ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

Web Dasturlash kanali

Web Dasturlash kanali

Открыть в Telegram

🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar! ⁉️IT blog: @javohir_webdev 😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17

Больше
7 960
Подписчики
-324 часа
-327 дней
-11530 дней
Архив постов
⚡️ Veb sayt yaratishni bepul o'rganing! Javohir Group kanalida - Veb sayt yaratish bo'yicha video darslar, foydali va bepul r
⚡️ Veb sayt yaratishni bepul o'rganing! Javohir Group kanalida - Veb sayt yaratish bo'yicha video darslar, foydali va bepul resurslar, dasturchilar uchun kerakli maslahatlar berib borilmoqda. Kanalga a'zo bo'ling va veb sayt yaratish bo'yicha bepul video darslardan ham foydalaning! Kanal a'zo bo'lish 👉 @javohir_group

​​Web dasturlash haqida 3-qism Qanday texnologiyalar o‘rganiladi? Nimadan boshlash kerak? 🔥 Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va ishlashiga bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sayt tuzishga ketadigan vaqtni qisqartirishdir. CSS asosida Less, Less oldindan ishlov beruvchi (preprotsessor), foydalanuvchi interfeysini tuzishda yordam beruvchi Bootstrap, Materialize, Foundation, Bulma va Tailwind freymvorklari tuzilgan bo‘lsa, JavaScript asosida hozirgi kunda trendda bo‘lgan Angular, Vue freymvorklari, jQuery va React kutubxonalari tuzib chiqilgan. Malakali frontend dasturchilarga dunyoning ko‘plab davlatlarida talab bor. Ularning bilimi va tajribasiga qarab turlicha ish haqi to‘lanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda malakali frontend dasturchilar oyiga o‘rtacha 300$ dan 1000$ gacha o‘rtacha daromad topishlari mumkin. Quyida frontend dasturlash sohasiga kiruvchi til va texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz. Asosan o'raganish kerak bo'lgan manbalar bo'lar(Frontend uchun) 🔻 Front-End quyidagi texnologiyalar o'rganiladi (mana shu ketma ketlikda): 🔸 Html5 🔹 Css3 🔸 JavaScript (Es6) 🔹 Bootstrap 🔸 jQuery yoki Js framework Vue.js, React.js, Angular 🔹Sass 🧑‍🎨 HTML va CSS HTML va CSS veb sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi. Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5 va CSS3 standardlari ishlab chiqilgan. 🧑‍🔧 JavaScript va jQuery JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida veb sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra JavaScript 2017 yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan olindi. davomi bor... ✅ @webdev07

🔷 Dunyoda pandemiya avj olgan, jahon iqtisodi inqirozga uchramoqda, juda ko’p kompaniyalar yopilib ketmoqda. Lekin bir kasb
🔷 Dunyoda pandemiya avj olgan, jahon iqtisodi inqirozga uchramoqda, juda ko’p kompaniyalar yopilib ketmoqda. Lekin bir kasb yanada tez rivojlanyapti, bu kasb dasturlashdir! Dasturchilar o’rtacha 10 000 000 so’mdan bishlab daromad olishadi. • Sayyoramizdagi eng boy odamlarning 20 dan 8 tasi IT sohasi bilan bog’liq. ❓Nega bu kasbga talab juda kuchli? Bu savolga javobni bugun soat 20:30 da maxsus kanalda bo’lib o’tadigan BEPUL vebinarda olishingiz mumkin. Vebinarda qatnashish uchun pastdagi link bo’yicha kanalga qo’shilishni o’zi kifoya! • Ha aytgancha, vebinarda qatnashib siz qimmatbaho kurs yutib olishingiz ham mumkin, xo’sh nimani kutyapsiz? 👉 @INTELLECTCLUBUZ

