cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Baxrom Abdullayev

Рекламные посты
4 397
Подписчики
-1224 часа
-927 дней
-49430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

🇺🇿 БУГУНГИ КУНДА ҲАР БИР СОҲАДА ИЖОБИЙ ЎЗГАРИШЛАР КЎЗГА ЯҚҚОЛ ТАШЛАНМОҚДА. ЖУМЛАДАН, ЁШЛАРГА ОИД ДАВЛАТ СИЁСАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШДА УЛАРНИНГ ЧУҚУР БИЛИМГА ЭГА БЎЛИШИ ВА ТАНЛАГАН СОҲАЛАРИДА ЕТУК КАДРЛАР БЎЛИБ ЕТИШИШИ УЧУН БАРЧА ШАРТ-ШАРОИТНИ ЯРАТИШГА АЛОҲИДА ЭЪТИБОР ҚАРАТИЛАЁТГАНИ КИШИНИ ХУРСАНД ҚИЛАДИ ✅👉🏻 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати Кенгаши ва Қонунчилик палатаси Кенгаши органи “Халқ сўзи” газетасининг бугунги (16.07.2024) сонида Урганч давлат университети ректори, профессор Баҳром АБДУЛЛАЕВнинг “CIMPA дунё математикларини Хоразмда жамлади” номли мақоласи чоп этилди. ➡️ Қисқа даврда юртимизда математика илм-фани ва таълимини янги сифат босқичига олиб чиқишга қаратилган қатор тизимли ишлар йўлга қўйилди. Математика соҳасидаги фундаментал тадқиқотларни молиялаштириш ҳажми бир ярим баробар оширилди. ➡️ Шунингдек, илм-фан соҳасидаги устувор муаммоларни тезкор бартараф этиш, фан, таълим ва ишлаб чиқариш интеграциясини кучайтириш масалаларини ҳукумат даражасида кўриб чиқиш мақсадида Фан ва технологиялар бўйича республика кенгаши ташкил этилди. Ҳудудларда математика ва информатикага ихтисослаштирилган махсус мактаб-интернатлар иш бошлади. ✅👉🏻 Хусусан, 2021 йилда Урганч давлат университети ҳузурида ҳам физика-математика ва информатика фанларига ихтисослаштирилган мактаб фаолияти йўлга қўйилди. Бу масканда ҳудудларнинг умумий таълим тизимидан саралаб олинган иқтидорли ўқувчиларга VII-XI синфлар ҳажмида кучайтирилган дастурлар асосида чуқур билим берилади. ➡️ Бугунги кунда Президентимиз томонидан муҳандислик соҳаларига алоҳида эътибор қаратилмоқда. Давлатимиз раҳбари “Иқтисодиётимизни жадал ривожлантириш учун бизга юқори малакали муҳандис-технологлар сув билан ҳаводек зарур” дегани бежиз эмас. Етук муҳандис-технолог бўлиш учун эса математикани пухта ўрганиш талаб этилади. ✅👉🏻 Урганч давлат университети ҳам ушбу шароитлардан унумли фойдаланган ҳолда хорижий олий ўқув юртлари билан алоқаларини тобора ривожлантириб бормоқда. Ҳозирги кунда дунёнинг ривожланган 36 та давлатидаги олий таълим муассасалари билан 170 дан ортиқ ҳамкорлик меморандумлари имзоланган. Шунингдек, Эрасмус+ дастури доирасида ҳам жаҳоннинг 10 дан ортиқ нуфузли университетлари билан манфаатли лойиҳалар йўлга қўйилган. ➡️ Айниқса, университетда физика, математика бўйича бир неча йиллардан буён анъанавий тарзда ўтказилаётган, дунё математик олимларини қамраб олган халқаро даражадаги конференция, анжуман ва турли тадбирлар университетимиз нуфузини дунё бўйлаб оширишга муносиб ҳисса қўшмоқда. ✅👉🏻 Ана шундай нуфузли халқаро мақомга эга тадбирлардан бири CIMPA ёзги мактабидир. Ушбу халқаро семинарга университетимиз жорий йил 24 июнь — 5 июль кунлари учинчи марта мезбонлик қилди. ➡️ CIMPA school — Халқаро фундаментал ва татбиқий математика маркази (Centre International de Mathеmatiques Pures et Appliquйes) Франция ташкилоти бўлиб, асосий мақсади дунёда математикани ривожлантиришга кўмаклашишдан иборат. У ҳар йили дунё бўйлаб 20 тача халқаро математика мактабларини ташкил этади ва молиялаштиради. ✅👉🏻 Урганч давлат университети ушбу марказ билан 2021 йилдан буён ҳамкорлик қилади. Бу йил ҳам икки ҳафталик CIMPA ёзги мактаби дунёнинг ўндан ортиқ давлатларидан таниқли математик олимлар ва илмий изланувчиларни Ал-Хоразмий ватанида жам қилди. ➡️ АҚШ, Европа Иттифоқи ва Россиядан 10 нафар етук математик олим Қозоғистон, Хитой, Ҳиндистон, Туркия, Нидерландия, Филиппин, АҚШдан ташриф буюрган, шунингдек, юртимизнинг Қорақалпоқ давлат университети, Қарши давлат университети ҳамда Урганч давлат университетидан иштирок этаётган жами 60 нафардан ортиқ талабаларга маъруза ўқиб, амалий машғулотлар олиб борди. ✅👉🏻 Албатта, буларнинг барчаси юртимизда олий таълим тизимига қаратилган эътибор ва яратилаётган кенг имконият ҳамда шароитлар самарасидир.
