ru
Feedback
XosDars

XosDars

Открыть в Telegram

Marhamat, tolibi ilm va oxirat g'amidagilar uchun foydali ilm. Manbani ko‘rsatib oling!

Больше
1 128
Подписчики
-424 часа
+17 дней
-1030 день
Архив постов
#oilaviy #tásirli Neʼmatning uvoli: Silagan qoʻllardan... toptalgan nafsgacha ​Dinimizda goʻzal bir qoida bor: «Jazo amalning jinsidan (turidan) boʻladi». Yaʼni, inson nima bilan gunoh qilsa, qaysi neʼmatni xorlasa, albatta oʻsha narsa orqali jazolanadi. ​Bugungi kunda koʻpchilik hayotning achchiq, ammo ayni haqiqat boʻlgan ushbu qonuniga duch kelmoqda: ​«Alloh unga rizq qilib bergan, boshini silab ardoqlagan mehrli qoʻllarning qadriga yetmagan kimsa, kuni kelib oʻzini xorlab, tepgan oyoqlarni oʻpib yashashga mahkumdir...» ​Robbimiz bizga samimiy sevadigan, koʻnglimizni avaylaydigan, xatolarimizni kechirib, boshimizni silaydigan insonlarni roʻbaroʻ qilganida — bu biz uchun katta bir neʼmat va omonat boʻladi. 🔗 Biroq nafs va kibr ishga tushganda, inson oʻziga talpingan u goʻzal qalbni mensimay qoʻyadi, uning mehrini zaiflikka yoʻyadi. Vaholanki, moʻmin kishi oʻziga uzatilgan mehr qoʻlini siltab tashlamaydi. ​Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday marhamat qiladi: ​«Agar shukur qilsangiz, (neʼmatimni) yanada ziyoda qilaman. Va agar noshukurlik qilsangiz, albatta, Mening azobim qattiqdir» (Ibrohim surasi, 7-oyat). ​Koʻngilning, muhabbatning va shafqatning noshukurligi — u neʼmatni xor qilishdir. Sizni Alloh uchun suygan, duolarida ismingizni aytgan, boshingizni silagan oʻsha qoʻllarni arzonga sotsangiz, qismat sizni shunday insonlarga duch qiladiki, ularning nazdida bir chaqalik qadringiz boʻlmaydi. ​Sizni suyganlarni zor yigʻlatib ketgan boʻlsangiz, kuni kelib sizni umuman suymaydigan, nazariga ilmaydigan, har bir soʻzi bilan nafsingizni, qalbingizni «tepadigan» kimsalarning eshigida bir chimdim eʼtibor tilanib soyadek ergashishga majbur boʻlasiz. Bu — koʻngil uvolining, neʼmatni xorlashning bu dunyodagi naqd jazosidir. ​✨ Yoningizdagi halol mehrni, sizni avaylayotgan qalblarni Allohning omonati deb biling. Koʻngil ogʻrigʻidan va neʼmatning zavolidan qoʻrqing. ✅ Chunki silovchi qoʻllarni siltaganlar, kun kelib oʻzganing oyogʻi ostida toptalib yashash bilan sinaladilar... Xulosa sizdan ••┈┈┈┈┈┈┈┈┈┈┈•• ✦ @XosDARS ulashing

📹 Dr. Xolid Juhaniy “Alloh sizdan biror narsani faqat hikmat sababli qaytarib bermaydi.” Ya'ni, banda o‘zi uchun foydali deb o‘ylagan narsani xohlashi mumkin, lekin Alloh taolo uning oqibatini yaxshiroq biladi. Shuning uchun ba'zan bir narsani bermaydi, kechiktiradi yoki undan to‘sadi. Bu esa Allohning ilmi, hikmati va rahmati bilan bo‘ladi. «Balki sizlar bir narsani yomon ko‘rarsizlar, holbuki u sizlar uchun yaxshidir. Balki bir narsani yaxshi ko‘rarsizlar, holbuki u sizlar uchun yomondir. Alloh bilur, sizlar bilmaysizlar». (Baqara surasi, 216-oyat) Xulosa sizdan ••┈┈┈┈┈┈┈┈┈┈┈•• ✦ @XosDARS ulashing