​Savol: Web Dasturchi Freelancer (online) ishchi bo'lib, ishlay oladimi? Javob: Ha, albatta! 🌐 O'zbekiston va Dunyo miqyosidagi ko'pchilik dasturchilar online ya'ni Freelancer bo'lib, ishlaydilar. Chunki Freelancer bo'lib ishlash uchun ortiqcha sarf-xarajat ketmaydi ya'ni ishga borish, yo'l xarajatlari, ofis chiqimlari va boshqalar. 👨‍💻 Freelancer ishchi esa uydan turib, istalgan grafik asosida bemalol ishlashi mumkin. Bundan tashqari Freelancer'lik sohasida doimo ish topiladi va bu ishlar doimiy va vaqtinchalik bo'lib, ishga qarab yoki kelishilgan holda maosh to'lanadi. 🤓 Freelancer bo'lib ishlash uchun yana nimalar talab qilinadi? - Javob: Agar, ijtimoiy tarmoqlardan ozgina xabaringiz bo'lsa, juda yaxshi bo'ladi. Ingliz yoki Rus tillaridan tajribangiz va bilmingiz bo'lsa, nur ustiga nur bo'ladi. 🤔 Ho'sh ishlarni qayerdan topsam bo'ladi deysizmi? - Quyidagi Mahalliy internet saytlardan Freelancer'lik ishlarini topishingiz mumkin: Hirelancer.uz - Giglancer.uz - Frilanser.uz - Yoki Xalqaro Internet saytlardan ish topishingiz mumkin: Modber.ru - Clancer.ru - Fl.ru ✅ @webdev07

​​Web dasturlash haqida, Frontend nima? 2-qism Siz bilan Web dasturlash nima ekanligi bilan qisqacha tanishib chiqdik. Endi hozir siz bilan Frontend haqida qisqacha tanishib chiqamiz Avvalo “frontend” va “backend” so’zlarining o’zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o’zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so’z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko’rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko’rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo’lamiz. Frontend - Bu o‘zi nima va yuqoridagi gaplarga buning nima bog‘liqligi bor?» dersiz, bu savolingizga ushbu maqolada javob topasiz degan umiddamiz. Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida veb sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kretiv yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda shaxsiy veb sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini veb sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish - internet xazinasining kalitini qo‘lga kiritish demakdir, bu xazinadan xohlagan narsangizni olishingiz, foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin. Qanday texnologiyalar o‘rganiladi? Nimadan boshlash kerak? 3-qismda shu haqida to'xtalamiz ✅ @webdev07

CSS-da quyosh tizimi Sayyoralar orasidagi o'tish chap tomonga yoki rasmga bosish orqali amalga oshirilishi mumkin. Sayyoramizning ta'rifi ostida «Read more» o'qing ko'proq tugmasi bilan ma'lumot olishingiz mumkin. ✅ @webdev07

​​Bepul sinov darslari Frontend developmentni offline darslarga qatnab, katta amaliy tajribasi bor ustozlardan o'rganish niyatida bo'lganlar uchun tavsiya. PDP IT-Akademiyasida Frontend bo'yicha bepul sinov darslari bo'lib o'tayotgan ekan. Toshkent shahrida bo'lsangiz, borib ko'rishni tavsiya qilaman. O'zingizga qulay vaqtni tanlash imkoni ham bor ekan. 1️⃣ 13-oktabr, Seshanba: 16:30; 2️⃣ 14-oktabr, Chorshanba: 09:00. Narxi: Bepul. Manzil:📍 Shayhontahur tumani, Zarqaynar ko'chasi 3B-uy Mo'ljal: Sirk binosi (Tugmani bosib xaritadan ko'rishingiz mumkin). 👤 Ro'yxatdan o'tish ☎️ (78) 777-47-47

