cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

SARIOSIYO TUMAN 35-MAKTAB

sᴀʀɪᴏsɪʏᴏ ᴛᴜᴍᴀɴɪ 35-sᴏɴʟɪ ᴜᴍᴜᴍᴛᴀ’ʟɪᴍ ᴍᴀᴋᴛᴀʙɪᴅᴀ ᴛᴀ’ʟɪᴍ sɪꜰᴀᴛɪɴɪ ᴏsʜɪʀɪsʜ ᴍᴀǫsᴀᴅɪᴅᴀ ᴀᴍᴀʟɢᴀ ᴏsʜɪʀɪʟᴀʏᴏᴛɢᴀɴ ɪsʜʟᴀʀɪ ᴛᴏ‘ɢ‘ʀɪᴅᴀɴ ᴛᴏ'ɢ'ʀɪ ʏᴏʀɪᴛɪʙ ʙᴏʀɪʟᴀᴅɪ! Facebook: https://facebook.com/groups/439737210331198/ Telegram : @sar35_maktab

Больше
Рекламные посты
223
Подписчики
-124 часа
-17 дней
-830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from LIDERLAR
​​Ота ўғлига: «Юрганингда қадамингни ўйлаб босгин», деди. Ўғли: «Отажон, аввало сиз эҳтиёт бўлинг, чунки мен сизнинг изингиздан боряпман», деди. СИЗ ЎЗИНГИЗНИ ИСЛОҲ ҚИЛИНГ, ЧУНКИ ФАРЗАНДИНГИЗ БАРИБИР СИЗГА ЭРГАШАДИ.
Показать все...

👍 3
Repost from Xushnudbek.uz
Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati pastdagi faylda ko’rsatilgan: 📍MANZILLAR ROʻYXATI Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihondan oldin ota-onalarga tavsiyalar berdi: ✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz; ✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz; ✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi). ❗️Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...