#tásirli Banda shu haqiqatni bilsa, qalbi orom topadi Qisqasi: Siz uni-buni aytasiz, men ham aytaveraman, bas Allohning irodasi boʻladi. «Ey o‘g‘lim! Bir kishiga ne'mat yaqin bo‘lsa, BU qadar uni o‘sha tomonga yetaklayotgani uchundir. Bir kishidan ne'mat uzoq bo‘lsa, BU qadar uni boshqa tomonga olib ketayotgani uchundir. Alloh bir ishni iroda qilsa, uning sabablarini ham hozirlab qo‘yadi. Ba'zan inson barcha sabablarni ishga soladi, bor kuchi bilan harakat qiladi, ammo (oʻsha oila qurayotgan jufti, mansabi, dunyosi kabilarga) muvaffaq bo‘la olmay yetishmaydi. Keyin esa o‘zi umuman izlamagan, unga erishish uchun biror vosita tayyorlamagan sabab paydo bo‘ladi-da, birdan maqsadiga erishib qoladi.»
(Ar-Rofi'iy, "Al-Masakin")
Uchta foyda: 1. Rizq, mansab, nikoh, muvaffaqiyat va boshqa ne'matlar faqat harakat bilan emas, Allohning qadari bilan bo‘ladi. 2. Sabablarni qilish vojib, lekin qalb sababga emas, sababni yaratuvchi — Allohga bog‘lansin! 3. Bir narsa qo‘ldan ketganida ortiqcha hasrat qilmaydi, kelganida esa o‘zidan ko‘rmaydi. Alloh taolo aytadi: ﴿وَمَا تَشَاؤُونَ إِلَّا أَنْ يَشَاءَ اللَّهُ..﴾ «Sizlаr butun mахluqоtlаrning Rоbbi bo‘lgаn Аllоhning istаk-irоdаsi bilаnginа iymоn vа hаq ustidа ustivоr turishni istаysiz vа bungа qоdir bo‘lаsiz..» (Takvir/ 29) Salaflar:«Tavakkul — sabablarni tark qilish emas, sabablarni qilgan holda natijani Allohga topshirishdir», deganlar. Demak: Agar banda shu ma'noni qalbiga joylasa: yetmagan narsasiga kuyinib qolmaydi, erishgan narsasi bilan kibrga ketmaydi, sabablarni qiladi, natijani esa Allohning hikmati va qadariga topshiradi. Shunda qalbi xotirjam bo‘ladi va Allohning taqsimotidan rozi yashaydi. °Abu Talha° Tanishlarga joʻnating, bu eslatma bilan shoyad najotga shoshilsak.. ••┈┈┈┈┈┈┈┈┈┈┈•• ✦ @XosDARS ulashing

#fikr_yuriting 34 #tàsirli Qul - oʻz Egasi Robbisining kalomini o‘qishdan ham dangasalik qiladimi ⁉️ Sababi: -Eng boy kishi ham topa olmaydigan lazzatga erishish oson emas. Bilasizmi, koʻp bizdagi qorilar faqat Ramazonda hatmga oʻtish uchun qoʻllariga mahkam olishadi. -Banda bilib-bilmay qilgan katta gunohlari tufayli istidroj (asta-sekin doʻzoxga eltuvchi yoʻl)ga tushgan boʻlishi mumkin. -Bizdagi adashganlar >"Allohga kalom-soʻzlashish sifatini berishmasdan, ta'vil qilishadi. Hatto ba'zilari: "Jabroil alayhissalom Qurʼonni toʻgʻridan-toʻgʻri eshitib, olib tushmagan deyishadi. Yana ular: "Toʻgri Qur'on Ulugʻ - ammo hayot qoʻllanmasi boʻlib, tatbiq etish uchun eskirgan" deyishlari... Salaf solih aqidasiga koʻra: Qurʼon — Allohning kalomi, u maxluq emas. Ya'ni U zotning bir sifati maxluq boʻla olmaydi. Mus'haf qogʻozi va oʻquvchi qorining oganggi maxluq. Ishoning, xozir ham ba’zi qishloqlarda moʻminlar shariatni hayotlarining barcha jabhalarida qoʻllab, baxtli hayot kechirishadi. -Oʻqishga vaqt emas, tavfiq yoʻq. Biz Alhamdulillah, Allohning fazl va rahmatidamiz. Bu darsni tushunayotgan boʻlsangiz - shukr qilib, ilm olib amal qilishdan toʻxtamang. Nima koʻngilingizga oʻtirib qolgan⁉️ "Koʻp salavat-nashd eshitma, boʻlmasam Qurʼon ketib qoladi" deb, bobom aytardi. Bizdagi koʻplar badiiy kitob oʻqib, yoki kino-serial koʻrib, yoki video oʻyinlar oʻynab, yoki dars qilib rohatlanadi. Togʻrimi⁉️ Misol: Arabiston taomiga oʻrgangan kishi, oʻzimizning oshlarga odatlana olmaydi. Chunki avvalgi lazzat joylashgan. Hatto Nabiy ﷺ sahobaga bokiraga uylanishga targʻib qilganlarida ham hikmat bor, vallohu aʼlam. ___ -Qur'on — oddiy kitob emasligini hatto kofir shunchaki tinglaganda ham ta'sirlanishidan bilsangiz boʻladiku. Endi koʻp "musulmonlar" eshitsa yoki ma'nosini oʻqisa: "Xa shunday boʻlgan ekan-a" deydi. Chunki ularga imom boshliqlari gapi qadr-qimmatliroqdir. Qurʼon — Osmonlar va yer, ular orasidagi narsani yaratgan Zotning kalomi. Alloh taolo - butun olamni yoʻqdan bor qildi, barcha maxluqotni boshqarib turibdi, har bir narsani koʻradi va biladi, har bir narsa Uning qudrat va ilmi bilan qamrab olishi ostidadir. 📖“Ey Pаyg‘аmbаr, аgаr qоnlаri vа mоllаri hаlоl qilingаn mushriklаrdаn birоntаsi sizdаn himоyagа оlishingizni so‘rаsа vа оmоnlik istаsа, siz uning tаlаbini qоndiring, tоki u Allohning Kalomini eshitsin, Qur’оn hidoyatidаn хаbаrdоr bo‘lsin.” (Tavba 6-oyat tafsiridan) Biz har kuni - soatlab telefon koʻramiz yoki soatlab dunyo ishlari bilan mashgʻul boʻlamiz. Lekin Qurʼonga 10 daqiqa vaqt topolmaymiz-a. Oʻzingizdan soʻrang: Men Qanday Zotning kalomidan yiroqlashdim⁉️ — Hokim yo Vazirning⁉️ — Olim yo Avliyoning⁉️ — Yo barcha olamlar Robbisining⁉️ Abdulloh ibn Masud roziyallohu anhudan: “Kim Allohni yaxshi koʻrsa, Allohning kalomini ham sevsin.” Chunki biiznillah, Qurʼon: -qalbni tiriltiradi -iymonni kuchaytiradi -bandani Allohga yaqinlashtiradi. “Qurʼonni tark qilish — qalb oʻlishiga sabab boʻladi.” °Abu Talha° Tanishlarga joʻnating, bu eslatma bilan shoyad najotga shoshilsak.. ••┈┈┈┈┈┈┈┈┈┈┈•• ✦ @XosDARS ulashing

