ru
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Открыть в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Больше
4 794
Подписчики
-624 часа
-307 дней
-2130 день
Архив постов
Promise haqidagi maqolalar ketma ketligining ikkinchi qismi☝️ Alhamdulillah. Marhamat :) Alloh manfaatli qilsin :) @JoshDeveloper

Promise haqidagi maqolada biroz xatoliklarni to'g'irlash uchun hozir o'chirib qo'ydim. InshaaAlloh uyga borib to'g'irlab tashlab yuboraman☺️ @JoshDeveloper

Promise haqidagi maqolalar ketma ketligining ikkinchi qismi☝️ Alhamdulillah. Marhamat :) Alloh manfaatli qilsin :) @JoshDeveloper

Dolzarb Savol: Nega avval bizning diyorlarimizdan Abu Ali ibn Sino, Termiziy, Buxoriy, Xorazmiy va juda juda ko'p olim va allomalar chiqqan-u hozir esa unday insonlar judayam kam chiqyapti ? (Deyarli chiqmayapti desak ham bo'ladi) Mening javobim: Assalaamu alaykum. Keling barchasiga biroz kengroq va chuqurroq nazar tashlaymiz. Tibbiyot ilmida butun dunyoning ustozi bo'lmish Ibn Sino. Matematika ilmida butun dunyo tan olgan ustoz bo'lmish Xorazmiy, hadis ilmining sultonlaridan bo'lmish Termiziy va judayam ko'p boshqa olim va allomalar aynan siz va men yashab turgan diyorlardan chiqqan. Shu o'rinda ularni tug'ilgan yillariga bir to'xtalib o'tsam: Abu Ali ibn Sino: 980 - yil Abu Rayhon Beruniy: 973 yil Al-Xorazmiy: 783 - yil Imom Termiziy: 824 - yil Imom Buxoriy: 820 - yil Amir Temur: 1336 - yil Zahriddin Muhammad Bobur: 1483 - yil Mirzo Ulug'bek: 1394 - yil va hokazo. Endi o'zimizga bir vazifa qo'yamiz. Vazifa: Ularning barchasining orasida bu darajaga yetish uchun bir o'xshashlik mavjud. U nima ekanligini topamiz. Xo'sh, buni topish uchun ular tug'ilgan yillarga murojaat qilsam. Ko'rinishidan, aynan 8-asrdan boshlab diyorimiz ko'plab mashxur olim va allomalar bilan to'lib ketganligini ko'ramiz. Nega 🤔? U asrda nima o'zgarish bo'lgandiki bu natijalarga erishdik ? Javob shuki, 8-asr boshlarida diyorimizga Islom dini kirib kelgan. Odamlar olov yoqib uni atrofida aylanib, unga sig'inishlari, o'zlari haykal yasab olib, uni Xudo deyishlari diyorimizda asta sekin barham topishni boshladi. Yagona haq din Islom kirib kelgan kundan boshlab diyorimizda vaziyat tubdan o'zgara boshladi. Qur'on va hadis ilmlarini chuqur o'rgangan insonlar asta sekinlik bilan butun dunyoni, butun dunyo ilmini zabt etishni boshlashdi. Shu o'rinda Abu Ali ibn Sino hayotida bo'lgan kichik voqeani esga solaman. Ibn Sino ustozidan savol so'raganida, Ustozi: "Qur'onni o'qi, undan hamma savolingga javob topasan" deganini eslang. Shundan biroz vaqt o'tib Ibn Sino yana keladi va "Qur'onni to'liq yod oldim, endi savol bersam bo'ladimi " deydi. Hamma xayron qoladi. Chunki o'shanda U zot atigi 10 yoshda edi. Qur'onni o'rgangandan so'ng o'zi qiziqqan tibbiyot ilmini boshlaydi va bu sohada dunyoning eng katta ustozi maqomiga ko'tariladi. Ha, bu buyuk insonlarning o'rtasidagi o'xshashlik Islom edi. Bunday ajoyib insonlar 19-asr oxiri, 20-asr boshlarigacha juda ko'plab chiqib keldi. So'ngra, bu ko'rsatgich judayam kamayishni boshladi. Nega ? Javob: SSR (Sovet Sotsialistik Respublikasi). Bu juda aqlli bo'lgan Sovet Respublikasi o'lkamizni bosib olgandan so'ng, ularni ilk qilgan ishlari nima bo'ldi deb o'ylaysiz ? Bizni dinimizdan ayirish. Ha, ular bilishardi, ular o'lkamizdagi insonlardan Islomni olib qo'yishsa yetarli ekanligini bilishardi. Islom bilan qanday yuksalgan bo'lsak, Islomsiz shunchalar xor bo'lishimizni bilishardi. Oradan vaqt o'tdi, ular rejalariga qisman erishishdi. 1991 - yil. Allohga shukurki, 1991 - yil Mustaqil davlatlar qatoriga qo'shildik. Shu orada katta islohotlar bo'ldi. Ammo hali hanuz o'sha ota-bobolarimiz kabi dunyo tan olgan olimlarimiz soni juda ham kam. Bunga sabablardan biri esa, SSR bizga qoldirib ketgan Islomsiz tuzum ta'siri. Ba'zi boshliqlar, ota-onalar hali ham Mustaqil bo'lganimizni bilishmayapti. Shu o'rinda bir Ona bilan bo'lgan suhbatimdan kichik parchani sizlarga aytsam. O'shanda shu ayol bunday ma'noda aytgan edi: "Biz o'glimizni chalg'imasdan o'z sohasini o'rganishini xoxlaymiz. Shuning uchun namoz o'qishiga qarshimiz." Endi esa bizda o'qitiladigan tarix darsliklarini biridan parcha: "Mavzu: Arablarning O’rta Osiyoga bosqini. ................... Arab bosqinchiligining muhim oqibati islomni tarqalishi bo'lgan. " Ha, juda achinarli. Mana bu bizning hozirgi ahvolimiz. Ilm dargohlarini o'zida Islom dinini bosqinchilik dinidek tushuntirishayotgan bir paytda, bizdan yana olimlar chiqishiga yo'l bo'lsin. Alloh barchamizga O'z dinini chuqur o'rganib amal qiladigan, ummatga manfaatli va o'z kasbida yetuk insonlardan bo'lishimizni nasib qilsin. Assalaamu alaykum va rohmatulloh. @JoshDeveloper

