cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

TUPROQSIFATTAHLIL DUK

“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.

Больше
Рекламные посты
958
Подписчики
Нет данных24 часа
+27 дней
+2630 дней
Время активного постинга

Загрузка данных...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Анализ публикаций
ПостыПросмотры
Поделились
Динамика просмотров
01
DIQQAT, TANLOV! Misr Arab Respublikasining "Nile-sugar" kompaniyasi shakar ishlab chiqarish korxonasi uchun nom tanlash va logotip yaratish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. 📌Tanlov shartlari: 1. Madaniy uyg‘unlashuv. Korxona nomi va logotipi O‘zbekiston va Misr madaniyatlariga xos elementlarni muvofiq ravishda uyg‘unlashtirishi, o‘zaro an’analar va xalqaro hamkorlik jihatlarini qamrab olishi kerak. 2. Innovatsion yondashuv: ilg‘or texnologiyalarni aks ettirishi kerak. 3. Kompaniyaning yondashuvi va qarashlari: kompaniyaning yondashuvi va qarashlarini ifodalashi va xalqaro e’tiborni jalb qiluvchi istiqbolli brend bo‘lishi kerak. 4. Brendning o‘ziga jalb qiluvchanligi. Logotipni tayyorlash me’yorlari: Mukofotlar: 🥇 1-o‘rin: 15,000 AQSh dollari 🥈2-o‘rin: 10,000 AQSh dollari 🥉 3-o‘rin: 5,000 AQSh dollari Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlar muallif yoki firma haqidagi ma’lumotlar bilan birga joriy yilning 15-iyuligacha [email protected] elektron manziliga yuborilishi kerak.
513Loading...
02
KUN HIKMATI Afzallik istasang, hech kimdan afzallik daʼvo qilma, mum va malham bo‘lu jarohat bo‘lma! Birovdan senga yomonlik yetishini istamasang, yomon so‘zli, fikri buzuq, yomonlikni targ‘ib qiluvchi bo‘lma! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
481Loading...
03
AGROTAVSIYA No‘xat yetishtirish va uning tuproqqa talabi No‘xat – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik turkumi; dukkakli don ekini. Vatani Osiyo. Poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi, dag‘al, qovurg‘ali, sershox, tukli, balandligi 30-70 sm. Bargi  murakkab, patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Mevasi dukkak, dukkagida 1-2 ta, goh 3 ta don bo‘ladi. Don rangi oq, pushti, to‘q-sariq, issiqsevar va yorug‘sevar, bahorgi ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli, urug‘i 2-5°C haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin o‘sadi. ♻️Bir mavsumda bir gektar yerda no‘xat ildizlari 50-70 kg sof modda hisobida azot to‘playdi. No‘xat g‘ovak, qumoq, yengil sho‘rlangan tuproqli yerlarga ekiladi. Qora, bo‘z, kashtan tuproqlarda mo‘l hosil beradi. No‘xat gullash va mevasi shakllanish davrida issiqlikka talabchan bo‘ladi. Namlik meʼyordan ortiq bo‘lsa kasallanadi, shona va guli to‘kiladi. Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
682Loading...
04
Bugun 6-iyun 2024-yil 🌡18-32°, Havo bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. ☀️Hozir: 18° iliq 🌕Kunduzi: 32-34° iliq 🌑Kechasi: 18-20° iliq Quyosh chiqishi: 4:47 Quyosh botishi: 19:57 Shamol tezligi: sharqdan 3-8 m/s Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
901Loading...
05
HUQUQINGIZNI BILASIZMI? ✅Tortib sotiladigan kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini og‘irligi xaridorga ko‘rinarli joyda ko‘rsatilgan idishda tortishga yo‘l qo‘yiladi. 📌Sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir. ❗️Sifati past meva-sabzavot tovarlarini sotish taqiqlanadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1390Loading...
06
AGROLUG‘AT Elyuvial (yuvilma) gorizont (A2) tuproq mineral qismining intensiv parchalanishi va bu mahsulotlarning pastki qatlamlarga yuvilib ketilishi jarayonlari natijasida paydo bo‘ladi. U ochroq tusli. Illyuvial yoki o‘tuvchi (oraliq) gorizont (V) elyuvial yoki gumus (chirindi) li gorizont ostida hosil bo‘lib, ona jinslariga o‘tuvchi qatlam hisoblanadi. Elyuvial gorizontli tuproqlarda illyuvial gorizont yaxshi shakllanib, unda yuvilgan moddalar (tuproq paydo bo‘lish mahsulotlari) qisman ana shu qatlamda to‘plana boshlaydi. Shuning uchun shimilma gorizont ham deyiladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1571Loading...
