cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

NAVOIY YOSHLARI

Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi rasmiy telegram kanali. Yoshlar murojaati uchun: @yoshlarmurojaatiuz

Больше
Рекламные посты
5 138
Подписчики
-1024 часа
-1447 дней
-44330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

🇺🇿Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi o‘ziga biriktirilgan mahalla aholisining muammolarini o‘rgandi Xabaringiz bor Yurtboshimiz tomonidan mas’ullarga yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha vazifalar topshirilgan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun boshqarma boshligʻi oʻziga biriktirilgan Navbahor tumani “Mirzo Ulugʻbek” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan muloqot o‘tkazdi. ✅Bizdan uzoqlashmang @Navoiyyoshlari_uz
Показать все...
👍 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️ Film tasvirga olishga qiziquvchi yoshlar, yaqinroq keling!
💸 The CineSpace Film Competition: NASAdan qisqa metrajli filmlar tanlovi; mukofot — 10 000 dollargacha!
💬 Tanlovga istalgan mavzu va janrdagi, 10 daqiqadan oshmaydigan qisqa video, qisqa film va raqamli media ishlari qabul qilinadi. 🟢 Filmlar ingliz tilida boʻlishi yoki ingliz tilidagi subtitr bilan birga topshirilishi kerak. 🏆 Mukofotlar: – Asosiy sovrin: 10 000 dollar; – 2-oʻrin: 5000 dollar; – 3-oʻrin: 3000 dollar. ✍️ Arizalar 2024-yil 8-sentabrgacha qabul qilinadi. 👉 Batafsil ma'lumot Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube 🌐Sayt
Показать все...
❤‍🔥 3
#foydali 🔥 Oʻqishni koʻchirish jarayonlari boshlanishiga 2 kun qoldi 15-iyul dushanba kunidan rasman oʻqishni koʻchirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi. ✅ Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn roʻyxatdan oʻtiladi: 👉 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga; 👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga. ✅Bizdan uzoqlashmang @Navoiyyoshlari_uz
Показать все...
❤‍🔥 1
03:51
Видео недоступноПоказать в Telegram
<<Diyor 24>> ⚽️Futbol boʻyicha DXX raisi kubogi uchun final oʻyinlari boʻlib oʻtdi. ✅Bizdan uzoqlashmang @Navoiyyoshlari_uz
Показать все...
AXB 6.mp424.08 MB
❤‍🔥 1
#tavsiya 🔗Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilayotgan oliy ta’lim muassasalarining Telegram messenjeridagi rasmiy sahifalari Xabaringiz bor ayni kunlarda 53 ta OTMda 2024/2025-o‘quv yili bakalavriatga qabul bo‘yicha kasbiy(ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda. Jarayonlar, imtihon natijalari haqida ularning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida doimiy ma’lumotlar joylab boriladi. Ushbu yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun ularning Telegram kanallarini kuzatishingizni tavsiya qilamiz. 🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; 🏛 O‘zbekiston Milliy universiteti; 🏛 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti; 🏛 Toshkent davlat texnika universiteti; 🏛 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti; 🏛 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; 🏛 Termiz davlat universiteti; 🏛 Termiz davlat pedagogika instituti; 🏛 Andijon mashinasozlik instituti; 🏛 Andijon davlat universiteti; 🏛 Andijon davlat pedagogika instituti; 🏛 Buxoro davlat universiteti; 🏛 Buxoro davlat pedagogika instituti; 🏛 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti; 🏛 Guliston davlat universiteti; 🏛 Guliston davlat pedagogika instituti; 🏛 Qoraqalpoq davlat universiteti; 🏛 Qarshi davlat universiteti; 🏛 Shahrisabz davlat pedagogika instituti; 🏛 Namangan davlat universiteti; 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti; 🏛 Namangan to‘qimachilik sanoati instituti; 🏛 Samarqand davlat universiteti; 🏛 Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali; 🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti; 🏛 O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti; 🏛 Samarqand davlat chet tillar instituti; 🏛 Farg‘ona davlat universiteti; 🏛 Urganch davlat universiteti; 🏛 Urganch davlat pedagogika instituti; 🏛 Navoiy davlat pedagogika instituti; 🏛 Nukus davlat pedagogika instituti; 🏛 Jizzax davlat pedagogika universiteti; 🏛 Qo‘qon davlat pedagogika instituti; 🏛 Chirchiq davlat pedagogika universiteti; 