cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

Рекламные посты
278
Подписчики
Нет данных24 часа
-27 дней
-1030 дней
Время активного постинга

Загрузка данных...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Анализ публикаций
ПостыПросмотры
Поделились
Динамика просмотров
01
Masalan, shu postni yozishim xato bo'lgan. Oxirgi konsertida Mirshakar ortiqcha ma'suliyat haqida gapirdi. Qaysi viloyatni oshi zo'r degan тема ortiqcha mas'uliyatga zo'r misol va o'xshatish bo'lgan. Masalan, man namanganlikman va Toshkentdagi tanishlarim namangancha shevani ustidan kuladi. Tortishmayman. Shevalar boshqalarga kulguli tuyuladi doim. Pashsha va chivin masalasida butun vodiy va voha tortishishini bilasiz. Masalan, Real Madrid yoki Barselona uchun, Andijon yoki Navbahor muhlisligi uchun tortishuvlar bo'ladi. Odamlar biri ikkinchisidan zo'rligini tortishib hal qilishga harakat qiladi. Masalan, bu kabi tendensiyalar mashinalarda: Malibu yoki K5; telefonlarda: samsung yoki iPhone; osh markazlarida: besh qozon yoki kamolon va hokazo mavzularda qiyoslash davom etaveradi va tugamaydi. Odamlar viloyatini himoya qiladi. Universiteti uchun kurashadi. Fakultetini zo'r deb hisoblab boshqalar bilan yoqa yirtib tortishadi va bularning hammasi ortiqcha mas'uliyatga например bo'ladi, xolos. Kecha yuridik qizlari haqida sarlavhali videoni va tagidagi izohni ataylab tashladim. Komment UFC maydoniga aylanib ketdi. Har kimni mantig'i va fikrlari har xil paytda aslida o'sha vaziyat va izoh tortishuvga arziydimi? Masalan, o'sha qiz bizda o'qisa ham yoki o'qimasa ham, umuman, sizga personal qanday ta'siri bor? Yoki dovdirlar va landovurlar joy tanlaydimi? Kimdir sizni ahmoq deb hisoblashi sizni aqlsiz qilib qo'yadimi? Masalan, o'sha videoda o'g'il bola bo'lganida va izohda yuridikdagi bollar haqida deb qo'yilsa, kimga qanday ahamiyati bo'lardi? Qachon ommaviy ura-uralarga ergashishni to'xtatasiz? Masalan, brendlarni, viloyatlarni, universitetlarni birini boshqasidan ustun deb hisoblash uchun kurashsangiz — bu sizni reputatsiyangizni oshirib qo'yadimi? Masalan, G'ishmatning A subyekt haqidagi salbiy fikrini haqorat deb hisoblash mantiqiy asosga egami? Haqorat yoki tuhmatning subyekti bo'la olmasligini qachon tushunasiz? Masalan, fuqaro Mirziyoyev gailarni kalamushlar, prokurorlarni o'g'rilar, mxx rahbarlarini sotqin va g'o'daygan itlar degan gaplari qanday qonuniy javobgarlik keltirib chiqardi? Tushunishimiz kerak akalar va opalar: falonchilar hammasi tupoy deyish yoki Susambilda faqat loxlar o'qiydi deyish hech qanday huquqiy oqibat keltirib chiqara olmaydi. Umuman olganda kecha kommentda tortishganlar ortiqcha mas'uliyat yukidan qutilish haqida o'ylab ko'ring... @legal_mind
300Loading...
02
#jamiyat NASA olimlarining so'nggi izlanishlariga ko'ra, hayoti green card o'ynash va give awaylarda ishtirok etishdan iborat bo'lgan o'zbekistonliklar turmush tarziga yana botlarda coin yig'ish ham qo'shildi. @legal_mind
422Loading...
03
Eng og'iri, eng qiyini, eng tupikka tiqadigani, eng alam qiladigani — sen qonundagi gaplarni aytasan lekin odamlar unga ishonmaydi, ishona olmaydi va "bu qog'ozda shunaqa, hayotda boshqacha" deyilishi law student uchun vijdon azobidan keyin turadigan og'riq bo'lsa kerak! @legal_mind
600Loading...
04
​​Kuni bilan screen timeda vaqt o'tkazish odamni stress, depressiya va har xil kasalliklarga olib keladi. Bu bizni pokoleniyadagi eng asosiy muammo bo'ladi. Har kuni shunchaki bir soat yurish uchun ko'chaga chiqyapman. Hech qanday chalg'ishlarsiz faqat fokusni piyoda yurishga qaratyapman. Shundan beri kayfiyatim faqat pozitivizm bilan oshib boryapti. O'zim uchun qiziq va yangi challenj bo'lyapti. Bugun o'n ikki ming qadamni podkast eshitib yurdim. Podkastdagi odamni tanimayman. Lekin sohasidagi ekspertlardan biri ekan. Gormonizatsiya haqida yaxshi infolar oldim. Testosteronni tushib ketmasligi uchun aktiv hayot tarzida yashash kerak. Hazilkash va quvnoq odamlar jiddiy va pessimistlarga qaraganda sog'lomroq va erkakroq (testos yuqori) bo'larkan. Kecha ko'chada Baxtiyor Alimjanov bilan ko'rishib qolib ikki soatlarcha gaplashdim. Ilmiy faoliyat, karyera, liberalizm, huquq, siyosat, magistratura bo'yicha ancha-muncha fikrlar oldim. Sizlar xeyt qiladigan darajadagi odam emas ekan. Shunda karyera va ilmiy faoliyat haqidagi savolimga Baxtiyor aka: o'zingizni 30 yoshda qorin qo'ygan, tepakal holatda tasavvur qilasizmi deb savol berdi. O'z-o'zidan o'zimga javob topdim. Rostdan ham bizni odamlar semizlikni obro' sifatida ko'radi. Aslida ham shundaymi? Yo'q! Sababi o'zbeklarning 60% dan yuqori qismi yurak-qon tomir kasalliklaridan o'lib ketadi. Bu bevosita noto'g'ri turmush va stereotiplar bilan bog'liq xato tushuncha. Dunyoda semizlikka qarshi kurashuvchi shuncha harakatlar bo'lsa ham bizda bu illatga mentalitet sifatida qarashadi. Aslida semiz erkaklarda erkaklik gormoni past bo'ladi. Chunki semizlik ya'ni tananing yog' bosishi ayollik gormonining funksiyasi. Ya'ni qorin chiqib ketishi, ortiqcha vazn ko'proq estrogenning oshib ketishi bilan bog'liq protsess ekan. Ozg'in va nimjon bo'lish ham fojea. Lekin semiz bo'lmaslik shart. Masalan, futbolchilarni oling: 34 yoshli Toni Kroosdan 20 yoshli o'zimizni G'ishmat kattaroq va qariroq ko'rinadi, odatda. Qaysidir qiz amma-xolalari majburlagani uchun emas, o'zi xohlab va o'zi tanlab senga turmushga chiqishi uchun ham sog'lom turmush tarzini tanlayver. Semizlardan boshqa barchaga xayrli tun mates! 🤘 @legal_mind
840Loading...
