cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

Рекламные посты
284
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
-1130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from LEGAL MIND
Do'konlar oldida muzqaymoqxonalar ko'payib ketibdi. Uchta yoshroq ayol o‘tib ketayotganida muzqaymoq sotadigan gap sotyapti: "marojniladan yeb keting, sizlarga boshqachalari bor". Bu gap savdogarlarga xos marketing tili bilan emas, hezalaklarga xos shilqimlik bilan aytildi. Qizlarga gapirsa qanchadir ma'noda tushunsa bo‘lar lekin oilasi borligi ko'rinib turgan ayollarga gapirish o‘ta ketgan pastkashlik. O'sha muzqaymoqchini keyin tanib qoldim. Yoshi o‘ttizlardan o'tgan va esimni taniganimdan beri kompyuterxonada o'tiradigan bitta debil ekan. O'zini ham oilasi bor. Keyin o'ylab qoldim: Xudo himmatsiz pastkashlarni doim shunaqa past ishlarga qo'ysa kerak. Bu bitta oddiygina holat. O‘tib ketayotgan qizlarga gap sotish hezalakni ishi. Haqiqiy erkak bunday yo'l tutmaydi. Islom dini ham ko‘chada to'planib turganda qiz-ayollarga qaramaslikni buyurgan, masalan. Erkak kishi qizlarga gapiradida deb aytishingiz mumkin. Bu to'g'ri lekin shilqimlik normal holat emas. Qiz bola bilan yaqin munosabatni qabul qilish mumkin lekin o'tgan-ketganlarga shahvoniy gaplar sotish nenormal holat. Shuning uchun qizlar, ko‘chada yurganingizda shunga o'xshash holatga duch kelsangiz eng kamida 102 raqamiga qo'ng'iroq qilib murojaat qiling. Shilqim debillarni kamida gazini berib ma'muriy javobgarlikka tortishadi. Agar sizga bollar gapirishi yoqsa o'zingiz bilasiz — bu sizni shaxsiy tanlovingiz. Shilqimlikni diniy qarash ham, dunyoviy qarash ham noto'g'ri pozitsiya deb biladi. Shilqimlarni faqat va faqat javobgarlikka tortib yo'qotiladi. @legal_mind
Показать все...
👍 1
Repost from LEGAL MIND
Genofondlar haqida Oltin avlod tushunchasi ko'pincha futbol jamoalariga nisbatan ishlatiladi. Bu tushunchani o'z krugiga nisbatan qo'llash ham shakllangan. Masalan, biz oltin avlod edik, sinfimizdan hamma bitirib o'qishga kirgan va hokazo misollarni keltirish mumkin. Genofondni lug'aviy ma'nosi shunchaki genlar yig'indisi, ma'lum bir ijtimoiy guruhga nisbatan ishlatiladi ilm-fanda. Jamiyat genofond deb ataydigan odamlar ham bor: bular ham bilimi, ham tankasi, ham puli bor yosh avlodlar hisoblanadi. Genofondlar shunchaki shakllanmaydi. Ularni laylak to'g'ri lokatsiyaga tashlagan bo'lishi kerak. Bu lokatsiyada kuchli tarbiya berilishi yoki moddiy farovonlik darajasi yuqori bo'lishi kerak. Odatda, "boyni bollari" kayfga berilgan, narkoman, tarbiyasiz, ishratparast qilib kinolarda, kliplarda ko'rsatiladi. Ammo lekin biroq real hayotda bunday emas. Aynan elita qatlamda farzandlar yuqori