ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

NDU - Navoiy davlat universiteti

NDU - Navoiy davlat universiteti

Открыть в Telegram
8 407
Подписчики
-724 часа
-257 дней
-20130 дней
Архив постов
"ANTIKORRUPSIYA BILIMDONI" bilimlar bellashuvi! Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini b
"ANTIKORRUPSIYA BILIMDONI" bilimlar bellashuvi!
Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusidagi bilimlar bellashuvi bo'lib o'tadi. (TANLOV NIZOMI)
Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi: 1-bosqich: 17-noyabr - (sаrаlаsh bosqichi) 10 ta savoldan iborat test; 2-bosqich: 24-noyabr - (sаrаlаsh bosqichi) jamoaning har bir a'zosi yashirin savolga javob beradi; 3-bosqich: 1-dekabr - (yakuniy bosqich) 3 ta shartdan iborat: - Tanishtiruv; - Savol-javob; - Sahna ko'rinishi. Tanlovda ishtirok etish uchun fakultetingizning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat qiling. 🏆 G'olib jamoalar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇-o‘rin  5.000.000 so'm pul mukofoti; 🥈-o‘rin  4.000.000 so'm pul mukofoti;  🥉-o‘rin  3.000.000 so'm pul mukofoti. (Qo'shimcha ma'lumot uchun: @akromjon_tojiyev +998 99 036 98 21)
ESLATMA: Mazkur bilimlar bellashuvida har bir fakultetdan 5 nafar talaba bir jamoa sifatida ishtirok etadi!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Faxrimiz #Gandbol 🏆 NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETINING UCH TALABASI IHF TROPHY 2026 CHEMPIONI BO‘LDI! 🇺🇿 Pokistonning Faysalo
+1
#Faxrimiz #Gandbol 🏆 NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETINING UCH TALABASI IHF TROPHY 2026 CHEMPIONI BO‘LDI! 🇺🇿 Pokistonning Faysalobod shahrida o‘tkazilgan Men’s IHF Trophy Asia – Zone 3 xalqaro gandbol turniri finalida O‘zbekiston U-18 terma jamoasi mezbon Pokistonni 42:32 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa safida Navoiy davlat universiteti San’at va sport fakultetining gandbol yo‘nalishida tahsil olayotgan uch nafar talaba ham ushbu g‘alabaga hissa qo‘shdi. 🔹 Yakubov Hurshid 🔹 Tolipov Asadbek 🔹 Axtamov Shaxzod 👏 Navoiy davlat universiteti jamoasi talabalarimizni xalqaro turnirdagi g‘alaba bilan chin dildan tabriklaydi va ularga kelgusi musobaqalarda omad tilaydi! Siz bilan faxrlanamiz, chempionlar! 🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Xuşxabar #Sport 🥈 NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI XALQARO MUSOBAQADA KUMUŞ MEDALNI QÖLGA KIRITDI! Qozoğistonning Turkis
+2
#Xuşxabar #Sport 🥈 NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI XALQARO MUSOBAQADA KUMUŞ MEDALNI QÖLGA KIRITDI! Qozoğistonning Turkiston şahrida ötkazilayotgan erkin kuraş böyiça xalqaro musobaqada Navoiy davlat universiteti San’at va sport fakulteti talabasi Bahora Jumaqulova qizlar örtasida 2-örinni egalladi. Universitet jamoasi Bahorani uşbu yutuği bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyat tilaydi! 👏 Kumuş medal muborak, Bahora! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