05
Fikr erkinligi Fikr erkinligi islom dinida bor. Fikrlar xilma-xilligiga tolerant bo'lish sahobalar davridan beri bor. Dastlabki sahobalar liberal bo'lgan. Bundan besh yillar avval liberal degan so'zdan nafratlanardim. Liberallarni yomon ko'rardim. Bunday prizmadan fikrlashimga Mubashshir Ahmad, Omar Halillarning postlari sabab edi. Aksariyat diniy blogerlar kabi ular ham sahifasida psevdo liberallarni tanqid qilib, ularga qarshi fikrlar berib borardi va natijada miyamda liberalizm yomon va islomga qarshi narsa deb o'ylab yurardim. Bitta ma‘vizada aytilyaptiki: islom jamiyatidagi ayrim toifalar (aynan xavorijlar) sahoba Ali xalifalik davrida, xalifani kofirlikda va boshqaruvini noto‘g‘rilikda ayblashgan. Aliga qarshi yuzma-yuz kelib shularni aytishgan. Lekin xalifa Alining yondashuvi ularga nisbatan tolerantlikda bo'ladi. Nima deb o'ylasa o‘ylayversin, qanday fikrlash ularning erkinligi faqat qurolli to'qnashuv ya'ni jangga o‘tmasa bo‘ldi degan pozitsiyani ushlagan ekan. Tasavvur qilyapsizmi? Butun boshli davlatning mutlaq boshlig'i imkoniyati va potensiali bo‘la turib o'ziga qarshi toifalarni erkin qo'ygan. Ularning fikrlarini o‘zgartirishga urinmagan. Qarshi kurash olib bormagan. Masalan, O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi chiqish uchun jinoiy javobgarlik bor. Boshqalarning fikrlariga qarshi kurashish eng absurd ish men uchun. Siz dindormisiz, bemalol. Siz ateistmisiz, bemalol. Siz deistmisiz, bemalol. Siz konservatormisiz, bemalol. Siz toshbaqalarni uchadi deb hisoblasangiz yoki tuyalarning dumlari yerga tegadi deb o'ylasangiz — bu sizning shaxsiy chegarangiz va boshqalar bunga aralashishi mumkin emas. Bizga o'xshagan musulmon jamiyatlarida odamlar boshqalarning hayot tarzi, turmushiga aralashaveradi. O‘zi namoz o'qimasa ham ko‘chada yurgan yigit-qizlarni yomon ko'radi. G'ishmatning tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib ketganini gapiraveradi lekin o'zining xatolarini aniqlab isloh qilishga harakat qilmaydi. Biz o'zimizdan ko'ra boshqalar haqida qayg'uramiz. Jamiyatni buzuqliklardan asrashga urinamiz lekin mukammal ibodat qilish haqida o'ylab ko'rmaymiz. Dinni yovuz kuchlardan himoya qilishga urinamiz lekin ilm olishni, o‘tirib kitob varaqlashni hayolimizga keltirmaymiz. Boshqalarning fikrlariga aralashaveramiz. Fikrni xatoligini isbotlash uchun tortishaveramiz. Kommentlarda bir-birimizni yedirishga urinaveramiz. Hamma bir-biri bilan band, o'zligi bilan emas. Radikalizm fikrlashdan boshlanadi. O'zingni to'g'ri yo'lda, boshqalarni xato yo'lda deb hisoblashni boshlaysan. Xato yo‘ldagilarga avval Internetda, keyin real hayotda tahdid qilishni boshlaysan. Natijada jamiyatda balans buziladi. Normal hayot tarzi yo'qoladi. Odamlar bir-biridan nafratlanishni boshlaydi. Jinoyatchilik avj oladi. Qotilliklar ko'payadi. Odamlar ichida piyonistalar, foxishalar, gunohkorlar, yalang'ochlar bo'lishini normal qabul qil. Bu toifalar milodiy 630-yilda ham bo'lgan, hozir ham bor, keyin ham bo'ladi. Faqat suvdan iborat miyangga shuni quyib ol: hech kimni fikrini o‘zgartira olmaysan, boshqalarni o'zing to'g'ri deb bilgan yo‘lga tushira olmaysan, dinni himoya qilish sening funksiyang emas. Liberalizm deganda faqat chirigan G'arbni tushunadigan idiot bo'lma. Ommaviy qarashlarga, massiv ommaga ergashma. Boshqalarning propagandasi qurboni bo‘lma. Doim o'z shaxsiy qarashlaring bo'lsin. Liberalizm — bu erkinlik. Ko'ngling tusagan ishni qilishdan seni aql-farosating, e'tiqoding va qonunlar qaytarib turadi, odamlar ortiqcha! @legal_mind
960Loading...
