ch
Feedback
XosDars

XosDars

前往频道在 Telegram

Marhamat, tolibi ilm va oxirat g'amidagilar uchun foydali ilm. Manbani ko‘rsatib oling!

显示更多
1 117
订阅者
无数据24 小时
-77
-2030
帖子存档
#NASIHAT 2-qismi
#tanbeh Din bobolarimizdan qolgan meros emas. Haqqa chaqirishni xohlagancha qilaverilsa, koʻrib turganingizdek fasod koʻpayaveradi.
Tamim ibn Avs Doriy raziyallohu anhudan: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Din bu nasihatdir. Biz: Kim uchun? - deb soʻradik. - Alloh uchun, Uning kit obi uchun, Rasuli uchun hamda musulmonlarning rahbarlari va ommalari uchun! - deb javob berdilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam. (Muslim rivoyat) Mazkur hadisdan Ibn Battol chiqargan xulosalar “Din nasihatdir. Islom dini soʻzlarda voqe boʻlgani kabi amallarda ham aks etadi. Nasihat imkoniyat darajasida amalga oshiriladi. Soʻzi qabul boʻlishiga koʻzi yetgan va biror zarar tahdid solmagan kishi nasihat haqqini ado etishga kirishadi. Ammo nasihat ortidan oʻziga ziyon-zahmat yetadigan boʻlsa, nasihat qiluvchi ushbu amalni toʻxtatishga haqqi bor”. Hasan Basriy aytadilar:"Siz birodaringizni to u qila olmaydigan ishlarga ham buyurmaguningizga qadar, zimmangizdagi unga nisbat an boʻlgan nasihat haqqini ado qilgan boʻlmaysiz". Sahobalardan biri shunday degan edi: "Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasam ichaman, agar ist asangiz sizlar uchun yana Alloh taolo nomiga qasam ichib aytamanki, Parvardigor uchun eng suyukli kishilar Allohni bandalariga, bandalarini esa Allohga muhabbatli koʻrsatib, yer yuzida nasihat bilan kezuvchi insonlardir!" Abu Bakr Muzaniy dedilar: "Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu boshqa sahobalardan namozi yoki roʻzasi bilan emas, balki qalbidagi narsasi ila ustun boʻlgandi. Uning qalbida Allohga muhabbat va bandalariga nasihat bor edi". Fuzayl ibn Iyoz aytdilarki: "Bizning nazarimizda yuksak maqomga erishganlar koʻp namoz oʻqish yoxud doim roʻza tutish bilan bu darajaga chiqmaganlar. Ular bizningcha, qalblar saxovati, koʻngillar musaffoligi va ummatga yaxshilik sogʻinish bilan shu darajaga yetganlar". [📕Qirq hadis sharhidan] @XosDars ulashing

#fikr_yuriting 53 Nasihat qiluvchining odoblaridan Alloh uchun ixlosli(qalbi dunyo gʻaraziga toʻlmasdan, faqat Alloh yoʻlida) bo‘lish – maqsad Allohning roziligini topish va birodariga manfaat yetkazish bo‘lishi, riyo (falonchi koʻrsinga) emas. Aslida Yaxshi qilishni suyushi – nasihat qilinayotgan kishiga yaxshilik tilash va uning yomonlikka tushishini istamaslik. Muloyimlik va yumshoqlik – nasihatni qo‘pollik yoki dag‘alliksiz, mehr va samimiyat bilan aytish. Ilm va hikmat bilan gapirish – nasihat ishonchli ilm va to‘g‘ri dalillarga asoslangan bo‘lishi kerak. Nasihatni qanday qilinadiYolg‘iz holda nasihat qilish – nasihatni sir tutib aytish yaxshi fazilat bo‘lib, u kishini noqulay ahvolga solmaydi va nasihatni qabul qilishiga yordam beradi. Ayblab yoki kamsitib gapirmaslik – tanbeh berish yoki boshqalar oldida sharmanda qilishdan saqlanish. Vaqtni to‘g‘ri belgilash – nasihatni inson qabul qilishga tayyor bo‘lgan paytda aytish. Chiroyli so‘z ishlatish – muloyim, chiroyli va yumshoq iboralarni qo‘llash, qattiqqo‘llikdan yiroq bo‘lish. Davomi bor @XosDars ulashing