Web dasturlash haqida 1-qism Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg’ulot. Dasturlashni o’rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan yuqori darajadagi istak bilan bir necha oylik mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web dasturlash mening sevimli mashg’ulotlarimdan biri. Web dasturlash brauzeringiz orqali ko’rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo’lgan barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o’z ichiga oladi. Web dasturlash ham juda qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo’lgan talab bugungi kunda har doimgidan ham yuqori. Agar qachondir web dasturlashni o’rganish haqida o’ylab ko’rgan bo’lsangiz, hozir bu niyatingizni amalga oshirish uchun kirishishning ayni vaqti! Web dasturlash darslari Kanalimda web dasturlashga oid ko’plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Darslar ham bor. YouTube kanalimda boshlang'ich darslar ham mavjud. Tez orada JavaScript darslarini ham boshlaymiz. Bundan tashqari Youtubeda, sayt va kitoblarda Web darsturlashga kerak bo'ladigan manbalar juda ko'p. #terminlar ✅ @webdev07

Bo'lajak dasturchi do'stlarimizga Python dasturini o'rganishni maslahat beraman. 1.Sababi: Quyidagi eng boy kompaniyalarning
Bo'lajak dasturchi do'stlarimizga Python dasturini o'rganishni maslahat beraman. 1.Sababi: Quyidagi eng boy kompaniyalarning telefon va kompyuter dasturlari Python dasturida tayyorlangan. 1. Apple — $1888/sekund 2. Samsung — $1265/sekun 3. Google — $975/sekund 4. Facebook — $701/sekund 5. Intel — $668/sekund 2.Sabab: Ushbu gigantlar kompaniyalarga esa bugungi kun va kelajakda online hamda ofline ishlovchi doimiy ishchilar doimiy kerakdir. Chunki bu kompaniyalar nafaqat web dasturlash balki umumiy dasturlash bo'yicha ish olib boradilar. 3.Sabab: Ushbu kompaniyalardagi oylik maoshlar (o'zbeklar uchun) aql bovar qilmas darajada yuqori. Ya'ni 50 mln dan 1 mlrd(so'm) gacha va undan ham ortiq bo'lishi mumkin. Agar siz o'z sohangizda haqiqiy professional bo'lsangiz 1 mlrd dan ham ko'p maosh olishingiz mumkin. P/S: Men dasturchiman. Shaxsan men uyda o'tirib oyiga 1000$ dan 2000$ gacha pul topaman. ✅ @webdev07

Agar backend darsturchilar css bilan ishlasa 😅 ✅ @webdev07
Agar backend darsturchilar css bilan ishlasa 😅 ✅ @webdev07

​​#terminlar Dasturlash olamida bilishingiz kerak bo'lgan terminlar (2-qism) 🐞 Debugging - sizga ma'lumot berganimiz muammo (bug)lar esingizdami. Debugging bu xuddi shunday muammolarni yechish jarayoni hisoblanadi. Muammolarni tuzatish bir necha bosqichdan iborat jarayon hisoblanadi. Dasturchi muammoni topadi, koddan nusxa ko'chiradi va tuzatishga kirishadi. So'ng uni sinovdan o'tkazib, agar kerak bo'lsa qayta tuzatadi. 🖼 Frameworks - freymvorklar loyihani ishlab chiqish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish uchun ishlab chiqilgan bo'ladi. Oddiy qilib aytganda siz freymvorkni muammolaringiz uchun yechimlar to'plami deb tushunib olishingiz mumkin. Ba'zi mashhur freymvorklar: Bootstrap, Angular, Laravel. 📚 Libraries (kutubxonalar) - dasturchilarning vaqtini va energiyasini tejashda katta yordam berishi mumkin. Kutubxonalar bu oldindan yozib qo'yilgan kodlar va modullar to'plami bo'ladi. Kutubxonalar orqali dasturchilar o'zlariga kerakli kodni ko'chirib, ishlatishlari mumkin. Masalan: JavaScript(dasturlash tili), jQuery(JavaScript kutubxonasi). 🔬 Minification - bu fayl hajmini kamaytirish uchun kod va belgilarni minimallashtirish jarayoni. Masalan, dasturchi loyihani kodlashtirish jarayonida kodlar orasida bo'sh joylar qoldiradi, izohlar yozib boradi (kodni o'qishni oson qilish uchun). Minifaction jarayonida kodlar orasidagi bo'shliqlar va izohlar olib tashlanadi. Bu sahifani tezroq ishlashiga va foydalanuvchida yaxshi taassurot uyg'otish uchun muhim hisoblanadi. 🔌 Plugin - asosan mavjud dasturiy ta'minot (loyiha)ga qo'shimcha funktsiyalar qo'shadigan kengaytma. Masalan brauzeringiz uchun yoki matn muharriringiz uchun plaginlar. Agar ilova plaginlarni qo'llab-quvvatlasa buning yaxshi tomoni yangi imkoniyatlarni qo'shish oson bo'ladi. Shuningdek ilovaning hajmi ham kattalashib ketmaydi. muallif: @the_muhammadbobur ✅ @webdev07