06
Istanbulga Samarqand aeroporti orqali uchayotganda Samarqand aeroporti xodimlari, qo'riqchilari g'o'ddaygan holda hatto reys haqida savollar berganda normal javob bermagan. Bu butun O'zbekistondagi holatligi aniq. Salkam Chilonzordek keladigan Istanbul aeroportidan chiqib taksi qidirib turgan paytda, Turkiya GAI xizmati xodimlari kelib yordam berishi, pogonida yulduzchalari ko'p xodim katta yo'lni butunlay yopib srazu taksini buyoqqa o't deb chaqirdi. Keyin besh kishini ko'rsatib shularni aytilgan hotelga tashlab qo'yasan deganida, haydovchi besh kishini olish mumkinmasligini aytsa ham, "abi bular mehmon ekan, hammasini olib ketaver" deb katta muammoni hal qilib bergani uchun Turkiya davlat xizmatiga press 🫡F albatta. Rivojlangan va qoloq davlatlar o'rtasidagi farqlardan bittasi, rivojlangan davlatlarda davlat xodimlari xalqqa o'zini xizmatchidek tutadi, qoloq davlatlarda esa davlat xizmatchilari o'ziga xalqni xizmatchi sifatida ko'radi. @legal_mind
841Loading...
07
Qiyshiq arava yo'l buzar, Feyktuz el buzar. ​​Agar siz info iste'mol qilayotgan manba faoliyatini reklama ustiga qurmagan bo'lsa, demak siz propaganda o'qiyapsiz. Masalan, minglab obunachilarga ega ba'zi kanallarda reklamaga ko'zingiz kam tushadi. Bunday kanallar podstava, shantaj, sabotaj ustiga faoliyatini quradi. Kimlardir obro'sizlantiriladi. Mevali daraxtlarga tosh otiladi. Va shuning uchun og'zi moylanadi. Shunday sahifalar sabab so'z erkinligi, erkin matbuot degan narsalar shakllanmaydi. O'zbekistondagi eng korrupsiyasiz universitet — bu yuridik. Eng sifatli ta'lim beriladigan universitet — bu yuridik. Kredit-modul eng to'g'ri yo'lga qo'yilgan universitet — bu yuridik. Neytral olib qarasa ham shunday. Feyktuzda chiqqan postga o'zimizni talabalar ishonmagani aniq. Lekin omma ishonadi. Feyktuz qo'lida dalili bo'lganida hayp va qora piar uchun ochiq-oydin kanaliga chiqarardi. Lekin quruq so'z bilan cheklangan. Bu tomondan tuhmatga tortib ketadi. Shuncha yil o'qib korrupsogen holatlarga duch kelmadim. Eshitmadim ham. Atrofimdagilar ham korrupsiya bilan to'qnashmadi. Tasavvurda yo'q bo'lgandan keyin ishonish ham qiyin. Spravkalar masalasi ham bahsli. Kasal bo'lganimda o'zim bir necha marta spravka berganman. To'g'ri, kasalxonadan pulga yozdirib spravka olib keladiganlar borligini eshitganman lekin bu SVVni muammosi va boshqa mavzu. Feyktuzda chiqqan postga nisbatan kanalning ustidan sudga murojaat qilish kerak. Bunday vaziyatda muammoni sud hal qilishi kerak. Kim aslida kimligini omma ko'rishi kerak. O'ziga ishongan tizim sud orqali nomini oqlashi kerak. Feyktuz anonim kanal emas. Adminlarini ko'pchilik taniydi. Bemalol vaziyatni qonuniy choralar va javobgarlik bilan hal qilsa bo'ladi. O'z navbatida feyktuz ham tuhmat qilmayotganiga ishonsa va qo'lida asosli dalillari bo'lsa orqaga qaytmaydi. Natijada haqiqat yuzaga chiqadi. Tuhmat uchun javobgarlikka tortiladi yoki aksincha. Shunchaki rasmiy munosabat bildirish bunday vaziyatlarda yechim bera olmaydi. Yaxshiyam, kommentiga borib adminni nomerini so'rab, razborga chaqirib sharmanda qilmagan hech kim. Shaxsiy fikrlar o'z yo'liga lekin sog'lom fuqarolik jamiyatlarida bu kabi masalalarni sud hal qiladi. Bu gaplarni paxta qo'yish uchun emas, universitet nomiga mag'zava ag'darilmasligi, qonun ustuvorligi uchun yozdim. @legal_mind
961Loading...