🏛 Toshkent arxitektura-qurilish universiteti; 🏛 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti; 🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti; 🏛 Toshkent tibbiyot akademiyasi; 🏛 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi; 🏛 Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti; 🏛 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali; 🏛 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti; 🏛 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali; 🏛 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali; 🏛 O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi; 🏛 O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali; 🏛 O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti; 🏛 Milliy rassomlik va dizayn instituti; 🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti; 🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali; 🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali; 🏛 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi. ✅Bizdan uzoqlashmang @Navoiyyoshlari_uz
Показать все...
❤‍🔥 1
#G'OZG'ON SHAHAR #YOSH KITOBXON OILA 📚Yosh oilalar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, har bir oila a'zosini kitob mutolaasiga jalb etishi maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida YOSH KITOBXON OILA tanlovi bo'lib o'tdi. Yosh kitobxon oila tanlovida shahardagi 10 dan ortiq kitobxon oilalar ishtirok etishdi. ✅Bizdan uzoqlashmang @Navoiyyoshlari_uz
Показать все...
❤‍🔥 1
#Besh_tashabbus_olimpiadasi #Yosh_kitobxon_oila #Zarafshon shahar 📚"Besh tashabbus olimpiadasi" 2024-yilgi mavsumi doirasida "Yosh kitobxon oila" tanlovining Zarafshon shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirib onlayn ro'yxatdan o'tgan yosh oila a'zolari ilmiy-ommabop, o'zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 25 ta test savollarini ishlangan holda g'oliblar aniqlandi. 🎉G'olib oila a'zolari viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. ✅Bizdan uzoqlashmang @Navoiyyoshlari_uz
Показать все...
❤‍🔥 1 1
#namunaviy_dastur #yozgi_oromgoh Oromgohlardagi “mohir qo‘llar!” Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Hunarmandlar uyushmasi viloyat bo‘limi, Yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda tasarrufdagi “Ishonch”, “Tabassum” va “Qiziltepa” oromgohlarida “Mohir qo‘llar kuni” tadbirlari o‘tkazildi. “Barkamol avlod maktablari”ning murabbiylari tomonidan bolajonlarga qo‘l mehnatiga asoslangan hamda zamonaviy kasblar bilan bog‘liq mahorat darslari o‘tkazildi, “Sharq bozori” loyihasi doirasida hunarmandchilik va sharqona mahsulotlarning ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Shuningdek, oromgohlardagi iqtidorli bolalar tomonidan oddiy narsalardan mahorat bilan yasalgan “kichik innovatsion” predmetlar bo‘yicha tanlovlar ham o‘tkazilib, yakunda tegishli mutaxassislar tomonidan munosib baholangan hamda faol bolajonlarga diplomlar taqdim etildi.
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🗣Tayinlov Axmedov Aziz Abdisamatovich- Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Aziz Abdisamatovich tayinlovga qadar Navoiy viloyati sport boshqarmasi Oliy sport yutuqlari sho'basi boshlig'i lavozimida faoliyat olib borgan. Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi nomidan Aziz Axmedovni yangi masʼuliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz! Bizdan uzoqlashmang @Navoiyyoshlari_uz
Показать все...
3🏆 3🔥 1
Repost from Alisher Sadullaev
Фото недоступноПоказать в Telegram
Vaqt o'tishini qarang. Ko'z ochib yumguncha 30 yoshga ham yetdik. Bu imkoniyat uchun Yaratganga o'zi biladigan adadicha shukronalar aytaman. Tavallud kunim munosabati bilan samimiy tilaklar va tabrik yo'llagan barcha aka-uka, opa-singillarimga tashakkurim hamda ezgu tilaklarimni izhor etaman. Ona vataniga xizmat qilish, insonlarga kerakli bo'lish hissi, Prezident jamoasida eng muhim sohalardan biri yoshlar taraqqiyoti yo'lida mehnat qilish –sharafli vazifa. Bularning barchasiga faqat Siz – yoshlar bilangina erisha oldik. Doim takrorlashdan charchamayman "muloqotga ochiqmiz, kelinglar yoshlar, eshigimiz ochiq". @alisher_sadullaev
Показать все...
👍 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.