cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibining rasmiy kanali Veb sayt: https://samkarantin.uz/ Korrupsiyaga qarshi xizmat: +99871 202 64 64 Ishonch tel: +99871 202 84 84

Больше
Рекламные посты
277
Подписчики
Нет данных24 часа
-57 дней
-430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

🎙#SAMARQAND #RADIOSI📡🌏 📻 FM 1️⃣0️⃣5️⃣🪐2️⃣🏔 ✅Бизга уланиш👇👇 👉https://t.me/SAMARQANDRADIOSI
Показать все...
#Carpomya_pardalina_Bigot Dolzarb 30 kunlik nazorat tadbirlari ayni damda
O'simliklar karantini va himoyasi Agentligi tomonidan Respublika hududlarida eksport hajmini kamayishiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan "Qovun pashshasi" (carpomya pardatina Bigot) zararkunandasi hamda mevali daraxtlarning bakterial kuyish (Erwini'a amylovora) kasalligi haqida keng jamoatchilik orasida targ'ibot-tashviqot ishlarini samarali olib borish maqsadida 2O24-yilning 26-aprelidan 25-mayiga qadar "Dolzarb 30 kunlik" elon qilindi.
Ushbu buyruq ijrosi yuzasidan Ishtixon tuman O'simliklar karantini va himoyasi bo'limi davlat fitosanitar nazorat inspektorlari tumanda ekilgan poliz ekinlarini nazoratdan o'tkazishmoqdalar. Inspektorlar tomonidan qovun pashshasi zararkunandasining poliz ekinlariga keltirishi mumkin bolgan zarari va uni oldini olish choralari haqida dehqon xo'jalik vakillariga atroflicha tushuntirish ishlari berib borilmoqda. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Показать все...
#Karantin #Yangilik ✅ Qishloq xo‘jalik ekinlarini biologik himoyalash bugunning dolzarb vazifasiga aylanmoqda. Shu boisdan ham, biomahsulot ishlab chiqaradigan biolaboratoriyalarni ko‘paytirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Narpay tumanida yaqinda ish faoliyatini boshlagan “Maroqand sifat” MChJ biolaboratoriyasi o‘z faoliyatini to‘liq boshladi. ✅ Ozarbayjon qishloq xo‘jaligi agro xizmat kursatish Agentligining bir qator mutaxassislari ushbu zamonaviy biolaboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutining Samarqand mintaqaviy filiali direktori Burxon Fayzullaev hamda, Paxtachilik Kengashi ishchi guruh a’zosi, viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining biolaboratoriyalar va o‘simliklar klinikalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis Jahongir Narzullaevlar ushbu biolaboratoriya borasidagi to‘liq ma’lumotlar bilan Ozarbayjonlik mutaxassislarni tanishtirdilar, o‘zaro fikr va takliflar bildirildi. ‼️Ma’lumot uchun ta’kidlash joizki, ushbu biofabrika tumandagi 80 ta fermer xo‘jaliklarning 2 364 gektar maydoniga shartnoma tuzgan, hamda, biomahsulotlar bilan ta’minlash biriktirilgan. Shundan, 1 900 gektarini paxta, 464 gektarini esa g‘alla maydonlari tashkil etadi. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Показать все...

