ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Открыть в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Больше
5 143
Подписчики
-524 часа
-227 дней
-5930 дней
Архив постов
Tanladim...
Tanladim...

1-maslahat Ishda qadrli insonga aylanishingiz kerak. Ammo, qadrli insonlarni hammasi ham ishida muvaffaqiyatli davom etavermaydi. Yechim nima ? Kompaniyaga bir tomonlama qadrli bo'lish o'rniga, boshqa yo'llarni ham izlang. Masalan, Frontend dasturchisiz, Angular'da ishlaysiz. Bu degani siz bir tomonlama qadringiz bor. Backend uchun masalan NodeJS ishlatadi kompaniyangiz, yoki Java yoki .NET yoki PH..., ah, whatever. Vaqtingiz borida Backend tomonni tezroq o'rganib oling va kompaniyaga shu tomondan ham foyda olib kelishingizni isbotlang. Qarabsizki, Menejerni sevimli dasturchisiga aylanyapsiz 🌚 Bu orqali kompaniya lay-off e'lon qilganda, ishchilar orasidagi saralashdan muvaffaqiyatli o'tish imkoningiz oshadi. Faqat Frontend'chi yoki faqat Backend'chilardan ustun bo'lasiz. InshaaAlloh. #layOff #maslahat @JoshDeveloper

Lay-off'larga tushmaslik va tushganda nima qilish bo'yicha maslahatlar ketma-ketligini yozib boraman. Birozdan so'ng birinchi maslahatni yozaman. #lay_off heshtegi orqali o'qishingiz mumkin bo'ladi har birini. inshaaAlloh. @JoshDeveloper

Aytaman aytaman 😄 Bugun Teams'ga kirsam, xabar kelibdi, "Klient byudchetni biroz kamaytiryapti, loyihada 31-May'gacha ishlay olasiz ekan. Undan so'ng sizga boshqa loyiha qidiramiz. Bu qaror sizning ishlash performance'singizga aloqasi yo'q, 20 dan ortiq inson ham ketyapti. ........" degan mazmunda. Men esa darhol, loyiha topilmasa kompaniyada qancha qola olishimni so'radim. Chunki, loyiha ayni damda yo'qligini bilaman. Kamiga 20 ta odam chiqsa loyihadan... Aniq javobini kutyapman. Shundan so'ng biror jiddiy qarorga kelaman inshaaAlloh. Aslini olganda, bu ham yaxshilikka, o'zim uchun ham, sizlar uchun ham. Sizlar uchun ? 🤔 Ha, shu muommoni inshaaAlloh yengib o'taman va tajribamni sizlar bilan bo'lishaman. Bu ham foyda. :) #lay_off @JoshDeveloper

Jiddiy xabarlar bor...😢 Hozir aytaymi yoki biroz kuttiraymi ? Yomon xabarmi ? Ko'rinishdan shunaqa, ammo oxiri yaxshilik inshaaAlloh. #badNews @JoshDeveloper

Mockint.uz jamoamizda yangi Interviewer 🎉 Samandar Boymurodov, Software Engineer at EPAM Systems EPAM'da ishlayotgan davrimd
Mockint.uz jamoamizda yangi Interviewer 🎉 Samandar Boymurodov, Software Engineer at EPAM Systems EPAM'da ishlayotgan davrimda, O'zbekistondan ilk ichki texnik Interviewer'lar qatorida Samandar ham bor edi, bu esa katta yutuq. Ancha muddatdan beri Interview'lar olib boradi va bu borada tajribasi katta. Shu bois, Samandarni safimizga qo'shishga qaror qildik. Umumiy Frontend yo'nalishi bo'yicha yuqori darajadagi Interview'dan o'tishni xohlaganlar, bemalol kelaverasiz. 😉 Xush kelibsiz, Samandar. 👏 Bizning manzil: Mockint.uz #mockint #interview @JoshDeveloper

Bizda ham quyidagidek o'zgarish bo'lsa ajoyib bo'lar edimi ? Nima deysiz ? https://t.me/azon_official/64464 Menga desa, oyliklar unaqa kamaymasa bo'ldi, 1 kun ish kuni qilishsa ham roziman 🌚 @JoshDeveloper

Yoshlarda(afsuski ba'zan kattalarda ham) uchrab turadigan og'ir bir kasallik haqida, dilimdagilarni yozdim. Qiziqqanlar o'qishi mumkin: https://t.me/UmarSadullayev/873 #tavsiya @JoshDeveloper

Dasturlashdan uzoqlashib ham turing. Shu dam olish kunlari imkon boricha ish haqida o'ylamasdan, faqat o'z oilam va qiziqishlarimga vaqt ajratmoqchiman. [Shu joyiga "Dasturlashga qiziqmaysizmi?" deb qolishmasa bo'ldi "ba'zi" insonlar😄...] Shunday qilib turish kerak ekan. Hayot faqat ishlashdan, dastur tuzishdangina iborat emas. Orada tanaffus olish o'zingizga ham, ishga ham ijobiy ta'siri bor. Balans buzilganda ko'plab xatolar ro'y beradi, sog'liqqa ham ta'sir qiladi. O'zim bir balansni buzib, bunga amin bo'ldim. 😄 Vaqti kelganda chiroyli qilib dam olishni ham biling. #maslahat @JoshDeveloper

Bugun shu oooch yuribman, ro'za emasligim esimda ham yo'q 😄 Go'zal Ramazon bo'ldi. Alloh qabul qilsin hammamizdan. Bugun iftorlik nechida edi ? 🌚 #joke @JoshDeveloper

Chegirma uchun "joylar" tugab qolyapti deyarli 😄 Allaqachon 4 ta inson yozdi, 3 ta inson xarid qildi. Buncha tez bo'ladi deb o'ylamagandim. Hamma hayitni kutib o'tirgan ko'rinadi 🌚 Hayit hayitdek bo'lsin 😄, yana 10 ta insonga shu chegirma beriladi. Umumiy 15 ta birinchi to'lov qilgan insonga beriladi ushbu katta chegirma. Keyingisi keyingi Hayitda endi inshaaAlloh. 😄 @JoshDeveloper

Qarasam hamma hayitlik qilib, kurslariga chegirma berishyapti 😄 Qolib ketmay "krug"dan. Hayit bayrami uchun, Frontint.uz kursining Classic va Pro tarifiga 70% chegirma e'lon qilaman. 🌚 Chegirma birinchi sotib olgan 5 nafar kishiga beriladi. Chegirma 1 hafta davom etadi. Joy band qilish mumkin emas. Olmoqchi bo'lganlar, @FrontintAdmin ga bog'lanishi mumkin. #chegirma @JoshDeveloper

Hayit bayramingiz muborak bo'lsin aziz obunachilar. 🎉 Avvalo, hayit bayrami bilan tabriklayman hammani. Ushbu kun biz uchun, Musulmonlar uchun bayram. Haqiqiy Musulmon ushbu kunni bayram qilib, go'zal tarzda nishonlamoqi kerak. Yangi yil, tug'ilgan kun kabi chetdan kelgan bayramlarni million-million pul ketkazib nishonlayotgan Musulmonlar uchun bu kun imtihon. Unday qilmayotganlar uchun esa ne'mat, haqiqiy bayram. Uni hursandchilikda o'tkazing. Oilangizni hursand qiling. Ramazon hayiti muborak azizlar. 🌙 Yana bir narsa, Salkam 2 yil oldin, Ramazon hayiti kunlarida ushbu kanalni ochgandim. Allohni izni bilan. Qanday post chiqsa ham to'g'ri qabul qilgan va biz bilan qolganingiz uchun siz azizlardan Alloh rozi bo'lsin. Hali birgalikda ko'p xayrli ishlar qilamiz inshaaAlloh. ✊ #tabrik #EidMubarak #happyEid @JoshDeveloper

Tepadagi training'da quyidagi xizmatlar bo'ladi va istalganini tanlashlari mumkin. 1. TypeScript va Angular asoslari(nazariy + amaliy) 2. Angular'dagi "Advanced" tushunchalar(nazariy) 3. Angularda "best practice"lar va katta loyihalarni ko'tarish(nazariy + amaliy) Xizmat turiga qarab narxlar va davomiyligi ham o'zgaradi. Har bir xizmat turi ichida ketma-ketlikdagi rejalar bo'ladi. Training kim tomonidan o'tkaziladi ? - Shaxsan o'zim, shu sohada 3 yilga yaqin tajribaga ega, xalqaro kompaniyalarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan Senior Angular dasturchisi tomonidan o'tkaziladi. #training @JoshDeveloper

