Umar Sadullayev | Blog
Открыть в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
Больше5 142
Подписчики
-324 часа
-197 дней
-5030 дней
Архив постов
#JS_Quiz
Ushbu kod console'ga nimani qanday ketma-ketlikda chiqaradi ?
@JoshDeveloper
Muommolarni yechishda ishlatib turadigan zo'r usullarimdan biri mana 😄.
Muommoni tushunib olish uchun shunday chizib turaman.
Sizchi ?
P.s: Hali javobini topmadim rasmdagini 😢
@JoshDeveloper
Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etgan firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Prezident «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
To'liq manba: https://t.me/kunuz/60682
@JoshDeveloper
Esingizda bo'lsa roadmap.sh saytini roadmap qidirayotganlar uchun maslahat bergandim.
Yana bir marta maslahat beraman, sohalar ancha kengayibdi. Xatto o'rganish uchun manbalargacha bor.
Marhamat: roadmap.sh
@JoshDeveloper
YouTube'da yangi Unique Handle degan qo'shimcha chiqibdi, endilikda kanalingizni quyidagicha link qila olar ekansiz. Ustiga bosib subscribe'ni bosib ko'ring 😁
youtube.com/@JoshDeveloper
@JoshDeveloper
Juniorlikdan Seniorlikkacha suhbati ham tugadi.
Juda ham manfaatli ma'lumotlar berildi @UmarMuhandis tomonidan. Bu uchun yana bir bor katta rahmat.
Mavzular:
00:36 - Umar Muhandisning Seniorgacha bo'lgan davri va qiziqarli tajriba va voqealar.
25:40 - Junior, Middle va Senior bo'lish uchun talab qilinadigan bilimlar va ko'nikmalar
41:18 - Savol javob qismi. (Soft skills, xatolar, e'tiborni jamlash va oylik 💸😄 haqida savollar)
@JoshDeveloper
Bugun suhbatimiz bor ekanmi 🌚
Mavzusidan juda qiziq suhbatga o'xshayapti, qo'shilmasam bo'lmaydigan ko'rinadi. 😉
InshaaAlloh
@JoshDeveloper
Juniorlikdan Seniorlikkacha
Ajoyib mavzu, shunday emasmi ? 😉
Aynan shu mavzuda, EPAM kompaniyasida Senior Software Engineer, @UmarMuhandis bilan suhbat qilsak nima deysiz ? 😋
Demak, 16-oktabr, soat 17:00 da, @JoshDeveloper kanalida, "Juniorlikdan Seniorlikkacha" deb nomlangan qiziqarli audio suhbatga sizni taklif qilamiz.
Suhbatda quyidagi mavzular haqida gaplashamiz:
1. Umar Muhandisning Seniorgacha bo'lgan davri va qiziqarli tajriba va voqealar.
2. Junior, Middle va Senior bo'lish uchun talab qilinadigan bilimlar va ko'nikmalar
3. Savol-javob qismi
Suhbatga oldindan savollaringizni, ushbu post ostiga qoldiring.
@JoshDeveloper
Dasturlashni o'rganishdan maqsad nima ? ...
Shu ma'noda birnechta savollar bilan so'rovnoma qilganimda, ko'plab javoblar keldi. Ko'pchilik "soqqa qilish" degan va "soqqa" qilishdan maqsadlarini bilmaydi yoki aytmagan, yana ko'pchilik "soqqa"dan maqsad o'zi va oilasi uchun moliyaviy barqarorlik olib kelish degan. Ammo, moliyaviy barqarorlikdan maqsadlarini aytmagan.
Bugun sizlar bilan bir narsa haqida gaplashmoqchiman. Juda muhim mavzu.
Sabr qilib, o'qishda davom etasiz degan umiddaman.
Maqsad degan so'z bu, sizni biror narsani qilishingizga undaydigan narsa. Maqsadingiz suv ichish bo'lsa, suv olish borasiz, suvni ichasiz, maqsad tugadi. Endi sizda maqsad yo'q. Maqsadingiz pul topish bo'lsa, pul topasiz, topasiz, topasiz, to'ymaysiz. Maqsadga erishdingiz, ammo endi nima qilasiz ?
Maqsadingiz moliyaviy barqarorlik bo'lsa, ota-onangizni hajga yuborish bo'lsa, zo'r dasturchi bo'lish bo'lsa, ularga ham yetarsiz, keyin nima qilasiz ?
Keyinchi ?
Aslida, maqsadingiz oliyroq, avloroq bo'lmas ekan, umringiz ziyonda o'taveradi. Oxirini ko'rolmaysiz, "Keyinchi ?" degan savolga ikkilanib qolasiz.
Meni fikrim qanday ?
Fikrim shuki, maqsadlar oliy maqsadga xizmat qilmas ekan, ular sizni oxiri yo'q jarlikdan boshqa joyga olib bormaydi. Oliy maqsad sizni hayotda tinmay harakat qilishingizga undaydi, boy bo'lish, moliyaviy barqaror bo'lish, go'zal oila qurish, bular hammasi kichik maqsadingiz bo'ladi va bular, sizni oliy maqsadga olib boradigan kichik eshiklar bo'ladi. Biriga erishasiz, ammo to'xtamaysiz, hammasiga erisharsiz, ammo to'xtamaysiz, chunki oliy maqsad sizni umringiz oxirigacha davom etadi. Unga erishish uchun esa, "Keyinchi ?" degan savollarga javob hardoim bo'ladi.