+2
📢 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASIGA TAKLIF ETAMIZ! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Navoiy Davlat Universiteti hamda Science & innovation xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida o‘tkaziladigan nufuzli anjumanga barcha ilmiy izlanuvchilar, professor-o‘qituvchilar va talabalarni taklif etamiz! "Zamonaviy lingvistika yo‘nalishlarining globallashuv sharoitida rivojlanish tendensiyalari: multimodal muloqot va madaniyat integratsiyasida ilmiy-innovatsion talqinlar" 📅 O‘tkazilish vaqti: 2026-yil 1-dekabr 📍 O‘tkazilish joyi: Navoiy davlat universiteti (Navoiy sh., Ibn Sino ko‘chasi, 45) ⏰ Maqolalar qabul qilish muddati: 2026-yil 27-noyabrga qadar 🗣 Anjuman tillari: O‘zbek, rus, ingliz 💻 Ishtirok etish shakli: Onlayn va Oflayn 📌 Anjumanning asosiy sho‘balari: 1-SHO‘BA. Globallashuv sharoitida lingvistikaning zamonaviy nazariy-metodologik yo‘nalishlari. 2-SHO‘BA. Multimodal muloqot: nazariy asoslar va amaliy tadqiqotlar. 3-SHO‘BA. Til va madaniyat integratsiyasi: lingvomadaniy tadqiqotlar. 4-SHO‘BA. Lingvistikada raqamli innovatsiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalari. 🌐 Maqolalarning xalqaro indekslanishi: Index Copernicus (Polsha) Zenodo va OpenAire (Yevropa) Cyberleninka (Rossiya) Google Scholar ilmiyanjumanlar.uz platformasi Har bir maqola uchun alohida DOI raqam beriladi! 🎁 Ishtirokchilarga elektron sertifikat, indekslanganlik haqida ma’lumotnoma, maqolaning PDF varianti va to‘plam 💰 Maqola to‘lovi: 200.000 so‘m 📥 Maqolalarni topshirish uchun: Telegram: http://t.me/NDUXalqarokonferensiya

⚡️Qishki "perevod" uchun arizalar 10–20-yanvar kunlari qabul qilinadi Vazirlar Mahkamasining 578-son qaroriga ko'ra, talabalar bahorgi semestr uchun o'qishini ko'chirish muddati va tartibi o'zgardi. Arizalar har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha faqat onlayn — transfer.edu.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Faqat davlat OTMlari o'rtasida va 2 ta uzrli sabab bilan: — talaba oila qurgani sababli turmush o'rtog'i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko'chmoqchi bo'lsa; — davlat organi xodimining ish joyi o'zgargan taqdirda turmush o'rtog'i yoki voyaga yetmagan farzandining o'qishini ko'chirish uchun (vazirlik yoki idora rahbari tavsiyasi bilan). Kerakli hujjatlar: reyting daftarchasi, akademik ma'lumotnoma yoki transkript nusxasi hamda uzrli sababni tasdiqlovchi hujjat. Muhim: — bir OTMdan boshqasiga o'qishni ko'chirib tiklashga ruxsat berilmaydi; — yuborilgan arizani tahrirlab bo'lmaydi; — arizalar 21-yanvardan 10-fevralgacha ko'rib chiqiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Repost from Edu.uz
#KibermadaniyatOyligi 🗣 Internet orqali xarid qilişda işonçliligi tekşirilmagan sayt va ilovalarga şaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang! 🛡 Noyabr – “Kibermadaniyatni yuksaltiriş oyligi”! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Mukhiddin Kalonov
TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUBORAK BÖLSIN! Hurmatli şifokorlar, hamşiralar va soğliqni saqlaş sohasi xodimlari! Sizlarni kasb ba
TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUBORAK BÖLSIN! Hurmatli şifokorlar, hamşiralar va soğliqni saqlaş sohasi xodimlari! Sizlarni kasb bayramingiz bilan Navoiy davlat universiteti jamoasi nomidan çin qalbimdan tabriklayman! Inson salomatligini asraş, bemorga öz vaqtida yordam körsatiş va oğir damlarda unga dalda beriş çuqur bilim, mas’uliyat va mehr talab etadi. Sizning ana şu fazilatlar bilan ado etayotgan kundalik mehnatingiz uçun samimiy minnatdorlik bildiraman. Bölajak şifokorlarga bilim berayotgan ustozlarimizga ham alohida taşakkur izhor etaman. Siz yoşlarga kasb sirlarini örgatiş bilan birga, bemorni tinglaş, uning dardiga hamdard böliş va har bir qaror uçun mas’uliyatni his etişda namuna bölib kelmoqdasiz. Barçangizga mustahkam soğliq, oilaviy xotirjamlik va şarafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman. Elimiz ardoğida böling! Kasb bayramingiz muborak bölsin! Hurmat bilan, Muxiddin Kalonov Navoiy davlat universiteti rektori Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga tabrik — Поздравление работникам сферы здравоохранения Узбекистана Prezident
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga tabrik — Поздравление работникам сферы здравоохранения Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Xuşxabar #SportYutuği 🥇 NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI XALQARO MUSOBAQA ĞOLIBI! Qozoğistonning Turkiston şahrida ötkaz
+3
#Xuşxabar #SportYutuği 🥇 NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI XALQARO MUSOBAQA ĞOLIBI! Qozoğistonning Turkiston şahrida ötkazilgan erkin kuraş böyiça xalqaro musobaqada Navoiy davlat universitetining 1-bosqiç talabasi Jörabek Rahmonov 52 kg vazn toifasida barça raqiblarini mağlub etib, 1-örinni egalladi. 👏 Jörabekni uşbu ğalaba bilan samimiy tabriklaymiz! Talabamizga kelgusi musobaqalarda ham omad va yangi zafarlar tilaymiz. 🇺🇿 Ğalabang muborak, Jörabek! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Repost from Edu.uz
Talaba va bitiruvchilarning amaliyot o‘tashi va ishga joylashishga ko‘maklashuvchi yagona raqamli ekotizim — career.edu.uz platformasi ishga tushirildi. Platforma quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: 🎓 Talaba va bitiruvchilar uchun: • Professional rezyume yaratish • Amaliyot va ishga onlayn murojaat qilish • Freelance xizmat ko‘rsatish • AI asosida rivojlanish tavsiyalari • AI HR bilan interaktiv muloqot 🏢 Ish beruvchilar uchun: • Vakansiyalarni tez joylashtirish • AI orqali mos nomzodlarni aniqlash • Amaliyot jarayonlarini boshqarish 🏛 Ta’lim tashkilotlari uchun: • Bitiruvchilar bandligini monitoring qilish • Amaliyot shartnomalarini yuritish • Ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish Platforma — ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi raqamli ko‘prikdir. Bugunoq foydalanishni boshlang!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