08
Do'konlar oldida muzqaymoqxonalar ko'payib ketibdi. Uchta yoshroq ayol o‘tib ketayotganida muzqaymoq sotadigan gap sotyapti: "marojniladan yeb keting, sizlarga boshqachalari bor". Bu gap savdogarlarga xos marketing tili bilan emas, hezalaklarga xos shilqimlik bilan aytildi. Qizlarga gapirsa qanchadir ma'noda tushunsa bo‘lar lekin oilasi borligi ko'rinib turgan ayollarga gapirish o‘ta ketgan pastkashlik. O'sha muzqaymoqchini keyin tanib qoldim. Yoshi o‘ttizlardan o'tgan va esimni taniganimdan beri kompyuterxonada o'tiradigan bitta debil ekan. O'zini ham oilasi bor. Keyin o'ylab qoldim: Xudo himmatsiz pastkashlarni doim shunaqa past ishlarga qo'ysa kerak. Bu bitta oddiygina holat. O‘tib ketayotgan qizlarga gap sotish hezalakni ishi. Haqiqiy erkak bunday yo'l tutmaydi. Islom dini ham ko‘chada to'planib turganda qiz-ayollarga qaramaslikni buyurgan, masalan. Erkak kishi qizlarga gapiradida deb aytishingiz mumkin. Bu to'g'ri lekin shilqimlik normal holat emas. Qiz bola bilan yaqin munosabatni qabul qilish mumkin lekin o'tgan-ketganlarga shahvoniy gaplar sotish nenormal holat. Shuning uchun qizlar, ko‘chada yurganingizda shunga o'xshash holatga duch kelsangiz eng kamida 102 raqamiga qo'ng'iroq qilib murojaat qiling. Shilqim debillarni kamida gazini berib ma'muriy javobgarlikka tortishadi. Agar sizga bollar gapirishi yoqsa o'zingiz bilasiz — bu sizni shaxsiy tanlovingiz. Shilqimlikni diniy qarash ham, dunyoviy qarash ham noto'g'ri pozitsiya deb biladi. Shilqimlarni faqat va faqat javobgarlikka tortib yo'qotiladi. @legal_mind
220Loading...
09
Genofondlar haqida Oltin avlod tushunchasi ko'pincha futbol jamoalariga nisbatan ishlatiladi. Bu tushunchani o'z krugiga nisbatan qo'llash ham shakllangan. Masalan, biz oltin avlod edik, sinfimizdan hamma bitirib o'qishga kirgan va hokazo misollarni keltirish mumkin. Genofondni lug'aviy ma'nosi shunchaki genlar yig'indisi, ma'lum bir ijtimoiy guruhga nisbatan ishlatiladi ilm-fanda. Jamiyat genofond deb ataydigan odamlar ham bor: bular ham bilimi, ham tankasi, ham puli bor yosh avlodlar hisoblanadi. Genofondlar shunchaki shakllanmaydi. Ularni laylak to'g'ri lokatsiyaga tashlagan bo'lishi kerak. Bu lokatsiyada kuchli tarbiya berilishi yoki moddiy farovonlik darajasi yuqori bo'lishi kerak. Odatda, "boyni bollari" kayfga berilgan, narkoman, tarbiyasiz, ishratparast qilib kinolarda, kliplarda ko'rsatiladi. Ammo lekin biroq real hayotda bunday emas. Aynan elita qatlamda farzandlar yuqori salohiyatli bo'lib chiqadi. Ya'ni jamiyatga o'z o'rniga ega, yo'lini topgan, ijtimoiy mavqega ega insonlar chiqishi ko'plab omillarga bog'liq. Va bu omillar ichida oilaviy atmosfera eng katta o'rin tutadi. Oilaviy atmosferaning yuqori bo'lishi faqat va faqat moddiy farovonlik bilan bog'liq aslida. Katta shaxsiyatlar katta tarbiya beradi. Ularni farzandlari ham katta shaxsiyat bo'lib yetishadi. Vazirning o'g'li tungi klubda qizlar bilan tutilib qolmasligi mumkin lekin oddiy ishchi Andrey akaning umid bilan katta qilayotgan bolasi Toshkentda o'qimasdan kayf qilib yurgan holatlari juda ko'p. Islomda farzand tarbiya qilishga eng katta e'tibor qaratilgan. Islom oila institutining mustahkam bo'lishini, farzandni zo'r tarbiya qilishni doimo buyuradi. Chunki vaqtida berilgan tarbiya natijasida kuchli genlar va avlodlar shakllanadi. Farzandini sizlab tarbiya qiladigan ota-onalar bilan erta-yu kech ishda bo'lib stressini farzandlariga chiqaradigan Andrey akaning tarbiyasida katta farq bor deb bemalol aytishimiz mumkin. Bu bilan hech kimning shaxsiyatiga o'tmoqchi emasman. Balki ozgina pul topib qishloqda o'zidan ketib qoladiganlar bilan katta shaxsiyatlarni qiyoslamaslik kerak. Atrofga qarang: otasini puliga yurganlar bir nechta dekadalarda yo'qolib ketadi yoki otasining pulini o'ziga va aqliga investitsiya qilayotganlar huddi shu vaqtlar ichida davlatni boshqaradi. Qadimgi diniy kitobda aytilganidek: "borlarga beriladi, yo'qlardan olinadi" yoxud oltin avlod hisoblangan genofondlar TDYUda tiqilib yotibdi, masalanda. Bitta ustoz aytganidek: universitetdan diplom va tanish-bilish bilan chiqib ketiladi. Xullas, to'g'ri tarbiya — eng muhim ish! @legal_mind
1160Loading...
10
Masalan, to'y va u bilan bog'liq jarayonlarga bitta yaxshi mobilograf gaplashish kerak. O'zingni yaqin tanishlaringdan bo'lsa yana yaxshi. Fotiha uchun kampirlar kelishidan boshlab FHDYOda uzuk taqishgacha, keyin bevosita to'y bilan bog'liq protsesslar: zaks, fotosessiya, kuyov navkar hammasini Iphoneda olib keyin qarindoshlar guruhiga share qilish kerak. Qarindoshlaring mahallani guruhiga tashlaydi, u yerdan har xil oilaviy kruglarga tarqaydi. Ammang, xolang, buving, tog'angni va amakingni xotinlari butun dunyoga o‘zini telefonida olingan krinj video va rasmlarni emas, sifatli va tiniq olingan kontentni tarqatadi. Keyin seni to‘ying xotinlar ichida yaxshi muhokamalarga sabab bo‘ladi. Xotiningni sen taraf, seni esa kelin taraf xunukligingni bilib qolmaydi. Storieslarga chiroyli chiqasilar. Xullas, to‘ylarda mobilografiyani ommalashtirish kerak. Artist va kamerachidan ahamiyati kam emas hozir. Shuni mahalliy urf-odatlar kodeksiga kiritish kerak. @legal_mind
1210Loading...
