid qilmaydigan, hamma narsada faqat tanish-bilish, korrupsiya va negativ ko‘radigan. Ular o‘z-o‘zidan bunday bo‘lib qolmagan. Ular psixologiyada "O‘rganilgan ojizlik" deb ataladigan ruhiy tuzoqqa tushib qolgan. Bu holat inson ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchragach, "baribir hech narsa o‘zgarmaydi, harakat qilishdan ma’no yo‘q" degan fikrga kelishi va hatto imkoniyat paydo bo‘lganda ham harakat qilmay qo‘yishiga aytiladi. Masalan, yillab og‘ir oilaviy sharoitda yoki bosim ostida yashagan inson, keyinchalik vaziyatni o‘zgartirish va mustaqil oyoqqa turish imkoniyati paydo bo‘lganda ham hech narsa qilmaydi. U o‘zidagi kuchga va resursga ishonmay qo‘ygan. Yoki imtihondan o‘tish, ishga kirish uchun bilim o‘rniga shunchaki "tanish-bilish kerak" degan fikrga qattiq ishonadiganlar bor. O’zi yoki atrofidagilarning bir necha marta urinishlari o’xshamaganini ko‘rib, keyinchalik halol va ochiq tanlovlar paydo bo‘lganda undan foydalanmaydi. Chunki bunaqa insonlar "baribir hammasi hal qilib bo‘lingan" degan ojizlikka o’rganib qolgan. Neyrobiologik bu tug‘ma fe’l-atvor emas, balki natijasiz muhit keltirib chiqargan oqibat. Har safar harakatingiz natijasiz ketganda, miyada sizni ruhlantiruvchi dopamin moddasi ajralishi pasayadi. Miya o‘zini ortiqcha ruhiy og‘riqdan saqlash uchun "baribir o‘xshamaydi, kuchingni sarflama" degan passiv himoya rejimini yoqib oladi. Bu holatdan chiqish uchun katta inqiloblar qilish shart emas. Har kuni bajariladigan oson va natijasi 100% o‘zingizga bog‘liq bo‘lgan kichik vazifalar (muntazam tartib, 10 bet kitob o’qish, oddiy jismoniy mashq) bilan o’zingizga bo’lgan ishonchni tiklashingiz kerak. Miyaga kichik g‘alabalarni berish va sog’lom muhitda bo’lish bu tuzoqdan to‘liq qutulishga yordam beradi.

Bu izohlar YouTube’dagi “Shakarsiz 30 kun” videomizga yozilgan. Video 1 mln.dan ortiq ko’rilgan va bu kabi izohlar juda ko’p.
+4
Bu izohlar YouTube’dagi “Shakarsiz 30 kun” videomizga yozilgan. Video 1 mln.dan ortiq ko’rilgan va bu kabi izohlar juda ko’p. Shu videoni chiqarishdan oldin 1 oy davomida umuman shakar iste’mol qilmaganman. O’sha payt bu chellenj hayotimdagi eng uzun chellenjlardan biri bo’lgan. Umuman olganda ko’pchilik insonlar manashu videoni ko’rib shakardan uzoqlashgani yoki butunlay voz kechganini aytishadi. Bundan men xursand bo’laman. Kimdir kelib sizga, butun umr charchoq, diqqat ushlolmaslik, kayfiyat o’zgaruvchanligidan qiynalib kelganman lekin sizning shakar haqidagi videoyingizdan keyin shakardan voz kechdim va hammasi joyiga tushdi desa o’zingizni qanday his qilasiz?! Videoda faqat nazariya emas, shaxsiy 30 kunlik shakarsiz chellenj tajribam bilan boʻlishganman. 30 kun davomida nimalarni his qildim, qanday qiyinchiliklarga duch keldim va yakunda qanday natijaga erishganimni videoda batafsil koʻrishingiz mumkin. 📹: https://youtu.be/WKlA5As-rrs?si=6KiZYncrE5gl2dc0

Uy olma, qo’shni ol deyishgan. Uyni olib bo’ldim, endi qo’shni olish kerak. 1 yil oldin, o’zi uy olish niyyatim yo’q edi lekin bu loyiha taklif qilgan narxi va to’lov shartlari shu loyihadan uy olishga majbur qildi. Ko'z tegmasin loyiha qurilishi kutilganidan ham tez ketyapti. 1 yil oldin tekis dala bo’lgan joyda hozir bir nechta blok uylar 6-7 qavat qurilib bo'lingan. "O'rmon Saroyi" loyihasini qurayotgan Vatan qurilish kompaniyasining egasi Hojimurodni shaxsan taniyman. Qadriyatli, bergan va'dasini ustidan chiqadigan inson. Bu kompaniyaning yana “Ostona” va “Yangi Qoʻyliq 2” loyihalari ham bor. Bugun kompaniya barcha loyihalari uchun katta chegirma e’lon qilgan. Chegirma shartlari, loyihalarning holati haqida to’liq ma’lumotni bugun soat 20:30 da @vatan_chilla_sale Telegram kanalida bilib olsangiz bo’ladi. Agar yaqin orada xonadon olishni niyat qilib yurgan boʻlsangiz, shu kompaniyani tanlashingizni tavsiya qilaman.

Diplomi bor odam o’qimagan odamdan ko’proq daromad topadi. AQSh Mehnat byurosi ma’lumotlariga qaraganda bakalavr darajasiga e
Diplomi bor odam o’qimagan odamdan ko’proq daromad topadi. AQSh Mehnat byurosi ma’lumotlariga qaraganda bakalavr darajasiga ega mutaxassislar faqat maktab diplomiga ega bo'lganlarga qaraganda haftasiga ~66% ko'proq daromad olar ekan. Bu yiliga taxminan $32,000 farq degani. Ya’ni diplom mavjudligining o'zi daromadni 50% oshiradi. Bundan tashqari bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega bo'lganlar orasida ishsizlik 1.2% – 2.5% oralig'ida bo'lsa, diplomsizlar orasida bu ko'rsatkich 6.2%’ga yetadi. Iqtisodiy inqirozlar paytida ham oliy ma’lumotli insonlar faoliyat yuritadigan sohalar inqirozga chidamli bo’lgani uchun ular ishini kam yo’qotadi. To’g’ri hozirgi zamonaviy dunyoda diplomning o’zi muvaffaqiyatni kafolatlamaydi, lekin “diplom shart emas" degani "bilim va ko'nikma shart emas" degani emas. Uning ustiga universitet faqat diplom bermaydi. U yerda mantiqiy fikrlash, muammolarni yechish, ilmiy tahlil va jamiyatda insonlar bilan qanday muloqot qilish ko’nikmalari ham o’rgatiladi. Hozir men sizga tavsiya qiladigan videoda manashu mavzu yoritilgan. Videoda oliy ta’limning asl funksiyasi, mehnat bozorining bugungi real talablari, universitet faqat mutaxassislik emas, balki shaxsiy rivojlanish uchun qanday imkoniyatlar eklanligi tushuntirilgan. 📹: https://youtu.be/ZdQz0satAmI?si=Lmfqj_MO_UKRXU4f