07
🍅 NIMA UCHUN POMIDOR HOSILI YORILADI? Pomidor yetishtirishda ko‘pincha pomidorning pishgan va hatto pishib ulgurmagan mevalarining to‘satdan ommaviy yorilishi kuzatiladi. Buning sababi, quyosh qizdirishi natijasida tuproq qurib, namlik yo‘qoladi. Yuqori harorat mevalar yetilishini to‘xtatishi natijasida uning po‘sti qattiqlashadi. Aynan shu vaqtda meʼyordan ortiq sug‘orish natijasida pomidor mevalari to‘qimalarida ham ichki suyuqlik bosim to‘satdan ortib ketadi. Buni ko‘tara olmagan mevalarda ommaviy yorilish yuz beradi. Tomchilatib sug‘orishda esa bunday noxushliklar kamroq yuz beradi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1430Loading...
08
5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni Ushbu sanani xalqaro miqyosda nishonlash BMT Bosh Assambleyasining 1972-yil 15-dekabrda o‘tkazilgan 27-sessiyasida taʼsis etilgan. Anjumanda shuningdek, yangi tashkiliy tuzilma —Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha BMT Dasturi — YUNEPga asos solingan. Shundan beri YUNEP rahbarligida har yili butun jahonda atrof-muhit kuni nishonlanadi. Butunjahon atrof-muhit kunini nishonlashdan maqsad — insoniyat oldida turgan keng ko‘lamli va chuqur ildiz otishga ulgurgan muammolarga yechim izlash va uni bartaraf etishdan iborat. Mazkur sana 100 dan ortiq mamlakatda nishonlanib, hozirda ekologik muammolarni yechishga yordam beruvchi muhim bir zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1500Loading...
09
KUN HIKMATI Bizda ikkita hayot bor. Birinchisi — aksariyatimiz yashayotgan, his qilayotgan hayot. Ikkinchi hayot — qachonki, hayotimiz atigi bitta ekanligini anglaganda boshlanadi. Naval Ravikant Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1451Loading...
10
🍅Pomidor italyancha "pomo d‘oro" so‘zidan olingan bo‘lib, „oltin olma“ degan maʼnoni anglatadi. 📌Pomidor ilk bor Amerika materigida kelib chiqqan. Keyinchalik ispanlar Amerikada mustamlakalar o‘rnata boshlaganidan so‘ng butun dunyoga tarqalgan. 🌱Pomidor o‘simligi odatda 1-3 metr balandlikkacha o‘sa oladi. Poyasi bo‘sh bo‘lib, ko‘pincha yerda tarqalib va boshqa o‘simliklarga chirmashib o‘sadi. 🍅O‘zbekistonda pomidorning ertapishar “Shafaq”, “Sevara”; o‘rta-tezpishar “Peremoga-165”, “Vostok-36”, “Progressivniy”; o‘rtapishar "Volgogradskiy 5/95", “TMK-22”, "Novinka Pridnestrovya", “Bahodir”, “O‘zbekiston-178”, “Surxon-142”, “Namuna” navlari hamda "Sulton F1", "Soprano F1", "Superstreyn duragaylari", o‘rta-kechpishar "Oktabr 60", “Yusupovskiy”, “Doni-2000” navlarini ekish maqsadga muvofiqdir. 🪹Oziq moddalarga boy, mexanik tarkibi yengil qumoq, sho‘rlanmagan har xil tuproq tiplari yaroqli. O‘tloq, o‘tloq-bo‘z va tipik bo‘z tuproqlarda pomidor yaxshi o‘sadi. Telegram | Facebook | Instagram| You Tube
1551Loading...
11
Bugun 5-iyun 2024-yil 🌡18-30°, Havo bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. ☀️Hozir: 18° iliq 🌕Kunduzi: 31-33° iliq 🌑Kechasi: 18-20° iliq Quyosh chiqishi: 4:48 Quyosh botishi: 19:56 Shamol tezligi: sharqdan 5-10 m/s Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1511Loading...