11
Talabalik davri oilasidan uzoqda o'tadiganlar, albatta, begonalar bilan birga yashashga majbur bo'ladi. Bu xoh kvartira bo'lsin, xoh yotoqxona lekin hamma amal qilishi kerak bo'lgan qoidalar bor. Ma'lum tanaffuslar bilan deyarli uch yil kursdoshlarim bilan yashadim. Ba'zida o'zimdan 5-8 yosh kattalar bilan ham turdim. Tartibli va toza hayot kechirish uchun tavsiyalar berib ketaman: 1. Ovqat-oziq. Kvartiradagilar bilan har hafta pul tashlab bozorlik qil. Eng zaruriy va birlamchi ehtiyojlarni ol. Masalan, sabzi, piyoz, kartoshka, yog', go‘sht, guruch, makaron, grechka, gorox va hokazo mahsulotlar bilan istalgan o'zbek ovqatni tayyorlash mumkin. 2. Navbat tizimi. Tozalovdan tortib ovqat qilishgacha, axlat to'kib kelishdan tortib do'konga non uchun chiqib kelishgacha qat'iy tartib o‘rnatinglar. Masalan, men navbatchilik kunimda ovqat ham qilardim, dasturxon ham solardim, idishlarni ham yuvardim, nonni ham olib chiqardim, hatto "bolla turila ovqatga chiqila" deb uyg'otardim ham. To'rt kishi turgan bo'lsak bir hafta ikki kishi, keying hafta qolgan ikki kishi Havas yoki Korzinkadan bozorlik qilib kelardi. Bu hafta men hammomni tozalasam, keyingi hafta yotoqxona (spalniy😁)ni, keyin koridorni, undan keyingi hafta esa oshxonani tozalardim. 3. Pul masalasi. Birga yashagandan keyin pul oldi-berdisi ko'p bo‘ladi. Shunday vaziyatlarda bir-biriga yordam berish kerak va u qaytarilishi kerak. Masalan, senga 47 ming so'm pul bergan bo'lsa, shuni 45 ming yoki 50 ming qilib emas, shu to'liq 47 ming so‘mligicha qaytar. 4. Imperativ normalar. Kvartirada barcha uchun majburiy qoidalar bo'lishi shart. Masalan, choy ichgandan keyin dasturxoningni yig'ib qoqib qo'y. Koridorga tuflingni artib vlajniy salfetkani tashlama. Soqolingni olgandan keyin rakovinani tozalab chiq va hokazo mayda va muhim qoidalar bo'lsin. 5. Birovni chegaralarini buzib o‘tmaslik prinsipi. Buni yozaymi yoki yo'q bilmadim-u, masalan, meni narsalarimga ruxsatsiz tegishsa yoqmaydi. Eng muhimi joyimga birov yotib olishini umuman xohlamayman. Yostig‘imga begona kalla bosh qo'yishini qabul qilolmayman. To'g'ri bu juda mayda holat va ba'zilar e'tibor ham bermaydi. Shunchaki ko‘chadan charchab kelib chiroyli ko'ringan joyga emas, o'zingni joyingga yot demoqchiman. Shu qoidalar sabab biz do'stlarimiz bilan zo'r yashadik. Tartibli va toza hayot kechirdik. Ovqat qilishni o'rgandik. Kir mashinaga qizil futbolka bilan oq ko‘ylakni bitta qilib tiqmaslikni o'rgandik. Umuman, och qolmadik. Kam rasxod bilan ko'p kaloriyali va to‘yimli qozon ovqat yedik huddi uydagidek. Tartibsiz va vazifalar taqsimlanmagan hayot bilan it yotish, mirza turish bo'lib ketadi hammasi. Musorlar to‘kilmay, idishlar yuvilmay qolib ketadi. Bir-biringni otib ketish, yedirib ketish avjiga chiqadi. Shunday oqibatlarni oldini olish yoki xonadoshlaringga namyok qilish uchun bu postni ularga share qilib tarqatib qo'y:)😎 @legal_mind
1150Loading...
12
U telegramda gender tengligi haqida postlar yozdi va metroda unga joy bermagan yigitlarni ichida duoyibat qilib yo'lida davom etdi. @legal_mind
1300Loading...
13
​​Funksional jihatdan barcha qizlar bir xil. Birini ikkinchisidan deyarli farqi yo'q. Ular chiroyli bo'ladi, ulardan shirin xidlar keladi, ular pazanda bo'ladi, ular aqlli bo'ladi va hokazo narsalar. Lekin qizlarni bir-biridan farqlab beradigan ikki narsa bor: intellekt va fe'l-atvor. Aynan shu nuqtadan baxtli va baxtsiz ayollar toifasi shakllanadi. Qiz bola erishgan yutuqlari yoki karyerasi bilan o'lchanmaydi, odatda. Ayolga erkak kishini oldida qadr bera oladigan narsa — bu uning fe'l-atvori. Ularni farqlab baholaydigan yagona fakt: intellekti Erkakni o'ziga torta olish boshqa narsa, lekin uni o'zida ushlab qolish — bu mutlaqo boshqa daraja. Kim erkak kishi faqat chiroy va qomatni prefer qiladi deb hisoblasa, xato qiladi. Demak, sen har xil qaysarliklar qiladigan injiq va ovsar bo'lishing yoki vaziyatni to'g'ri tushuna oladigan, to'liq rakursni his qilib gapiradigan intellekt bo'lishing mumkin. Sen hamma narsani undan kutadigan tipik qiz yoki o'zingdan unga ko'p narsa bera oladigan topilma bo'lishing mumkin. Berish deganda, mehr va shirin so'z, tinchlik va halovat, bahslashmaslikni tushun. Sen tilni bir qarich qilib u bilan tortishaverib uni o'zingdan bezdirib, keyin yig'lab yuradigan idiot yoki kerakli so'zni topib gapiradigan, muhim paytda motivatsiya beradigan energizer bo'lishing mumkin. Sen dard-u g'ami o'yin-kulgu va to'y-hasham bo'lgan lattaparast yoki mahallani xotinlarini ortingdan ergashtiradigan, stereotiplarni sindiradigan manipulyator bo'lishing mumkin. Boshqalar unday qilyapti, bunday qilyapti deb miyani egovlaydigan ommaviy ma'daniyat qurboni yoki karyera, ish, biznes haqida feedback bera oladigan fikrlovchi bo'lishing mumkin. Qolganini har kim turlicha davom ettiradi. Hozir bollarga unday bo'lsin, shuncha topsin deb usluga qo'yish trend bo'lib ketgani uchun shu tendensiyani davom ettirib yozib qo'ydim, xolos. Fikrlar nisbiy! @legal_mind
1391Loading...
