cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

Рекламные посты
15 068
Подписчики
+924 часа
+767 дней
+54530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#Foydali YOD ЕТИШМАСА...! ⏺Hozirda ko‘pchilik yod yetishmovchiligi muammosidan aziyat chekadi. ⏺ 250 gr yong‘oq po‘chog‘ni yaxshilab yuvib, ustidan 700 gr. sovuq suv quying va olovga qo‘ying. Qaynab chiqqach olovni pasaytirib, yana 20-30 daqiqa qopqoqni yopiq xolda qaynating. Olovdan olgach 2 soat tindiring. Keyin suzgichdan o‘tkazib, chinni yoki sirli idishga solib, sovutgichda saqlang. Qaynatmani bir kunda 2-3 maxal ovqatdan 30 daqiqa oldin 2-3 osh qoshiqdan iching. ✅ Buqoq kasalligidan profilaktika maqsadida muolajani bir yilda 4 martta takrorlang
Показать все...
👍 7
02:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
⚠️ Diqqat, yangi firibgarlik ⛔️ Kartangizda pul bo‘lmasa ham kartangiz maʼlumotlari va bir martalik SMS-kodni begona shaxslarga aytmang! 💻Firibgarlar sizning nomingizga kredit rasmiylashtirishga urinishadi. 📹 Buni qanday uddalashmoqda? Batafsil ushbu videoda ___________ ⚠️ Диққат, янги фирибгарлик ⛔️ Картангизда пул бўлмаса ҳам картангиз маълумотлари ва бир марталик SMS-кодни бегона шахсларга айтманг! 💻Фирибгарлар сизнинг номингизга кредит расмийлаштиришга уринишади. 📹 Буни қандай уддалашмоқда? Батафсил ушбу видеода
Показать все...
Kiberxavsizlik 720p.mp431.10 MB
👍 7
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Yo‘lqoidalarigaamal_qiling 🔰Qonunchilikka ko‘ra, transport vositalari tezligini: ➖aholi punktlarida soatiga 70 kilometrdan; ➖maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan; ➖turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) soatiga 20 kilometrdan; ➖Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Показать все...
👍 6
BO‘Sh TURGAN BINOLARDAN SAMARALI FOYDALANISH ZARUR Bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanib, ishlab chiqarishni rivojlantirish bugungi kun talabidir. Ayni paytda Muqimiy, Tinchlik mahallalarida xuddi shunday qarovsiz qolgan obyektlarning borligi ham sir emas. Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida ushbu mahallalarda bo‘lib, bo‘sh turgan noturar binolar va yer maydoni egalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda bu kabi obyektlardan samarali foydalanish, yangi texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida so‘z bordi. Mulkdorlarga yangi loyiha takliflarini taqdim etish, chet ellik investorlarni jalb qilish, shu kabi xorijga chiqish uchun tashriflar tashkillashtirib berish bo‘yicha aniq tushuncha va ko‘rsatmalar berildi. Topshiriqlar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli masʼullarga vazifalar yuklandi.
Показать все...
👍 19🔥 1
10:01
Видео недоступноПоказать в Telegram
Aralash saylov tizimi - nima o'zgaryapti?
Показать все...
Aralash_saylov_tizimi_nima_o_zgaryapti_Siyosat_Xuddi_sh_q2o5qxZs1Ls.mp429.25 MB
👍 1
“BARQARORLIK REYTINGI” HAQIDA TUSHUNCHA BERILMOQDA Tuman soliq inspeksiyasining masʼul xodimlari joylardagi tadbirkorlik subyektlarida bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishmoqda. Bunda asosan, “Barqarorlik reytingi” mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berilyapti.“IDEAL TEXNO MIR INVEST”  MCHJda o‘tkazilgan muloqotda reytingni joriy etilishidan ko‘zlangan maqsad yuqori toifadagi tadbirkorlarni rag‘batlantirish  ekanligi, shuningdek, quyi toifadagi korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmasligi haqida so‘z bordi. Shu kabi muloqot chog‘ida tadbirkor «AAA» toifadagi reytingga ega bo‘lsa, soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmasligi, QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytarilishi(amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha), boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliq summalari 3  kunda qaytarib berilishi (amalda 10 kundan 15 kungacha).batafsil tushuntirildi.