♟ ŞAXMAT — TAFAKKUR VA MAHORAT MAYDONI! Navoiy davlat universitetida “Jaholatga qarşi ma’rifat” ğoyasi doirasida Tabiiy fanla
+3
♟ ŞAXMAT — TAFAKKUR VA MAHORAT MAYDONI! Navoiy davlat universitetida “Jaholatga qarşi ma’rifat” ğoyasi doirasida Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti Biologiya ta’lim yönalişi 3-bosqiç talabalari örtasida şaxmat musobaqasi taşkil etildi. Musobaqada universitet şaxmat sport klubi murabbiyi Murod Amirqulov, profilaktika inspektori Nuriddin Xidirov, fakultet koordinatori Muhammadjon Dadamirzayev, Biologiya kafedrasi öqituvçisi Şuhratjon Akobirov hamda tyutorlar G. Ş. Qosimova va N. Ğ. Usmonova iştirok etdilar. Talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, intellektual salohiyati va mantiqiy fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş maqsadida ötkazilgan musobaqada iştirokçilar öz bilim va mahoratlarini sinovdan ötkazdilar. Bunday bellaşuvlar yoşlarni teran fikrlaşga, sabr-toqatli bölişga va mustaqil qaror qabul qilişga örgatiş bilan birga, ular örtasida ilm-ma’rifatni keng tarğib etişga xizmat qiladi. ✨ Şaxmat — tafakkur öyini, ma’rifat — jaholatga qarşi kuçli qurol! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