Показать все...
#Rektor_minbari Bugun matbuot nashrlarida… 📖“Xalq soʻzi” gazetasining 2024-yil 16-iyuldagi 142-sonida Urganch davlat universitetida rektori, professor Abdullayev Baxrom Ismoilovichning “CIMPA dunyo matematiklarini Xorazmda jamladi” sarlavhali maqolasi nashr etildi. Maqolada Fransiyaning Xalqaro fundamental va tadbiqiy matematika markazi bilan hamkorlikda Urganch davlat universitetida ikki hafta mobaynida o’tkazilgan CIMPA xalqaro yozgi maktabi borasida fikr-mulohazalar bayon etilgan. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Показать все...
Президент Шавкат Мирзиёев давлат олий таълим муассасаларига қабул жараёнлари, олий таълим тизимида сифатни ошириш ва халқаро ўқув дастурларини татбиқ этишга оид ҳисобот билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с отчетом о процессе приема в государственные вузы, повышении качества системы высшего образования и внедрении международных учебных программ. #Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #qabul Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
Repost from Edu.uz
#Abituriyent_2024 #Test Xorazm viloyatida ham 14-iyul kuni 8:00da respublikamiz bo'ylab oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun davlat imtihonlariga start berildi. Jumladan, "Yoshlik" sport majmuasi hamda BMBA ning Xorazm viloyati bo'limidagi 4 ta binoda test sinovlari bo'lib o'tmoqda. Farzandini qoʻllab-quvvatlash, ruhiy dalda boʻlish niyatida birga kelgan ota-onalar salqin joylarda o‘tirib, farzandini testdagi ishtirokini ekran orqali tomosha qilishmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
IMG_4960.MP425.41 MB
01:11
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Abituriyent_2024 #Test Yurtimizda davlat imtihonlari boshlandi!
Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari o′ziga biriktirilgan binolarda faol xizmat qilmoqda.
Barcha abituriyentlarimizga omad yor bo′lsin! ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Показать все...
video_2024-07-14_09-27-43.mp427.94 MB
#Abituriyent_2024 #Test Yurtimizda davlat imtihonlari boshlandi Bugun, 14-iyul kuni 8:00da respublikamiz bo'ylab oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun davlat imtihonlariga start berildi. Jumladan, Xorazm viloyatida ham "Yoshlik" sport majmuasi hamda BMBA ning Xorazm viloyati bo'limidagi 4 ta binoda test sinovlari bo'lib o'tmoqda. 🔘Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari test jarayonlarida qatnashadigan abituriyentlarning imtihonga kirishlarida tartib-intizomni saqlashda, shuningdek, abituriyentlarning buyumlarini saqlash joylarida faol xizmat qilmoqdalar. UrDU rektori B.Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyati jarayonlarni kuzatib bormoqda. 🔘Qolaversa, abituriyentlarning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Urganch davlat universitetiga biriktirilgan maxsus binolarda kutish joylari tashkil etilgan. Farzandini qoʻllab-quvvatlash, ruhiy dalda boʻlish niyatida birga kelgan ota-onalar salqin joylarda o‘tirib, farzandini testdagi ishtirokini ekran orqali tomosha qilishmoqda. Ota-onalarning kayfiyatini koʻtarish, ularni qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida universitetimizning volontyor psixologlari suhbatlar olib borib borishmoqda. Ma′lumot o′rnida, bu yil 805 ming nafardan ziyod abituriyent testlarda ishtirok etishi kutilmoqda. Imtihonlar 25-iyulgacha davom etadi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Показать все...