#dolzarb #ogohlik Ushbu ahmoqning (ya'ni aqldan ozgan kishi) belgilaridan saqlaning! 1⃣ Tez javob berishi, ya'ni savol berilsa - aniqlashtirib o‘ylab o‘tirmasdan gapirishi 2⃣ Aniqlashni tark qilishi, chunki uning ahmoqligidan fik yuritmasdan, doim shoshqaloqlik qilib tezlashadi. 3⃣ Haddan ortiq ko‘p kulishi; 4⃣ Ko‘p o‘ngga va chapga qarab burilishi, e'tibor qaratishi; 5⃣ Axyor (yaxshilik bilan yodga olinadigan kishilar) ni yomonlik bilan eslab oʻtirishi; 6⃣ Yomon kishilar bilan aralashib yurishi." 🎙Shayx Abdurazzoq al Badr hafizahulloh ━━━۩❀ ❅ ❀۩━━━ Xulosa chiqarib yaqinlarga eslating @XosDars

#fikr_yuriting 32 #qoidamiz "QOLGAN ISHGA QOR YOGʻAR" Horis ibn Qays al-Ju'fiy rahimahulloh aytdilar: «Agar biror yaxshilik qilishni istasang, uni ertaga qoldirma. Agar oxirat amali bilan mashg‘ul bo‘lsang, imkon qadar unda davom et. Agar dunyo ishlari bilan mashg‘ul bo‘lsang, uni tezda bitir va hadaf-yo‘lingda davom et. Agar namoz o‘qiyotgan bo‘lsang va shayton senga: “Sen riyo qilayapsan”, desa, namozingni yanada uzunroq qil (burni yerga ishqalansin).»
(As-Sunan al-Kubro, Nasoiy)
Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh ﷺ dedilar: «Har bir ishda bosiqlik va shoshmaslik yaxshidir, faqat oxirat amallari bundan mustasno
(Sahih Abu Dovud, Alboniy sahih degan)
Sharhi: -Tuada > shoshilmaslik, bosiqlik, ishni o‘ylab qilish, xotirjamlik bilan harakat qilish degan ma'noni anglatadi. Har qanday ishda o‘ylab ish tutish, shoshqaloqlik qilmaslik va oqibatini ko‘zlash maqtovga loyiqdir. Lekin: Oxiratga taalluqli amallarda kechiktirish va sustkashlik qilish qoralangan. Masalan: tavba qilish, namozga shoshilish, ilm olish, sadaqa berish, Qur'on o‘qish, yaxshilik qilish, gunohni tark etish kabi ishlarda imkon tug‘ilganda darhol harakat qilish lozim. Chunki inson: umri qachon tugashini va ajali qachon yetishini bilmaydi. «Parvardigoringizning mag‘firatiga va kengligi osmonlaru yer kengligicha bo‘lgan jannatga shoshilinglar...» (Oli Imron, 133) #foyda -Yaxshilikni kechiktirmaslik. Chunki inson ertaga tirik qolishiga biror kafolat yo‘q. -Oxirat amallariga vaqt ajratish. Dunyo ishlarini maqsad emas, eltuvchi bir vosita deb bilish. Ularni zaruraticha bajarib, qalbni ularga bog‘lab qo‘ymaslik. Riyodan qo‘rqib amalni tark etmaslik. Iblis maqsadi kishini ibodatdan to‘xtatishdir. Salaflar:«Odamlar uchun amalni tark etish riyodir, odamlar uchun amal qilish shirkdir, ixlos esa Alloh seni ikkisidan ham saqlashidir», deb aytganlar. Shuning uchun mo‘min kishi amalini Alloh uchun qilsa, shaytonning vasvasasi sababli uni tark etmaydi, balki ixlosini yangilab, ibodatida davom etadi. Xulosa chiqarib ulashing va ajrda sherik boʻling @XosDARS📌