Bu takror oʻqishga arzigulik dars Shayx Aliy Xudoyrning mashhur risolaga yozgan "Mu'tasar" sharhlaridan

#fikr_yuriting 33 #dolzarb #ètiqodiy Bilasizmi, nega odam yaqinlari yoki puliga bogʻlanib qolgandan soʻng, qalbi hotirjam boʻlmasdan doim iztirobda boʻladi ⁉️ Javob: Kishi oʻz nafsiga ishonib, suyanib qolishi "Nafs (o‘zi)ga suyanish joiz emas. Chunki bu (tajriba, qobiliyat kabi) sabablarni mutlaqo ta'sir qiluvchi deb bilib, ularga tayanib qolish turiga kiradi. Bunga Alloh taoloning ushbu oyati dalolat qiladi: ﴿وَعَلَى اللَّهِ فَتَوَكَّلُوا﴾ «Allohgagina tavakkul qilinglar.» (Moida, 23) Ya'ni, Faqat Allohga suyaning, Undan boshqasiga suyanmanglar. #SAVOL: «O‘zingga tayan» yoki «O‘zingga ishon» deyishning hukmi Masalan, bir ustoz motivator:«O‘zingga tayan!» yoki «O‘zingga ishonishing kerak!» deyishi hukmi nima❓ Bu iboralar joiz emas ❌. Chunki biz yuqorida aytganimizdek, nafsga suyanish joiz emas ❌. Shunday ekan, bunga undovchi iboralarni ishlatish ham joiz bo‘lmaydi ❌. Imom Ahmad rivoyat qilgan duoda Rasululloh ﷺ shunday deganlar: «Va la takilni ila nafsiy tarfata 'ayn» - «Meni bir lahza ko‘z yumib ochgunimcha ham o‘z nafsimga tashlab qo‘yma.» Masala: O‘ziga ishonish Agar «o‘ziga ishonish» deganda nafsga suyanish va unga tayanish nazarda tutilsa, bu ham joiz emas ❌. 💡Ammo bu ibora boshqa ma'noda ishlatilsa, tafsilot bor: Agar maqsad insonning bir ishni bajarishga qobiliyati borligi, tajribasi borligi, qo‘rqmasligi va o‘z imkoniyatlarini bilishi bo‘lsa, bunda zarar yo‘q✔️. Masalan: «Bu ishonchli odam.» «Bu tajribali va ishonchli omonatdor kishi.» deyish mumkin. Lekin: Agar «o‘ziga ishonish» deganda unga suyanish, qalban unga tayanish va muvaffaqiyatni o‘zidan deb bilish nazarda tutilsa, bu joiz emas. Chunki mo‘minning qalbi: Allohga tavakkul qiladi va u bilan yashnaydi, sabablarni ham qo‘llaydi. U o‘zidagi qobiliyat, ilm va tajribani Allohning ne'mati deb biladi va: «To‘g‘rilikkа erishishimdа vа sizlаrni tuzаtishgа urinishimdа muvаffаqiyat mengа fаqаt Аllоhdаndir.» [HUD/88-oyat tafsiridan] degan e'tiqodda bo‘ladi. Ammo agar "ishonch" deganda insonning xiyonat qilmaydigan, omonatdor yoki vazifalarni bajarishda tirishqoq ekanligi nazarda tutilsa, bu joizdir✔️. 📖«Allohga tavakkul qilinglar...» (Moida/ 23) Ya'ni: Tavakkulni faqat Allohga qilinglar va suyanishda ham Allohni yagona deb bilinglar. 📖 Davomidagi «Agar mo‘min bo‘lsangizlar.» (Moida/ 23) Bu oyat iymon bilan tavakkulning bog‘liqligiga dalolat qiladi. Oyat ma'nosidan tushuniladiki:"Kim Allohga tavakkul qilmasa, uning iymonida nuqson bor." Lekin bu yerda savol tug‘iladi: Tavakkulni tark etish iymonning aslini yo‘qotadimi yoki faqat uning kamoliga zarar yetkazadimi❓ #Javob: Bu insonning e'tiqodiga qarab farqli boʻladi. (Barcha bir hukm yoki qolipga tushmaydi) Agar tavakkulni tark etish katta shirk sababli bo‘lsa, u holda iymonning aslini buzadi. Agar bu kichik shirk darajasida bo‘lsa, u holda iymonning vojib kamolini kamaytiradi. Masala: Ba'zi hadislarda:«Nabiy ﷺ tizzalariga tayanar edilar» yoki «Xutba qilayotganlarida kamon yoki hassaga tayanar edilar» degan rivoyatlar keladi. Shunda savol tug‘iladi: Bu ham o‘ziga ishonish va suyanish masalasiga kiradimi❓ Javob: Yo‘q, bunga kirmaydi. Chunki bu yerda «tayanish» degani jismoniy suyanish, ya'ni bir narsaga suyanib turish ma'nosidadir. Biz muhokama qilayotgan masala esa: qalbning suyanishi va ishonchi, ya'ni tavakkul va bogʻlanib qolish masalasidir. Shuning uchun: Hassaga, devorga yoki biror narsaga jismonan suyanish joiz✔️. Ammo qalban Allohdan boshqa narsaga mutlaq tayanish va unga ishonib qolish joiz emas ❌. Mo‘min kishi sabablarni ishlatadi, lekin qalbi bilan:«Hasbiyallohu va ni'mal vakil» «Menga Alloh yetarli kifoya qiladi, U naqadar go‘zal Vakildir» deya faqat Allohga tavakkul qiladi. Xulosa sizdan @XosDARS ulashing

