cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

BuxDPIning Tillar fakulteti

Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti rasmiy kanali

Больше
Рекламные посты
1 160
Подписчики
+124 часа
-37 дней
-1230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#yangiliklar #seminar 🔰Buxoro viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Buxoro shahar 29-IDUMda "Yuqori sinf oʻquvchilarining zamonaviy koʻnikmalarini rivojlantirishda fanlararo integratsiya hamda pedagogik mahoratning ahamiyati" mavzusida amaliy-uslubiy seminar tashkil etildi. Seminarda Buxoro davlat pedagogika instituti Oʻzbek va rus tillari kafedrasi professor-oʻqituvchilari oʻz ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar. 📲https://t.me/tillar_fakulteti
Показать все...
👍 3
Repost from Edu.uz
⚡️Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. Ma’lumot uchun, amaldagi tartirbga ko‘ra, ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolishi mumkin edi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
🔥 2👍 1👏 1
#BuxDPI Joriy yilning 17-may kuni bo‘lib o‘tadigan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Buxoro davlat pedagogika institutiga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi nishoni, Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sohibi, ko‘plab ko‘rik-tanlovlar sovrindori. Olimov Sultonmurod Hoshimovich tashrif buyuradilar. 📌ADIB HAQIDA BATAFSIL Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
Показать все...
👍 1
#BuxDPI #Marifat_ulashib_loyihasi Joriy yilning 17-may kuni bo'lib o'tadigan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Buxoro davlat pedagogika institutiga O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, “Do'stlik” va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, 2023 yil “Eng ulug' eng aziz” Respublika ko'rik-tanlovi g'olibi SHOYIM BO'TAYEV PRIMQULOVICH tashrif buyuradilar. 📌Adib haqida batafsil Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
Показать все...
👍 1
#BuxDPI #Marifat_ulashib_loyihasi Joriy yilning 17-may kuni bo'lib o'tadigan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Buxoro davlat pedagogika institutiga O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi medali, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasining “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni sohibi ABDUXAMID MUXTAROV ABDUAXATOVICH tashrif buyuradilar. 📌Adib haqida batafsil Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
Показать все...
👍 2
#BuxDPI #mobil_lavha Joriy yilning 17-may kuni bo‘lib o‘tadigan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, 2023 yil “Eng ulug‘ eng aziz” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi Shoyim Bo‘tayev Primqulovichning Buxoro tumani 35-umumta'lim maktabiga tashrifi davomida o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish uchun Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti va maktab jamoasi hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
Показать все...
👍 2🔥 1
#yangiliklar #amaliyot ⚡️Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti 1-OʻTA-22 guruhi talabasi Islomova Durdona tomonidan "4+2" amaliyot doirasida Buxoro shahar 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 5-"G" sinf oʻquvchilari bilan "Undov belgisining ishlatilishi" mavzusida ochiq dars tashkil etildi. 📲https://t.me/tillar_fakulteti
Показать все...
👍 6 2🎉 1
#yangiliklar #xorijiy_tillar ⚡️Buxoro davlat pedagogika instituti rektorining 2024-yil 19-fevraldagi 66-U sonli buyrug‘iga asosan institutning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamda Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi tashabbusi bilan “Sportda va yosh avlod jismoniy tarbiyasida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi institut miqyosida iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy anjumanida Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi va tayanch doktoranti Saidova Z.T. qatnashdi. 📲https://t.me/tillar_fakulteti
Показать все...
👍 3🔥 1
#yangiliklar #ochiq_dars ⚡️Buxoro davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi M.O.Abduraxmonova tomonidan 4-may sanasida Amaliy tilshunoslik fanidan 4XTA-23 guruhi talabalari ishtirokida tashkil etilgan ochiq darsdan lavhalar. ▫️Talabalarning tilshunoslik faniga oid bilimlarini o'stirishga qaratilgan ushbu dars zamonaviy va interfaol metodlardan foydalangan holatda tashkil etildi. 📲https://t.me/tillar_fakulteti
Показать все...
👍 3
#BuxDPI Buxoro davlat pedagogika institutida "Ma'rifat ulashib" adabiy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etiladi.
Joriy yilning 17-may kuni Buxoro davlat pedagogika institutida "Ma'rifat ulashib" adabiy-ma'rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini, "Mushoira" kechasi, adiblar ishtirokida "Fotosessiya" va "Gulxan atrofida" ijodiy uchrashuv shuningdek bir qancha turli-tuman tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan. Barcha talaba-yoshlarni va professor-o‘qituvchilarni "Ma'rifat ulashib" loyihasida faol bo‘lishga chorlab qolamiz. Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
Показать все...
👍 1