salohiyatli bo'lib chiqadi. Ya'ni jamiyatga o'z o'rniga ega, yo'lini topgan, ijtimoiy mavqega ega insonlar chiqishi ko'plab omillarga bog'liq. Va bu omillar ichida oilaviy atmosfera eng katta o'rin tutadi. Oilaviy atmosferaning yuqori bo'lishi faqat va faqat moddiy farovonlik bilan bog'liq aslida. Katta shaxsiyatlar katta tarbiya beradi. Ularni farzandlari ham katta shaxsiyat bo'lib yetishadi. Vazirning o'g'li tungi klubda qizlar bilan tutilib qolmasligi mumkin lekin oddiy ishchi Andrey akaning umid bilan katta qilayotgan bolasi Toshkentda o'qimasdan kayf qilib yurgan holatlari juda ko'p. Islomda farzand tarbiya qilishga eng katta e'tibor qaratilgan. Islom oila institutining mustahkam bo'lishini, farzandni zo'r tarbiya qilishni doimo buyuradi. Chunki vaqtida berilgan tarbiya natijasida kuchli genlar va avlodlar shakllanadi. Farzandini sizlab tarbiya qiladigan ota-onalar bilan erta-yu kech ishda bo'lib stressini farzandlariga chiqaradigan Andrey akaning tarbiyasida katta farq bor deb bemalol aytishimiz mumkin. Bu bilan hech kimning shaxsiyatiga o'tmoqchi emasman. Balki ozgina pul topib qishloqda o'zidan ketib qoladiganlar bilan katta shaxsiyatlarni qiyoslamaslik kerak. Atrofga qarang: otasini puliga yurganlar bir nechta dekadalarda yo'qolib ketadi yoki otasining pulini o'ziga va aqliga investitsiya qilayotganlar huddi shu vaqtlar ichida davlatni boshqaradi. Qadimgi diniy kitobda aytilganidek: "borlarga beriladi, yo'qlardan olinadi" yoxud oltin avlod hisoblangan genofondlar TDYUda tiqilib yotibdi, masalanda. Bitta ustoz aytganidek: universitetdan diplom va tanish-bilish bilan chiqib ketiladi. Xullas, to'g'ri tarbiya — eng muhim ish! @legal_mind
Показать все...
Repost from LEGAL MIND
Masalan, to'y va u bilan bog'liq jarayonlarga bitta yaxshi mobilograf gaplashish kerak. O'zingni yaqin tanishlaringdan bo'lsa yana yaxshi. Fotiha uchun kampirlar kelishidan boshlab FHDYOda uzuk taqishgacha, keyin bevosita to'y bilan bog'liq protsesslar: zaks, fotosessiya, kuyov navkar hammasini Iphoneda olib keyin qarindoshlar guruhiga share qilish kerak. Qarindoshlaring mahallani guruhiga tashlaydi, u yerdan har xil oilaviy kruglarga tarqaydi. Ammang, xolang, buving, tog'angni va amakingni xotinlari butun dunyoga o‘zini telefonida olingan krinj video va rasmlarni emas, sifatli va tiniq olingan kontentni tarqatadi. Keyin seni to‘ying xotinlar ichida yaxshi muhokamalarga sabab bo‘ladi. Xotiningni sen taraf, seni esa kelin taraf xunukligingni bilib qolmaydi. Storieslarga chiroyli chiqasilar. Xullas, to‘ylarda mobilografiyani ommalashtirish kerak. Artist va kamerachidan ahamiyati kam emas hozir. Shuni mahalliy urf-odatlar kodeksiga kiritish kerak. @legal_mind
Показать все...
