cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

TUPROQSIFATTAHLIL DUK

“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.

Больше
Рекламные посты
952
Подписчики
+124 часа
-47 дней
+230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

00:42
Видео недоступноПоказать в Telegram
Bugun mahsulotni nafaqat sifatli, xavfsiz, balki o‘zgacha ko‘rinishda taqdim etish ham uning xaridorbopligini taʼminlaydi. Yurakcha shaklidagi tarvuz boshqalaridan taʼmi jihatidan farq qilmasa-da, ammo uning ko‘rinishi uchun ko‘pchilik sotib olishi shubhasiz, shunday emasmi? Siz-chi, shunday tarvuzni sotib olasizmi? Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating                                                                                                                        Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Показать все...
Юракча тарвуз.mp47.02 MB
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Hurmatli jurnalistlar, matbuot xodimlari va OAV vakillari! Barchangizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman! Xalqimizga axborot yetkazishdagi tezkorlik, jurnalistik surishtiruvlardagi xolislik, tahlillardagi chuqur mushohada, bularning barchasida so‘z yuki, so‘z mas’uliyati mujassam. Zero, yurtimizda ro‘y berayotgan har bir islohot va o‘zgarishlarning bo‘y-basti OAV vakillari va jurnalistlarning ziyrak nigohi, o‘tkir qalami bilan yuksalmoqda. Bu esa, mamlakatimizda so‘nggi yillarda so‘z erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan davomli ishlarning natijasidir. Bugun dunyoda hukm surayotgan murakkab geosiyosiy vaziyatda Ona Vatanimizning og‘ishmasdan, taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlashi har birimizning oldimizga qo‘yilgan ulkan vazifalarni nechog‘li bajarishimizga bog‘liq. Jumladan, yurtimizda agrar sohaga ilm-fan va innovatsiyani joriy etish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Dunyo bozorlarida o‘z o‘rni va xaridorlariga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarimizning eksport hajmi kundan-kunga oshib borayotgani esa quvonchli holatdir. Ilmiy tamoyillar asosida ilg‘or tajribalarni qo‘llash, innovatsion yangiliklarga tayanish yangidan-yangi mo‘jizalar yaratmoqda, shu tariqa dunyo bozorida yurtimizda yetishtirilgan noz-ne’matlarga bo‘lgan qiziqish ortmoqda. Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning xalqqa yetib borishida, dastur va strategiyalarning bajarilishida sizlarning ishga mas’uliyat bilan yondashuvingiz va dadil so‘zlaringiz tahsinga loyiq. Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari! Sizlarni qutlug‘ va sharafli kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman. Barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ish faoliyatingizda esa ijodiy barkamollik tilayman. Doim har bir so‘zingiz keskir, qalamingiz o‘tkir bo‘lsin! Samimiyat bilan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
BU QIZIQ Tarvuz haqidagi qiziqarli maʼlumotlar ✅Tarvuzing 90 foizini suv tashkil qiladi; ✅Tarvuzning qanday sharoitda yetishtirilganini bilish qiyin emas. Buning uchun tarvuz bo‘lagini suvga solib ko‘ring. Agar suv qizil yoki pushti rangga kirsa, hosil kimyoviy moddalarga to‘yingan bo‘ladi. Suvning biroz xiralashishi esa, tarvuzning tabiiy sharoitda yetishtirilganligidan darak beradi; ✅Xitoy – eng ko‘p tarvuz eksport qiladigan mamlakat; ✅Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan eng katta tarvuz AQShda yetishtirilgan. Uning og‘irligi 124 kilogramm edi; ✅Vetnamda yangi yil dasturxoniga tarvuz qo‘yish odat tusiga kirgan. Bu mamlakat aholisi yangi yilni tarvuz bilan kutib olish omad keltirishiga ishonadi; ✅Tarvuzning har xil shakldagi (kvadrat, qirrali) turlari ham mavjud. Ularni dastlab yaponlar o‘ylab topgan. Keyinchalik bu kashfiyot hammaga yoqib qolgan. Chunki bunday tarvuzlarni sovutkichda saqlash anchagina qulay.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yozda meva-sabzavotlarni qanday saqlash kerak? Yoz ayni pishiqchilik, turli meva-sabzavotlari bilan siylaydi. Ammo havo haroratining yuqoriligi, issiq tufayli oziq-ovqatlar tez yaroqsiz holga kelib, kasallik tarqatuvchi bakteriyalar manbaiga aylanishi mumkin. Masalan, meva-sabzavot, tuxum, go‘sht va sut mahsulotlari tez sifatini yo‘qotadi.  Sovutkichdan tashqarida saqlash mumkin bo‘lgan meva-sabzavotlar: Avokado, banan, papayya, shaftoli, nok, sitrus mevalar, mango, qovun, pomidor va qovoqni, agar ular to‘liq pishib yetilmagan bo‘lsa, xona haroratida ham saqlash mumkin. Keyinchalik esa ularni sovutkichda ham bir necha kungacha saqlasa bo‘ladi.
Показать все...
Xitoyning Urumchi shahrida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyish etilmoqda 🇺🇿🇨🇳Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida 26-30-iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat sanoati va ho‘l hamda quritilgan meva sabzavotlarning 78 turi bilan ishtirok etmoqda. Undagi O‘zbekiston milliy stendiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari hamda Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va boshqa davlatlarning hukumat rahbarlari hamda xalqaro ko‘rgazma ishtirokchilari tashrif buyurishdi. 📝Ko‘rgazma namoyishida ishtirokchilar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarining yangi turlari, jumladan, shakarsiz pastalar, behi va anjir qiyomlari, ziravor va boshqa mahsulotlarga alohida e’tibor qaratmoqdalar.                                                                                                                       Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
KUN HIKMATI
Aytur so‘zni ayt, aytmas so‘zdin qayt. Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar.
Alisher Navoiy Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating                                                                                                                        Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
MAGNOLIYA - BAXT VA GO‘ZALLIK RAMZI 🌸Magnoliya yer yuzidagi eng qadimgi o‘simliklardan biridir. Magnoliya oilasida 100 dan ortiq tur mavjud. Bu barra ko‘katlarga o‘ralgan ajoyib go‘zal gul. Magnoliya (Magnolia) — magnoliyadoshlar oilasiga mansub doim yashil yoki barg to‘kadigan daraxtlar turkumi. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikaning janubiy-sharqiy hamda Markaziy Amerikada 80 ga yaqin turi bor. Magnoliya o‘z nomini 1703-yilda fransuz botanigi Per Magnol sharafiga atagan Charlz Plumierdan oldi. Magnoliya Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo, Shimoliy va Markaziy Amerikada o‘sadi. Bugungi kunda ular Yevropada ham keng tarqalgan.Ushbu o‘simlikning O‘zbekistonda 3 turi manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Shundan yirik gulli mangoliya doim yashil manzarali daraxt sifatida tarqalgan. Mamlakatimizda o‘stiriladiganining bargi kuzda to‘kiladi. Bo‘yi 10–13 m gacha keladi. Gullari yirik, oq, xushbo‘y, yakka. Bargi tarkibida efir moylari, glyukozidlar, po‘stlog‘i va ildizida alkaloidlar bor.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Bugun 27-iyun 2024-yil                                               🌡23-39°, Havo bulutli, yog‘ingarchiliksiz    ☀️Hozir: 22° iliq                                                                                🌕Kunduzi: 39-41° iliq    🌑Kechasi: 23-25° iliq    Quyosh chiqishi: 4:51    Quyosh botishi: 20:02 Shamol tezligi: sharqdan 3-8 m/s Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating                                                                                                                        Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Показать все...
02:32
Видео недоступноПоказать в Telegram
AGROINNOVATSIYA Har bir ishga mehr va zavq bilan yondаshsangiz, natijasi ham shunga yarasha bo‘ladi. Mana bu bog‘ esa nafaqat chiroyi, balki shinamligi va kamxarjligi bilan ham tahsinga loyiq, shunday emasmi? Siz ham mana shunday bog‘ yaratishni istarmidingiz? Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating                                                                                                                        Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Показать все...
Ажойиб боғ барпо этиш.mp427.57 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qumlarda minerallar bo‘ladimi? Shamol, yomg‘ir va sovuq ta‘sirida tog‘lar nurab, mayda toshlar va zarralarga aylana boradi, diametri 0,05 mm dan 2,5 mm gacha bo‘lgan bunday zarralar “qum” deb ataladi. Qum tog‘ jinslari tarkibiga kiruvchi mineral zarralaridan hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham qumda har xil minerallarni uchratish mumkin. Shuningdek,to‘lqinlarning qoyalarga, shamol olib keladigan qumga, tog‘ jinslariga hamda dengiz suvining bir qancha minerallarga ta‘siri — bular barchasi qum hosil bo‘lishiga yordam beradi. Cho‘llardagi qumni asosan, shamol olib kelgan. Ayrim hollarda sahrodagi qum tog‘ massivlarining yemirilishi natijasida paydo bo‘lgan. Ba‘zi sahrolar o‘rnida esa bir vaqtlar dengiz bo‘lgan va u ming yillar burun chekinib, o‘z o‘rnida qum uyumlarini qoldirgan.Qumli tuproqlar tarkibida ham minerallar mavjud. Tuproqlarning mexanik tarkibi jihatidan yengil, o‘rta va og‘ir qumoqli tuproqlar tarkibida qumli tuproqlarga nisbatan mineral moddalarni ushlab qolish qobiliyati yaxshiroq. Batafsil
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.