Repost from LEGAL MIND
Masalan, shu postni yozishim xato bo'lgan. Oxirgi konsertida Mirshakar ortiqcha ma'suliyat haqida gapirdi. Qaysi viloyatni oshi zo'r degan тема ortiqcha mas'uliyatga zo'r misol va o'xshatish bo'lgan. Masalan, man namanganlikman va Toshkentdagi tanishlarim namangancha shevani ustidan kuladi. Tortishmayman. Shevalar boshqalarga kulguli tuyuladi doim. Pashsha va chivin masalasida butun vodiy va voha tortishishini bilasiz. Masalan, Real Madrid yoki Barselona uchun, Andijon yoki Navbahor muhlisligi uchun tortishuvlar bo'ladi. Odamlar biri ikkinchisidan zo'rligini tortishib hal qilishga harakat qiladi. Masalan, bu kabi tendensiyalar mashinalarda: Malibu yoki K5; telefonlarda: samsung yoki iPhone; osh markazlarida: besh qozon yoki kamolon va hokazo mavzularda qiyoslash davom etaveradi va tugamaydi. Odamlar viloyatini himoya qiladi. Universiteti uchun kurashadi. Fakultetini zo'r deb hisoblab boshqalar bilan yoqa yirtib tortishadi va bularning hammasi ortiqcha mas'uliyatga например bo'ladi, xolos. Kecha yuridik qizlari haqida sarlavhali videoni va tagidagi izohni ataylab tashladim. Komment UFC maydoniga aylanib ketdi. Har kimni mantig'i va fikrlari har xil paytda aslida o'sha vaziyat va izoh tortishuvga arziydimi? Masalan, o'sha qiz bizda o'qisa ham yoki o'qimasa ham, umuman, sizga personal qanday ta'siri bor? Yoki dovdirlar va landovurlar joy tanlaydimi? Kimdir sizni ahmoq deb hisoblashi sizni aqlsiz qilib qo'yadimi? Masalan, o'sha videoda o'g'il bola bo'lganida va izohda yuridikdagi bollar haqida deb qo'yilsa, kimga qanday ahamiyati bo'lardi? Qachon ommaviy ura-uralarga ergashishni to'xtatasiz? Masalan, brendlarni, viloyatlarni, universitetlarni birini boshqasidan ustun deb hisoblash uchun kurashsangiz — bu sizni reputatsiyangizni oshirib qo'yadimi? Masalan, G'ishmatning A subyekt haqidagi salbiy fikrini haqorat deb hisoblash mantiqiy asosga egami? Haqorat yoki tuhmatning subyekti bo'la olmasligini qachon tushunasiz? Masalan, fuqaro Mirziyoyev gailarni kalamushlar, prokurorlarni o'g'rilar, mxx rahbarlarini sotqin va g'o'daygan itlar degan gaplari qanday qonuniy javobgarlik keltirib chiqardi? Tushunishimiz kerak akalar va opalar: falonchilar hammasi tupoy deyish yoki Susambilda faqat loxlar o'qiydi deyish hech qanday huquqiy oqibat keltirib chiqara olmaydi. Umuman olganda kecha kommentda tortishganlar ortiqcha mas'uliyat yukidan qutilish haqida o'ylab ko'ring... @legal_mind
Показать все...
Repost from LEGAL MIND
#jamiyat NASA olimlarining so'nggi izlanishlariga ko'ra, hayoti green card o'ynash va give awaylarda ishtirok etishdan iborat bo'lgan o'zbekistonliklar turmush tarziga yana botlarda coin yig'ish ham qo'shildi. @legal_mind
Показать все...
😁 1
Repost from LEGAL MIND
Eng og'iri, eng qiyini, eng tupikka tiqadigani, eng alam qiladigani — sen qonundagi gaplarni aytasan lekin odamlar unga ishonmaydi, ishona olmaydi va "bu qog'ozda shunaqa, hayotda boshqacha" deyilishi law student uchun vijdon azobidan keyin turadigan og'riq bo'lsa kerak! @legal_mind
Показать все...