Repost from LEGAL MIND
Talabalik davri oilasidan uzoqda o'tadiganlar, albatta, begonalar bilan birga yashashga majbur bo'ladi. Bu xoh kvartira bo'lsin, xoh yotoqxona lekin hamma amal qilishi kerak bo'lgan qoidalar bor. Ma'lum tanaffuslar bilan deyarli uch yil kursdoshlarim bilan yashadim. Ba'zida o'zimdan 5-8 yosh kattalar bilan ham turdim. Tartibli va toza hayot kechirish uchun tavsiyalar berib ketaman: 1. Ovqat-oziq. Kvartiradagilar bilan har hafta pul tashlab bozorlik qil. Eng zaruriy va birlamchi ehtiyojlarni ol. Masalan, sabzi, piyoz, kartoshka, yog', go‘sht, guruch, makaron, grechka, gorox va hokazo mahsulotlar bilan istalgan o'zbek ovqatni tayyorlash mumkin. 2. Navbat tizimi. Tozalovdan tortib ovqat qilishgacha, axlat to'kib kelishdan tortib do'konga non uchun chiqib kelishgacha qat'iy tartib o‘rnatinglar. Masalan, men navbatchilik kunimda ovqat ham qilardim, dasturxon ham solardim, idishlarni ham yuvardim, nonni ham olib chiqardim, hatto "bolla turila ovqatga chiqila" deb uyg'otardim ham. To'rt kishi turgan bo'lsak bir hafta ikki kishi, keying hafta qolgan ikki kishi Havas yoki Korzinkadan bozorlik qilib kelardi. Bu hafta men hammomni tozalasam, keyingi hafta yotoqxona (spalniy😁)ni, keyin koridorni, undan keyingi hafta esa oshxonani tozalardim. 3. Pul masalasi. Birga yashagandan keyin pul oldi-berdisi ko'p bo‘ladi. Shunday vaziyatlarda bir-biriga yordam berish kerak va u qaytarilishi kerak. Masalan, senga 47 ming so'm pul bergan bo'lsa, shuni 45 ming yoki 50 ming qilib emas, shu to'liq 47 ming so‘mligicha qaytar. 4. Imperativ normalar. Kvartirada barcha uchun majburiy qoidalar bo'lishi shart. Masalan, choy ichgandan keyin dasturxoningni yig'ib qoqib qo'y. Koridorga tuflingni artib vlajniy salfetkani tashlama. Soqolingni olgandan keyin rakovinani tozalab chiq va hokazo mayda va muhim qoidalar bo'lsin. 5. Birovni chegaralarini buzib o‘tmaslik prinsipi. Buni yozaymi yoki yo'q bilmadim-u, masalan, meni narsalarimga ruxsatsiz tegishsa yoqmaydi. Eng muhimi joyimga birov yotib olishini umuman xohlamayman. Yostig‘imga begona kalla bosh qo'yishini qabul qilolmayman. To'g'ri bu juda mayda holat va ba'zilar e'tibor ham bermaydi. Shunchaki ko‘chadan charchab kelib chiroyli ko'ringan joyga emas, o'zingni joyingga yot demoqchiman. Shu qoidalar sabab biz do'stlarimiz bilan zo'r yashadik. Tartibli va toza hayot kechirdik. Ovqat qilishni o'rgandik. Kir mashinaga qizil futbolka bilan oq ko‘ylakni bitta qilib tiqmaslikni o'rgandik. Umuman, och qolmadik. Kam rasxod bilan ko'p kaloriyali va to‘yimli qozon ovqat yedik huddi uydagidek. Tartibsiz va vazifalar taqsimlanmagan hayot bilan it yotish, mirza turish bo'lib ketadi hammasi. Musorlar to‘kilmay, idishlar yuvilmay qolib ketadi. Bir-biringni otib ketish, yedirib ketish avjiga chiqadi. Shunday oqibatlarni oldini olish yoki xonadoshlaringga namyok qilish uchun bu postni ularga share qilib tarqatib qo'y:)😎 @legal_mind
Показать все...
👍 1
Repost from LEGAL MIND
U telegramda gender tengligi haqida postlar yozdi va metroda unga joy bermagan yigitlarni ichida duoyibat qilib yo'lida davom etdi. @legal_mind
Показать все...