#muhim ILM OLISH VA QUR'ON TADABBURI Xulosa chiqarib ulashing @XosDars
#muhim ILM OLISH VA QUR'ON TADABBURI Xulosa chiqarib ulashing @XosDars

#diqqat_yangilik DUNYO VA OXIRATIGA FOYDALI ILM OLISHNI ISTAGANLARGA Oʻylab reja qilib, bu 9 oylik kursni boshlashga qaror qildik. Alloh yoʻlida bepul va koʻpchilikni shak-shubha zulmatidan nurga olib chiqishiga sababchi bo‘ladi degan umiddamiz. Faqat oʻzingizgagina manfaatli boʻlgan shartlari bor, bular sizga 9 oy davomida hamroh boʻlsin; 1-Farz ibodatlaridan keyin, tahajjud namoziga odatlanish uchun peshindan avval yoki keyin 15 daqiqa boʻlsa ham dam olib uyquingiz vaqtini ozaytirishni boshlang. 2-Turli chalgʻituvchi (smartfondagi bema'ni video vabekorchi oʻyinlar kabi) narsalardan xalos boʻling. 3-Internetda oʻtirish soatlaringizni kamaytiring. 4-Vaqtni zoye qiluvchi tanish va narsalardan uzoqlashing. Nafl ibodatlarga odatlaning. 5-Haftada bir boʻlsa ham roʻza tutishga odatlaning. 6-Koʻproq Qurʼon eshiting yoki oʻqing. 7-Sadaqa va ehsonlar berishga odatlaning. 8-Yeb-ichishni kamaytiring. 9-Qalbingizni Allohni eslash bilan mashgʻul qiling va zikrni koʻpaytirib duo-iltijoga bel bogʻlang. 10-Kamchilik va nuqsonlar uchun nafsingizni malomat qilib boring, ammo tushkunlikka tushmang. 11-Niyatingizni toʻgʻrilang va har zamon eslab yangilab turing 12-Kundalik amallaringizni tartibga solib oling. 13-Nafsimizni qoʻlga oling, qilingan vazifalardan keyin mukofotlar qoʻying. Bizdanda koʻp qiyinchilikdagi nochorlarga hamdard boʻlib, qaygʻuring va ibrat oling❕ @SOBIT_QALB 1-dars