#fikr_yuriting 52 #muhim Har bir narsani oʻz oʻrniga qoʻyish hikmatdir Al-ḥikmatu — bu ilm va fiqhdir, ya’ni bilim, aql hamda haqiqatni to‘g‘ri topishdir. Bu so‘z asli “hukm” (حُكْم) ildizidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi “to‘sish” (man‘) demakdir. Chunki “hukm” — zulmni to‘sishdir. “Iḥkom” esa biror narsani mustahkam qilish, ya’ni uni mukammal aniqlik va tafsil bilan bajarishdir. “Iḥkom”da ajratish, tafovutni bilish va narsa to‘liq, puxta bo‘lishi ma’nolari mavjuddir. Shu bois unda “to‘sish” (man‘) ma’nosi ham bor, xuddi “hadd” (chegara)da bo‘lgani kabi: hadd bir narsani cheklaydi, man‘ esa uni to‘sadi. Demak, “man‘” — hikmatning bir qismi, lekin barcha ma’nosini o‘z ichiga olmaydi. “Hikma” — “aql” so‘zi kabi ishlatiladi. U “hikmatli” deyiladi, chunki u egasini johil(bilimsiz) likdan to‘sadi. [Mufrodatul Qur’on] "Аllоh hikmаtni – so‘zdа hаm, аmаldа hаm to‘g‘rilikkа muvаffаq bo‘lishni – O‘zi istаgаn bаndаlаrigа berаdi. Аllоh kimgа hikmаt аtо etgаn bo‘lsа, u insоngа ko‘p yaхshilik berilibdi. Bu bilаn fаqаt аqllаri Аllоhning nuri vа hidoyati bilаn munаvvаr bo‘lgаn аql egаlаriginа nаsihаt vа fоydа оlаdilаr." [BAQARA/269-oyat] 📌 Hikmat so‘zining ma’nosini ulamolar izohlagan: Ibn Faris rahimahulloh «Maqāyīs al-lug‘a» asarida: “ḥ-k-m harflaridan tashkil topgan asl ildizning ma’nosi — to‘sishdir.” “Hukm” — zulmni to‘sish, “hikma” esa — insonni jaholatdan to‘suvchi ilm va aql.” 📝 Rog‘ib al-Asfahaniy rahimahulloh aytadi: “Hikmat — ilm va aql bilan haqiqatni topishdir.” “Uning ildizi ‘ḥukm’ bo‘lib, asl ma’nosi to‘sishdir, chunki u insonni nodonlikdan to‘sadi.” Ibn Qayyim Javziy rohimahulloh: “Hikmat — zarur narsani, zarur tarzda, zarur paytda qilishdir.” “Ya’ni ilm, aql, adolat va tajribaning mujassami.” @XosDars ulashing

#dolzarb "Kim gunohlar bilan tanilmagan, satr qilingan kishi bo'lsa Agar undan bir xato yoki toyilish yuz bersa, uni fosh qil
#dolzarb "Kim gunohlar bilan tanilmagan, satr qilingan kishi bo'lsa Agar undan bir xato yoki toyilish yuz bersa, uni fosh qilish, sharmandа qilish va bu haqda gapirish joiz emas. Chunki bu — harom g'iybatdir." 📚[Jomiul ulum val hikam] #izoh: Inson ochiq bir marta xato qilishi mumkin. Lekin u avval yaxshi ibodatgoʻy bo'lsa — o'sha bitta xatosini tarqatish g'iybat va haromdir. Islom insоnning sha'nini himoya qiladi. @XosDars ulashing

