ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

前往频道在 Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

显示更多
5 121
订阅者
-224 小时
-297 天
-3930 天
帖子存档
JavaScript, TypeScript va intervyularga tayyorlanish bo'yicha shogirdlar olaman. Tekin. Shogird olib, o'zim bilgan narsalarni o'rgatishni xohlayman. Ammo, shunaqangi johil insonlar borki, ular kuchaysa, xarom amallari avj oladi, shunaqangi Allohdan uzoq insonlar borki, ularga bilimimni ulashib, ishlab ketishiga yordam bersam, pul topib "xarom"ga boradi, xaromga sarflaydi va hkz. Shogirdlarni olishda muhim shartlarim bor. Tepadagi holatlar bo'lmasligi uchun, Allohni taniydigan, namozxon insonlarni olaman (1 haftada boshlashga va'da berganlarni ham). InshaaAlloh shularni ishga kirishi uchun yetadigan bilimgacha yordamlashaman. Ikkinchi shart, texnik shart html/css dan dizayn beraman, yasab berishingiz kerak bo'ladi. Bu faqat tepadagi shartdan o'tganlarga tarqatiladi. InshaaAlloh. Ushbu shartlarimga mos kelmasangiz, kechirasiz 😊. Bu shunchaki o'zimni xohishim xolos.) Bilimimni xohlagan insonimga beraman. Sizga shartlarim ma'qul kelgan bo'lsa va shogirdlar qatorida bo'lishni xohlasangiz , @IsmoilTurdaliyev ga namozxonlardan bo'lsangiz: Ism, familiya, Alhamdulillah 1 haftada boshlashga va'da bersangiz: Ism, familiya, InshaaAlloh deb qoldiring. Bir necha kun ichida o'zimiz aloqaga chiqamiz va bilimingizni sinash uchun sinov maketini tashlaymiz. InshaaAlloh @JoshDeveloper

Agar tekinga online shogird olganimda, qay tartibda va nimalarni o'rgatsam foydali bo'lar edi ? Kommentga fikringiz qoldiring. 👇 Bu muhim. @JoshDeveloper

Avvalo, takrorlab olamiz, Array bu bir nechta har xil qiymatlardan tashkil topgan ma’lum bir ketma ketlikda joylashgan obyekt
Avvalo, takrorlab olamiz, Array bu bir nechta har xil qiymatlardan tashkil topgan ma’lum bir ketma ketlikda joylashgan obyekt. Misol uchun, [1, 2, “Josh”, true] kabi. Demak darsimizni o’zimiz uchun bitta array yaratib olishdan boshlaymiz. let arr = [1,2,3,4]; Endi bugungi darsda o’rganadigan metodlar bilan qisqacha tanishib o’tamiz. - push(…items) - pop() - shift() - unshift(…items) - slice(start, end) - 1.push(…items)... Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/javascriptda-array-metodlari/

Dasturchi sifatida bir kunimizning qanday tartibda o'tishi, vaqtimizni qanday samarali sarflashimiz juda ham muhim sanaladi. Shu sababdan Ulugbek Samigjanov bilan uyushtirilgan suhbatda quyidagi va boshqa bir qancha mavzularda maslahatlarini oldik: 1. Kunni qanday taqsimlagan ma'qul 2. Vaqtni samarali sarflash uchun nimalarga e'tibor berish va nimalardan voz kechish kerak ? 3. Talabalar ish va o'qishni qanday qilib birga olib borishlari mumkin? 4. Yosh dasturchilar uchun vaqt borasida maslahatlar. Marhamat, eshitishingiz mumkin. @JoshDeveloper

Bugun soat 20:30'da Ulug'bek Samig’janov akamiz bilan suhbatimiz bo'lib o'tadi. InshaaAlloh. Sizda mavzuga aloqador savollar bo'lsa ushbu post ostiga yozib qoldiring. Vaqt yetsa inshaaAlloh javoblarini olamiz. @JoshDeveloper