​​Web Development schoolda navbatdagi Onlayn web dasturlash boshlang’ich Frontend kursiga qabul boshlandi!!! Birinchi bosqichda quyidagi texnologiyalar o’tiladi 👇 🔹HTML 🔹CSS 🔷Photoshop ( Web dasturchilarga kerakli qismi) 🔹BOOTSTRAP 🔹BEM 🔹GITHUB Intensive Davomiyligi - 4 oy - 200 ming (oyiga) Super Intensive Davomiyligi - 2 oy - 350 ming (oyiga) Afzalliklari 👇 🔹Sertifikat berilmaydi lekin undan muhum narsa hisoblanmish o’zingizda shaxsiy PORTFOLIYO rivojlanadi. Chunki darslarda asosiy e’tibor amaliyotga qaratiladi. 🔹 O’qituvchiga 24 soat mobaynida bog’lana olish. 🔹 Darslar noldan video formatda haftada 5 kun oyiga 20 ta bo’ladi va bu darslar siz bilan bir umr qoladi. 🔹 Ta’lim shakli - Onlayn Shu bilan birga bu kursni yakunlaganingizdan so’ng sizning portfoliyoyingiz bo’ladi va PSD fayllar bilan bemalol ishlab web sahifalar qila olish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Agar kurs tartibi va narxi sizga yoqgan bo’lsa @programmer_Web_Dev ga murojaat qiling kurs haqida yana ham to’liq ma’lumot beradi va sizni ro’yxatga yozib qo’yadi darslar tez orada start oladi. Zamonaviy va daromadli kasbdi biz bilan o’rganing. Bonus sifatida 👉 ushbu kanaldi kuzatib borsangiz ham Web dasturlash yuzasidan darslar qo’yilib boriladi @WEB_Dev_School

Kodlarni kasallikdan asrang 😅 ✅ @webdev07
Kodlarni kasallikdan asrang 😅 ✅ @webdev07

✅ JavaScript dasturlash tili haqida muhum ma'lumotlar. JavaScript nima? Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to‘g‘rirog‘i veb dasturlash tili, undan ham to‘g‘rirog‘i klient tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya’ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server kerak emas, oddiy brauzerda ishlayveradi. 🤓 JavaScript veb dasturlash tilini qachon o‘rgangan ma’qul? - Bu dasturlash tilini HTML, CSS kabilarni o‘rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o‘rganish ham oson bo‘ladi. Ko‘pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o‘rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript’ni o‘rgangan yaxshi va yengil. 📈 JavaScript dasturlash tilining rivoji va kelajakdagi o'rni qanday? - Hozirgi kunda ushbu dasturlash tili dasturchilar orasida alohida xurmatga egadir. Jumladan ushbu dastur yordamida web-sayt yaratish, telefonlar uchun dasturlar yaratish va boshqa muhim va katta dasturlash yaratiish mumkin. 💰 JavaScript dasturlash tili orqali qancha daromad topsa bo'ladi? - Hozirgi kunda dasturchilik kasbiga bo'lgan extiyoj va e'tibor kun sayin ortib bormoqda. Daromadiga kelsak, O'zbekistonda 1000$ dan 6000$ gacha. Chet elda 8000$ dan 500000$ gacha oylik topishadi. 👨‍💻 Ish topish qiyinmi, oson!? - Ish topish juda oson. Siz ushbu internet saytlar orqali doimiy va vaqtinchalik ish topishingiz mumkin: Freelance.com • giglancer.uz • webdastur.uz • Freelance.ru • fl.ru P/S: Vaqtingizni bekor ketkazmay, harakatni hozirdan boshlang va o'z natijangizga erishib, yuqori daromad topishni boshlang. ✅ @webdev07

❗️Diqqat! 🔥 CAMBRIDGE o’quv markazi IT mutahassislar uchun ENGLISH for IT - Ingliz tili kurslarini taqdim etadi! 🙋🏻‍♂️ENGL
❗️Diqqat! 🔥 CAMBRIDGE o’quv markazi IT mutahassislar uchun ENGLISH for IT - Ingliz tili kurslarini taqdim etadi! 🙋🏻‍♂️ENGLISH for IT - kimlar uchun? 🎯 Kelajakda IT mutahassisi yoki IT tadbirkor bo’lmoqchi bo’lganlar uchun 🎯 IT sohasida o’qimoqchi bo’laganlar 🎯 INHA, TURIN kabi IT ga ixtisoslashgan OTM larga kirmoqchi bo’lganlar 🎯 IT sohasida ishlayotgan lekin Ingliz tili darajasi yetarli bo’lmaganlar 👨🏻‍💻 Kurs davomida sizni nimalar kutmoqda? ⚡️Umumiy Ingliz tili darslari ⚡️IT sohasida ishlatiladigan yuzlab terminlar va so’zlarni o’rganish va qo’llash imkoniyati ⚡️IT sohasida muloqot qilish uchun muloqot ko’nikmalari ⚡️IT sohasi vakillari - IT tadbirkorlar bilan Ingliz tilida uchrashuvlar ❗️Darslar faqat CAMBRIDGE OYBEK filialida bo’ladi ❗️Joylar soni cheklangan (100 ta) 🚩START: 20 Sentabr ✅ Ro'yxatdan o'tish uchun qo'ng'iroq qiling: 📞(71)200-11-15 Yoki Telegramda yozing: 💬@cambridge_call_center

Bizning kanalda kamdan-kam tavsiyalar beriladi shunday ekan bu kanalni hammaga tavsiya etaman 👀 — Telegramda daromad qilishn
Bizning kanalda kamdan-kam tavsiyalar beriladi shunday ekan bu kanalni hammaga tavsiya etaman 👀 — Telegramda daromad qilishning asosiy yoʻllari. — Birinchi Xakkerlik qanday boʻlgan? — Qanday qilib dahoga aylanish mumkin? — Telefonning qizib ketishining asosiy sabablari nima? — Dunyoga mashhur 10 ta buyuk dasturchilar! - Internet yaratuvchisi kim? — Telegram'dagi qanday cheklovlarni bilasiz? Shu kabi qiziqarli va texno savollarga bizning kanalda javob topasiz! Ushbu malumotlar kanalimizda PIN da qadalgan. Hoziroq Ulaning •IT Texnologiyalar 😉