#muhim Imom Shofe'iy rahimahullohdan deb keladi: "Cho'loqlanib, siniq holda bo'lsada, Alloh sari yurishda bardavom bo'linglar. Albatta sog'lomlikni, sihatni kutib o'tirish dangasalikdir. Garchi nuqsonlarga yo'l qo'ysangda, ibodatlarni mahkam tutgin. Allohdan yordam so'ra, ojiz bo'lma. Garchi yirtiq-yamoq deb bilsangda, ustingdan aslo ibodat yopinchig'ini yecha ko'rmang." Amal oxirat ishida oʻzingizdan yiqoridagiga qarang, dunyo ishida faqir muhtojga nazar solib ibrat oling❗️
#shér "Qo‘lingiz ko‘taring duo’ qilaylik, Bugun g'ariyb bo‘lgan sunnat ahliga. Siz-u biz ozodlikda o‘ynab yurgan payt, Qamoqlarda yotgan ummat haqqiga. Qo‘lingiz ko‘taring duo’ qilaylik, Ushbu kun ro‘zador bo‘lganlar uchun. Siz-u biz tao’mni tanlab yegan payt, Bir burda nonga zor yurganlar uchun. Qo‘lingiz ko‘taring duo’ qilaylik, Bizga mehr bergan onalar uchun. Siz-u biz bolamiz erkalagan payt, Yerda qirilyotgan bolalar uchun. Qo‘lingiz ko‘taring duo’ qilaylik, Din yo‘lida azob totganlar uchun. Siz-u biz issiq uyda yonboshlagan payt, Ko‘chada sovuqda qotganlar uchun. Qo‘lingiz ko‘taring duo’ qilaylik, Jonini Allohga sotganlar uchun. Siz-u bizga yer ustida imkonlar bor payt, Yer ostida imkonsiz yotganlar uchun. Qo‘lingiz tushirmang, duo’ qilaylik, Topaylik duo’lar qabul paytini, Rahm qilsin bizdek qo‘rqoq ummatga. Ochib qo‘ysin yana Alloh baytini. Qo‘lingiz ko‘taring duo’ qilaylik, Jonini Allohga sotganlar uchun. Siz-u bizga yer ustida imkonlar bor payt, Yer ostida imkonsiz yotganlar uchun.
@XosDars ulashing

#tanbeh Oʻzingizga shariatga muvofiq ish tutishdan boshqa chora izlamang! «Alloh hech bir jonga toqatidan ortigʻini yuklamas». (Baqara, 286) Inson hayotida nimaiki sodir boʻlsa, bilingki, Alloh unga buni yengib oʻtish va sabr qilish uchun kuch-qudratni ham bergandir. Zero, U zot har bir bandasining sabr-toqati nechogʻlik ekanini biladi va shu sababli unga aslo imkoniyatidan ortiq mashaqqat yuklamaydi. Demak, hayotimizda duch keladigan har qanday holatga, xoh u kasallik, xoh gʻam-tashvish yoki boshqa bir ogʻir sharoit boʻlmasin, bizning kuchimiz yetishi – bu Rabbimizning ulkan neʼmati va rahmatidir. ┈┉┅━۩❀ ❅ ❀۩━┅┉┈ @XosDars ulashing

#manfaatli Rasululloh ﷺ dedilar: "Alloh taboraka va taolo dedi: Men bandam bilan birgaman— u Meni zikr qilar va lablarini Men
#manfaatli Rasululloh ﷺ dedilar: "Alloh taboraka va taolo dedi: Men bandam bilan birgaman— u Meni zikr qilar va lablarini Men tufаyli qimirlatar ekan." Allohni zikr qilish — yengil amallardan, lekin darajalar jihatidan eng afzal va eng yuqori amallardan biridir. Xos ma'iyat (yaqinlik) — Alloh taoloning himoya, rushdu hidoyatga yo'llashi va tavfiq berishidir. Ulamolar aytdi:"Allohni zikr qilish uch darajada" bo'ladi: 1- Allohning amrlarini zikr qilish — buyruqlariga itoat etish va farzlarni ado etish orqali. 2- Allohning taqiq qaytarganlarini zikr qilish — bu fahshlardan tiyilishga, ma'siyatlardan qaytishga undaydi. Allohdan hayо qilish va U Zotni ulug'lash sababli. 3- Alloh taoloni qalb va til bilan zikr qilish — zikrning qalbdan Allohni ulug'lash, sevish va hamd aytish sifatida chiqishi, so'ng tilning uni kuzatishi. Bu — darajalarning eng afzali. Vallohu a'lam. @XosDars ulashing