Chegara maskanida karantin tadbirlari Bulung‘ur tumani Yuqori Nuqta YPX O‘KChM maskani orqali Surxondaryo viloyatidan Toshkent viloyatiga olib o‘tilayotgan 4 000 kg piyoz, 2 700 kg kartoshka, 3 000 kg piyoz, Samarqand viloyatidan Jizzax viloyatiga olib o‘tilayotgan 300 kg bodring, 100 kg bulg'or qalampiri, 2 500 kg pomidor, 3 000 kg sabzi mahsulotlari “O‘simliklar karantini to‘g‘risida” gi O‘zR Qonunining 22-moddasi talabiga muvofiq fuqaro transport birligida zararlovchi hasharotlar va begona o‘tlar tarqalib zarar yetkazishini oldini olish maqsadida fitosanitar karantin nazoratidan o‘tkazildi. Ichki FSS yo‘q mahsulotlarni olib o‘tayotgan haydovchilarga ogohlantirishlar berilib, O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik” to‘g‘risidagi 107-moddasiga asosan (“Karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) ma’muriy javbgarlikka tortilishingiz to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Manba: Аxborot xizmati
Показать все...
#Jarayon Biomahsulot yuqori va sifatli hosil garovidir.
Joriy yil 1-may kuni Respublika O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori va Agrobank raisi rahbarligida VKS yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig'ilishda Biolaboratoriyalar faoliyatini moliyalashtirish,  "G‘o‘za-2024 hosili" resurs mablag‘laridan bo‘naklar ajratilishi, debitor qarzdorliklarni so‘ndirish ishlarini samarali tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi.
    Ayni damda Ishtixon tuman O'simliklar karantini va himoyasi bo'limi boshlig'i T. Xasanov va davlat fitosanitar nazorat inspektori M.Xushvaqtovlar tumandagi "Ishtixon biometod" xususiy biolabaratoriyasini nazoratdan o'tkazib, bugungi zoom yig'ilishida berilgan vazifalar yuzasidan biolabaratoriya rahbari Q.Qo'shmurodov bilan biolabaratoriya faoliyatini moliyalashtirish bilan bog'liq ishlarni yo'lga qo'yish hamda biolabaratoriya tomonidan klaster, fermer va dehqon xo'jaliklariga sifatli xizmat ko'rsatish bo'yicha tegishli tavsiya va tushunchalar berib borilmoqda. Manba: Аxborot xizmati
Показать все...
🛑 FEROMONITORINGNING AFZALLIKLARI Qishloq xoʻjaligi ekiinlarining hosildorligini oshirish uchun karantindagi va boshqa iqtisodiy xavfi yuqori boʻlgan zararkunandalarga alohida nazorat qilish lozim. Buning uchun feromonitoring usulining oʻrni katta. Mazkur usul zararkunandaning tabiatda rivojlanishini aniqlash natijasida unga qarshi biologik yoki kimyoviy usulni qoʻllashning ilmiy asoslangan muddatini belgilab beradi. Batafsil o’qish: 👇 https://pdh.uz/category/view?id=1455 facebook 👉 https://www.facebook.com/pdhuzadmin/friends/ Web-sayt 👉 http://pdh.uz/ 📍 Bizni kuzating 👉 @pdhuz
Показать все...
Repost from SamTVR | MTRK
"DIYOR YANGILIKLARI"  | MAXSUS - TAKTIK MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI #30-aprel#Samarqand Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Показать все...
G‘O‘ZA PARVARISHI BO‘YICHA SEMINAR Tumanimizdagi A.Navoiy MMTP hududida joylashgan “Azamat Siroj” fermer xo‘jaligi dalasida 2024 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida eng muhim agrotexnik tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Prezident huzuridagi paxtachilik kengashi, tuman qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etgan seminar davomida g‘o‘za qator oralariga ishlov berish, yaganalash, hasharot va zararkunandalarga qarshi biologik kurashish borasida so‘z yuritildi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida olib borilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlarni kechiktirmasdan o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berilib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi.
Показать все...
Nok daraxtlarida uchraydigan «baktеrial kuyish» kasalligi Baktеrial kuyish (Erwinia amylovora Winsl. Et al.) kasalligida daraxtlarning gullari to'satdan so'lib, qorayadi. Barglari buralib, qorayadi va novdalarda osilib qoladi (tushmaydi). Pishmagan mеvalar ham qorayib quriydi, tushib kеtmaydi. Novda uchlari yoki guldan boshlangan kasallik avval novda, kеyinchalik shoxlar va, hatto ildizgacha еtib boradi. Daraxt olovdan kuyganga o'xshab qoladi. Yosh shox va novdalar po'stlog'ining zararlangan joylari kеyinchalik gummoz ekssudat ko'rinishida po'stloqqa oqib chiquvchi suyuqlikdan biroz shishadi. Oqib chiqqan suyuqlik dastlab rangsiz bo'lib, asta-sеkin quyilib, qahrabo-sariq yoki to'q qo'ng'ir rangga kiradi. Ana shu oqib chiqqan suyuqlik shu kasallikning boshqa o'xshash kasalliklardan farqlaydi. Infеksiya manbai eski bog'lardagi kasallangan daraxt, zararlangan urug' va ko'chat hisoblanib, baktеriyalar yomg'ir tomchilari, zararli hasharotlar, asalarilar, qushlar yordamida tarqaladi. Kasallik bog' asboblari bilan kеsish va payvand qilish davrida yuqishi mumkin. Kasallikning inkubasion davri 3-4 kundan 6-10 kungacha cho'zilishi mumkin. Kuyishning dastlabki bеlgilari paydo bo'lguncha minimal harorat 14°S dan yuqori bo'lishi zarur. Daraxtlarning zararlanishi havo sеryog'in kеlib, harorat 18°S va undan yuqori bo'lganda sodir bo'ladi. Baktеriyaning rivojlanishi uchun qulay harorat 30°S bo'lib, 45-50°S da ular o'ladi. Yozda kasallik tuzalganga o'xshasada, bahorda daraxt tanasida suv yugurishi bilan “uyg'onib”, butun o'simlik bo'ylab tarqaladi. Mеvalari yosh, pishmagan davrda zararlanadi, pisha boshlagan va pishgan mеvalarda kasallik rivojlanmaydi. Kasallikka qarshi kurash choralari quyidagi agrotеxnik tadbirlardan iborat: – kuzda kasallangan mеvalarni tеrib yo'qotish; – kuzda va bahorda kuchli zararlangan shox va novdalarni kеsib yo'qotish; – hasharotlarga qarshi o'z vaqtida kurashish; – oldingi yili kasallik bеlgilari paydo bo'lgan bog'da asalari qutilarini joylashtirmaslik; – kеsish paytida bog' asboblarini 0,5 foizli xloramin yoki 2 foizli formalin eritmasida tеz-tеz zararsizlantirib turish; – kuzda barg to'kilishidan so'ng va bahorda kurtak yozishdan oldin 3 foizli, o'suv davrida esa (gullashdan 10-12 kun kеyin) 1 foizli Bordo suyuqligini purkash. Bir tomonlama faqat azotli o'g'itlar bilan oziqlantirish kasallikning avj olib rivojlanishiga sababchi bo'ladi. O‘simliklar karantini Qo‘shrabot tuman bo‘limi Fitosanitar nazorati davlat inspеktorlari A Nosirov U Mavlonov.
Показать все...
🎙#SAMARQAND #RADIOSI📡🌏 📻 FM 1️⃣0️⃣5️⃣🪐2️⃣🏔 ✅Бизга уланиш👇👇 👉https://t.me/SAMARQANDRADIOSI
Показать все...