01:22
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Qabul_2024 #kasbiy_imtihon ✔️Bugun Urganch davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning so’nggi kuni bo’lib o’tdi. 📌Maʼlumot uchun:
Joriy yilning 8-13 iyul kunlari Urganch davlat universitetida jami 15 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o'tkazildi. Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirish uchun jami 760 nafar talabgor ro'yxatdan o'tgan va ulardan 117 nafari sinov jarayonlariga kelmaganligi sababli ishtirok etmadi. Demak, 643 nafari o'zining bilim va mahoratini namoyish etib, imtihon komissiyasi tomonidan munosib baholandi. Ularning orasida 33 nafari imtiyozli abituriyentlar hisoblanadi. Har bir yoʻnalish boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari shu kunning oʻzida universitet veb sayti hamda Matbuot xizmatining rasmiy sahifasi orqali eʼlon qilib borildi. Imtihon jarayonlarini ochiq va shaffof oʻtkazishni taʼminlash hamda abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish joylarida onlayn kuzatuvni tashkil etish maqsadida kamera kuzatuvlari yoʻlga qoʻyildi hamda jarayonlar toʻgʻridan toʻgʻri universitet sayti orqali translyatsiya qilindi.
©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Показать все...
QABUL 2024 6 KUN(Android).mp417.06 MB
01:22
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Qabul_2024 #kasbiy_imtihon ✔️Bugun Urganch davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning so’nggi kuni bo’lib o’tdi. 📌Maʼlumot uchun:
Joriy yilning 8-13 iyul kunlari Urganch davlat universitetida jami 15 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o'tkazildi. Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirish uchun jami 760 nafar talabgor ro'yxatdan o'tgan va ulardan 117 nafari sinov jarayonlariga kelmaganligi sababli ishtirok etmadi. Demak, 643 nafari o'zining bilim va mahoratini namoyish etib, imtihon komissiyasi tomonidan munosib baholandi. Har bir yoʻnalish boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari shu kunning oʻzida universitet veb sayti hamda Matbuot xizmatining rasmiy sahifasi orqali eʼlon qilib borildi. Imtihon jarayonlarini ochiq va shaffof oʻtkazishni taʼminlash hamda abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish joylarida onlayn kuzatuvni tashkil etish maqsadida kamera kuzatuvlari yoʻlga qoʻyildi hamda jarayonlar toʻgʻridan toʻgʻri universitet sayti orqali translyatsiya qilindi.
©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Показать все...
QABUL 2024 6 KUN(Android).mp417.06 MB
Rahbar xodimlar ogohlikka chaqirildi! Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev tomonidan barcha prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda boʻlim boshliqlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy ruhda yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda asosiy eʼtibor yangi 2024-2025 oʻquv yiliga tayyorgarlik hamda qabul jarayonlari masalalariga qaratildi. Xususan, qabul jarayonlarini yuqori saviyada oʻtkazish, bu borada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, turli noxush holatlarni oldini olish, ota-onalar va abituriyentlar orasida har xil firibgarlarning turli aldovlariga aldanib qolmasliklari uchun tushuntirish ishlarini olib borish zarurligi taʼkidlandi. Qolaversa, professor-oʻqituvchilar va xodimlarning noqonuniy holatlarga aralashib qolishlarini oldini olish boʻyicha yana bir bor tushuntirishlar berilib, jamoa ogohlikka chaqirildi. Shuningdek, kafedralarning bugungi holati, 2024-2025 o‘quv yilida professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamalarini adolatli taqsimlash hamda o‘quv rejalarini o‘z vaqtida tasdiqlatish masalasi muhokama etildi. Yakunda yigʻilish kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan rahbar xodimlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Показать все...
#Qabul_2024 #kasbiy_imtihon ⚡️Urganch davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning so’nggi kuni bo’lib o’tmoqda Bugun, 13-iyul kuni Urganch davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning so’nggi kuni o’tkazilmoqda. Bugungi sinovlarda Sport faoliyati: futbol, yengil atletika, dyuzdo hamda qo’l to’pi yo’nalishlari bo’yicha jami 106 nafar abituriyentlar imtihonlarda ishtirok etmoqda. Jarayonlarni universitet rektori B.Abdullayev muntazam kuzatib bormoqda. Shu bilan birga Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi ham imtihonlarni adolatli va shaffof oʻtkazishni ta‘minlash maqsadida jarayonlarni nazorat qilib bormoqda. 📹Imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib boring: https://Live.urdu.uz ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Показать все...
Перейти в архив постов
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.