Anfol surasi 49-oyat #tilovati yohud ahli sunnaga > "Sen dinda chuqur ketyapsan", «Ana oʻshalarni dini magʻrurlantirib yubordi» degan dashnomlar otilishi. #tafsiri "Eslаnglаr, o‘shandа shirk vа nifоq аhli bo‘lgаn hаmdа qаlbidа mаrаzi bоr kimsаlаr musulmоnlаrning kаmsоnli, dushmаnlаrning esа sоni ko‘pligini ko‘rib: “Bu musulmоnlаrni dinlаri аldаb, ulаrni shundаy hаlоkаtlаrgа оlib kelib qo‘ydi”, deyishgаn edi. O‘sha munоfiqlаr kim Аllоhgа suyansа vа Uning vа’dаsigа ishоnsа, Аllоh uni hech qаchоn yordаmsiz qo‘ymаsligini аnglаb yetishmаdi..."
Lekin bu murjia, hizbiy, madhaliy va ustozsiz havorijsifat bo‘layotganlarga taalluqli emas, vallohu aʼlam.
@XosDARS 📌 Xulosa chiqarib ulashing

#qisqa #dolzarb #tàsirli 📹 TELEFON OʻRNIGA QUR'ON BOʻLSA, RÌZQIMIZ KAMAYADÌMÌ⁉️ QURʼON BORASIDA SALAFLAR 📖“Koshki men faqat Qurʼon bilan kifoyalanganimda edi…” —Sufyon as-Savriy 📖 “Vaqtimning koʻpini Qurʼon maʼnolaridan boshqasiga sarf qilganimga afsus qildim.” —Ibn Taymiya 📖“Qurʼonni shoshib oʻqimang, uni qalb bilan his qilib oʻqing.” —Ibn Masʼud 📖 “Qurʼon — aql nuri, hikmat chirogʻi, ilm bulogʻidir.” —Kaʼb Ahbor 📖 “Qurʼonni oʻrganing, bolalaringizga ham oʻrgating — siz undan soʻralasiz.” —Abdulloh ibn Umar Qurʼonni qanday tadabbur qilinadi⁉️ Qurʼon oʻqiyotganda agar bir oyat qalbingga qattiq taʼsir qilsa, iching yumshasa, koʻzing yoshlansa yoki oʻyga tolsangiz darhol oʻtib ketmasdan toʻxtang. oʻsha oyatni yana qayta oʻqib maʼnosini oʻylang. Chunki haqiqiy tadabbur — shu. Qurʼonni tez-tez tugatish emas, balki qalb bilan his qilib oʻqish muhim. 🌙 Rasululloh ﷺ ham baʼzan bir oyatni tonggacha takrorlab oʻqiganlar. Demak, bir oyat ustida toʻxtab oʻylash — sunnat. @XosDARS Ulashing🕯

#fikr_yuriting 32 #qoidamiz "QOLGAN ISHGA QOR YOGʻAR" Horis ibn Qays al-Ju'fiy rahimahulloh aytdilar: «Agar biror yaxshilik qilishni istasang, uni ertaga qoldirma. Agar oxirat amali bilan mashg‘ul bo‘lsang, imkon qadar unda davom et. Agar dunyo ishlari bilan mashg‘ul bo‘lsang, uni tezda bitir va hadaf-yo‘lingda davom et. Agar namoz o‘qiyotgan bo‘lsang va shayton senga: “Sen riyo qilayapsan”, desa, namozingni yanada uzunroq qil (burni yerga ishqalansin).»
(As-Sunan al-Kubro, Nasoiy)
Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh ﷺ dedilar: «Har bir ishda bosiqlik va shoshmaslik yaxshidir, faqat oxirat amallari bundan mustasno
(Sahih Abu Dovud, Alboniy sahih degan)
Sharhi: -Tuada > shoshilmaslik, bosiqlik, ishni o‘ylab qilish, xotirjamlik bilan harakat qilish degan ma'noni anglatadi. Har qanday ishda o‘ylab ish tutish, shoshqaloqlik qilmaslik va oqibatini ko‘zlash maqtovga loyiqdir. Lekin: Oxiratga taalluqli amallarda kechiktirish va sustkashlik qilish qoralangan. Masalan: tavba qilish, namozga shoshilish, ilm olish, sadaqa berish, Qur'on o‘qish, yaxshilik qilish, gunohni tark etish kabi ishlarda imkon tug‘ilganda darhol harakat qilish lozim. Chunki inson: umri qachon tugashini va ajali qachon yetishini bilmaydi. «Parvardigoringizning mag‘firatiga va kengligi osmonlaru yer kengligicha bo‘lgan jannatga shoshilinglar...» (Oli Imron, 133) #foyda -Yaxshilikni kechiktirmaslik. Chunki inson ertaga tirik qolishiga biror kafolat yo‘q. -Oxirat amallariga vaqt ajratish. Dunyo ishlarini maqsad emas, eltuvchi bir vosita deb bilish. Ularni zaruraticha bajarib, qalbni ularga bog‘lab qo‘ymaslik. Riyodan qo‘rqib amalni tark etmaslik. Iblis maqsadi kishini ibodatdan to‘xtatishdir. Salaflar:«Odamlar uchun amalni tark etish riyodir, odamlar uchun amal qilish shirkdir, ixlos esa Alloh seni ikkisidan ham saqlashidir», deb aytganlar. Shuning uchun mo‘min kishi amalini Alloh uchun qilsa, shaytonning vasvasasi sababli uni tark etmaydi, balki ixlosini yangilab, ibodatida davom etadi. Xulosa chiqarib ulashing va ajrda sherik boʻling @XosDARS📌