⚡️Talabalikka yo‘l milliy sertifikat bilan!!! ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayoni “avval test, keyin tanlov” tamoyiliga asosan tashkil etiladi. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25-iyunda yakunlandi. 🖥 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar orasida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Sheyxon qishlog‘idan Cho‘liyeva Munavvara G‘ayrat qizi ham bor. Munavvara uchun “avval test” tamoyili amal qilmaydi. U faqat tanlovda ishtirok etadi. Buning boisi shundaki, Munavvara agentlik tomonidan o‘tkazib kelinayotgan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, oltita fan – biologiya, kimyo, o‘zbek tili va adabiyot, tarix, matematika hamda ingliz tilidan sertifikatni qo‘lga kiritgan. 🇺🇿Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 646-son qaroriga muvofiq umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. 💯 Munavvara maktabni joriy yil tamomlagan. U mutaxassislik fani sifatida biologiya va kimyo fanlarini tanlagan hamda mazkur fanlardan maksimal ball beradigan darajali sertifikatga ega. Shuning bilan birga, Munavvarada majburiy fanlardan ham milliy sertifikat mavjud bo‘lib, bu Munavvaraning muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan (189 ball) maksimal ballga ega bo‘lganligini bildiradi. ‼️ Shuningdek, Munavvara ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan. Test sinovlarida ingliz tilidan imtihon topshirmasa-da, zamon talabidan kelib chiqqan holda ingliz tilidan B2 darajali milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan! ⭐️ Agentlik jamoasi Munavvara Cho‘liyevani eng yuqori natija bilan qutlaydi! Uning ota-onasiga, ta’lim bergan ustozlariga minnatdorlik bildiradi! 🏆 Omad senga, Munavvara!!! ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
04:12
Видео недоступноПоказать в Telegram
Surxon.mp417.04 MB
Repost from Otabek Hasanov
02:49
Видео недоступноПоказать в Telegram
– BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Prezidentimizga “Tinchlik elchisi” deya taʼrif berdi. Bu albatta — Yangi Oʻzbekistonda olib borilayotgan siyosatning, izchil islohotlarning yuqori darajada eʼtirof etilishidir.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning mamlakatimizga rasmiy tashrifiga munosabat https://t.me/otabek_khasanov
Показать все...
36.19 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
uzdiplomat иқтибоси: 🖍
“Демократ бўлмоқчимисан? – бўлавер!”, “Социалист бўлмоқчимисан? – бўлавер!, “Диндор бўлмоқчимасан? – бўлавер!”, “Атеист бўлмоқчимисан – бўлавер!”. “Фақат бир шарт билан – солиқларни ўз вақтида тўлашни унутма ва энг муҳими қўшнинг ким бўлишига, қандай йўл ва эътиқодни танлашига халақит берма!”
Франклин Делано Рузвельт АҚШнинг 32-президенти Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
Показать все...
Repost from Hilola Umarova
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показать все...
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qadrli yoshlar!
Siz, azizlarni "30-iyun - Yoshlar kuni" bilan samimiy muborakbod etaman! Siz - Mustaqil O‘zbekistonning porloq kelajagi egalarisiz. Tomiringizda buyuk ajdodlarimiz qoni oqmoqda. Zimmangizga ajdodlarga munosib avlod bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek sharafli vazifa yuklanar ekan, bu yo‘lda sizlarga omad, ulkan zafarlar, g‘ayrat va shijoat yor bo‘lishini tilayman. Vatanimizning gul-u lolalari bo‘lgan aziz yigit-qizlar! Iqbolingiz hamisha porloq bo‘lsin!
Xusniddin Mamadiyev Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
❗️12 yoshgacha bolalarning ota-onalar nazoratisiz cho‘milishi taqiqlanadi 🚫 Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi: 🔹 taqiqlovchi belgilar va “Xavfli!”, “Cho‘milish taqiqlanadi!”, “Sho‘ng‘ish (suvga sakrash) taqiqlanadi!” so‘zlari yozilgan joylarda cho‘milish va suvga sakrash; 🔹 to‘sish belgilaridan o‘tib suzish; 🔹 motorli, yelkanli kemalarga, eshkakli kemalarga va boshqa kichik o‘lchamli kemalar yaqiniga suzib borish; 🔹 texnik va ogohlantirish belgilaridan va buyto‘siqlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish; 🔹 sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati noma’lum bo‘lgan joylarda suvga sakrash; 🔹 alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish va mast holatda cho‘milish; 🔹 suvda sho‘ng‘ish va cho‘miluvchilarni ushlab olish bilan bog‘liq o‘yinlarni tashkil etish; 🔹 yolg‘on trevoga signali berish; 🔹 voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirish; 🔹 suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish; 🔹 plyajlar akvatoriyalarida motorli, yelkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik o‘lchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish; 🔹 kuchuklar va boshqa hayvonlarni o‘zi bilan olib kelish, cho‘miltirish, sayr qildirish; 🔹 suv havzalarini iflos qilish, qirg‘oqda axlatlarni qoldirish; 🔹 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda cho‘milishi; 🔹 shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga ko‘mish; 🔹 ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish; 🔹 tovush balandligi 90 dBdan ortiq bo‘lgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish; 🔹 qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🔵 Oliy ta’lim muassasalarida IT sohasidagi o‘qish imkoniyatlardan xabardormisiz? 🗣 Bugungi kunda yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun maqsadli kreditlar ajratish, IT-sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Mana shunday imkoniyatlardan yoshlarni xabardor qilish va keng jamoatchilikka to‘liq ma’lumot berish maqsadida 29-iyun kuni soat 10:00 da “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tadi. ⏺ Jonli efirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori, TATU, Inha, Amiti, IT Park universitetlari rektorlari va Acharya universiteti direktori ishtirok etadi. 💬 IT-ta’lim bo‘yicha savollaringizni quyidagi havola orqali yozib qoldirishingiz mumkin: https://www.facebook.com/share/p/5m1sWr91dqDSM3re/ Jonli efirni Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin. 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Показать все...
1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.