Repost from LEGAL MIND
​​Kuni bilan screen timeda vaqt o'tkazish odamni stress, depressiya va har xil kasalliklarga olib keladi. Bu bizni pokoleniyadagi eng asosiy muammo bo'ladi. Har kuni shunchaki bir soat yurish uchun ko'chaga chiqyapman. Hech qanday chalg'ishlarsiz faqat fokusni piyoda yurishga qaratyapman. Shundan beri kayfiyatim faqat pozitivizm bilan oshib boryapti. O'zim uchun qiziq va yangi challenj bo'lyapti. Bugun o'n ikki ming qadamni podkast eshitib yurdim. Podkastdagi odamni tanimayman. Lekin sohasidagi ekspertlardan biri ekan. Gormonizatsiya haqida yaxshi infolar oldim. Testosteronni tushib ketmasligi uchun aktiv hayot tarzida yashash kerak. Hazilkash va quvnoq odamlar jiddiy va pessimistlarga qaraganda sog'lomroq va erkakroq (testos yuqori) bo'larkan. Kecha ko'chada Baxtiyor Alimjanov bilan ko'rishib qolib ikki soatlarcha gaplashdim. Ilmiy faoliyat, karyera, liberalizm, huquq, siyosat, magistratura bo'yicha ancha-muncha fikrlar oldim. Sizlar xeyt qiladigan darajadagi odam emas ekan. Shunda karyera va ilmiy faoliyat haqidagi savolimga Baxtiyor aka: o'zingizni 30 yoshda qorin qo'ygan, tepakal holatda tasavvur qilasizmi deb savol berdi. O'z-o'zidan o'zimga javob topdim. Rostdan ham bizni odamlar semizlikni obro' sifatida ko'radi. Aslida ham shundaymi? Yo'q! Sababi o'zbeklarning 60% dan yuqori qismi yurak-qon tomir kasalliklaridan o'lib ketadi. Bu bevosita noto'g'ri turmush va stereotiplar bilan bog'liq xato tushuncha. Dunyoda semizlikka qarshi kurashuvchi shuncha harakatlar bo'lsa ham bizda bu illatga mentalitet sifatida qarashadi. Aslida semiz erkaklarda erkaklik gormoni past bo'ladi. Chunki semizlik ya'ni tananing yog' bosishi ayollik gormonining funksiyasi. Ya'ni qorin chiqib ketishi, ortiqcha vazn ko'proq estrogenning oshib ketishi bilan bog'liq protsess ekan. Ozg'in va nimjon bo'lish ham fojea. Lekin semiz bo'lmaslik shart. Masalan, futbolchilarni oling: 34 yoshli Toni Kroosdan 20 yoshli o'zimizni G'ishmat kattaroq va qariroq ko'rinadi, odatda. Qaysidir qiz amma-xolalari majburlagani uchun emas, o'zi xohlab va o'zi tanlab senga turmushga chiqishi uchun ham sog'lom turmush tarzini tanlayver. Semizlardan boshqa barchaga xayrli tun mates! 🤘 @legal_mind
Показать все...

👍 2
Repost from LEGAL MIND
Fikr erkinligi Fikr erkinligi islom dinida bor. Fikrlar xilma-xilligiga tolerant bo'lish sahobalar davridan beri bor. Dastlabki sahobalar liberal bo'lgan. Bundan besh yillar avval liberal degan so'zdan nafratlanardim. Liberallarni yomon ko'rardim. Bunday prizmadan fikrlashimga Mubashshir Ahmad, Omar Halillarning postlari sabab edi. Aksariyat diniy blogerlar kabi ular ham sahifasida psevdo liberallarni tanqid qilib, ularga qarshi fikrlar berib borardi va natijada miyamda liberalizm yomon va islomga qarshi narsa deb o'ylab yurardim. Bitta ma‘vizada aytilyaptiki: islom jamiyatidagi ayrim toifalar (aynan xavorijlar) sahoba Ali xalifalik davrida, xalifani kofirlikda va boshqaruvini noto‘g‘rilikda ayblashgan. Aliga qarshi yuzma-yuz kelib shularni aytishgan. Lekin xalifa Alining yondashuvi ularga nisbatan tolerantlikda bo'ladi. Nima deb o'ylasa o‘ylayversin, qanday fikrlash ularning erkinligi faqat qurolli to'qnashuv ya'ni jangga o‘tmasa bo‘ldi degan pozitsiyani ushlagan ekan. Tasavvur qilyapsizmi? Butun boshli davlatning mutlaq boshlig'i imkoniyati va potensiali bo‘la turib o'ziga qarshi toifalarni erkin qo'ygan. Ularning fikrlarini o‘zgartirishga urinmagan. Qarshi kurash olib bormagan. Masalan, O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi chiqish uchun jinoiy javobgarlik bor. Boshqalarning fikrlariga qarshi kurashish eng absurd ish men uchun. Siz dindormisiz, bemalol. Siz ateistmisiz, bemalol. Siz deistmisiz, bemalol. Siz konservatormisiz, bemalol. Siz toshbaqalarni uchadi deb hisoblasangiz yoki tuyalarning dumlari yerga tegadi deb o'ylasangiz — bu sizning shaxsiy chegarangiz va boshqalar bunga aralashishi mumkin emas. Bizga o'xshagan musulmon jamiyatlarida odamlar boshqalarning hayot tarzi, turmushiga aralashaveradi. O‘zi namoz o'qimasa ham ko‘chada yurgan yigit-qizlarni yomon ko'radi. G'ishmatning tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib ketganini gapiraveradi lekin o'zining xatolarini aniqlab isloh qilishga harakat qilmaydi. Biz o'zimizdan ko'ra boshqalar haqida qayg'uramiz. Jamiyatni buzuqliklardan asrashga urinamiz lekin mukammal ibodat qilish haqida o'ylab ko'rmaymiz. Dinni yovuz kuchlardan himoya qilishga urinamiz lekin ilm olishni, o‘tirib kitob varaqlashni hayolimizga keltirmaymiz. Boshqalarning fikrlariga aralashaveramiz. Fikrni xatoligini isbotlash uchun tortishaveramiz. Kommentlarda bir-birimizni yedirishga urinaveramiz. Hamma bir-biri bilan band, o'zligi bilan emas. Radikalizm fikrlashdan boshlanadi. O'zingni to'g'ri yo'lda, boshqalarni xato yo'lda deb hisoblashni boshlaysan. Xato yo‘ldagilarga avval Internetda, keyin real hayotda tahdid qilishni boshlaysan. Natijada jamiyatda balans buziladi. Normal hayot tarzi yo'qoladi. Odamlar bir-biridan nafratlanishni boshlaydi. Jinoyatchilik avj oladi. Qotilliklar ko'payadi. Odamlar ichida piyonistalar, foxishalar, gunohkorlar, yalang'ochlar bo'lishini normal qabul qil. Bu toifalar milodiy 630-yilda ham bo'lgan, hozir ham bor, keyin ham bo'ladi. Faqat suvdan iborat miyangga shuni quyib ol: hech kimni fikrini o‘zgartira olmaysan, boshqalarni o'zing to'g'ri deb bilgan yo‘lga tushira olmaysan, dinni himoya qilish sening funksiyang emas. Liberalizm deganda faqat chirigan G'arbni tushunadigan idiot bo'lma. Ommaviy qarashlarga, massiv ommaga ergashma. Boshqalarning propagandasi qurboni bo‘lma. Doim o'z shaxsiy qarashlaring bo'lsin. Liberalizm — bu erkinlik. Ko'ngling tusagan ishni qilishdan seni aql-farosating, e'tiqoding va qonunlar qaytarib turadi, odamlar ortiqcha! @legal_mind
Показать все...
