es
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Ir al canal en Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Mostrar más
4 804
Suscriptores
-1224 horas
-307 días
-1130 días
Archivo de publicaciones
Birinchi daromadim... 💸 Bundan 3 yil oldin, 200 000 so'mga bir saytni "Responsive" qilish uchun buyurtma olganman. 😄 Naqt 2 hafta ishlaganman shu vazifa ustida. Buyurtma qanday chiqqan ? Buning uchun, o'zimni borligimni bildirganman iloji boricha hamma yerga. Ish kerakligini aytib e'lonlar berganman, hatto OLX'ga ham e'lon bergan ekanman 😂 Shundan keyin sekin sekin daromadga kirib ketgandim. 200 000 so'm boshlab olish uchun juda ajoyib summa. Harxolda shu yillarda shunday edi. (Yangi O'zbekiston hali uncha qurilmagandida #tanqid) Buni aytishimdan maqsad, hozirda ko'pchilik o'zini borligini bildirishni bilmaydi. Yana boshqalar esa, arzonga ish chiqsa, "Vey, shu ham pulmi ?" deydi. Shu xatolarni to'g'irlash kerak. Odamlarga dasturchi ekanligingizni, ish qidirayotganingizni bildiring. Tanish-bilishlarga ayting, xullas "ovoza" qiling. Daromadga chiqish kasbimizda o'ylagandan ko'ra qiyinroq. Ayniqsa hozirgi davrda. Harakatni yaxshi qilmasangiz, 3-4 yilda ham daromadga chiqmay yuraverasiz. Ammo, shuni ham bilingki, yaxshi harakat qilgan inson natijasini albatta oladi inshaaAlloh. "Motivassa" uchun aytaman, tepadagi 200 000 so'mni hozir XX daqiqada topaman. Alhamdulillah, Allohni fazli bilan. O'sha davrlarda, bu oylikni hatto orzu ham qilmaganman. Karyeramni eng ochilishiga sabab bo'lgan ishni ham, guruhlarda ish so'rab topganman. Alloh natijasini bergan. Shunaqa gaplar 🙂 @JoshDeveloper

Qachon va qaysi kodga TEST yozishim kerak ? 🤔 Test yozishda asosiy qoidalardan biri: "Action, expected result". Ya'ni, biror jarayon sodir bo'lganda, kutilgan natija nima bo'lishi. Testlar umuman shu narsani tekshiradi. Masalan, biror tugmada "click" jarayoni sodir bo'lganda(tugma bosilganda), natija HTTP so'rov yuborilishi bo'ladi. Bu holatda, testimiz tugma bosilganda HTTP so'rov ketdimi yo'qmi tekshiradi. Keyingi testimiz esa, HTTP so'rov ketganda natija kelishini tekshiradi. Yoki, biror funksiya ishlaganda, biror qiymat o'zgarishi kerak va hokazo. E'tibor bersangiz, hammasi bitta oddiy qoidaga bo'ysunishyapti, "Action, expected result" (Jarayon, kutilgan natija) Test yozishga qiynalayotgan bo'lsangiz, shu qoidani yodlab oling. "Jarayon, kutilgan natija". Shu xolos. Umid qilamanki post foydali bo'ldi. Ulashishni unutmang 😉 @JoshDeveloper

Poll natijasidan ko'rinib turibdiki, oramizda yolg'on gapiradiganlar ko'p ekan-a ? 😄 Hozir, "Kasbingizni yaxshi ko'rishingiz kerak, pul uchun kirmang biror kasbga" deyishimni kutayotgan bo'lsangiz kerak) Yo'q. Unday demayman. Yaxshi ko'rsangiz juda yaxshi, ammo yaxshi ko'rmasangiz-u, yaxshi va halol daromat qilayotgan yoki qilish niyatida bo'lsangiz, shuni o'zi ham kifoya. Ko'pchilik rost belgilaganiga ishonmayman. Chunki, agar oyiga 15 000$ lik ish chiqsa, aniq bilaman katta qismi yoqtirgan ishini tashlab ketadi. Ba'zi rostan yaxshi ko'radiganlardan tashqari. Ko'pchilikni yaxshi ko'rgan kasbidan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rganlari, og'irroq sharoitdagi oilasi bor. Oilasi uchun halol va serdaromad kasbni tanlash, oilasiga qiyinchilik qilib, yoqtirgan kasbida yurgandan yaxshiroq. Yaxshi ko'rish ham o'zi nisbiy tushuncha. Qalb esa o'zgaruvchan. Shunday ekan, yaxshi ko'rasizmi yo'qmi, modomiki ishingiz yaxshi va halol ekan, "gazini bosavering" ) @JoshDeveloper

Dasturchi sifatida, o'z ishingizni yaxshi ko'rasizmi ?
Anonymous voting

Frontint.uz kursimizga yozayotganlar ko'pchiliki bo'lib berishga so'rayotgani sabab, bir yangilikni e'lon qilmoqchiman. Endilikda Frontint.uz kursini ikki xil ko'rinishda sotib olish imkoni bor: 1. Kurs to'liq narxi. (-10% chegirma Fevralgacha) 2. Ikki bo'lib to'lash. (50% shu zahoti, 50% 1 oy ichida) Kurs mavzulari, shakli va narxlari qiziqmi ? Unda Frontint.uz saytimizdan barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin. @JoshDeveloper

Daftar ishlating. Shogirdlarimga eng ko'p maslahat beradigan gapim shu. Yangi texnologiya o'rganyapsizmi ? Bir daftar yoki jurnal tuting va hamma narsani chiroyli qilib yozib yuring. Nega aynan daftar ? Notion yoki shu kabi dasturlarchi ? Daftar bo'lishi iloji boricha shart. Chunki daftardan o'qish oson, dangasalik qilish kamroq bo'ladi, yana kompyuterdan turgan paytingiz ham bemalol o'qib, yodlab, o'rganib yurasiz. Va hkz. Bu ikkisini sinab ko'rganman va siz ham sinab ko'rsangiz nima deyotganimni tushunasiz. #maslahatcha @JoshDeveloper

Hey, Frontend yo'nalishida qiyin mavzular-u atamalarni, intervyuda tushadigan osondan qiyingacha bo'lgan savollarni va ularga
Hey, Frontend yo'nalishida qiyin mavzular-u atamalarni, intervyuda tushadigan osondan qiyingacha bo'lgan savollarni va ularga to'g'ri javoblarni qanday o'rgansam ekan deyapsizmi ? Unda sizga ajoyib yangilik bor. 🌚 FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik videokursimiz sotuvga chiqdi. 🎉 Kursda hozirda ITransition kompaniyasida Strong Middle darajasida Frontend Dasturchi bo'lib ishlayotgan @JoshDeveloper mentorlik qilgan. Kurs mavzulari, shakli va narxlari qiziqmi ? Unda Frontint.uz saytimizdan barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Fevral oyigacha barcha uchun 10% chegirma mavjud. Nimani kutyapsiz ? 😉

"I am impressed" degan hazil ekan 😅 #joke @JoshDeveloper
"I am impressed" degan hazil ekan 😅 #joke @JoshDeveloper

​​♟ "Chess Engines", algoritmlar, kompyuter qanday shaxmat o'ynaydi ❔ Ushbu postda kompyuter bizga qarshi qanday shaxmat o'ynashini ko'rib chiqamiz. Davomi @JoshDeveloper

Bugun Frontint.uz kursimizni oxirgi darsi yozib olinadi. Sentabrda boshlangan kursimiz bugun o'z nihoyasiga yetadi. Sotuvga chiqadimi ? - Albatta inshaaAlloh. Yaqin kunlarda sotuv e'loni va chegirmalar haqida post joylayman inshaaAlloh. Frontend bo'yicha O'zbek tilidagi eng yaxshi kurslardan biri bo'lishidan umidvormiz. Kursda intervyularda tushadigan juda ko'p mavzularni dars ko'rinishida o'tdik. Ko'p qismini amalda ham ko'rsatib berildi. Xullas, #StayTuned :) @JoshDeveloper

ChatGPT va boshqa AI'lar dasturchilarni ishini olib qo'yadimi ? Albatta yo'q. U AI tool'lar shunchaki dasturchini ishini yengillashtiradi xolos. Baribir asosiy ishni dasturchi qiladi. U yozib bergan kodni dasturchi o'qiydi, to'g'irlaydi, joylaydi va ishlatadi. Xullas, motivatsiyani yo'qotmasdan "gazini bosaveringlar". AI'lar haqida yana ham eshitmoqchi bo'lsangiz, bu borada mutaxassis Anvar aka Narzullayev bilan qilgan suhbatimizni qayta eshitishni maslahat beraman. Link. #munosabat @JoshDeveloper