LAGʻVDAN YUZ OʻGIRISH – ENG QIYIN IBODATLARDAN BIRI Bugun koʻpchilik gunoh deganda faqat aroq, zino yoki riboni tushunadi. Lekin Qurʼon moʻminlarning birinchi sifatlaridan biri sifatida lagʻvdan yuz oʻgirishni zikr qildi. «Ular lagʻvdan yuz oʻgiradiganlardir». (Moʻminun, 3) Nega? Chunki lagʻv insonning umrini oʻgʻirlaydi. Qalbini qattiqlashtiradi. Ilmga ishtiyoqni soʻndiradi. Zikrdan toʻsadi. Dunyoni sevdiradi, sevib boʻlganning muhabbatini ziyoda qiladi. Nihoyat, gunohlarga yoʻl ochadi. Bugun lagʻvning koʻrinishi oʻzgargan, xolos. Soatlab qisqa videolar tomosha qilish, foydasiz bahslar, har bir voqeaga fikr bildirish, mashhurlarni kuzatish, ovqat haqidagi videolar bilan kunni oʻtkazish, odamlarning shaxsiy hayotiga qiziqish… Bularning aksari gunoh boʻlmasligi mumkin. Ammo ularning deyarli barchasi lagʻvdir. Eng achinarlisi shuki, odam bir soat Qurʼon oʻqiy olmaydi, ammo ikki-uch soat telefon ekraniga qarab zerikmaydi. Bu qalbning nimani yaxshi koʻrayotganini koʻrsatadi. Hasan Basriy rahimahulloh aytgan:«Lagʻv koʻpaygan joyda hikmat kamayadi.» Ibn Masʼud roziyallohu anhu aytgan:«Men insonni hech narsa qilmasdan bekor oʻtirganini yomon koʻraman. Na dunyosi uchun, na oxirati uchun amal qiladi.» Bugun biz aynan shu holatga tushdik. Ish bilan band emasmiz. Ilm bilan ham band emasmiz. Ammo doim «bandmiz». Ibn Qoyyim rahimahulloh aytgan: «Vaqtni zoye qilish oʻlimdan ham ogʻirroq musibatdir. Chunki oʻlim seni dunyodan ajratadi, vaqtni zoye qilish esa Allohdan ajratadi.» Telefonda oʻtgan har bir daqiqaga eʼtibor bering. Ertaga Qiyomat kuni u soatlar namozga aylanmaydi. Qurʼonga aylanmaydi. Ilmga aylanmaydi. Ular faqat hasratga aylanadi. Salaflar lagʻvdan nafaqat gunohni, balki foydasiz mubohlarni ham tark qilishardi. Chunki ular qalb har narsani sigʻdirmasligini yaxshi bilishardi. Agar qalb lagʻv bilan toʻlsa, unda Qurʼon uchun joy qolmaydi. Ishonmasangiz, tilovat vaqtingiz bilan shorts koʻrgan bir kuningizni hisob qilib koʻring… Alloh taolo: «Qachonki lagʻvga duch kelsalar, undan izzat bilan yuz oʻgiradilar.» (Furqon, 72) Bu oyatni oʻqib, oʻzimizdan soʻraylik: lagʻvga duch kelganimizda yuz oʻgiramizmi yoki qoʻlimiz telefonga oʻz-oʻzidan choʻziladimi? Bugun shayton odamlarni mayxonaga olib borishi shart emas. Uni telefonga qaratib qoʻysa ham kifoya. Uning umri oʻtadi, qalbi qotadi, ilmi oʻsmaydi, Qurʼoni koʻpaymaydi. Shaytonning maqsadi ham shu edi. Hasan Basriy rahimahullohning bir soʻzini unutmang: «Dunyodagi eng qimmat narsang — umringdir. Uning har bir kuni sendan bir qismni olib ketadi.» Shuning uchun har kuni oʻzingizdan bitta savol soʻrang: Bugun mening vaqtimni Allohga yaqinlashtirgan ishlar koʻp boʻldimi yoki lagʻvmi? Bu savolga rostgoʻy javob bera olgan odam > islohning yarmini boshlagan boʻladi, والله أعلم https://youtube.com/shorts/vbJWpJYIe7Q?si=gu1u80AaO_-Gfmqp