​​#EPAM_Training 🏫 Xatolarni mohirlik bilan topishni, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta'minlashni va katta global oilaning a'zosi bo'lishni hohlaysizmi? Bizda ajoyib yangilik bor: Toshkentda bepul onlayn test -treningga ro'yxatdan o'tish ochiq. 👨‍🎓 Dastur funktsional test asoslari, hujjatlar bilan ishlash, nuqsonlarni topish va ularni hujjatlashtirishni o'z ichiga oladi. Training yakuniy bosqichi - Funktsional test laboratoriyasida amaliyot o'tash va EPAM Uzbekistan kompaniyasida Ish taklifini olish imkoniyati/ Ro'yxatdan o'tish 25 oktyabrga qadar davom etadi, siz bu erga ariza topshirishingiz mumkin.

Гуноҳнинг бошланиши қийин бўлади. Кейин осонлашади. Сўнг уни оқлаш бошланади. Охири унга кўникади. Энди ёқа бошлайди. Ва ниҳоят қалбга муҳр урилади. Шу даражага етгач, кейин қалб бошқа гуноҳ излай бошлайди. Айман Ёғий Манба: @MubashshirAhmad @JoshDeveloper

* * * Jum'a Muborak Azizlar 🌙 😊 @JoshDeveloper

" 37037 sonini 1 dan 9 gacha bo'lgan xohlagan soningizga ko'paytiring va chiqqan javobni 3 ga ko'paytiring. Javobi sizni xayron qoldiradi. " Sinab ko'ramizmi ?😅 Nega u javob chiqdi ? Kommentga yozing 👇 @JoshDeveloper

Promise mavzusidagi maqolani tushundingizmi ?
Anonymous voting

#Eslatma O'zbek tilidagi barcha maqolalarim va boshqa manbalarni ushbu menyudan topib olasiz. Yangi maqola chiqsa ushbu menyuga albatta qo'shib boriladi. InshaaAlloh @JoshDeveloper

Madina islom universitetiga qabul boshlanibdi deb eshitdim😋 Quyidagi linkda batafsil bilib oling: https://www.instagram.com/
Madina islom universitetiga qabul boshlanibdi deb eshitdim😋 Quyidagi linkda batafsil bilib oling: https://www.instagram.com/p/CU45f2KDi9r/?utm_medium=copy_link @JoshDeveloper

Vanihoyat, Promise haqidagi maqolalar ketma ketligining birinchi qismini yozib tugatdim. ☝️ Alhamdulillah. Marhamat :) Feedbacklar uchun komment doimo ochiq 😉 @JoshDeveloper

Assalaamu alaykum. 'Promise' mavzusini kutib charchab ketgan aziz obunachilarim 🤭 InshaaAlloh shu yakshanba kechgacha 'Promise' haqida maqolam chiqadi. "I promise you 😹" @JoshDeveloper

Qiyomat kuni so'roq jaroyonida tilimiz gapirishdan to'xtab, qo'llarimiz nimalar qilganimizni so'zlaydi, oyoqlarimiz guvohlik beradi... Tasavvur qilyapsizmi ?! Sizga xatto o'z tana a'zolaringiz guvohlik beradi, jismimizni yaxshilikka ishlataylik-ki , U kunda bizga nisbatan bergan haq guvohligi bizni do'zzahga emas jannatga kirishimizga yordamlashsin. @JoshDeveloper

#eslatma Guruhimizda savol berishdan oldin, ushbu maqolalarim menyusidan birinchi so'ramoqchi bo'lgan mavzuyingizni qidirib ko'ring. Bo'lsa o'qing. Bo'lmasa Googledan qidiring, u yerda aniq bo'ladi 😹. Agar qiynalsangiz topishga keyin so'rang. InshaaAlloh maqolalar menyuyim yana to'ldirilib boradi. @JoshDeveloper

* * * Jum'a Muborak Azizlar 🌙 😊 @JoshDeveloper

Quyidagi qaysi qatorda telefon yoki boshqa gadjetlarga vibratsiya berish uchun ishlatiladigan kod yozilgan ?
Anonymous voting