Error types ? 🤔 JavaScript'da necha xil Error(xatolik) turlari bor ? JS'da 7 ta Error turlari bor. Keling ularni 3 ta eng mashxurlari bilan tanishib chiqamiz. 1. ReferenceError - Bu xatolik, dasturda mavjud bo'lmagan o'zgaruvchiga kirishga urunishda kelib chiqadi. Masalan: console.log(someVar); 🚫 ReferenceError: someVar is not defined 2. SyntaxError - Bu Error JavaScript sintaksiga mos bo'lmagan kod yozilsa kelib chiqadi. Parsing jarayonida(kod hali ishlashni boshlamasidan avval) bu xatolik topiladi. Masalan: const class 1231; 🚫 SyntaxError: Unexpected token 'class' 3. TypeError - Bu xatolik ko'pincha biror qiymatni tipiga mos kelmagan amallar qilishga urunishda kelib chiqadi. Masalan: const boo = true; boo.sort(); 🚫 TypeError: boo.sort is not a function Qolgan 4 ta unchalik mashxur bo'lmaganlarini esa siz azizlarni o'zingizga qoldiraman. Postimiz uzun bo'lmasligi uchun ularni yozib o'tirmadim. O'rganishingiz uchun ajoyib manba: Link @JoshDeveloper

Shaxsiy kanalimda Alloh taoloning 99 ism-sifatlarini o'rgandik. Oramizda men kabi hali to'liq yodlamaganlar bo'lsa, marhamat, qachongacha cho'zib yuramiz yodlashni ?) Kanal manzili: @UmarSadullayev Muqaddima: https://t.me/UmarSadullayev/613 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Allohning to'qson to'qqizta ismi bor. Kim ularni yod olsa jannatga kiradi. Albatta, Alloh toqdir va toqni yaxshi ko'radi" dedilar. P.s: Post Musulmonlar uchun ulashildi. #islam @JoshDeveloper

Oyliklar haqida gaplashamizmi ? 😋 Men O'zbekistondagi chetel kompaniyalarida to'lanayotgan oyliklarni oraliqini tahminan aytaman. Hop, tajribamdan va tanishlarimdan kelib chiqib, tahminimcha oraliq oyliklar bunday: Junior 👦: Ko'pincha 400$ - 700$, ba'zan 700$ - 1200$ gacha Middle 👱‍♂️: Ko'pincha 1000$ - 2500$, ba'zan 2500$ - 3500$ gacha Senior 🧔‍♂️: Ko'pincha 2500$ - 3500$, ba'zan 3500$ - 7000$ gacha (Bular yo'nalishga qarab o'zgarishi mumkin. Buyerdagini Frontend va Backend uchun deb tushunsangiz bo'ladi.) Ulashish esingizdan chiqmasin. 😉 Ha yana, endi boshlaganlar oylik haqida o'ylamasdan 1-2 yil tajribaga e'tibor qaratsin. Post qayta ulashildi. @JoshDeveloper

Insof ham qiling-da! Esingizda bo'lsa yaqinda kurslar va o'quv markazlardan norozilar kommentga yozsin degandim. Yozishdi. Gap yo'q. Ammo, endi boshqa masala bor. Norozilar rostan norozi bo'lishi kerakmikan ? Bugun bir "yomonlangan" kursni kontentini ko'rdim. Kontent juda ham ajoyib edi. Bundan ham norozilar bormi a ? deb yubordim. Norozilik sababi esa inson sifatida tushunsa bo'ladigan oddiy narsa edi. Shaxsan o'zimni shogirdlarim bilishadi. Orada ba'zan ishlarim ko'payadi, oilaviy muommolarga duch kelaman, charchayman, kasal bo'laman. Shogirdlarim esa meni inson ekanimni bilishadi va orada uzulish bo'lsa, to'g'ri tushunishadi. Insofli insonlar. (O'qiyotgan shogirdlarim bo'lsa o'zidan ketmasin 😄) Ammo, shundaylar ham borki, haqqini talab qilishni biladi, ammo insoniylikni bilmaydi. Va o'zini jabrlangan ko'rsatib ko'pchilikka yoqimsiz ma'lumot berib qo'yadi. Vaqtida, ~30 km uzoqlikdagi o'quv markaziga dasturlash kursiga qatnaganman. Sovuqda, qishda, birnecha transportta borardim. Ba'zida ustozimiz ba'zi sabablar bilan darsga kelmasdi. Bu uyi yaqinlar uchun muommo bo'lmasa ham, men uchun juda yoqimsiz holat edi. Ammo, ustozimni to'g'ri tushunardim. Ilm yo'lida hokisorlikni unutmasdim. Alloh kam qilmadi. Ha, mentorlar ham mas'uliyatli bo'lishi kerak. Ochiqdan ochiq zulm qilayotganlarni yonini olmayapman. Ammo, bu degani hamma zulmkor emas. Insoniyligingizni ishlatib vaziyatga baho berishni ham o'rganing. @JoshDeveloper