#muhim #manfaatli "Komil mo'minning so'zi bilan ishi, fikri bilan tutgan yo'li o'rtasida qarama- qarshilik bo'lmaydi. Aqli, fikri, his- tuyg'ulari o'zaro muvofiq bo'lganidek, qalbi ham, tili ham boshqa a'zolari harakatidan ayri tushmaydi. Uning ruhi bilan tanasi muvozanatli, tili eʼtiqodiga mos, aqidasi amallaridan ko'rinib turadi. Eʼtiqodi yo'lini belgilab, xatti- harakatini o'nglaydi. Shunday qilib, u shahvatlarga qul bo'lmaydi, bidatlar uni haddidan oshirmaydi. Rohat-farog'at, aysh-ishrat chalg'itolmaydi. Chin mo'min hamisha Alloh taoloning haq shariatiga muvofiq harakat qiladi. Qisqa so'zlarda keng maʼnolarni bayon etish mo'jizasi berilgan Nabiy ﷺ haqiqiy moʻminning suratini quyidagicha chizib berdilar: "Sizlardan hech biringiz - toki uning xohish-istaklari men olib kelgan narsaga boʻysunmaguncha - moʻmin boʻla olmaydi"."
📚"Al-Vofi" Qiriq hadis (batafsil sharhi bilan) ▪️Dr. Mustafo Al-Bug'o Shayx Muhiddin Mistu
@Xosdars ulashing

#dolzarb IYMONDA SOBITQADAM BOʻLISH Hidoyat faqat Allohning qoʻlidadir. Lekin Alloh uni maʼlum sabablarni ushlagan bandalariga nasib qiladi. Alloh taolo: «Biz yoʻlimizda jihod qilganlarni, albatta, Oʻz yoʻllarimizga hidoyat qilamiz» degan(Ankabut, 69). Hidoyatning eng muhim sabablaridan oʻntasi; 1. Allohdan doimo hidoyat soʻrash. «Bizlarni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilgin.» (Fotiha, 6) 2. Haqni topishni sidqidildan istash. «Hidoyat topganlarning hidoyatini yana ziyoda qildi» (Muhammad, 17) 3. Taqvo qilish. «Bu Kitob taqvodorlar uchun hidoyatdir» (Baqara, 2) 4. Qurʼonni oʻqish, tadabbur qilish va unga amal qilish. «Albatta, ushbu Qurʼon eng toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladi» (Isro, 9) 5.Ilm talab qilish. Rasululloh ﷺ: «Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qiladi» deganlar (Buxoriy, Muslim) 6. Solihlar suhbatida boʻlish. «Oʻzingizni Robbilariga duo qiladigan zotlar bilan birga tuting» (Kahf, 28) 7. Gunohlarni tark qilish. «Balki qilgan gunohlari qalblarini zanglatib qoʻygan» (Mutaffifin, 14) 8. Tavba qilish. «Men tavba qilgan, iymon keltirgan, solih amal qilgan va hidoyatda bardavom boʻlgan kishini magʻfirat qiluvchiman» (Toha, 82) 9. Kibrni tark qilish. «Yer yuzida nohaq takabburlik qilganlarni oyatlarimdan burib qoʻyaman.» (Aʼrof, 146) 10. Bilganiga amal qilish. Kim amal qilsa, Alloh uning hidoyatini ziyoda qiladi. Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadilar: «Kim bilganiga amal qilsa, Alloh unga u bilmagan ilmni meros qilib beradi». Hidoyat istagan kishi avvalo hidoyat sabablarini mahkam ushlashi lozim. Allohning vaʼdasi haqdir. والله أعلم