#eslatma Katta niyat bilan yurgan, katta ishlarga qoʻl uradi. Eng katta yutuq bu eng Ulugʻ zot Kalomini tushunishga muvaffaq boʻlishdir. Ibnul Qoyyim rohimahulloh aytadilar: «Qurʼon – qalb va tananing barcha kasalliklariga, shuningdek dunyoviy va uxroviy hayot kasalliklariga mukammal darmondir. Ammo u orqali shifoga erishish hammaga ham nasib qilavermaydi. Agar bemor u (Qurʼon) orqali mohirona davolansa, uni sidq, iymon, toʻliq rozilik, ishonch va uning barcha talablarini bajargan holda kasallikka qarshi qoʻllasa, u holda hech qachon kasallik unga bas kela olmaydi. Axir qanday qilib qandaydir kasallik yeru-osmonning Robbisi boʻlgan Allohning Kalomiga bas kela olsin. Agar u (Qurʼon) togʻlarga yuklanganida, ularni parchalagan boʻlar edi. Agar u (Qurʼon) yerlarga yuklanganida, uni boʻlib yuborgan boʻlar edi! Qurʼonda tana va qalbning barcha kasalliklarining shifosi, sababi va ulardan himoyalanishga koʻrsatmalar mavjud. Bu koʻrsatmalar Alloh Oʻzining Kitobini fahmlashni nasib qilganlar uchundir… Alloh taolo aytadi: «Axir ularga tilovat qilinayotgan shu Kitobni Biz sizga nozil qilganimiz ular uchun yetarli emasmi?!» (Ankabut: 51). Kimni Qurʼon davolamasa, uni Alloh davolamaydi. Kimga u kifoya qilmasa, unga Alloh Oʻzining kifoyasini bermaydi («Zodul-Maʼod» va «At-Tibb An-Nabaviy» 253). @XosDARS Ulashing

sticker.webp0.52 KB

#fikr_yuriting 31 #ibratli YAXSHIGA DOIM DUSHMANLIK QILINADI Musulmonning ham dushmanlari bor; nafsi, shayton va uning insu jindan boʻlgan yordamchilari... #savol: Bir kun yoʻliqib qolsak, Alloh taolo nimani koʻpaytirishga buyurgan⁉️ -Qurol-aslaha -Zirhlangan libos -Zikr -Sheriklar #javob: Quyidagi Anfol surasi 45-oyat tafsirida🔻 Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhumo yozgan maktubda shunday deyiladi:«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dushmanga duch kelgan kunlarning birida quyosh og‘a boshlaguncha kutdilar. So‘ng odamlar orasida turib xutba qildilar va shunday dedilar: “Ey insonlar! Dushmanga ro‘baro‘ kelishni orzu qilmanglar. Allohdan ofiyat (omonlik va salomatlik) so‘ranglar. Agar ularga duch kelsangizlar, sabr qilinglar va bilinglarki, jannat qilichlar soyasi ostidadir.” So‘ng duo qilib dedilar: “Allohim! Kitobni nozil qilgan Zot! Bulutlarni yurgizuvchi Zot! Ahzob (dushman guruhlari)ni mag‘lub etgan Zot! Ularni mag‘lub qilgin va bizga ular ustidan g‘alaba ato etgin.”» #Foyda 1. Musulmon kishi balo va sinovni o‘zi izlamaydi, balki Allohdan ofiyat so‘raydi. 2. Zarurat tug‘ilib dushmanga duch kelinsa, qo‘rqoqlik qilmay, sabr va matonat bilan turadi. 3. «Jannat qilichlar soyasi ostidadir» degani — Alloh yo‘lida haq bilan kurashish va fidokorlik qilish jannatga olib boruvchi buyuk sabablardan biridir. 4. Rasululloh ﷺ jang oldidan ham Allohga tavakkul qilib, g‘alabani faqat Undan so‘raganlar. #qoida «Sinovni orzu qilma, lekin sinov kelganda sabr qil.» «Ofiyat so‘ra, ammo haq yo‘lida sobit tur.» "Ey Аllоh vа pаyg‘аmbаrigа iymоn keltirgаn, Uning shariаtigа аmаl qilgаn kishilаr, sizlаrgа qаrshi urushishgа hоzirlаnib turgаn kоfirlаr guruhi bilаn to‘qnаshgаn pаytingizdа sаbоt bilаn turing vа ulаrdаn оrtgа chekinmаng. Dushmаningiz ustidаn sizlаrgа g‘аlаbа vа zаfаr tushirishini so‘rаb Аllоhgа yolvоrib duо qiling, shu hоldа Аllоhni ko‘p zikr qilib eslang! Shоyad nаjоt vа zаfаrgа erishsаngiz." [Anfol/45] Xulosa sizdan @XosDARS Ulashing