Kommentni o'chirdim. :) Ammo, kanalga ulangan guruh siz azizlar uchun IT Community sifatida xizmatini davom etadi. Marhamat, guruh siz uchun: @All_IT_chat Barcha muzokaralar shu guruhda davom etaveradi. O'zim ham borman. Faqat kamroq kiraman. Barchani 2023-yili xayrli o'tsin. @JoshDeveloper

Kanal kommentini o'chirmoqchiman. Ko'pdan beri shuni o'ylab yurgandim. To'g'risin aytsam bu biroz og'ir. Ko'pchilik obunachilarimni komment orqali taniyman. Fikr almashishga ham juda yaxshi maskan edi. Ammo, o'zim uchun eng to'g'risi shu ekan va shunday qilishga qaror qildim. Kanal faoliyati avvalgidan sifatliroq bo'lishiga harakat qilaman inshaaAlloh. Ammo sekinlashishi mumkin. Nimagadir erishish uchun nimadandir voz kechish ham kerak. Telegramni o'zidan to'liq voz kecholmadim, ammo undagi ko'p narsadan voz kechyapman. To'liq ijtimoi tarmoq balosidan biroz bo'lsa ham uzoqlashaman. Biz bilan qolgan va qoladigan hammaga rahmat. Barchangizni hurmat qilaman. Ertadan komment o'chadi inshaaAlloh. Oxirgi gaplaringiz bo'lsa aytib qoling. 😄 @JoshDeveloper

"Shaxsiy blogimni ochsammi ?" degan savolga javob bermoqchiman. To'g'riroqi, yaxshi va yomon tomonlarini va maslahatimni aytaman, qaror o'zingizdan. - Yaxshi tomoni 1. Bilim ulashasiz. O'zingiz yangi bilimlar olasiz. Savob ham. 2. Networking oshadi. - Yomon tomonlari 1. Ko'p vaqtingiz ketib qoladi. 2. Bog'lanib qolishingiz mumkin. 3. "Focus" bilan ishlay olmay qolasiz ba'zan. - Maslahatlar 1. Kommentni o'chiring. (O'zim ham shunday qilmoqchiman) 2. Va'da bermang. Falon narsa haqida maqola yozaman deb qo'ymang. Berdingizmi ? Bajaring. 3. Yangi bilimlarni olsangiz, ulashishni unutmang. 4. @JoshDeveloper kanaliga obuna bo'lib qo'ying. 5. Ha deb "obuna bo'ling" deyavermang. 😄 6. Zerikarli blog yuritmang. :) @JoshDeveloper

Ushbu kod console'ga nimani chiqaradi ? Javobni kommentda qoldiring. #quiz #javascript @JoshDeveloper
Ushbu kod console'ga nimani chiqaradi ? Javobni kommentda qoldiring. #quiz #javascript @JoshDeveloper

Qiziqqanlar uchun, yangi yil nishonlasa bo'ladimi degan savolga javobni Muftiy hazrat O'zbekiston uchun fatvosi bor. Mana: https://t.me/MILITSIYA_UZB/79661 Taqvo ahllariga esa boshqacha fatvolar ham bor. Mana: islamqa.info/amp/en/answers/177460 Kim qaysi birini olsa bemalol. Janjal shart emas. Uzr kechroq tashlayapman. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlilaringiz taqvodorrog‘ingizdir. Hujurot, 13 @JoshDeveloper