#muhim #manfaatli 📖 Nabaviy sunnatning maqsadlaridan — 8 tasi: 1. Sahih e'tiqod; 2. Ahkom (fiqhiy hukmlar) 3. Odob-axloq 4. Vahiy tafsiri 5. Fitnalar va Qiyomat alomatlari 6. Siyrat va g'azovotlar 7. Zuhd va yurak yumshatuvchi hikmatlar 8. Fazilat va manoqiblar 📚 Barchasi bir kitobda jam bo'lsa —"Jomi'" deyiladi. Masalan: Imom Buxoriyning Jome'si. 📗 Faqat ahkomlar alohida yig'ilsa — "Sunan" deyiladi. Masalan: Abu Dovudning Sunani. #tanbeh Jaloliddin as-Suyutiy dedilar: Ba'zi ulamolar aytdi:"Yomon xotimaga — Alloh asrasin — olib boruvchi sabablar to'rtta: 1.Namozni sababsiz kechiktirish 2. Aroq ichish 3. Ota-onaga oq boʻlish 4. Musulmonlarga ozor berish.
📚(Shifous sudur fiz-ziyaratil mashohid val qubur — 27)
@Xosdars ulashing

#salovat_ayting #tàsirli ✍Shoir Sharaf ash-Sharif "Ey do'stim, qarab ko'r bu yerlarga — Bu makonda shon-sharaf bitilgan satrlar. Bu yerda buyuklar, ulug' sahobalar o'tdi, Bu yerda insonlarning eng yaxshisining boshi yorildi. Bilasanmi, nechun edi bu qurbonliklar? Haq-sharaf bilan yashash uchun — mag'lub bo'lmaslik uchun. Ertaga kelib uzr ayta olmaymiz — Nabiyning yo'lidan bir satr ham og'ib ketsak. U kuni sayyidim Mustafо ﷺ — Hovuzdan boshqalarni haydab chiqarar. Shoshil, birodar, Nabiy ﷺ yo'liga yur, Qalbingga ahd ber — g'olib chiqishga. U jannatda kutib turar seni — Ko'z ko'rmagan ne'matlar bilan to'la. Daryolari, hurlari, saroylari — O'tib ketgan ne'mat emas — abadiy oqar." @XoSDars Xulosa chiqarib tanishlarga ulashing

#fikr_yuriting 51 #yechim ❝ Kim sharʼiy ilm olmoqchi boʻlsa, toʻrt narsaga odatlanmogʻi lozim, toki ilm olish unga oson boʻladi: 1) Misvok ishlatish; 2) Tungi namoz. Ikki rakʼat boʻlsa ham oʻqish; 3) Ichki holat va tashqisini bir xil qilish; 4) Tahoratli yurish❞
Ibrohim Naxoiy
Toʻrt narsa borki, kim bilan birga boʻlsa ham ilmi foyda bermaydi: 1 Dunyo muhabbati 2 Oxirat gʻamini unutish 3 Faqirlikdan qoʻrqish 4 Odamlardan qoʻrqish❞
[Abul Hasan Shoziliy]
Ayol 4 narsa bilan oilasini xarob qiladi; Qaysarlik Asabiy- murosasizlik Shak-shubha qilish Ovozini koʻtarish Erkak 4 narsa bilan oilasini xarob qiladi Baxillik Qattiqqo'l- berahmlik E'tiborsizlik Uzoqlashish 4 narsa bilan Allohning bandalari orasidagi qadringiz tushishi mumkin; Yolgʻon gapirish Gʻiybat Chaqimchilik Koʻp kulish 4 narsa bilan odamlar orasidagi qiymatingiz oshishi mumkin; Ìlm olish Sabr-istiqomat qilish Sadaqa qilish Infoq-ehson qilish 4 narsa gʻazab va nafratni keltirib chiqaradi; Kekkayish va takabburlik Hasad Yolgʻon Chaqimchilik ❝4 narsa rizqni jalb qiladi: – Qiyomi layl - tunda ibodatda qoim boʻlish; – Sahar chogʻlarida koʻp istigʻfor aytish; – Sadaqa berishga ahd qilish va davomli berish; – Kunning avvali va oxirida zikrlarni oʻqish. 4 narsa rizqni man qiladi: 1. Tongdagi uyqu. 2. Nafllarni kam oʻqish. 3. Dangasalik. 4. Xiyonat.❞
"Ibn Qoyyim-Zodul moad"
❝Kimda 4 narsa boʻlsa, u komil boʻlibdi. Kimki hech boʻlmasa bittasiga erishsa ham qavmini solihi, yaxshisi boʻladi: 1) Rushdu hidoyatga boshlaydigan dini; 2) Toʻgʻrilab turadigan aqli; 3) Suyanadigan, quvvatlovchi hasabi (nasabi); 4) Viqor beruvchi hayosi❞
Hasan Basriy-Adabush sharʼiya”
Alloh taolo sizga hadisda kelgan bu toʻrt narsani nasib etsin; 1) Soliha ayol, solih juft 2) Yumshoq ulov-mashina 3) Solih qo'shni 4) Keng uy @XosDars ulashing