O'zbekistonda Angular freymvorki bo'yicha ko'plab kompaniyalar bor. Ammo, ko'pchilikida ishchilar bilimi ancha past. Buni ish intervyularidan ko'rganman. Shu bois, kompaniyalar uchun ichki "Angular training"larni yo'lga qo'yishga qaror qildim. ishchilarini bilimini o'ylagan kompaniyalar bo'lsa, bizga bog'lanib, "Online training"lar uyushtirishni kelishishlari mumkin. Narxlarini ham kelishamiz 🌚 Bog'lanish uchun, @MockintAdmin akkountimizga yozsangiz bo'ladi. Uyerda Mockint.uz loyihasi uchun ham, bu training'lar uchun ham so'rovlar ko'rib chiqiladi. #angular #training @JoshDeveloper

Bard AI endi O'zbekistonda! Google tomonidan ishlangan Bard AI biz uchun ham ochildi. "Waiting list"ga qo'shilib, so'ng ishla
Bard AI endi O'zbekistonda! Google tomonidan ishlangan Bard AI biz uchun ham ochildi. "Waiting list"ga qo'shilib, so'ng ishlatib ko'rsangiz bo'ladi. Taasurotlarim dabdala hozircha 😄 Rasmda o'zim haqimda so'ragandim, o'zim ham bilmaydigan ma'lumotlarni aytib berdi.🤷‍♂️😅 Kod yozib berishini so'ragan edim, yozib beryapti. Ammo, unchalik ham yaxshi emas. (ChatGPT solishtirganda) Ammo, tan olish kerakki, ChatGPT'ga qaraganda juda tez. #bard @JoshDeveloper

Ishlatib ko'rdim buni 😄 Yoqdi. Yomon emas ekan. MX Master'ga yetmasa ham, umuman olganda yaxshi ekan narxiga. Bitta uncha yoqmagan narsasi, "Scroll" qilish MX Master'dagidek yaxshi emas ekan. Ammo, ishlatsa bo'ladi bemalol. Qo'li kichiklarga uncha tavsiya qilmayman. Bunday sichqon(cha)lar kattaroq bo'lishadi. Endi zaryadi va chidamliligini oylar davomida tekshirib boraman inshaaAlloh 😄 {{ Buyerda qayerdan sotib olish haqida reklama bo'lishi mumkin edi. Sichqonchani pulini chiqarib olarmidim...Hali ham kech emas }} 😄 @JoshDeveloper

Anchadan beri "Sichqoncha" sotib olmoqchi bo'lib yurgandim. Ammo, men xohlagan Logitech MX Master 3 qimmatlik qilayotgandi. (
Anchadan beri "Sichqoncha" sotib olmoqchi bo'lib yurgandim. Ammo, men xohlagan Logitech MX Master 3 qimmatlik qilayotgandi. (to'g'riroqi uncha pul ajratgim kelmadi 😄) Hozir rasmdagi aytgan sichqonchani analogi. Shunga o'xshatib qilishgan ekan. Ammo, ancha arzon. 30-40$ atrofida. Shuni olishni rejalashtiryapman. Sizni fikringiz qanday bunga ? Ishlatib ko'rganlar bormi ? :) @JoshDeveloper

Bunaqa uslubga o'tishibdi endi React'chilar 😄 https://t.me/islom_aliy/109 Eh tovba 😄 Oxiri mani React'chi qilishmasa bo'ldi bular. 🥲 @JoshDeveloper

Repost from Umar Sadullayev
Biror narsani o'rganishda hamma aytgan maslahatlarga ergashib ketavermasdan, hammani eshitib, so'ng o'zingizga mosini o'zingiz topishingiz kerak. Ba'zilar kuniga 8 soatlab o'qiy oladi va bundan qiynalmaydi. Ba'zilar esa unday emas, ular balki kamroq. Ammo, hardoim ham kutilgandek 8 soat vaqt ajratgan inson ko'proq narsa o'rgangan bo'lib chiqavermaydi. Aytmoqchi bo'lganim, harkimni o'z shaxsiyati bor. Bu shaxsiyatini odamlardan ko'ra o'zi ko'proq biladi. Qanday usul orqali, qancha vaqt ajratib o'rgansa eng maksimal natijaga erisha olishini ham insonni o'zi topishi kerak va shunga amal qilishi kerak. deb o'ylayman.) #maslahat @UmarSadullayev