12
cx/vgh,lue p
10Loading...
13
HOSIL YIG‘ISHDA YORDAMCHI ROBOTLAR Mana asta-sekin mevalar ham pishib, bozorlarimizni to‘ldirmoqda. Albatta, mevalarni chiroyli, sifatli ko‘rinishda yetkazib berish bog‘bonlarimizdan anchagina mehnat talab qiladi. Garchi bizda hali ommalashmagan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligida robotlashgan tizimlar tobora ko‘p qo‘llanilmoqda. Xorijiy davlatlarda yaratilgan “Energid” tizimi sitrus mevalar hosilini yig‘ishga moslashtirilgan. Robot bir daqiqada daraxtlardagi 25–30 tagacha mevani yig‘ib oladi. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalariga baho bering. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1720Loading...
14
Tuproqning havo rejimini boshqarish Tuproq havosining tarkibi va miqdori ekinlar turiga, haroratga, namlikka va uning aeratsiyasiga bog‘liq. Atmosfera va tuproq havosining almashinishi tezligiga ekinlarni parvarish qilish agrotexnikasi taʼsir etadi. Yerlarni o‘z vaqtida haydash, sug‘orish, ekin qator oralarini ishlash tuproqda havo almashinishini tezlashtiradi. O‘simlik ildizining nafas olishida va aerob mikroorganizmlar faoliyatida tuproq havosidagi kislorod nihoyatda zarur. Tuproqning havo o‘tkazuvchanligi uning mexanik tarkibiga, donadorligiga va tuzilishiga bog‘liq. Donador g‘ovaksimon va yumshoq tuzilishga ega bo‘lgan tuproqlar havoni yaxshi o‘tkazadi. Strukturasiz, zich tuproqlar havoni yomon o‘tkazadi. Tuproqning o‘zida maʼlum miqdorda havo ushlab turish qobiliyati uning havo sig‘imi deyiladi. U asosan tuproqning g‘ovakligiga va namlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Batafsil👉 Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1730Loading...
15
Hurmatli fermer va dehqonlar! ✏️Ekinlardan yuqori daromad olishni va yeringiz unumdor bo‘lishini istaysizmi? Unda sizga “Tuproqsifattahlil” DUK o‘z xizmatlarini taklif qiladi. Siz ushbu muddatda amalga oshirgan tahlillaringiz uchun chegirmalarga ega bo‘lasiz! 🧮Rivojlangan davlatlardagi kabi eng so‘nggi rusumdagi asbob-uskunalar bilan jihozlangan tuproq tahlil laboratoriyamizda siz tuproqning 100 dan ortiq, suv namunalarining 15 dan ortiq tahlil natijalarini amalga oshirishingiz mumkin. 🚐Shuningdek, sizga qulaylik yaratish maqsadida korxonaning mobil laboratoriyasi tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishga tayyor. Malakali mutaxassislarimiz sizga yer va ekin turidan kelib chiqib, o‘g‘it meʼyorlarini belgilashda samarali yordam beradi. Biz bilan bog‘laning: ☎️: +998782715099 Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1610Loading...
16
O‘rikda qurt aniqlanganligi yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi 🍑Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasiga eksport qilingan o‘rik mahsuloti qurtlaganligi sababli qaytarilgani haqida xabarlar e‘lon qilindi. 💬Holatga oydinlik kiritish maqsadida Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) mutasaddilari bilan muzokaralar olib borildi. 🔬Ma‘lum bo‘lishicha, mahsulot Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi bog‘da yetishtirilgan. 924 kilogrammlik o‘rik 6+ kalibrda bo‘lib, may oyining oxirgi sanalarida yuklangan. Yuk tegishli tartibda Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berilgan. 📍Orenburg viloyatida yuz bergan holat yuzasidan Agentlikka notifikatsiya (e‘tiroznoma) jo‘natilmagan. ✅Shu o‘rinda, Rossiya Federatsiyasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi ortganini, shundan 10 ming tonnaga yaqini o‘rik mahsuloti eksport qilinganini ma‘lum qilamiz. elegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1610Loading...