#tanbeh Oʻzgarish vaqti keldi... "Alloh taolo bundаy kunlаrni – оstidа hikmаtlаr bоrligi uchun – gоh g‘аlаbа, gоh mаg‘lubiyat tаrzidа оdаmlаr o‘rtаsidа аylаntirib turаdi. Alloh taolo аzаldа bilgаn nаrsаsi yuzаgа chiqishi, Uning O‘zi chin mo‘minlаrni bоshqаlаrdаn аjrаtib ko‘rsаtishi vа ichlаringizdаn bа’zi qаvmlаrni shahidlik ne’mаti bilаn siylаshi uchun shundаy qilаdi..." [Oli Imron/140] °Banda dunyoda baxt-saodatga, oxiratda esa najotga erishishining belgilari: 🕯Ilmi oshgani sari kamtar, rahmdil, Allohdan ko‘proq qo‘rqadigan, halol-harom masalasida taqvo-ehtiyotkor bo‘lishi; 🕯 yoshi o‘tgani sari dunyoga nisbatan hirsi – rag‘bati kamayishi; 🕯 mol-dunyosi ko‘payishi barobarida saxovati ortib, yanada qo‘li ochiq bo‘lib qolishi; 🕯 obro‘-e’tibori oshgani sayin odamlarga yanada ko‘proq yaqinlashib, ularning ehtiyojlarini qoplab, oddiy xalqqa nisbatan xokisor bo‘lib borishi. Xozir esa ⤵️ - ilmi ko‘payib, kibr va manmanlikka berilishi; - solih amallari ortishi barobarida bu bilan g‘ururlanib, odamlarni kamsitishi va o‘ziga ortiqcha baho berishi; - umri o‘tgani sari dunyo va ishtaha ochar narsalarga sho‘ng‘ib borishi; - mol-dunyosi ko‘payib, kundan-kunga baxil va xasis bo‘lishi; - obro‘-e’tibori oshgani sayin takabburligi ham ortishi badbaxtlik alomatidir. Bu ishlar Allohning sinov-imtihoni bo‘lib, shu yo‘l bilan bandalarini sinaydi: kimdir undan to‘g‘ri o‘tib najot topadi, yana kimdir o‘tolmay muvaffaqiyatsizlikka uchraydi."
Ibn Qayyim Javziyya rohimahulloh - "Al-Favoid",155-betdan olib tahrirlandi
@XosDARS tarqating

#muhim #ibrat 📘"O'TMISHDAGI RIJOLLAR NUSRATI" Sahifasi: 32 bet Muallif: Abu Tolha
Saodat asridagi juda qiziqarli va mazmunli voqealardan oladigan saboqlar jamlandi. Ikki soatda tugatishingiz mumkin. Ammo ma‘nolarni hazm qilib, amalda qo‘llash biroz qiyin. Alloh manfaatli qilsin🤲
@XosDARS Ulashing

#dolzarb Soliha ayolning sifatlaridan: (Quyidagilar qiyshiq qovurgʻadan ba‘zi vaqt topilsa ham xursand bo‘lavering. "Shu odoblarni jamlagan ayol qanday boʻlarkin-a", degan xayol o'tmay qo‘yaversin. Ba’zi qaysar ayollar juftlari zohid olim bo‘lishiga sababchi bo‘lgan) 1. Oʻz uyini lozim tutish. 2. Uy ishlari bilan mashgʻul boʻlish. 3. Qoʻshni tanishlar bilan behuda suhbatlardan tiyilish. 4. Eri boʻlmagan vaqtlarda oʻzini va tilini tiyish, hayo-iffatli boʻlish. 5. Erining huzurida ham, u yoʻqligida ham uning nomusi va haq-huquqlarini asrash. 6. Har qanday holatda ham erini xursand qilishga intilish. 7. Na oʻz nafsi borasida va na erining molu mulki borasida unga xiyonat qilmaslik. 8. Eri koʻrishni istamaydigan biror kimsani uning toʻshagi (dom-xonadoni)ga yaqinlashtirmaslik. 9. Erining iznisiz uning uyiga hech kimni kiritmaslik. 10. Oʻzining taqvosiga va uy-roʻzgʻorni yaxshi boshqarishga ahamiyat berish. 11. Imkoni boricha uy ishlari va uning xizmati bilan shugʻullanish. 12. Erining haqqini oʻzining haqqidan ham, barcha qarindosh-urugʻlarining haqqidan ham ustun qoʻyish. [Ibn Qudama rahimahulloh]

