cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Рекламные посты
2 550
Подписчики
-624 часа
-237 дней
-5330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari
Davlat buyurtmasi parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari ajratiladi
Farmonga muvofiq: ▶️davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish bali tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oldingi oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish ballarini hisobga olgan holda Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi; ◀️hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash uchun davlat buyurtmasi parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari ajratiladi. Bunda: ➡️davlat organlari va tashkilotlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari maqsadli qabul buyurtmachilari hisoblanadi hamda kadrlarga boʻlgan oʻz ehtiyojlarini Davlat komissiyasiga taqdim etadi; ↪️hududlar kesimida maqsadli qabul tegishli hududda doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan abituriyentlar orasida tanlov asosida amalga oshiriladi; ➡️maqsadli qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilgan fuqaro bilan manfaatdor tuman (shahar) hokimiyati, sohaviy davlat organi (tashkiloti) va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida toʻrt tomonlama shartnoma tuziladi; ▶️ 2024/2025-oʻquv yili qabulidan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarining boshqa taʼlim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi taʼlim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari
🎓 Magistratura va doktorantura qabuli uchun quyidagi darajalarda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talab etiladi:
🚩1️⃣xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida; 🚩2️⃣gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida; 🚩1️⃣boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ⚡️2024/2025-o‘quv yili qabuli 5-iyundan boshlanadi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda: 🚩 abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; 🚩 davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2️⃣ bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi (bunda ...); 📌o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi; 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Shuningdek, kollej va texnikumlar qabulida abiturientlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydilar.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab: 🟠kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno); 🟢kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi; 🟠davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi; 🟢davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi; 🟠bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. 🟣Bunda: ✔️ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; ☑️ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; ☑️ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; ☑️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi; ❌ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Олий таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш ва давлат буюртмасини жойлаштириш тизимини такомиллаштириш тўғрисида"ги ФармониУказ Президента Республики Узбекистан "О совершенствовании системы приема на учебу в высшие образовательные организации и размещения государственного заказа" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
Birgalashib yoshlikni eslaymiz😉
Показать все...
😍 10
Фото недоступноПоказать в Telegram
🗣Retro uslubdagi "Bitiruv oqshomi"ga marhamat! 🔅25-may "So‘nggi qo‘ng‘iroq" kuni munosabati bilan bitiruvchi yoshlarni qutlash maqsadida gala-konsert o’tkaziladi. 🧾 Konsert dasturidan Dronlar shousi, DJ battl va retro chiqishlar o‘rin olgan. ⏰ 25-may 19:00 📍 Xalqlar do‘stligi maydoni ✅ Bizni kuzatishda davom eting! Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Показать все...
👍 11❤‍🔥 2 1
❤‍🔥 19 11🎉 7👍 5👏 1🕊 1
22-may kuni Universitetimizda Zakovat Quizning 4-o'yini o'tkazildi. Unda jamoalar bir biridan qiziq raundlarda har sohaga oid savollarga javob berishdi. Jamoalar o'rtasida qizg'in va murosasiz raqobat kechdi. Yakunda kuchli uchlik quyidagicha ko'rinish oldi: 🥇 Cosmos 🥈 Ko'hinur 🥉 Pentagon Shuningdek o'yinda Birinchi, Uchinchi va Beshinchi (Novda jamoasi) o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalarga kitoblar sovg'a qilindi. Tez kunlarda quizning navbatdagi o'yinini ham o'tkazish rejalashtirilgan. Barchangizni ushbu qiziqarli intellektual o'yinda kutib qolamiz.
Показать все...
👍 9😎 5🤔 2🌚 2❤‍🔥 1 1🕊 1
Universitet ligasi 1-mavsumida sovrindor o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalarning rag'bat pullari o'z egalariga yetkazildi. 1-o'rin: Zoom jamoasi (5 mln so'm) 2-o'rin: Troya jamoasi (4 mln so'm) 3-o'rin: Pentagon jamoasi (3 mln so'm)
Показать все...
👍 6🕊 2😇 2 1🌚 1