🇺🇿 RAHBAR VA YOŞLAR UÇRAŞUVI 🗣 An’anaviy “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Navoiy davlat universitetida yoshlar
+8
🇺🇿 RAHBAR VA YOŞLAR UÇRAŞUVI 🗣 An’anaviy “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Navoiy davlat universitetida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. 🤝 Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi, Milliy bank Navoiy viloyati mas’ullari, Navoiy davlat universiteti hamda yoshlari ishtirok etishdi. 👥 Muloqot davomida muhokama qilingan asosiy masalalar: 🎓 Ta’lim va bandlik: Yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish; 💼 “Kelajakka qadam” loyihasi: Bitiruvchilar va iqtidorli talabalarning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash; 💰 Startap va imtiyozli kreditlar: Milliy bank mas’ullari tomonidan yosh tadbirkorlar uchun ajratilayotgan imtiyozli moliyaviy resurslar va startap loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Repost from Edu.uz
#Apellyatsiya_jarayoni ❗️Prezident va nomli davlat stipendiyalari test natijalaridan norozi bölib apellyatsiya bergan talabal
#Apellyatsiya_jarayoni ❗️Prezident va nomli davlat stipendiyalari test natijalaridan norozi bölib apellyatsiya bergan talabalar diqqatiga! Toşkent şahri va Toşkent viloyatidan boşqa hududlarda Prezident va nomli davlat stipendiyalari uçun imtihon topşirgan va test natijalaridan norozi bölib apellyatsiya arizalarini topşirgan talabalar uçun apellyatsiya jarayoni quyidagi muddatlarda ötkaziladi. 📅 2026-yil 6-noyabr (juma), boşlaniş vaqti: soat 14:00 ➖Qoraqalpoğiston Respublikasi — 14:00 – 17:00 📅 2026-yil 9-noyabr (duşanba), boşlaniş vaqti: soat 09:00 ➖Buxoro viloyati — 09:00 – 12:00 ➖Sirdaryo viloyati — 09:00 – 12:00 ➖Andijon viloyati — 14:00 – 17:00 ➖Qaşqadaryo viloyati — 14:00 – 17:00 📅 2026-yil 10-noyabr (seşanba), boşlaniş vaqti: soat 09:00 ➖Xorazm viloyati — 09:00 – 12:00 ➖Navoiy viloyati — 09:00 – 12:00 ➖Surxondaryo viloyati — 09:00 – 12:00 ➖Samarqand viloyati — 14:00 – 17:00 ➖Farğona viloyati — 14:00 – 17:00 📅 2026-yil 11-noyabr (çorşanba), boşlaniş vaqti: soat 09:00 ➖Jizzax viloyati — 09:00 – 12:00 ➖Namangan viloyati — 09:00 – 12:00 Apellyatsiya arizalarini yuborgan talabalar tegişli muddatlarda imtihon topşirgan hududlarida joylaşgan Bilim va malakalarni baholaş agentligining hududiy bölinmalari binosiga yetib kelişlari zarur. Talabalar yonida şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) bölişi şart. ⛔️Belgilangan kunda kelmagan talabalarning apellyatsiya arizalari körib çiqilmaydi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#TalabalarHayoti #MaʼrifiyTashrif 🎓 NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI ZAMONAVIY “YOSHLAR SANOAT ZONASI”DA 🔹 Navoiy davl
+5
#TalabalarHayoti #MaʼrifiyTashrif 🎓 NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI ZAMONAVIY “YOSHLAR SANOAT ZONASI”DA 🔹 Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari Navoiy shahrida yangi tashkil etilgan zamonaviy “Yoshlar sanoat zonasi”ga tashrif buyurdilar. 🔹 Tashrif davomida Yoshlar biznes inkubatori rahbari Tursunboy Ortiqov talabalarni ushbu maskanda yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari bilan tanishtirdi. 💻 Talabalar robototexnika, sun’iy intellekt (AI), IT va dasturlash, SMM, raqamli marketing, professional fotografiya, mobilografiya, videomontaj hamda grafik dizayn kabi istiqbolli yo‘nalishlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 📚 Shuningdek, uchrashuv davomida zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, raqamli savodxonlikni oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarning bo‘lajak pedagoglar faoliyatidagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. ✨ Mazkur ma’rifiy tashrif talabalarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelajakda innovatsion fikrlaydigan, raqamli texnologiyalardan samarali foydalana oladigan malakali pedagoglar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

📹 “BUNÇALAR ZÖRSAN” — MILLIY TV NAVDUDA! Milliy TV ijodiy jamoasi Navoiy davlat universitetiga taşrif buyurib, san’atkor talaba-yoşlarimiz iştirokida “Bunçalar zörsan” loyihasini suratga oldi. 2-qismi 🎤✨ Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