17
KUN HIKMATI Baxtli bo‘lish uchun qo‘llaringizni ish bilan, qalbingizni muhabbat bilan, ongingizni maqsad bilan, xotirangizni foydali bilimlar bilan, kelajakni umid bilan to‘ldiring!                      Mavlono RUMIY Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1480Loading...
18
Murakkab o‘g‘itlarning xususiyatlari 🔵Nitrofos - donador azotli-fosforli o‘g‘it. Tarkibida 24% azot, 17% fosfor mavjud. Nitrofoska - azotli-fosforli-kaliyli o‘g‘it. Tarkibida 11% azot, 10% fosfor va 11% kaliy mavjud. 🔺Ammofos - kulrang yoki oq rangdagi kukunsimon, donador o‘g‘it. Tarkibida 42-50% fosfor kislotasi va 9-12% azot mavjud. U tuproq strukturasini yaxshilaydi, unumdorligini oshiradi. 🟠Ammoniy sulfatfosfat - azotli-fosforli o‘g‘it. Tarkibida 22% fosfor va 17% azot mavjud. Uning afzalligi shundaki, har qanday iqlim sharoitida qo‘llash mumkin. 🟢Suprefos - murakkab aralashmali azotli-fosforli o‘g‘it. Tarkibida 21% fosfor va 9% azot mavjud bo‘lib, ammiakli azot va harakatlanuvchi oltingugurt bo‘lgan ammoniy sulfat va ammoniy fosfatdan iboratdir. Uni ham o‘g‘itlashning barcha davrlarida ishlatish mumkin. ◼️ AFU - azotli-fosforli o‘g‘it. Tarkibida 17% azot va 7,2% fosfor mavjud. Murakkab o‘g‘itlar tarkibiga mikroelementlar, pestitsidlar va fiziologik aktiv moddalar qo‘shiladi.
1533Loading...
19
Bugun 4-iyun 2024-yil 🌡18-30°, Havo bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. ☀️Hozir: 18° iliq 🌕Kunduzi: 30-32° iliq 🌑Kechasi: 18-20° iliq Quyosh chiqishi: 4:49 Quyosh botishi: 19:55 Shamol tezligi: sharqdan 5-10 m/s Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1660Loading...
20
BU QIZIQ Dunyodagi eng qimmat mevalar qaysilar ekanini bilasizmi? Ularning ayrimlarini narxiga so‘nggi rusumdagi telefon yoki poytaxtdan uy olish mumkin. Ishonmayapsizmi, unda o‘zingiz amin bo‘ling. 👆 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1911Loading...
21
O‘simliklar hayotida oltingugurt qanday rol o‘ynaydi? Oltingugurt o‘simliklarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishi uchun muhim komponenti. Oltingugurt aminokislotalar sintezidan kasalliklarga chidamliligini oshirishgacha o‘simliklarning kuchli va samarali bo‘lishiga yordam beradi. Bu sistein va metionin kabi ma‘lum aminokislotalarning ajralmas qismidir. Ushbu aminokislotalar o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oqsillarning qurilish bloklari hisoblanadi. Oltingugurt, shuningdek, metabolik jarayonlar uchun muhim bo‘lgan koenzimlar va vitaminlar (masalan, biotin va tiamin) sintezida ishtirok etadi. Oltingugurtning yana bir muhim roli xlorofill ishlab chiqarishda bo‘lib, u fotosintezda ham ishtirok etib, o‘simliklarning yorug‘lik energiyasidan samaraliroq foydalanishiga yordam beradi. Oltingugurt yetishmasligi urug‘larning rivojlanishiga ta‘sir qilishi mumkin, bu urug‘larning miqdori va sifatining pasayishiga olib keladi. Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1970Loading...
22
Media files
1890Loading...
23
✅Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga tashrifi ikki mamlakat uchun ham manfaatli bo‘ldi. 🔗Jumladan, Vladimir Putinning O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan qisqa samimiy muloqoti davomida yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlatni e‘tirof etishi ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. lar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2043Loading...
24
KUN HIKMATI – Nega insonlarning armoni ko‘p? – Chunki insonlar tushunishdan ko‘ra ayblashni, kechirishdan ko‘ra g‘ururni, borishdan ko‘ra kutishni, kurashishdan ko‘ra voz kechishni maʼqul ko‘radilar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1960Loading...