Показать все...
👍 18❤‍🔥 4🤔 2
Sog‘lom muhim ahamiyatga ega Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish bo‘limi hamda Narpay tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan tumandagi 12-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish, taʼlim muassasalarini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi vazifalar” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining tegishli xodimlari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi mutaxassislari ishtirok etib, ishtirokchilarga zarur tavsiyalar berdi.
Показать все...
👍 32 1 1
Яширин иқтисодиёт – миллий иқтисодиётнинг турли бўғинларида хуфиёна тарзда амалга ошириладиган, назорат қилинмайдиган ҳамда солиқлардан бўйин товлашга қаратилган фаолиятдир. Ушбу фаолият давлатнинг иқтисодий негизига салбий таъсир қилиши билан бирга, ҳалол рақобат муҳитининг шаклланишида ҳамда коррупцияга муросасизлик билан курашиш борасидаги тадбирлар натижадорлигига ҳам жиддий путур етказади. Бугунги глобаллашув шароитида мамлакатимизда яширин иқтисодиётнинг янги усул ва каналлари шаклланаётганлиги иқтисодиётимиз учун реал хавф саналиб, унга барвақт барҳам берилишида инсофли тадбиркорлар ҳамда жамоатчиликнинг иштироки муҳим аҳамиятга эга. Шу сабабли, яширин иқтисодиётни келтириб чиқарувчи омилларни бартараф этишга қаратилган таклифларни қабул қилиш мақсадида Бош прокуратурада “yashirin_iqtisodiyot_takliflar” номли телеграм боти ишга туширилди. Ушбу бот орқали қурилиш, фармацевтика, улгуржи савдо, хизматлар кўрсатиш, ишлаб чиқариш, қишлоқ хўжалиги, транспорт соҳаси, умумий овқатланиш, туризм, кўчмас мулк савдоси, алкоголь, бозорлар, солиқ имтиёзлари, солиқ тўловлари, солиқ текширувлари, солиқ маъмурчилиги, рақамлаштиришдаги мавжуд муаммолар, коррупцияни олдини олиш ҳамда маъмурий тартиб - таомиллар каби бир қатор йўналишларда шаклланган хуфиёна айланмаларни олдини олишга қаратилган таклифлар билдириш мумкин. Таъкидлаш жоиз, ушбу телеграм бот орқали индивидуал мурожаатлар эмас, балки тизимли муаммоларни бартараф этишга қаратилган аниқ таклиф ва тавсиялар қабул қилинади ва кўриб чиқилади. Ташаббускор тадбиркорлар ва фуқароларимизни фаолликка чақириб, қонунларга қарши қаратилган ноқонуний фаолиятни олдини олиш ва унга қарши курашиш билан боғлиқ таклифлар жамиятимиз равнақида муҳим ўрин тутади деган умиддамиз. 🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг! Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Veb-sayt
Показать все...
ЯШИРИН ИҚТИСОДИЁТНИ ОЛДИНИ ОЛИШ БЎЙИЧА ТАКЛИФЛАР

ЯШИРИН ИҚТИСОДИЁТНИ ОЛДИНИ ОЛИШ БЎЙИЧА ТАКЛИФЛАР

👍 10
04:47
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Matonatli_yoʻl #Narpay_tumani "Koʻp yuraman, koʻp joylarga boraman. Baʼzi birovlarni koʻraman, noliganlarni koʻrib, jahlim chiqadi" Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan oʻz hayot yoʻli bilan boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan, qiyinchiliklarni matonat bilan yengib oʻtayotgan yurtdoshlarimiz haqida "Matonatli yoʻl" loyihasini sizlarga taqdim etadi. Loyihamizning navbatdagi qahramoni Narpay tumanidagi "Totkent" mahallasida istiqomat qiluvchi "Jasorat" medali sohibasi Quvonova Sohiba haqida. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Narpay tuman bo'linmasi
Показать все...
19.66 MB
👍 40👏 4 2
01:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
video_2023-10-17_18-33-55.mp44.55 MB
👍 5
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.