sticker.webp0.55 KB

#dolzarb_muammo «Insonning xulq-atvoriga uning masjiddagi, zikr halqalaridagi yoki ibodat maydonlaridagi holatiga qarab baho
#dolzarb_muammo «Insonning xulq-atvoriga uning masjiddagi, zikr halqalaridagi yoki ibodat maydonlaridagi holatiga qarab baho bermang❗️ Balki uning haqiqiy axloqini mol-mulk va haq-huquq masalalariga duch kelganida izlang❗️ Uning asl qiyofasini meros taqsimlanayotganda, savdo-sotiq muomalalarida va oʻzaro tortishuvlar paytida koʻrasiz 📍 Zero, oʻzini odobli qilib koʻrsatuvchi riyokorlarning niqobi aynan (pul, shahvat, mutaassiblik kabi) kelishmovchiliklar chogʻida yirtiladi». [Nosir ash-Shayxon] ┈┉┅━۩❀ ❅ ❀۩━┅┉┈ @XosDARS Ulashing

#muhim ❝O'z baxtingizni Allohdan o'zgaga bog'lamang, -chunki mahbub (yaxshi koʻrilgan kishilar) bir kun yoʻq boʻlib ketadi, -qarindosh-urugʻ uzoqlashadi, - tiriklar o'ladi, -mol-dunyo yo'qoladi, -sog'-salomatlik yo'qoladi, faqat o'lmaydigan doim tirik boʻlgan zot qoladi.❞ ___ Rasululloh ﷺ Muhammad ibn ‘Uyayna yo‘li bilan kelgan g‘arib hadisda aytadilar: Menga Jabroil alayhissalom kelib dedi: «Ey Muhammad ﷺ ! Xohlaganingizcha yasha, albatta siz o‘luvchisiz. Xohlaganingizga muhabbat qiling, albatta siz undan ajraluvchisiz. Xohlaganingizni qiling, albatta qilgan amalingiz bilan jazo-mukofotlanursiz (hisobini olursiz).» So‘ngra dedi: «Ey Muhammad! Mo‘minning sharafi — kechasi (tahajjudda) turishidir, uning izzati esa — odamlar (huzurlaridagi narsa)dan behojat bo‘lishidir.» ___ ❝Odamlardan Allohdan boshqagа Аllоhdаn o‘zgа hech kimgа lоyiq bo‘lmаydigаn muhаbbаt, tа’zim vа itоаtni ko‘rsаtishadi. Mo‘minlаrning Аllоhgа bo‘lgаn muhаbbаti esа o‘sha kоfir kimsаlаrning Аllоhgа vа o‘z ilоhlаrigа bo‘lgаn muhаbbаtidаn kuchlirоqdir. Chunki mo‘minlаr bоr muhаbbаtlаrini хоlis Аllоh uchun qildilаr, аnаvilаr esа muhаbbаtdа o‘zgаlаrni Аllоhgа sherik qilishdi...❞
Baqara 165-oyat tafsiridan
___ ❝Biror inson bilan bo‘lgan munosabatingiz qanchalik mustahkam bo‘lmasin, -Alloh sizning qo‘lingiz orqali unga qanchadan-qancha yaxshiliklar qildirgan bo‘lmasin, -odamlar bilan muomalangiz tashqi va ichki jihatdan odob-axoqli, yaxshilikka asoslangan bo‘lsa ham, - quloqlaringiz qancha maqtov va minnatdorchilik eshitgan bo‘lsa ham — (qadaringizga yozilmagan boʻlsa) hech qachon kafolat berilmaydi-ki, bir kun kelib ular sizga to'satdan kutilmagan darajada yomonlik qilmaydi, og‘ir so‘zlar aytmaydi va qalblaridagi salbiy niyatlarni yuzaga chiqarmaydi, deb.. Ushbu gap odamlarni xafa qilish uchun yoki ulardan butunlay yuz o‘girishingixga da’vat-chorlash emas. Balki shuni oldindan boʻlishi mumkinligini kutish va sodir bo‘lsa, uni odatiy holdek sabr bilan qabul qilish — u uzoq choʻzilib keladimi yoki tez keladimi — sizni > "odamlar sababli ranjimaslikka, kim keldi yoki kim ketdi" deb, qayg‘urmaslikka o‘rgatadi.❞ #oʻrganganlarimdan [Muhammad Shelby] Shuning uchun agar biror yaxshilik qilsangiz, uni Alloh uchun qil. Chunki shunday onalar borki, kundoshli boʻlgandan keyin bolasiga mehr bermaydi.. Alloh roziligiga qilish > "odamlar keyin minnatdor bo‘ladimi yoki nonko'r va noshukurlik qiladimi" — afsuslanmaysiz. Chunki oyatda kelganidek ❝Allohning bandalari ichida shukr qiluvchilari ozdir.❞
Yaqinlarga ulashib ajrda sherik boʻling.
📚📚📚📚📚 •••┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄••• @XosDARS