😁 2👍 1
Repost from LEGAL MIND
​​Funksional jihatdan barcha qizlar bir xil. Birini ikkinchisidan deyarli farqi yo'q. Ular chiroyli bo'ladi, ulardan shirin xidlar keladi, ular pazanda bo'ladi, ular aqlli bo'ladi va hokazo narsalar. Lekin qizlarni bir-biridan farqlab beradigan ikki narsa bor: intellekt va fe'l-atvor. Aynan shu nuqtadan baxtli va baxtsiz ayollar toifasi shakllanadi. Qiz bola erishgan yutuqlari yoki karyerasi bilan o'lchanmaydi, odatda. Ayolga erkak kishini oldida qadr bera oladigan narsa — bu uning fe'l-atvori. Ularni farqlab baholaydigan yagona fakt: intellekti Erkakni o'ziga torta olish boshqa narsa, lekin uni o'zida ushlab qolish — bu mutlaqo boshqa daraja. Kim erkak kishi faqat chiroy va qomatni prefer qiladi deb hisoblasa, xato qiladi. Demak, sen har xil qaysarliklar qiladigan injiq va ovsar bo'lishing yoki vaziyatni to'g'ri tushuna oladigan, to'liq rakursni his qilib gapiradigan intellekt bo'lishing mumkin. Sen hamma narsani undan kutadigan tipik qiz yoki o'zingdan unga ko'p narsa bera oladigan topilma bo'lishing mumkin. Berish deganda, mehr va shirin so'z, tinchlik va halovat, bahslashmaslikni tushun. Sen tilni bir qarich qilib u bilan tortishaverib uni o'zingdan bezdirib, keyin yig'lab yuradigan idiot yoki kerakli so'zni topib gapiradigan, muhim paytda motivatsiya beradigan energizer bo'lishing mumkin. Sen dard-u g'ami o'yin-kulgu va to'y-hasham bo'lgan lattaparast yoki mahallani xotinlarini ortingdan ergashtiradigan, stereotiplarni sindiradigan manipulyator bo'lishing mumkin. Boshqalar unday qilyapti, bunday qilyapti deb miyani egovlaydigan ommaviy ma'daniyat qurboni yoki karyera, ish, biznes haqida feedback bera oladigan fikrlovchi bo'lishing mumkin. Qolganini har kim turlicha davom ettiradi. Hozir bollarga unday bo'lsin, shuncha topsin deb usluga qo'yish trend bo'lib ketgani uchun shu tendensiyani davom ettirib yozib qo'ydim, xolos. Fikrlar nisbiy! @legal_mind
Показать все...

👍 4
Repost from LEGAL MIND
Bukmekerlik faoliyatiga qonunan ruhsat berilganini oqlayman. Qonun avval ta'qiqlaydi. Natija bo'lmasa ruhsat berishga majbur bo'ladi hamma narsada. Natija bo'lmadi. Baribir odamlarimiz qimorbozlikni davom ettiraverdi. Qadimda ham bo'lgan, hozir ham bor, keyin ham bo'ladi. Demak, legallashtirish kerak. G'ishmatlar millionlab, milliardlab pul tikadi. Bankrot bo'lib dabdalasi chiqib ketishi o'zini muammosi lekin aylanma bor joydan soliq olish kerak, tamom. Byudjetga yaxshigina pul tushadi. Endi har xil balo-qazolar, ofatlarni bunga bog'lamaslik kerak. Ya'ni endi yurtni fayzi ketib qolmaydi. Avvaldan mavjud bo'lgan faoliyat qonuniylashdi, xolos. Ursangiz ham, so'ksangiz ham, xafa bo'lsangiz ham aytaman: foxishabozlik faoliyatini ham qonunan tartibga solish kerak. Bu eng qadimiy “kasb”. Bu bilan shug'ullanadiganlar, faxshga pul tiqadiganlar qadimda ham bo'lgan, hozir ham bor, keyin ham bo'ladi. Mana qonunan ta'qiqlangani bilan biror natijaga erishilmagan. Legallashtirilsa qanday plyusi bor deysizmi? O'sha soha vakillari bo'lgan ayol-qizlarni doimiy tibbiy nazorat qilsa bo'ladi. SPIDlar yuqishi kamayadi. Baribir bu jirkanch faoliyatda ham milliardlab pul aylanadi. Aylanmadan esa soliq olish kerak. Byudjetga tushadi. Har xil baronlar shakllanmaydi. Baribir na diniy, na dunyoviy bosimlar va ta'qiqlar bilan yo'q qilib bo'lmaydi. Uzoq-uzoq o'ylagan fikrim shu. Ikkala faoliyatni ham qoralayman, faqat zarar! @legal_mind
Показать все...
👍 1👎 1🔥 1
Repost from LEGAL MIND
Konstitutsiya va qonunlar bilan muqaddas Qur'oni Karim va shariat normalarini bir-biriga qiyoslash, birini ikkinchisidan ustun qo'yish mutlaqo absurd ish. Bilmadim bu trend qayerdan paydo bo'lyapti lekin Konstitutsiyani tanlaganlarni janozasida madhiya o'qilsin deb yoqa yirtayotgan aqlsizlar yaxshigina oqim ta'siriga tushgan. U yoki bunisini biridan ustun qo'yish yoki birini tanlash xato. Senga islom dini ta'qiqlagan narsani qonunlar majburlab qil demaydi. Huddi shunday qonunlar ta'qiqlab qo'ygan narsani shariat bajarishga majburlamaydi. Fikrlash kerak. Mantiq kerak. Ommaga ergashmaslik kerak! @legal_mind
Показать все...
Repost from LEGAL MIND
Yigit va qiz o'rtasidagi ishqiy munosabatga ikki xil qarash mavjud: buni axloqqa zid deb hisoblash yoki normal qabul qilish. Instagramdagi bu videoni (kommentda qoldiraman) ko'ring. Shaxsiy qarashlarni chekkaga surgan holda vaziyatga huquqiy baho beraman. Masalan, xiyobonda yigit-qiz birga o'tirgan bo'lsa, bunga javobgarlik bormi? Bitta so'z bilan aytganda: YO'Q! Qonun ishga tushishi uchun yigit va qizning qanday holatda o'tirishiga qarash kerak. Masalan, ular shunchaki gaplashib o'tirsa aralashuv mumkin emas. Lekin uyatsiz-buzuq harakat bilan o'tirgan bo'lsa javobgarlik kelib chiqadi. Masalan, o'pishsa, ochiqdan-ochiq quchoqlashishi mumkin emas. Chunki uyatsiz-buzuq harakatlar shahvoniy xususiyatga ega bo'lib jinsiy ehtiyojni qondirishga qaratilgan bo'ladi. Shunday vaziyatda o'sha harakat MJTKning 183-moddasi bilan mayda bezorilik deb baholanishi mumkin. Aslida bu modda ham bahsli. Aniq bir ta'rifi yo'q. Lekin amaliyotda IIB xodimlari shu moddani ishlatadi. Endi yana ham batafsil to'xtalamiz. Diniy qarashlarni istisno qilgan holda, O'zbekistonda jinsiy aloqaga rozilik yoshi — 16 yosh (masalan, Saudiyada cheklov yo'q) hisoblanadi. Ya'ni shu yoshdan boshlab shaxslar o'zaro rozilik asosida yaqinlik qilishi mumkin. Lekin shunday harakatni jamoat joylarida amalga oshirish mumkin emas. To'g'ri, bu shaxsning huquqi lekin parklar, xiyobonlarda aynan quchoqlashish, o'pishish va undan keyingi ishlar jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Chunki, bunday harakat o'n olti yoshga to'lmagan shaxslarda jinsiy aloqaga qiziqish uyg'otishga sabab bo'ladi. Jinoyat uyatsiz-buzuq harakat sodir etilgan paytdan e'tiboran tugallangan hisoblanadi. O'n olti yoshga to'lmagan shaxsni axloqini buzish maqsadiga erishgan yoki erisha olmaganligi ahamiyatga ega emas. Masalan, sen Amir Temur xiyobonida sevgiling bilan shahvoniy harakatlarni sodir etgan holda skameykada o'tirishing mumkin emas. Bu skverda kichik yoshdagilar bo'lish yoki bo'lmasligidan qat'iy nazar amal qiladi. Shuningdek, seni tiling bilan aytganda o'sha buzuq harakatni sodir qilayotganlar uchun sen borib ponyatka berishing mumkin emas. Tegishli xodimlardan boshqa hech qaysi fuqaroning bunday vakolati yo'q. Axloq politsiyasi bo'lish qoloq jamiyatlar belgisi. Mahalla qayerga qarayapti, ota-onasi tarbiya bermagan, buzuqi, millat uchun isnod, sharmanda, ro'mol bilan shu ishni qilyapti, zinokorlar va hokazo ayblovlar qo'yishga seni haqqing yo'q. Xulosa, normal holatga gaplashish, qo'l ushlashib o'tirishing mumkin. Lekin jinsiy organlarni yalang'ochlash, shu narsaga atrofdagilarni o'rgatish va hokazolar mumkin emas. Parkda sendan boshqa oilalilar, farzandi bilan aylanayotganlar borligini unutma. Po bratskiy tavsiya: 2008-yildan keyin tug'ilganlar, shu yilda tug'ilib hali 16 yoshga kirmagan qizlar bilan hech qanday munosabatga kirishma, xavfli! 🤘🏻 @legal_mind
Показать все...
Repost from LEGAL MIND
Badiiy kitob o'qish vaqtni behuda sarflash deb hisoblaydigan toifalar bor. Badiiy adabiyot shunchaki miyaning orgazmi uchun, insonni hech qanday rivojantirmaydi degan mazmunda fikrlashadi. Balki bu to'g'ridir yoki xato bilmayman. Aynan o'sha toifalar shaxsiy rivojlanishga oid kitoblarni afzal ko'radi va foydali deb hisoblaydi. Kuchli odatlar Atomic habitsni o'qish orqali shakllanadi yoki Stiv Jobs haqida Uolter Ayzeksonning kitobini o'qisa biznesmenga aylanib qoladi deb o'ylaydi. Kitob yozish, umuman, ijodkorlik biznesga aylanib bo'lgan soha. Kitob sotadigan do'konlar ham soqqani o'ylaydi. Million marta sotilgan bestsellerlar faqat pul ishlash uchun yozilgan aslida. Mayli, bu boshqa katta mavzu. Lekin badiiy kitob o'qishni bekorchilikka tenglashtirmaslik kerak. Badiiy adabiyotda o'quvchining fikrlashi, ideologiyasi rivojlanadi. Shaytanatni o'qiganida Asadbek bo'lib ko'radi, Xongrey bo'lib ko'radi, Martin Iden yoki Rodion Raskolnikovdek fikrlab ko'radi. Faqat o'z shaxsiyatida emas, o'sha obrazlar ichida yashaydi. Aslida shaxsiy rivojlanishga oid kitoblarni o'qish vaqtni behuda sarlash hisoblanadi. Chunki bu kitoblarda o'quvchi o'zini rivojlanib qoladigandek, hayoti yaxshilanayotgandek his qiladi. Hissiy manipulatsiyaga tushadi. Shaxsiy rivojlanishga oid kitob o'qish huddi million dollar topish haqida kitob o'qishga o'xshaydi. Million dollar kitob o'qish orqali topilmaganidek, kuchli shaxsiyat ham bestseller o'qish bilan shakllanmaydi. Chunki pul topish ham, yaxshi kun tartibi ham, foydali ishlar qilish ham hammasi praktikum ishlar. Ideologiya faqat va faqat o'qish bilan shakllanadi. Lekin kuchli tana yoki erta yotib erta turish uchun kitob o'qish emas, o'sha ishlarni bajarish kerak. Pul topish uchun esa ishlash kerak. Shuning uchun badiiy kitoblarni overrated qilish to'g'ri emas. Badiiy kitoblar odamga real hayotni ko'rsatadi. Yashashni ko'rsatadi. Aslida kim asli kimligini his qildiradi. Miyani kuchaytiradi, kengroq fikrlaydi. Faqat o'z pozitsiyasidan emas, boshqa to'rt xil pozitsiyasida vaziyatga baho beradi. Obyektiv fikrlash oshadi. Subyektivlik yo'qoladi. Tor fikrlamaydi. Bo'ldi shu. @legal_mind
Показать все...