​​#terminlar Dasturlash olamida bilishingiz kerak bo'lgan terminlar (1-qism) 🗝 Algorithm - ma'lum bir vazifani bajarish uchun harakatlar to'plamidir. Dasturlashda algoritmlar muammoni hal qilishning eng muhim qismidir. Algoritmni ishlab chiqishdan avval dasturchilar muammoni hal qilish uchun barcha zarur qadamlarni va har bir bosqich nimani o'z ichiga olganligini yozib oladilar. 📲 Application - siz shubhasiz applicationlar ya'ni ilovalar bilan tanishsiz. Faqat nomini bilmasligingiz mumkin halos. Masalan har kuni будильник qo'yish uchun siz ilovadan foydalanasiz. Siz dasturchi sifatida veb ilovalar, mobil ilovalar va kompyuter ilovalari orasidagi farqni bilishingiz kerak. 🐞 Bug - agar siz dasturchi sifatida ishlashni istasangiz, bu so'z sizning lug'atingizda bo'lishi kerak bo'lgan eng muhum so'zlardan biri. Oddiy qilib aytganda bug bu veb-sayt yoki ilovani kerakli darajada ishlashiga xalal beradigan xatolikdir. Dasturlash olamida siz tez-tez buglar bilan yuzlashasiz va bunday muammolarni yechish asosiy vazifangiz hisoblanadi. 💾 Cache - kesh bu ma'lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun joy hisoblanadi. Tashrif buyurgan veb-saytingizdagi ma'lumotlar avtomatik tarzda sizning keshingizga saqlanadi. Agar yaqin kelajakda siz veb-saytga qayta kirsangiz undagi ma'lumotlar sizga original serverdan emas, balki keshingizdan olingan holatda havola qilinadi. Bu veb-saytning tezligini sezilarli darajada oshiradi. 👨‍💻 Code - albatta kod nima ekanligini bilmas ekansiz o'zingizni dasturchi deb atashingiz biroz kulgili holat bo'ladi. Kod bu dasturchilar dasturlash tillaridan foydalanib yozadigan narsadir. Kodlarning ko'rinishi qanday bo'lishiga qiziqsangiz, internet brauzeringizni oching va sichqonchaning o'ng tomonini bosib "view page source" (sahifa manbasini ko'rish)ga bosing. Siz biror veb-saytning ba'zi kodlarini mana shu yo'l bilan ko'rib olishingiz mumkin. muallif: ©️Muhammadbobur Dasturlash haqida ma'lumotlar: ✅ @webdev07

👨🏻‍💻 Kanalimiz obunachilari ko'pincha "Qanday qilib veb sahifalar tayyorlaysiz, animatsiyalar qaysi texnlogiyalarda qilina
👨🏻‍💻 Kanalimiz obunachilari ko'pincha "Qanday qilib veb sahifalar tayyorlaysiz, animatsiyalar qaysi texnlogiyalarda qilinadi, veb ilovalarni qaysi dasturlash tilida qilasiz?" degan savollarni ko'p berishadi. 🚀 Maslahatim JavaScriptni o'rganing. Chunki bu til qulayligi va universalligi bilan qolgan tillardan ko'ra optimalroq yechimlar taqdim qila oladi. Ayniqsa Web texnologiyalarida qo'llanilishi bo'yicha JavaScript frameworklariga teng keladigani yo'q. Hozirda frontend uchun trendga chiqgan React yoki backend uchun juda ham qulay bo'lgan Node.js kabi texnologiyalar ham aynan JavaScript tili asosida ishlaydi. 💻 O'rganishga kelsak, o'zbek tilida o'rgatuvchi joylar juda ham oz. Men bilganim va tafsiya qiladiganim Idrok ta'lim. Bu yerda JavaScript va MERN texnologiyalar to'plami chuqur o'rgatiladi. Kurslari haqida @idrok_admin dan bilib olishingiz mumkin. 💡 Maslahatim shu tilni yaxshilab o'rganing keyin afsuslanmaysiz. 👨🏻‍💻 JavaScript kursi haqida | Telegram

#yangi_dars websayt yasash https://youtu.be/leFYTp13VLY

🔥 Bugun o'rganganlarimiz bo'yicha bir kichik portfolio sayt yasab ko'ramiz Bir ozdan so'ng Youtube kanalimda ✅ @webdev07
🔥 Bugun o'rganganlarimiz bo'yicha bir kichik portfolio sayt yasab ko'ramiz Bir ozdan so'ng Youtube kanalimda ✅ @webdev07