25
AGROTAVSIYA KARTOSHKANI SUG‘ORISHDA EʼTIBOR QILISH LOZIM BO‘LGAN JIHATLAR Kartoshka namsevar, suvga talabchan o‘simlik, shu bois undan mo‘l hosil yetishtirish uchun tuproq nami doimo yetarli bo‘lishi shart. Bu ekin o‘suv davrida suvni bir xilda talab qilavermaydi, palagi o‘sgan sari uning suvga talabi orta beradi. Ayniqsa, gullash davrida tuproq doimo sernam bo‘lishi lozim. Aks holda, bug‘lanish (transpiratsiya) va fotosintez jarayoni qisqaradi, o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi, tuganaklar oziq moddalardan foydalana olmay rivojlanishdan orqada qoladi. Oradan maʼlum vaqt o‘tgandan keyin sug‘orilganida esa, tuganaklar qaytadan o‘sa boshlaydi, lekin u bolalab ketadi va tuplari ko‘klaydi. Kartoshkadan yuqori hosil yetishtirish uchun tuproqning to‘yingan dala nam sig‘imiga nisbatan sug‘orishdan oldingi tuproq namligi kamida 75–80% bo‘lishi kerak, ana shunda o‘simlik yaxshi o‘sib-rivojlanadi. Kartoshkani necha marta sug‘orish uni qaysi muddatda ekilishiga bog‘liq. Telegram | Facebook | Instagram| You Tube
1840Loading...
26
Bugun 3-iyun 2024-yil 🌡17-30°, Havo bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. ☀️Hozir: 17° iliq 🌕Kunduzi: 30-32° iliq 🌑Kechasi: 17-19° iliq Quyosh chiqishi: 4:50 Quyosh botishi: 19:54 Shamol tezligi: sharqdan 3-8 m/s Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1811Loading...
27
Hafta Dayjesti 27-may-2-iyun 2024-yil ❇️AGROTAVSIYA. Bakterial rak—davosiz emas. ❇️Paxtani tomchilatib sug‘orish afzalliklari. ❇️ Gilosning tarkibi va tuproqqa talabi. ❇️Gipsdan o‘g‘it sifatida foydalanish mumkinmi? ❇️Tarvuz: qurg‘oqchilikka chidamli, sersuv mahsulot. ❇️O‘simliklar hayotida azotning ahamiyati. ❇️Borli o‘g‘itlar hosilga taʼsir ko‘rsatadimi? bering. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2010Loading...
28
Bitta mana shunday yordamchi texnikang bo‘lsa, ekkanimiz karam bo‘lsa kerak-a? Qishloq xo‘jaligining zamonaviy texnikalariga baho bering. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2222Loading...
29
Eksportyorlar uchun ajoyib yangilik – “Eksport uch qadamda!” 🟢Bojxona qo‘mitasi joriy yilning 25-martidan e‘tiboran eksport jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan “Eksport uch qadamda” tizimini joriy qilgan edi. 🟢Pishiqchilik mavsumida chegara bojxona postlarida tirbandliklarning oldini olishda esa shu kunlarda ushbu tizimning ahamiyati ortib bormoqda. 📈Shu vaqtga qadar mahsulotlarni eksport qilish tovarlar respublikamizdan chiqib ketgunga qadar 9 ta bosqichda amalga oshirilar edi. Endi esa ushbu bosqichlar 3 barobarga qisqarmoqda. ✅Tizimning joriy etilishi natijasida eksport jarayonlari uchun sarflanayotgan vaqt 5 soatdan 1 soatga hamda deklaratsiyalar rasmiylashtiruvi sarfalanayotgan vaqtda 42 daqiqadan 10 daqiqaga qisqarishini ta‘minlaydi. Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2311Loading...
30
Shu kunlarda “Tuproqsifattahlil” DUKning tuproqshunos xodimlari Nurota tumanida dala tadqiqot ishlarini amalga oshirishmoqda. Mazkur tumanda jami 3992 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari tuproqlari sifatini baholash (bonitirovka) ishlari hamda tuproqning asosiy ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasi bo‘yicha agrokimyoviy kartogrammalarini tuzish ishlari o‘tkazilmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2230Loading...
31
Bugun 1-may 2024-yil 🌡16-31°, Havo bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. ☀️Hozir: 16° iliq 🌕Kunduzi: 31-33° iliq 🌑Kechasi: 16-18° iliq Quyosh chiqishi: 4:53 Quyosh botishi: 19:51 Shamol tezligi: sharqdan 3-8 m/s Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2010Loading...
32
Tomorqam kichkina, unga qanday ekin ham ekardim, deya xafsalasizlik qilmang. Qalovini topsangiz qor ham yonadi. Shu tor tomorqangizdan ham bir ro‘zg‘orni to‘kis qilsangiz bo‘ladi. Ishonmayapsizmi, unda urinib ko‘ring. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2274Loading...
33
AGROLUG‘AT Gabitus — odam, hayvon yoki o‘simlikning tashqi ko‘rinishi. Hayvonning tashqi ko‘rinishiga baho berishda hayvon gavdasining bo‘shliqda turish holati, semiz-oriqligi, tana tuzilishi kabilar hisobga olinadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2981Loading...
34
Yozning issiq kunlarida ekinlarni qanday qilib salqin va suvga to’yingan holda saqlash mumkin? ☀️Yoz faslida ekinlarni asosan ertalab sug'orish kerak. Bu issiqda bug'lanishidan oldin ildiz tizimiga ko'proq suv tushishiga imkon beradi. Sug’orishni kechqurun ham qilish mumkin, lekin, ekinlarni to’yintirib yubormaslik zarur. O’simliklardagi namlik doimo nazorat qilinishi lozim. 🌱O'simlik yuzasidagi suv tez bug'lanishini hisobga olsak, namlik ildiz tizimigacha yetib borishi uchun cho'ktiruvchi shlanglardan foydalanish samara beradi. Namlagich shlangidan foydalanishning yana bir afzalligi shundaki, u o'simliklarga suv berishni sekinlashtirishga ham imkon beradi. ✅Ba'zi o'simliklar kun davomida issiq haroratda cho'kishga moyil bo'ladi. Namlagich shlangi avtomatlashgan bo’lib, ekinlar poyi qurishni boshlashi bilanoq sekinlashtirilgan tarzda ildiz tizimiga suv yuboradi.
2351Loading...
35
KUN HIKMATI Har qanday uzoq yo‘l - birinchi qadamdan boshlanadi. Useyn Bolt Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1870Loading...
Фото недоступноПоказать в Telegram
DIQQAT, TANLOV! Misr Arab Respublikasining "Nile-sugar" kompaniyasi shakar ishlab chiqarish korxonasi uchun nom tanlash va logotip yaratish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. 📌Tanlov shartlari: 1. Madaniy uyg‘unlashuv. Korxona nomi va logotipi O‘zbekiston va Misr madaniyatlariga xos elementlarni muvofiq ravishda uyg‘unlashtirishi, o‘zaro an’analar va xalqaro hamkorlik jihatlarini qamrab olishi kerak. 2. Innovatsion yondashuv: ilg‘or texnologiyalarni aks ettirishi kerak. 3. Kompaniyaning yondashuvi va qarashlari: kompaniyaning yondashuvi va qarashlarini ifodalashi va xalqaro e’tiborni jalb qiluvchi istiqbolli brend bo‘lishi kerak. 4. Brendning o‘ziga jalb qiluvchanligi. Logotipni tayyorlash me’yorlari: Mukofotlar: 🥇 1-o‘rin: 15,000 AQSh dollari 🥈2-o‘rin: 10,000 AQSh dollari 🥉 3-o‘rin: 5,000 AQSh dollari Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlar muallif yoki firma haqidagi ma’lumotlar bilan birga joriy yilning 15-iyuligacha [email protected] elektron manziliga yuborilishi kerak.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
KUN HIKMATI
Afzallik istasang, hech kimdan afzallik daʼvo qilma, mum va malham bo‘lu jarohat bo‘lma! Birovdan senga yomonlik yetishini istamasang, yomon so‘zli, fikri buzuq, yomonlikni targ‘ib qiluvchi bo‘lma!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
AGROTAVSIYA No‘xat yetishtirish va uning tuproqqa talabi No‘xat – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik turkumi; dukkakli don ekini. Vatani Osiyo. Poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi, dag‘al, qovurg‘ali, sershox, tukli, balandligi 30-70 sm. Bargi  murakkab, patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Mevasi dukkak, dukkagida 1-2 ta, goh 3 ta don bo‘ladi. Don rangi oq, pushti, to‘q-sariq, issiqsevar va yorug‘sevar, bahorgi ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli, urug‘i 2-5°C haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin o‘sadi. ♻️Bir mavsumda bir gektar yerda no‘xat ildizlari 50-70 kg sof modda hisobida azot to‘playdi. No‘xat g‘ovak, qumoq, yengil sho‘rlangan tuproqli yerlarga ekiladi. Qora, bo‘z, kashtan tuproqlarda mo‘l hosil beradi. No‘xat gullash va mevasi shakllanish davrida issiqlikka talabchan bo‘ladi. Namlik meʼyordan ortiq bo‘lsa kasallanadi, shona va guli to‘kiladi. Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Bugun 6-iyun 2024-yil 🌡18-32°, Havo bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. ☀️Hozir: 18° iliq 🌕Kunduzi: 32-34° iliq 🌑Kechasi: 18-20° iliq Quyosh chiqishi: 4:47 Quyosh botishi: 19:57 Shamol tezligi: sharqdan 3-8 m/s Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
HUQUQINGIZNI BILASIZMI? ✅Tortib sotiladigan kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini og‘irligi xaridorga ko‘rinarli joyda ko‘rsatilgan idishda tortishga yo‘l qo‘yiladi. 📌Sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir. ❗️Sifati past meva-sabzavot tovarlarini sotish taqiqlanadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
AGROLUG‘AT Elyuvial (yuvilma) gorizont (A2) tuproq mineral qismining intensiv parchalanishi va bu mahsulotlarning pastki qatlamlarga yuvilib ketilishi jarayonlari natijasida paydo bo‘ladi. U ochroq tusli. Illyuvial yoki o‘tuvchi (oraliq) gorizont (V) elyuvial yoki gumus (chirindi) li gorizont ostida hosil bo‘lib, ona jinslariga o‘tuvchi qatlam hisoblanadi. Elyuvial gorizontli tuproqlarda illyuvial gorizont yaxshi shakllanib, unda yuvilgan moddalar (tuproq paydo bo‘lish mahsulotlari) qisman ana shu qatlamda to‘plana boshlaydi. Shuning uchun shimilma gorizont ham deyiladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🍅 NIMA UCHUN POMIDOR HOSILI YORILADI? Pomidor yetishtirishda ko‘pincha pomidorning pishgan va hatto pishib ulgurmagan mevalarining to‘satdan ommaviy yorilishi kuzatiladi. Buning sababi, quyosh qizdirishi natijasida tuproq qurib, namlik yo‘qoladi. Yuqori harorat mevalar yetilishini to‘xtatishi natijasida uning po‘sti qattiqlashadi. Aynan shu vaqtda meʼyordan ortiq sug‘orish natijasida pomidor mevalari to‘qimalarida ham ichki suyuqlik bosim to‘satdan ortib ketadi. Buni ko‘tara olmagan mevalarda ommaviy yorilish yuz beradi. Tomchilatib sug‘orishda esa bunday noxushliklar kamroq yuz beradi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni Ushbu sanani xalqaro miqyosda nishonlash BMT Bosh Assambleyasining 1972-yil 15-dekabrda o‘tkazilgan 27-sessiyasida taʼsis etilgan. Anjumanda shuningdek, yangi tashkiliy tuzilma —Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha BMT Dasturi — YUNEPga asos solingan. Shundan beri YUNEP rahbarligida har yili butun jahonda atrof-muhit kuni nishonlanadi. Butunjahon atrof-muhit kunini nishonlashdan maqsad — insoniyat oldida turgan keng ko‘lamli va chuqur ildiz otishga ulgurgan muammolarga yechim izlash va uni bartaraf etishdan iborat. Mazkur sana 100 dan ortiq mamlakatda nishonlanib, hozirda ekologik muammolarni yechishga yordam beruvchi muhim bir zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
KUN HIKMATI
Bizda ikkita hayot bor. Birinchisi — aksariyatimiz yashayotgan, his qilayotgan hayot. Ikkinchi hayot — qachonki, hayotimiz atigi bitta ekanligini anglaganda boshlanadi.
Naval Ravikant Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt