cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Shovot.Uz |Rasmiy|

Shovot tumani hokimligi axborot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari. Telegram: https: //t.me/shovothokimlik Facebook: https://www.facebook.com/shovottumanihokimligi.axborotxizmati?mibextid=ZbWKwL Instagram:

Больше
Рекламные посты
2 271
Подписчики
+224 часа
+157 дней
+330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda "Shovot tumani Royat mahallasi go'zal ko'chasida yashovchi aholidan Ekologiya boshqarmasiga murojaat" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Shovot tumani bo'limi tomonidan dastlabki o'rganish ishlari boshlanganini ma'lum qilamiz. ♻️ O'rganish davomida ichki zaxkashga avtomobil yuvish shaxhobchasidan oqova suvlarni oqizib zaxkash suvlarini ifloslantirgan fuqaro B.Sh ga nisbatan MJtKning 72-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima qo'llandi. ⚡️ Shu bilan birga zaxkashga chiqarilayotgan oqova suvlardan boshqarmaning Atrof-muhit ifloslanishining monitoring qilish bo'limi tomonidan oqova suvlardan laborotoriya taxlillari uchun namunalar olindi. 🔬 Laboratoriya taxlil natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beramiz... Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Показать все...
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston madaniyatidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadigan filmlar ekran yuzini ko‘rishiga umid bildirdi O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston, uning an’analaridan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadigan filmlar yaqin kelajakda ekran yuzini ko‘rishiga umid bildirdi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показать все...
02:20
Видео недоступноПоказать в Telegram
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Shovot tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari “Xorazm” telekanali nigohida ——— Хоразм вилояти ИИБ бошлиғи томонидан аҳоли мурожаатларини ўрганиш ва амалий ёрдам кўрсатиш мақсадида Шовот туманида ўтказилган сайёр қабул тафсилотлари "Хоразм" телеканали нигоҳида
Показать все...
Repost from "XorazmTELEKANAL"
02:08
Видео недоступноПоказать в Telegram
HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN O'QUV SEMINAR 16.05.2024✅ 📲@XorazmTELEKANAL✔️ 📲DASTURNING HD versiyasi👇 🎥 YouTube 📺 OnlineTV 📻 Online Radio
Показать все...
Ulugʻ ijodkorga munosib yodgorlik Toshkent shahrida milliy estrada sanʼati asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, sanʼat muxlislarini qizgʻin tabrikladi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показать все...
02:27
Видео недоступноПоказать в Telegram
‼️ 15 may - xalqaro oila kuni BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20- sentyabrdagi tegishli rezolyusiyasiga muvofiq, 15- may Xalqaro oila kuni (International Day of Families) sifatida 1994- yildan buyon butun dunyoda keng nishonlanib kelinadi. Xalqaro oila kunini o‘tkazishdan maqsad - jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlar va oila instituti bilan bog‘liq muammolarga qaratish. 📍O‘zbekiston Prezidentining 2018- yil 27- iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida 15- may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika bo‘ylab keng nishonlanishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni xalqaro oila kuni bilan muborakbod etadi. Oilalarimiz mustahkam, fayzu barakotga boy bo‘lsin! 💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Показать все...
02:26
Видео недоступноПоказать в Telegram
15-may – Xalqaro oila kuni Shovot tumani hokimligi axborot xizmati. Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
Показать все...
15-may – Xalqaro oila kuni Ushbu sana munosabati bilan tumandagi 9203 harbiy qismda ko'rik-tanlov tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimining o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Jumaniyozova, harbiylar va ularning oila a'zolari ishtirok qildi. Tanlovda 4 ta oila tanishtiruv, erkin mavzu, savol-javob, shaxmat, shashka sport turlari bo'yicha o'zaro bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko'ra g'olib oilalar tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi. Shovot tumani hokimligi axborot xizmati. Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
Показать все...
⚡️⚡️⚡️Shovot tumanida  "Yosh gvardiyachilar" sinfi ochildi. ✅ O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining ''Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Shovot tumanigi 1-umumta'lim maktabida "Yosh gvardiyachilar"  o‘quv sinfining tantanali ochilsh marosimi bo‘lib o‘tdi. ✅ Tadbirni Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ing o‘rinbosari podpolkovnik U.Avezov kirish so‘zi bilan ochib, o‘quvchi yoshlarga o‘qishlariga omad va zafarlar tiladi ✅ Tadbirning badiiy qismida harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari o‘quvchi yoshlarning go‘zal raqs va kuy qo‘shiqlari yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi. ✅ Bundan tashqari o‘quvchi yoshlar harbiy texnika va anjom aslaxalar ko‘rgazmasi va sportning kamondan otish turi bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. 👇👇👇 https://t.me/joinchat/VrBfwyXZOEKCs9hn
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Infografika ‼️Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan tuman va shahar hokimlarining axborot xizmati rahbarlarini bilasizmi? ⚡️Batafsil infografika orqali bilib olishingiz mumkin. ⚡️Manba "Yuksalish" harakati Xorazm viloyati hududiy bo'linmasi.
Показать все...