Deyarli 5 soat deganda 300 ta ovoz berildi Node.js ga. Yaxshi natija. Fevral oyi boshlarida Node.js bo'yicha nomzod qanday tanlanishini e'lon qilaman inshaaAlloh. Nomzod tanlanadi va kunlarini kelishib olamiz. InshaaAlloh @JoshDeveloper

Node.js dan intervyu video qilish payti keldi. Ushbu pollda fikringizni qoldiring. 300 ta inson "Ha"ni bossa Node.js'dan kanaldan nomzod tanlab olib, epamdan intervyuver topib intervyu uyushtiramiz inshaaAlloh. Go 🚀
Anonymous voting

Eshiting ☝️ * * * Jum'a Muborak Azizlar 🌙 😊 @JoshDeveloper

Dasturchi sifatida bir kunimizning qanday tartibda o'tishi, vaqtimizni qanday samarali sarflashimiz juda ham muhim sanaladi. Diqqat! 29-yanvar, soat 20:30'da, O'zbek yoshlariga o'z bilimlarini ulashib, juda ham katta yordam berib kelayotgan, EPAM va Toptal kompaniyalarida yetakchi dasturchi, Ulug'bek Samig’janov bilan quyidagi mavzular to'g'risida telegram kanalimizda kichik suhbat olib boramiz: 1. Kunni qanday taqsimlagan ma'qul 2. Vaqtni samarali sarflash uchun nimalarga e'tibor berish va nimalardan voz kechish kerak ? 3. Talabalar ish va o'qishni qanday qilib birga olib borishlari mumkin? 4. Yosh dasturchilar uchun vaqt borasida maslahatlar. Suhbat uyushtiraladigan kanalimiz: @JoshDeveloper

Chang bosib ketgan kitobingizni hech bo'lmasa bugun svet yo'q payti changini artib qo'ying. 😄🤦‍♂ Kitob o'qishga ja zo'r vaqt a ?☺️ @JoshDeveloper

Alhamdulillah kanalimiz 1k bo'libdi. Barcha faol a'zolarga katta rahmat. InshaaAlloh hali bundanda katta natijalarga erishami
Alhamdulillah kanalimiz 1k bo'libdi. Barcha faol a'zolarga katta rahmat. InshaaAlloh hali bundanda katta natijalarga erishamiz. 🚀 @JoshDeveloper

Svetsiz mazzami 😄 ? @JoshDeveloper

Maktabdan Googlegacha. Bu maqolada hozirda Googleda Software Engineer bo'lib ishlab kelayotgan Nodir Nazarov o'zining Googled
Maktabdan Googlegacha. Bu maqolada hozirda Googleda Software Engineer bo'lib ishlab kelayotgan Nodir Nazarov o'zining Googleda dasturchi bo'lgangunga qadar bosib o'tgan yo'lini so'zlab beradi. Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/maktabdan-googlegacha/ Bizni kuzatishda davom eting! @Mohirdev #Mohirdev #FAANG

Siz dasturlashga nega kirgansiz ?
Anonymous voting

Ko'pchilik youtube kanalimni qidirib topa olmayotgan ekan. Quyidagi link orqali kanalimga obuna bo'lib qo'yishingiz mumkin, shuningdek JS intervyu videolar ham shuyerda😉: https://youtube.com/channel/UChPuw3sgVwJ9LwHiUTxIUdw @JoshDeveloper

Bugungi Mohirdev youtube kanalida bo'lib o'tadigan uchrashuvimiz esingizdan chiqmasin 😉 ** Kichik eslatma ** @JoshDeveloper

Agar siz hali ham kanal menyusi haqida bilmasangiz yoki avalgi maqolalarimni qidirayotgan bo'lsangiz, marhamat qilib 'pin' qilib qo'yilgan postga o'tishingiz mumkin. Izlayotgan mavzuyingiz uyerda bo'lmasa, post kommentiga taklifingizni qoldiring. @JoshDeveloper

Keyingi maqolam "Unit Testing" haqida bo'lishiga nima deysiz ?
Anonymous voting

Bilarmidingiz ? - Sizning ijtimoi tarmoqlardagi profillaringiz faqatgina siz uchun emasligini ? - Siz insonlar orasida bo'lganingizda tilingizdan chiqayotgan so'z, qilayotgan har bir harakatingiz, faqatgina o'zingizniki emasligini ? Siz insonlar orasida ekansiz, tilingiz o'rganib qolgan bema'ni va behayo so'zlarni ishlatolmaysiz. Ishlatishingiz ham mumkin emas. Nega ? Chunki bu o'rinda sizning tilingiz nafaqat sizning o'zingizga ta'sir qiladi, balki atrofda eshitgan barchaga. Ha, sizning birgina behayo so'kinishingiz nafaqat sizga gunoh chorlaydi, balki sizni eshitgan va shu behayo so'zlaringizni bir marta bo'lsa ham ishlatib qo'ygan insonlarga ham gunoh chorlaydi. Hali bu hammasi emas, siz hammani gunohi o'ziga deb hisoblashga shoshilmang, balki siz o'rgatib qo'ygan shu so'z yoki biror gunoh amalni qilgan insonlar sizga o'zlari olgan gunoh mislichalik gunohni sizga yuborib turadi. Bu hayotimizdagi jamoat joylarida o'zingizdan gunoh amal qoldirmasligingiz uchun bir eslatma edi. Endi esa, ijtimoi tarmoqqa o'tamiz. Siz ijtimoi tarmoqdagi qaysidir profilingizga biror gunoh amalni yuklaysiz. Bu ikki nomahramni qo'l ushlashib turishidan tortib, ochiq oydin faxsh gunohlargacha, xullas barcha turdagi gunoh amalni surati yoki videosi bo'lsin. Endi shu qo'ygan rasm yoki video faqat sizga tegishli deb hisoblaysizmi ? Yo'q! Bu narsalar hammaniki. Siz esa o'rtada tarqatuvchisiz xolos. Aytaylik siz ikki nomahramni xarom munosabatini profilingizga qo'yasiz. Buni bir yosh yigit ko'radi va havas qiladi. Ertaga Alloh shu yigitni sinash uchun oldiga bir nomahramni chiqarib qo'ysa, shu yigitga qilgan kichkinagina ta'siringiz shu yigitga turtki bo'ladi. Oxir oqibat shu havas qilgan holga tushadi. Xo'sh, bu yigit qilgan gunohga endi faqat o'zi javob beradimi ? Yoki qo'shtirnoq ichidagi da'vatingiz sababli sizham gunohkor bo'lasizmi ? Endi, shu ikki misol o'laroq yana bir misol. Bir yigit jamoat joyida go'zal ahloqli va go'zal so'zli bo'ldi. Uni ko'rgan insonlar unga qarab o'zlarini to'g'irlab oldilar. Xo'sh ular va yigit qilgan savobni faqat o'zlari oladimi ? Ha olishadi, ammo qo'shimchasiga haligi yigitga qolgan odamlar qilgan savob mislicha savob ham keladi. Internetda ham shunday, siz bir yaxshilikka chorlovchi hadis yoki hikmatli gap yoki surat qo'yasiz. Buni men o'qiyman va ibratlanaman. Xo'sh, shu da'vatingizdan keyin yaxshilik qilgim kelib qilsam, savob faqat men uchunmi yoki siz ham sherik bo'lasizmi ? Bu juda oddiy :) Agar siz bir oyda 100 ta odamga yaxshilik ulashsangiz, 100 ta odam qilgan yaxshilik ular shu ishni har qachon qilsalar ham sizga kelib turadi. Xatto siz o'lib ketsangiz ham , qoldirgan ilmingizdan savob kelib turadi. InshaaAlloh. Aql yurgizing. Alloh bizni, to'g'ri yo'lda sobitqadam va to'g'ri yo'lga chorlovchi bandalardan qilsin. Jum'a muborak azizlar. @JoshDeveloper