Repost from N/a
#diqqat Barcha Allohni tanib, oʻz zimmasidagi vojiblarni bilishni istagan, soʻng ilm talabi yoʻliga tushmoqchi boʻlgan musulmonlarga #xushxabar; Bugundan malakali ustozimiz tuzgan 10 oylik manhaj(tuzgan oʻquv kurs)ni boshlaymiz. BEPUL 1-kun -Boshlangʻich sarf -Raqoiq ilmi -Amma porasidan yodlash, ma'nosini ham aytib berish 2-kun -Nahv arab tili grammatikasi -Nabiy ﷺ siyratlari -Tahorat va namoz fiqhi Shu tartibda aylanadi. Tayyorlardan 5-kuni imtihon olinadi. Ayollardan ustoza oladi. Oxirigacha borib, eng yaхshi oʻqigan ikki kishiga hadiya berarmiz. @MINHAJIM ulashing

Ибн Қаййим Жавзийя роҳимаҳуллоҳ айтади: "Кўпчилик одамлар "Шижоат (мардлик, жасурлик, қўрқмаслик) куч билан бўлади", деб хато
Ибн Қаййим Жавзийя роҳимаҳуллоҳ айтади: "Кўпчилик одамлар "Шижоат (мардлик, жасурлик, қўрқмаслик) куч билан бўлади", деб хато фикрлайди. Аммо бу икки тушунча (шижоат ва куч-қувват) бир-биридан фарқли, бошқа-бошқа нарсалар: шижоат – гарчи кишининг кучи оз, қуввати кам бўлса-да, турли кутилмаган ҳолатларда (мусибатларда) қалби собит, мустаҳкам туришидир. Абу Бакр Ас-Сиддиқ р а Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламдан кейин бу умматнинг энг шижоатли кишиси эдилар. Ҳолбуки, Умар ибн Хаттоб р а ва бошқа саҳобалар Абу Бакр р а дан кучлироқ бўлган. Лекин у киши тоғлар ҳам ларзага тушадиган ҳар қандай ҳолатда барча саҳобалардан шижоатли – қалби собит туриши билан ажралиб турган. (Масалан, Росулуллоҳ ﷺнинг вафотлари пайтида айнан у кишининг шижоати билан уммат бирлиги сақланиб қолган) Абу Бакр р a қалб собитлиги борасида мустаҳкам қоядек бўлгани учун куч-қувватда у кишидан устун саҳобалар ҳам олдига ёрдам сўраб келса, уларни (насиҳат ва йўл-йўриқлари билан) хотиржам қилиб, шижоатлантириб қўяр эди". @xosdars