👎 1
Repost from LEGAL MIND
Istanbulga Samarqand aeroporti orqali uchayotganda Samarqand aeroporti xodimlari, qo'riqchilari g'o'ddaygan holda hatto reys haqida savollar berganda normal javob bermagan. Bu butun O'zbekistondagi holatligi aniq. Salkam Chilonzordek keladigan Istanbul aeroportidan chiqib taksi qidirib turgan paytda, Turkiya GAI xizmati xodimlari kelib yordam berishi, pogonida yulduzchalari ko'p xodim katta yo'lni butunlay yopib srazu taksini buyoqqa o't deb chaqirdi. Keyin besh kishini ko'rsatib shularni aytilgan hotelga tashlab qo'yasan deganida, haydovchi besh kishini olish mumkinmasligini aytsa ham, "abi bular mehmon ekan, hammasini olib ketaver" deb katta muammoni hal qilib bergani uchun Turkiya davlat xizmatiga press 🫡F albatta. Rivojlangan va qoloq davlatlar o'rtasidagi farqlardan bittasi, rivojlangan davlatlarda davlat xodimlari xalqqa o'zini xizmatchidek tutadi, qoloq davlatlarda esa davlat xizmatchilari o'ziga xalqni xizmatchi sifatida ko'radi. @legal_mind
Показать все...
👍 2
Repost from LEGAL MIND
Qiyshiq arava yo'l buzar, Feyktuz el buzar. ​​Agar siz info iste'mol qilayotgan manba faoliyatini reklama ustiga qurmagan bo'lsa, demak siz propaganda o'qiyapsiz. Masalan, minglab obunachilarga ega ba'zi kanallarda reklamaga ko'zingiz kam tushadi. Bunday kanallar podstava, shantaj, sabotaj ustiga faoliyatini quradi. Kimlardir obro'sizlantiriladi. Mevali daraxtlarga tosh otiladi. Va shuning uchun og'zi moylanadi. Shunday sahifalar sabab so'z erkinligi, erkin matbuot degan narsalar shakllanmaydi. O'zbekistondagi eng korrupsiyasiz universitet — bu yuridik. Eng sifatli ta'lim beriladigan universitet — bu yuridik. Kredit-modul eng to'g'ri yo'lga qo'yilgan universitet — bu yuridik. Neytral olib qarasa ham shunday. Feyktuzda chiqqan postga o'zimizni talabalar ishonmagani aniq. Lekin omma ishonadi. Feyktuz qo'lida dalili bo'lganida hayp va qora piar uchun ochiq-oydin kanaliga chiqarardi. Lekin quruq so'z bilan cheklangan. Bu tomondan tuhmatga tortib ketadi. Shuncha yil o'qib korrupsogen holatlarga duch kelmadim. Eshitmadim ham. Atrofimdagilar ham korrupsiya bilan to'qnashmadi. Tasavvurda yo'q bo'lgandan keyin ishonish ham qiyin. Spravkalar masalasi ham bahsli. Kasal bo'lganimda o'zim bir necha marta spravka berganman. To'g'ri, kasalxonadan pulga yozdirib spravka olib keladiganlar borligini eshitganman lekin bu SVVni muammosi va boshqa mavzu. Feyktuzda chiqqan postga nisbatan kanalning ustidan sudga murojaat qilish kerak. Bunday vaziyatda muammoni sud hal qilishi kerak. Kim aslida kimligini omma ko'rishi kerak. O'ziga ishongan tizim sud orqali nomini oqlashi kerak. Feyktuz anonim kanal emas. Adminlarini ko'pchilik taniydi. Bemalol vaziyatni qonuniy choralar va javobgarlik bilan hal qilsa bo'ladi. O'z navbatida feyktuz ham tuhmat qilmayotganiga ishonsa va qo'lida asosli dalillari bo'lsa orqaga qaytmaydi. Natijada haqiqat yuzaga chiqadi. Tuhmat uchun javobgarlikka tortiladi yoki aksincha. Shunchaki rasmiy munosabat bildirish bunday vaziyatlarda yechim bera olmaydi. Yaxshiyam, kommentiga borib adminni nomerini so'rab, razborga chaqirib sharmanda qilmagan hech kim. Shaxsiy fikrlar o'z yo'liga lekin sog'lom fuqarolik jamiyatlarida bu kabi masalalarni sud hal qiladi. Bu gaplarni paxta qo'yish uchun emas, universitet nomiga mag'zava ag'darilmasligi, qonun ustuvorligi uchun yozdim. @legal_mind
Показать все...

👍 1