+1
PAYSHANBA — MILLIY LIBOSLAR KUNI! 🌸 Milliy libos — millatimiz koʻrki, qadriyatlarimiz iftixori! 🏛 Navoiy davlat universitetida har payshanba kuni “Milliy liboslar kuni” an’anaviy tarzda nishonlandi. ✨ Universitetning barcha fakultetlarida professor-öqituvchilar hamda talaba-yoşlar mazkur taşabbusda faol iştirök etib, xalqimizning boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari va özbekona an’analarini tarğib etmoqdalar. 👘 Ayniqsa, atlas va adrasdan tikilgan nafis liboslar milliy qadriyatlarimiz, öziga xos didimiz hamda ajdodlarimizdan meros bölib kelayotgan an’analarimizning yorqin ifodasi sifatida namoyon bölmoqda. 🌷 Milliy liboslarimiz — faxrimiz, milliy qadriyatlarimiz esa bebaho boyligimizdir! 🎬 Universitetimiz fakultetlarida ötkazilayotgan “Milliy liboslar kuni”ning eng yorqin lahzalari jamlangan videolavhani e’tiboringizga havola etamiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

YIG‘LAYOTGAN SIZMI YOKI YOMG‘IRMI?! Yig‘layotgan sizmi yoki yomg‘irmi?! Betin oqayotgan ko‘z yoshni ko‘rdim. Bo‘y cho‘zmoq olamda shuncha og‘irmi? Xayollar ichida tentirab yurdim... Kechagina shodmon qarsaklar chalib, Kuzatgansiz doim kelgan shamolni. Qo‘ymagangiz hatto hayotdan nolib, Aybdor qilmagansiz hech ham zamonni. Har damga shukrona aytgansiz chog‘i, Kecha-yu kunduzlar borin baxsh etdi. Nurlarga to‘lganda bog‘ning quchog‘i Bisoti yana ham gurkirab ketdi. Novdalar qatidan yo‘l topib oxir, Atrofga boqqansiz yaproqlar bo‘lib. Boshingiz silagan kun kelib taqdir, Yurdingiz jilmayib, quvonchga to‘lib. Shodmonlik ufurib toleingizdan, Joziba ulashdi jamolingizga. Quvonib tongdanoq o‘z-o‘zingizdan Mamnunlik bor edi kamolingizda. Anglab ulgurolmay o‘zgarishlarni, Yo‘l qarab, negadir holdan toydingiz. Bahorda oqshomlar ko‘rgan tushlarni, Kuz kelgach yod olib, yig‘lab qo‘ydingiz... Dunyoning ishlari shumikan ajab?! Shamollar keladi-ketaveradi. Men yoqqan yomg‘irga bexosdan qarab, Yuragim yonmayin tutayveradi... Qismatning ishlari tushmaydi izga, Tashqarida kuzdir, ko‘ngilda javzo. Kulga do‘ngan qalbni uzatsam sizga, Olmaysiz, hattoki etmaysiz parvo. Kim kimdir aslida, aslimni tanib, Dil qatiga soldim ul mash’um sirni. Endi o‘z holiga o‘zi achinib, Yig‘layotgan sizmi yoki yomg‘irmi?! Yig‘layotgan sizmi yoki yomg‘irmi... © O‘tkir Rahmat #Kongil_xiyoboni | @Otkir_Rahmat

photo content

#HuquqiyTarg‘ibot #TalabalarHayoti 📱 MOBIL TELEFONLARDAN FOYDALANIŞ TARTIBI YUZASIDAN TUŞUNTIRIŞ IŞLARI OLIB BORILDI 🏛 Navo
+3
#HuquqiyTarg‘ibot #TalabalarHayoti 📱 MOBIL TELEFONLARDAN FOYDALANIŞ TARTIBI YUZASIDAN TUŞUNTIRIŞ IŞLARI OLIB BORILDI 🏛 Navoiy davlat universiteti Tarix fakultetida talaba-yoşlar örtasida ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalaniş tartibiga bağişlangan tuşuntiriş ishlari taşkil etildi. 🔹 Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning mazmun-mohiyati talabalarga batafsil tuşuntirildi. 📚 Xususan, öquv maşğulotlari davomida mobil telefonlardan foydalaniş qoidalari, belgilangan talab va çeklovlar, şuningdek, ta’lim jarayonida intizom va mas’uliyatga rioya etişning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. ✅ Uçraşuv yakunida talabalarga belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qiliş, dars jarayoniga hurmat bilan yondaşiş hamda öquv intizomiga rioya etiş yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube