Biznes-ombudsman
Открыть в Telegram
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil Murojaat va shikoyatlar uchun: @biznesombudsmanrasmiy_bot
Больше6 301
Подписчики
+224 часа
+87 дней
+14330 день
Архив постов
6 301
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6 301
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6 301
👍 O‘zbekistonda 601,3 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonda 601,3 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
👍 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni:
savdo – 164 481 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 131 925 ta;
sanoat – 63 861 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 33 966 ta;
qurilish – 33 163 ta;
tashish va saqlash – 18 894 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 15 341 ta;
axborot va aloqa – 13 705 ta;
boshqa turlar – 125 940 ta.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
6 301
👍 Tadbirkor murojaati asosida noqonuniy qurilishning oldi olindi
Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi “N.Z.S.” MChJ rahbari jamiyatga qarashli yer maydoni hududiga piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi kirib kelayotganidan xavotir bildirib, qurilishga oid hujjatlarni o‘rganish hamda muammoni bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
O‘rganish davomida Narpay tumani hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 105-kilometri va D075 avtomobil yo‘lining 5-kilometri kesishmasida, tadbirkorga tegishli savdo do‘koni yaqinida yerosti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi boshlanganligi aniqlandi.
👍 Mazkur obyekt Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi buyurtmasiga asosan “O‘zyo‘lko‘prik klasterining Samarqand filiali” DM tomonidan barpo etilmoqda. Qurilish ishlari tegishli qarorlar asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, obyektning loyiha-smeta hujjatlari “YO‘LINJINIRINGLOYIHA” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan va davlat ekspertizasining ijobiy xulosasi olingan.
Shu bilan birga, loyihaning ishchi chizmalari qayta ko‘zdan kechirilganda, piyodalar o‘tish yo‘lagining bir qismi MChJga tegishli yer maydoniga qisman kirib qolganligi tasdiqlandi.
Muhimi, o‘rganish jarayonida tadbirkorga tegishli yer maydoni amalda egallab olinmagani va mazkur hududda qurilish ishlari olib borilmagani aniqlandi.👍 Buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkiloti vakillari ishtirokida loyiha qayta ko‘rib chiqilib, qurilishning umumiy hajmini o‘zgartirmagan holda, MChJga tegishli yer maydoniga daxldor bo‘lmaydigan tarzda loyihaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ta’minlandi. —— 👍 По обращению предпринимателя предотвращено незаконное строительство
Руководитель ООО «N.Z.S.», осуществляющего деятельность в Самаркандской области, обратился к Бизнес-омбудсмену с просьбой изучить градостроительную документацию и оказать содействие в разрешении проблемы. Повод для беспокойства — строительные работы по возведению пешеходного перехода, затронувшие земельный участок компании. В ходе проверки выяснилось, что на пересечении 105-го километра автодороги М-37 «Самарканд – Бухара – Туркменбаши» и 5-го километра автодороги D075 в Нарпайском районе — рядом с торговой точкой предпринимателя — началось строительство подземного пешеходного перехода. Заказчиком объекта выступает Главное управление автомобильных дорог Самаркандской области, а генподрядчиком — Самаркандский филиал ГУП «O‘zyo‘lko‘prik klasteri». Работы ведутся на основании соответствующих решений, проектно-сметная документация разработана ООО «YO‘LINJINIRINGLOYIHA» и получила положительное заключение госэкспертизы. Однако повторный анализ рабочих чертежей подтвердил: часть проектируемого перехода действительно накладывается на земельный участок, принадлежащий ООО. При этом проверка показала, что фактически участок предпринимателя еще не загражден, а строительные работы непосредственно на его территории пока не проводились. 👍 С участием представителей заказчика, проектировщика и подрядчика проект был оперативно пересмотрен. В документацию внесли корректировки, исключающие вмешательство в границы участка ООО, без изменения общих объемов строительства.Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
6 301
6 301
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi.
Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi.
Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi.
Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman,– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X
6 301
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida e’tirof etildi.
Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon po‘lat erituvchi vazifasida ishlayotgan G‘ulomjon Turonovning “Xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangani butun metallurglar mehnatining e’tirofidir.
Paxtachilik va g‘allachilikda yuksak natijaga erishib, o‘z maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, ipak qurtini bahor, yoz va kuz mavsumida parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik pillakor Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikda ilg‘or texnologiya va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilayotgan qoraqalpog‘istonlik Esenbay Aytimuratov hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirishga hissa qo‘shayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezatgan usta-naqqosh Sattorxo‘ja To‘xtaxo‘jayevga “Xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi.
Facebook|Instagram|X
6 301
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.
– Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda,– dedi davlatimiz rahbari. Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish har bir inson uchun katta baxt ekani ta’kidlandi. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezidentimiz har bir mukofotlanganning mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi. Mukofotlanganlar orasida butun umrini bunyodkorlikka bag‘ishlagan xorazmlik otaxon Rustam Sultonov ham bor. U kishi tabarruk yoshda bo‘lsalar-da, viloyat nuroniylariga boshchilik qilib, mahalla va qishloqlarni obod qilishda yoshlarga chinakam ibrat bo‘lib kelmoqda. Facebook|Instagram|X
6 301
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi.
O‘tgan davrda mamlakatimizga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyotimiz 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi. Joriy yil yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 500 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi.
Odamlarning uzog‘ini yaqin qilish uchun 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi.
O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Xalqimizda “Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi!
Facebook|Instagram|X
6 301
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahoratida, islohotlar ijrosini har bir mahalla va har bir xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidladi.
Joylarda odamlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirayotgan nuroniylar va mahalla faollari, xalq osoyishtaligi hamda Vatan tinchligini ta’minlayotgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining jasorati alohida qayd etildi.
– Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi, bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir!– dedi mamlakatimiz yetakchisi. Fidoyi va bunyodkor vatandoshlarimiz, mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi bo‘lgan butun xalqimizga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Prezidentimiz inson qadri ulug‘langan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan xalq bilan birgalikda dadil borilayotganini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X
6 301
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook|Instagram|X
6 301
#2026yil_1sentabrdan
👍 Chorvachilik tarmog‘i moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi
2026-yil 1-sentabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan Davlat byudjeti hisobidan naslchilik xo‘jaliklariga o‘stirishga qoldirilgan identifikatsiya qilingan urg‘ochi nasldor qoramollarni saqlash xarajatlarining bir qismini qoplashga har bir davr uchun alohida quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratilishi belgilangan:
👍 birinchi nasldor urg‘ochi buzoq olinganda – 1,5 million so‘m;
👍 ikkinchi nasldor urg‘ochi buzoq olinganda – 2 million so‘m;
👍 olingan buzoq 12 oylikkacha saqlanganda – 1 million so‘m;
👍 olingan buzoq 12 oydan 18 oylikkacha saqlanganda – 1 million so‘m.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
6 301
👍 Tadbirkordan talab qilingan 10,8 mlrd so‘mlik kompensatsiya bekor qilindi
Sud ajrimiga asosan, sud jarayonida Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi.
Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi Bosh boshqarmasi tomonidan “O‘.” AJdan 10,8 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlarini undirish haqida Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
👍 Sud muhokamasida nazorat qiluvchi organ tekshirish predmetidan tashqariga chiqqani hamda tekshirish dalolatnomasi jamiyat rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsga taqdim etilmagani aniqlandi. Shuningdek, atmosferaga metan gazi sizib chiqqani dalillar bilan tasdiqlanmadi.
Biznes-ombudsman vakili tomonidan berilgan ma’lumotga asosan, sud ushbu holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8, 12 va 28-bandlari talablari buzilganini inobatga olib, tekshirish dalolatnomasi va undagi hisob-kitoblar qonunni buzgan holda olingan dalillar deb baholadi.👍 Natijada, sud tomonidan tadbirkorga nisbatan 10,8 mlrd so‘m miqdoridagi kompensatsiya to‘lovlarini undirish to‘g‘risidagi da’vo talabi rad etildi. —— 👍 Суд отменил требование о выплате 10,8 млрд сумов с предпринимателя
В ходе судебного разбирательства Бизнес-омбудсман успешно защитил права и законные интересы предпринимателя. Ранее Главное управление экологии и изменения климата Кашкадарьинской области обратилось в Каршинский межрайонный экономический суд с иском о взыскании с АО «О.» компенсации в размере 10,8 млрд сумов. 👍 Однако в суде выяснилось, что контролирующий орган вышел за рамки предмета проверки, а сам акт проверки не был вручен руководителю компании или и. о. директора. Кроме того, факт утечки метана в атмосферу не получил доказательного подтверждения. На основании сведений, представленных представителем Бизнес-омбудсмана, суд установил, что в данном случае были нарушены требования пунктов 8, 12 и 28 Положения «О порядке проведения проверок и профилактических мероприятий в деятельности субъектов предпринимательства контролирующими органами» (утв. Постановлением Президента Республики Узбекистан № ПП-374 от 13 сентября 2022 года «О мерах по совершенствованию порядка координации проверок деятельности субъектов предпринимательства»). В связи с этим суд признал акт проверки и приведенные в нем расчеты доказательствами, полученными с нарушением закона. 👍 В итоге суд полностью отказал в удовлетворении иска о взыскании с предпринимателя 10,8 млрд сумов.Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
6 301
👍 Faoliyat turini o‘zgartirish masalasi hal etildi — tadbirkor o‘z ishini davom ettirmoqda
🗣 Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridan tadbirkor Muhammadali Hoshimov faoliyat turini o‘zgartirish masalasi yuzasidan Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Murojaat tezkorlik bilan o‘rganilib, qonun doirasida zarur choralar ko‘rildi. Natijada masala bir hafta ichida ijobiy hal etilib, tadbirkorga yangi yo‘nalishda o‘z ishini erkin davom ettirish imkoniyati yaratildi.
▪️ Tadbirkor uchun haqiqiy natija - murojaatning amaliy yechim topishi va yangi imkoniyatlarning yuzaga kelishidir.
☎️1100
#TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim
6 301
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi.
—
163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6 301
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония ввода в эксплуатацию новых объектов в регионах страны на общую сумму 50 триллионов сумов по случаю 35-летия независимости.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #obyektlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6 301
👍 Tadbirkorning 482,7 mln so‘mlik haqi undirib berildi
Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “O.S” MChJ rahbari bajarilgan ishlari uchun to‘lovlarni undirishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, 2026-yil may oyida “Suv ta’minoti va oqava suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK viloyat boshqarmasi hamda MChJ o‘rtasida Farg‘ona shahridagi “Eko shahar” hududida ichimlik suvi tarmog‘ini tortish bo‘yicha 508,1 mln so‘mlik pudrat shartnomasi tuzilgan. Tadbirkor tomonidan belgilangan qurilish-montaj ishlar bajarilgan bo‘lsa-da, ayrim sabablarga ko‘ra buyurtmachi tomonidan ishlar qabul qilinmay, oraliq va yakuniy to‘lovlar to‘xtatib qo‘yilgan.
👍 Biznes-ombudsman xodimlarining aralashuvi va amaliy yordami bilan masala ijobiy hal etildi. Buyurtmachi tomonidan bajarilgan ishlar to‘liq qabul qilinib, tadbirkorga 482,7 mln so‘m mablag‘ to‘lab berilishi ta’minlandi.
——
👍 Предпринимателю вернули долг в размере 482,7 млн сумов
Руководитель ООО «O.S.», осуществляющeго деятельность в Ферганской области, обратился к Бизнес-омбудсману с просьбой оказать содействие в взыскании оплаты за выполненные работы. Как выяснилось, в мае 2026 года между областным управлением ГУП «Инжиниринговая компания по строительству объектов водоснабжения и водоотведения» и ООО был заключен договор подряда на сумму 508,1 млн сумов. Предмет договора предусматривал прокладку водопроводной сети на территории массива «Эко город» в Фергане. Несмотря на то что предприниматель выполнил обусловленные контрактом строительно-монтажные работы, заказчик по ряду причин отказался от их приемки и приостановил промежуточные и окончательные расчеты. 👍 Благодаря вмешательству и практической помощи сотрудников офиса Бизнес-омбудсмана вопрос был решен положительно: заказчик в полном объеме принял выполненные работы и выплатил предпринимателю 482,7 млн сумов.Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
6 301
+5
#Faoliyat
👍 O‘zenergoinspeksiya xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
Biznes-ombudsman devoni tomonidan tashkil etilgan seminarda tadbirkor va tekshiruvchilarning huquq va majburiyatlariga doir ko‘nikmalarini oshirishda O‘zenergoinspeksiyaga berilgan vakolatlarni amalda qo‘llash mexanizmlari muhokama qilindi.
Seminar davomida ishtirokchilarga tekshirish jarayonlarini qonuniy tartibda olib borish, tadbirkorlarning huquqlariga qat’iy rioya qilish, tekshirish o‘tkazishda vakolatli organlarni xabardor qilish tartibi, shuningdek, monitoring va jamoatchilik nazoratini ta’minlash, profilaktik chora-tadbirlarni samarali o‘tkazish kabi mavzular yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.
——
👍 Для сотрудников «Узэнергоинспекции» организован обучающий семинар
В ходе семинара, организованного аппаратом Бизнес-омбудсмена, участники обсудили практические механизмы реализации полномочий «Узэнергоинспекции» в контексте повышения осведомленности о правах и обязанностях как предпринимателей, так и проверяющих органов. В рамках мероприятия эксперты и участники обменялись мнением по вопросам соблюдения законности при проведении проверок, защиты прав бизнеса и порядка уведомления уполномоченных органов. Особое внимание было уделено обеспечению мониторинга и общественного контроля, а также повышению эффективности профилактических мер.Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
