Web Dasturlash kanali
Открыть в Telegram
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar! ⁉️IT blog: @javohir_webdev 😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17
Больше8 534
Подписчики
-824 часа
+57 дней
-8130 день
Архив постов
Gigant IT kompaniyalarga ishga kirish uchun intervyu savollar qanday bo'ladi?
Bilamizki Facebook, Amazon, Google, Apple va shunga o'xshash IT kompaniyalarga har yili ko'plab dasturchilar ishga kirish uchun suhbatdan o'tishadi! Intervyular davomida dasturchilar har xil qiyinchiliklardagi sinovlardan saralanib oladi.
Ko'pchilikni qiziqtiradigan savollardan biri Intervyu savollari qanday bo'ladi? qiyinmi yoki osonmi degan so'zlarni qo'shib qoyishadi ba'zida 😄
To'g'ri har bir intervyuning o'ziga yarasha qiyinchiliklar mavjud. Kelinglar intervyu savollari qanday bo'lishi haqida gaplashamiz!
Intervyuda asosan sizga Algoritm va Data Struktura bo'yicha savollar va amaliy topshiriqlar tushadi. Siz sinovdan o'tayotganingizda qancha texnologiyalar, dasturlash tillarini bilishingiz muhim emas. Dasturlash tillaridan C++, Java, Swift, JavaScript va shunga o'xshash dasturlash tillaridan birini yaxshi bilsangiz shuni o'zi kifoya. Shu dasturlash tillaridan birida sizga berilgan algoritmga oid masalalarni yechib berishingiz kerak bo'ladi.
Bundan ko'rinib turibdiki Gigant IT kompaniyalardagi ishga kirish uchun bo'lib o'tadigan intervyularni asosiy qismi Algoritm va Data Strukturalar bo'yicha bo'lib o'tadi.
Algoritmni YouTube yoki boshqa o'quv online platformalari orqali o'rganish mumkin. Algoritmga oid masalalarni esa LeetCode platformasi orqali yechishingiz mumkin bo'ladi. LeetCode masalalari bo'yicha o'zbekcha guruh ham tashkil qilingan, guruhga o'tish uchun bu yerni bosing.
✅ @webdev07
💻 Web dasturlashni o'rganish uchun 4 ta sabab
1. Doimiy ish o'rinlari
2020-yilda taxminan 1.4 million IT sohada vakansiyalar ochilgan, ammo ulardan 400,000 ta o'rin egallangan xolos. Demak ushbu sohada talab doimo yuqori bo'ladi
2. Yuqori maosh
Nafaqat Yevropa va AQSH'da balki O'zbekistonda ham dasturchilar uchun yuqori maosh to'lanadi. AQSH Yangiliklar va Jahon axboroti ma'lumotlariga qaraganda, web dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha $64,970 to'lanadi.
3. Hech qanday diplom shart emas
Juda ko'plab IT kompaniyalar diplomsiz ishga qabul qilish tizimiga o'tdi. Dasturchi bo'lib ishlash uchun hech qanday diplom yoki 4 yillik oliy ta'lim olish majburiy emas.
4. Frilanserlik imkoniyati
Agar kompaniyalarda ish topa olmasangiz, frilanser sifatida ishlash imkoniyati ham bor. Ofisdan turib ishlash shart emas. Muhimi noutbuk va internet bo'lsa bas
👇👇👇
✅ @webdev07
Bugungi darsda CSSda mana shunday ajoyib menu yasab ko'ramiz va darsmizning oxiri darslaridan bir saytni responsive(moslashuvchanlik) qilishni o'rganamiz
✅ @webdev07
Ertangi darsda CSS darsmizning oxiri darslaridan bir saytni responsive(moslashuvchanlik) qilishni o'rganamiz
Ertadan Insha'Alloh darslarni boshlaymiz 😊
✅ @webdev07
IT sohasida ishlash uchun INHA yoki TATU'da 4 yil o‘qish shartmi?
✅ @webdev07
📢 Birinchi zamonaviy kasblar maktabi Wepro
Samarqandda ochildi.
Va nixoyat mutaxassislar bilan offlayn tarzida
o'qishni imkoniyati bor.
Yangi "Web-dasturlash" guruhlarga qabul ochildi,
aytgandek men o'zim dars beraman. Guruhga qo'shilish uchun www.wepro.uz saytimizda ro'yxatdan o'ting yoki menga yozing.
Maktabimiz manzili: IT-PARK, GroundZero, Samarqand.
👨💻 Batafsil ma'lumot uchun - @weprouz ga yozing.
Bo'lajak Dasturchilar uchun qimmatli maslahatlar TOP 3
✅ 1. Guruh bo'lib ishlash
Siz albatta kelajakda dasturchi bo'lib biron firma yoki kampaniyaga ishga kirasiz, siz guruh bo'lib ishlaysiz. Siz keyin u yerda yangi insonlar bilan aloqaga chiqasiz. Ulardan ma'lum bir darajaga chiqguncha ko'p savollar berasiz. Guruhdagi insonlar albatta o'z ishlari bo'yicha mutahassis bo'lishadi. Sizga guruhdagi barcha insonlarga yoqmasligi mumkin, lekin siz ular bilan ishlashingiz kerak va ishlayolasiz ham! Demak nima qilish kerak? Odam tilini o'rganish kerak, xuddi dasturlash tilini o'rgangan kabi!
✅ 2. Savollar berishdan aslo qo'rqmang
Savol berish va unga yaxshi javob olish orqali siz dasturlashni yaxshi o'rganasiz.
Savol berishdan oldin, internetdan qidirib ko'ring! Google.com sayti sizga 99% yordam beradi! Agar savolingizga internetdan javob topaolmasangiz va uni o'zingiz xal qilaolmasangiz demak uni mutahassislar so'rash kerak. Savol bergandaham shunday gapirib qo'yingki, u inson sizga yordam bergisi kelsin!
✅ 3. Xech qachon o'rganib oxiriga yetaolmaysiz
Kundan kunga yangi informatsiyalar chiqayabdi. Misol uchun siz HTML ni endi o'rganib bo'ldim deganingizda yangi HTML 10 chiqib qoladi. Shunda yana o'rganasiz va bu narsa davom qilaveradi. Dunyoda xech bir dasturchi bitta tilni tag-tugi bilan bilmaydi. Bilaolmaydiham, chunki har soatda yangi dasturlash asboblari, modullar yaratilyabdi.
📢 Kanallarimizga a'zo bo'ling va do'stlaringizga ham ulashishni unutmang 😉
👨💻 @webdev07 ✔️
Дастурчилик даражалари
1️⃣ Beginner
Таржимаси — Бошловчи. Бу дастурлашни эндигина бошлаганларнинг даражаси. Масалан, савол бераётганда, бегиннерман деса, одамлар унчалик ҳам уни ёмонламайди, чунки ҳар доимгидек, савол аҳмоқона бўлади.
2️⃣ Junior
Таржимаси — Кичик. Бегиннердан ўтган, дастурлаш тилини ёмон билмайди, ишлаганига 4-5 ойдан ўтган, 1-2 та қилган ишлари бор прогерлар. Одатда ишга киришда жуниордан бошлашади
3️⃣ Middle
Таржимаси — Ўрта. Жуниордан ўтган, ишлаганига 1 йилдан ошган, дастурлаш тилини яхши билади, тажрибаси бор, портфолиода ишлар кўп.
4️⃣ Senior
Таржимаси — Катта. Бу ўша дастурлаш тилини жуда яхши биладиган, айни бир керакли фреймворки билан яхши ишлайдиган, қила олмайдиган ишининг ўзи йўқлиги билан мақтана оладиганларни Сениор Девелопер дейишади. Иш тажрибаси йили 3+.
5️⃣ Тeam Lead
Таржимаси — Жамоа бошлиғи. Бу даража жамоада ишлайдиганлар учун хос. Сиз айни бир жамоада ажралиб турсангиз, проектларда фаол бўлсангиз, гапингиз кўп кишига ўтса, демак сиз тимлидсиз. Бунақаларга баъзида қийин бўлади. Чунки проект унга боғлиқ бўлади.
Manba: @progerlive
✅ Do'stlarizga ham ulashing:
👉 Dasturlashni biz bilan birga o'rganing:
👨💻 @webdev07
Hech kim sendan aqlli, kuchli emas! Shunchaki ular oldin boshlashgan!
©Steve Jobs
@webdev07
O’zbekistonda freelancing orqali pul ishlash uchun eng yaxshi 10 ta sayt
Freelancing internet orqali pul ishlashni boshlashingiz uchun eng qulay yo’l. Bir jihatdan uni boshlash uchun hech qanday boshlang’ich daromad talab etilmasa, boshqa tomondan har qanday freelance xizmat uchun dunyo bo’ylab doim talab bo’lishi bu sohani boshqa internet orqali daromad keltiradigan ishlar ro’yxatida birinchi o’ringa chiqaradi. Bu yo’nalishdagi imkoniyatlarni sanab o’tishdan avval freelancing va freelancer tushunchalari haqida aytib o’tmoqchiman.
FREELANCING (talaffuzi: “frilansing”) sohasiga zamonaviy elektron mehnat bozorida “mardikorlik” deya ta’rif berishimiz mumkin. Chunki freelancing va mardikorlik o’rtasida umumiylik bor: buyurtmachi soatbay yoki ishbay haq to’laydi, freelancer (freelancing bilan shug’ullanuvchi kishi) esa haq evaziga kelishilgan ishni bajaradi. Odatda freelancer va ish beruvchi munosabatlari ma’lum bir sayt (elektron mehnat bozori) orqali boshqariladi va tartibga solinadi. Ammo mustaqil freelancerlar o’z saytlari orqali ish beruvchilarni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilishlari ham mumkin.
Hozirgi kunda, mening shaxsiy kuzatishlarim asosidagi fikrimcha, quyidagi 6 yo’nalishda bo’lgan xizmatlar uchun freelancing bozorida talab juda katta
1. YOZISH. Freelancing bozorlarida yozishga bo’lgan talab juda yuqori. Yozish mahoratingizni maqolalar, yangiliklar, e’lonlar, elektron kitoblar, tarqatma materiallar, bukletlar, maxsus xisobotlar, arizalar va hokazo o’zingiz uddalay oladigan turdagi ijodiy ishlarda ko’rsata olsangiz
2. GRAFIK DIZAYN. Fotoshop (yoki Illustrator) dasturida qoyilmaqom suratlar chiza olasizmi? Agar shunday bo’lsa, grafik dizayn yo’nalishi bo’yicha juda ko’p ishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buyurtma asosida chizish orqali ishlashdan tashqari ilhomingiz kelgan vaqtda chizgan ijodiy ishlaringizni tayyor mahsulot sifatida sotishingiz ham mumkin. Bunday sotilishi mumkin bo’lgan dizaynlarga kitob muqovalari, vizit kartochkalar, afishalar, sahifa dizaynlari, infografiklar, logolar va web saytlar dizayni kabi o’nlab ishlar misol bo’lishi mumkin.
3. DASTURLASH. Kod yozishni bilasizmi? Agar shunday bo’lsa, dasturchi sifatida yaxshigina pul ishlashingiz mumkin. Dasturlash tillaridan HTML, CSS, Java, JavaScript, Ruby, C va hokazo, yoki tizimlardan Android, WordPress, Joomla, iOS va boshqalarini, yoki ma’lumotlar bazasi, axborot xavfsizligi, tarmoqlar kabi yo’nalishlardan birini mukammal bilsangiz, freelancing orqali pul ishlashingiz oson kechadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganlarning faqat bittasini mukammal bilishingiz ham ish beradi. Misol uchun faqat CSSni to’liq o’zlashtira olsangiz, boshqa dasturlash tillarini bilmagan holda ham pul ishlashingiz mumkin!
4. MIJOZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH.
5. INTERNET MARKETING.
6. TARJIMA.
10 ta sayt
1. ELANCE.COM
2. PEOPLEPERHOUR.COM
3. TEXTBROKER.COM
4. FREELANCESWITCH.COM
5. BEHANCE.NET
6. 99DESIGNS.COM
7. UPWORK.COM
8. GURU.COM
9. FIVERR.COM
10. FREELANCER.COM
O’z bilimi va orzulariga ishonuvchi kishilarga doim omad kulib boqadi. Kun davomida uyingizdan turib, internet orqali, oilangiz davrasini tark etmagan holda yaxshigina daromad keltiradigan ish bilan mashg’ul bo’lishingiz mumkin. Bunday erkinlikka esa mehnatsiz erishib bo’lmaydi. Omadingizni bersin!
@webdev07
Juda ko'p dasturchi va dizaynerlar ishlatadigan universal shriftlar
Do'stlaringizni biz bilan ulashing 😊
👇👇👇
@webdev07
TATU talablari tushunishdi 😁
Do'stlaringizni biz bilan ulashing 😊
👇👇👇
@webdev07
🔥Karantinda uydan chiqmasdan oyiga 500$, 1 000$ hatto 5 000$ online-daromadga nima deysiz?
Bu imkonsiz deysizmi, unda sizni 20-sentabr kuni soat 20:00 da bo‘ladigan "ONLINE-MAKTAB YARATISH: A dan YA gacha" nomli vebinarimizda qatnashing va shu kundanoq pul topishni boshlang!🔥
Vebinarimiz davomida:
▪️Online maktabning haqida
▪️Telegrammning Online-maktab uchun kerakli, eng asosiy 5⃣ta jihati
▪️Online va An'anaviy biznes farqlari
▪️Butun dunyoga taniqli Online-maktablar va daromadlari
va shu kabi boshqa qiziqarli ma'lumotlar beriladi.
💰Vebinarimizda BONUS sifatida sizga Online-maktab uchun eng serdaromadli 7⃣ta yo‘nalish ro‘yxatini beraman.
🎁Vebinar oxirida faol qatnashgan 30 kishi uchun maxsus sovg‘amiz bor!
💸Sarmoyasiz, kafolatlangan online-biznes boshlash haqida do‘stlaringizga ham ulashing, Vebinar ushbu kanalda bo‘lib o‘tadi👇.
T.me/ASchool_vebinar
🇺🇿O'zbekistonda 13000 taga yaqin yosh shogirdlarni kompyuter sohasida 0% dan professional darajaga olib chiqqan VIDEOMAX.UZ jamoasi sizlarga INNOVATSIYA kurslarni taklif qiladi👇
🏠 3D max
⛪️ AutoCAD
🏛 Revit Arxitektura
🔬 ArtCAM Rover CHPU
🛋 Pro100 Mebel
🎑 Corel Draw
🏞 Photoshop
🌅 ILLustrator
🌐 Wordpress 3 Kunda Sayt Yaratish
🔐 Infoprotect
🎥 Video Montaj
💻 Kompyuterni Noldan O'rganish
📝 MS Word
📊 MS Excel
📈 PowerPoint
💰 Instagram Biznes
💰 Aliexpress Biznes Na Million
💰 Telegram Biznes
🌐 Html va Css-Sass-Less
💠 JavaScript va Jquery
📚JS Plugin, Gulp Shop Design
📲 Boostrap 4
🎯 SMM Dizayni
💵 SMM Marketing
💎 Sayt Dizayni
🎨 Adobe XD Dizayn
🇺🇸 English 0 dan
🇷🇺 Rus tili 0 dan
🚀You tube biznes
🛑 O'zingiz istagan kompyuter dasturini hech qayerga bormasdan turib uyingizda o'tirgan holda tez va oson 0% dan professional darajada o'rganishga nima deysiz👨💻
🛑Batafsil Videomaxbot ga kiring👌
📞Tel:
+99893 234 0126
📨 Telegram:
@JAMOL_0126
🎮 CSSni o'yin o'ynab o'rganing
Qiziqarli o'yin bilan bilimlar oson o'zlashtiriladi! Tasavur qiling miriqib o'yin o'ynaysiz va CSSni o'rganib olasiz. Internetda bu masalada sizga yordam beruvchi ba'zi saytlar mavjud.
- Grid Garden
CSS Grid'ni o'rganishga ko'maklashadi. Bog'ni tartibga soling va o'yinda g'olib bo'ling. Shu bilan birga CSS Grid bo'yicha bilimlaringizni mustahkamlab olasiz
- Grid Critters
O’yin sizga CSS Grid'ni o’zlashtirishga ko’maklashadi. Siz kosmik kemani boshqarasiz va Grideros sayyorasi aholisini Grid yordamida himoya qilasiz.
- Flexbox froggy
CSS Flexbox'dan foydalanib qurbaqalarni o'z o'rniga qaytarishga yordam bering. O'yin 24 ta bosqichdan iborat bo'lib barchasi juda qiziqarli. Oxirgi bosqichdan siz ham o'ta olasizmi buni hoziroq tekshiring
- Flexbox Zombie
CSS Flexbox'ni epchillik bilan o'rganing. Buni zombilarga qarshi ishlating. O'yin 12 bosqichdan iborat. Buning uchun saytda ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.
- CSS Diner
CSS ni ham o’zlashtirishga, ham sahifalashning tayanch qoidalarni eslashga yordam beradi. Mahsulotlarni joylashtiring va dasturxonni to’g’ri buyruqlar orqali bezating, o'yin esa ko’rsatmalar bilan yordam beradi. Oson tuyulishi mumkin, ammo bo’shashmang – bu yerda 32 ta bosqich, har biridan so’ng vazifalar murakkablashib boradi.
Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
@webdev07
Telegram | YouTube | Instagram
Biznesmenlar! Diqqat!
Do'stlarimiz yaxshi loyihaga qo'l urishibdi, Kitapp loyihasi doirasida biznesga oid jahon bestsellerlarini ona tilimizga tarjima qilishayotgan ekan. Shu kungacha bunday kitoblarni topish amrimahol edi.
Biznesmenlar va shu niyatda yurgan hamyurtlarimizga shunday kitoblarni o'qish orqali o'zingizni va biznesingizni rivojlantirishingizni tavsiya qilamiz.
Kitoblar bilan tanishing!
Instagram | Telegram | Facebook
⚡ Telegramda virus tarqalmoqda
Telegram kanal va guruhlada (.scr) kengaytmasiga ega bo‘lgan va xuddi fotosurat fayliga o‘xshash virus tarqalmoqda.
Foydalanuvchi uni bilmasdan ochib qo‘yishi natijasida smartfoni (kompyuteri)ga zararli dastur o‘rnatilishi, ma’lumotlar o‘g‘rilanishi yoki shunga o‘xshash noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirilishi mumkin.
Shu tufayli foydalanuvchilarni quyidagi tavsiyalarga amal qilishlarini so‘raymiz:
❌ Notanish odamlardan kelgan yoki kanallarda tarqalayotgan .scr kengaytmali faylni ochmang!
✅ Telegram ilovasining sozlamasida «fayllarni avtomatik yuklash»ni taqiqlab qo‘ying
📲 @webdev07
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