Aynan shu, sizni hayotda muvaffaqqiyatga erishishingiz omillaridan biri hisoblanadi.
Ha, u oliy maqsad nima ekan deyapsizmi ? Nima meni shuncha katta maqsadlarimni kichikkina maqsadchaga aylantirib tashlay oladi va o'ziga xizmat qildira oladi ? Qanday maqsad u ?
U maqsad, Alloh roziligiga erishish. Unga yanada-yanada yaqin bo'lishdir. Shuni oliy maqsad qiling.
Ha, boy bo'lish bugundan sizni katta maqsadingiz emas, oliy maqsadingizga yetishtiradigan kichik bir omil, maqsadcha, xolos. Qanday ? Boy bo'lib, oilangizga, qarindoshlaringizga, qo'shnilaringiz-u dindoshlaringizga moliyaviy ko'mak bera olasiz, ularni ilm olishiga pullar ajrata olasiz, ularga kitoblar olib bera olasiz, kasallarga xayriyalar bera olasiz, va bu bilan oliy maqsadingiz, Alloh rizosiga erishasiz.
Zo'r dasturchi bo'lishdan maqsad ham, Alloh rizosi bo'lsin. Bu orqali, oilangizga halol rizq topishni, boshqalarga ilm ulashishni, ishsizlarni ishga kirishiga va halol pul topishiga yordam berishni, ota-onangizni hajlarga yuborishni niyat qilasiz, va bu niyatdan maqsad Alloh rizosi bo'ladi. Ha, bu kabi barcha "yaxshi" maqsadlar, sizni oliy maqsadingiga yetaklar ekan, siz adashmaysiz, charchamaysiz.
Shuni maqsad qiling. Mayda maqsadchalarni oliy o'rindan olib tashlang, mayda inson bo'lishdan to'xtang va ularni haqiqiy oliy maqsadning xizmatchilariga aylantiring va "gaz"ini bosing. Oliy maqsaddan esa chetga chiqmang, pul topib, xaromga ketmang, oliy maqsaddan uzoqlashmasdan yashang.
Alloh hammamizni oliy maqsadimizga yetishtirsin.
@JoshDeveloper
Kichik so'rovnoma
1. Dasturlashni o'rganishdan maqsadingiz nima ?
2. Yaxshi oylikli ishga kirishmi ?
3. Yaxshi oylikka ishga kirishdan maqsadingiz nima ?
4. Ko'p pul topib nimaga erishmoqchisiz ?
Moliyaviy barqarorlikmi ?
5. Moliyaviy barqarorlikdan maqsadingiz nima ?
6. ... Oxirgi maqsadingizgacha yozing.
Shu ketma-ketlikda birinchi savoldan boshlab, o'z javoblaringizni kommentga qoldiring. Savollar javobingizga qarab o'zgarishi mumkin, shuni hisobga olib javob yozavering.
@JoshDeveloper
#Eslatma
O'zbek tilidagi barcha maqolalarim, podkastlar va boshqa manbalarni ushbu menyudan topib olasiz.
Yangi maqola, podkastlar chiqsa menyuga albatta qo'shib boriladi.
InshaaAlloh
Share qilishingizga qarshi emasman. Bemalol ulashavering. 😉
@JoshDeveloper
Ishsizlik
Ko'pchilik dasturlashga kirgan insonlarda uzoqroq va qiyin davom etadigan bosqich bu - ishsizlik davri. Ya'ni, o'quv markazini bitirib yoki biror texnologiyalarni mustaqil o'rganib, ish topadigan davr. Bu davr ba'zilarda tez o'tadi. Ammo, ko'pchilikda uzoq vaqt davom etadi.
Shu davr haqida o'zimni fikrlarimni aytsam.
Keling ish topishda ba'zi qoidalar va ularga sharxlar bilan tanishamiz:
1. Ish talablariga kamida 70% javob bermaguningizcha, 90% kompaniyalar sizga ish bermaydi.
Ha, kompaniyalar talab qilgan ma'lum bir texnologiyalar, bilim va ko'nikmalarsiz ishga kirishni orzu qilishni maslahat bermayman. Bu talablarga kamida 70% javob bersangizgina ish qidiring. Bo'lmasa, yo'nalishingiz va darajangizga qanday talablar borligini o'rganib chiqib, shularni o'rganing va bo'shliqni to'ldiring. So'ng yana ish qidirishga qayting.
2. Sababini qilmaguncha, natijani orzu qilmang. Yohud, ish topishga rostan harakat qiling.
Iymon, namoz va boshqa ibodat-u yaxshi amallar qilmasdan Jannatni orzu qilib yurish xato bo'lgani kabi, bizning holatda ham ishga yetkazadigan omillarni qilmasdan, Allohdan yaxshi ish berishini kutish biroz xato.
Bilimingiz yaxshi bo'lsa-yu, ish topa olmayotgan bo'lsangiz, demak ana shu omillarga urg'u berish payti keldi. Ya'ni,
- chiroyli resume yasash,
- linkedin.com, djinni.co, hh.uz va boshqa platforma, telegram kanallar kabi joylardan ish qidirish, o'z profilingizni juda namunali qilish
kabi omillarga e'tibor qarating. Agar tepadagi platformalarning ba'zisida ajoyib profil yasab, recruiter'larni o'ziga tortadigan qilsangiz, sizni o'zlari topib olishadi. O'zingiz chiqsangiz ham bo'ladi.
Qolgan omillari esa chiroyli muomala va bilimingizni yaxshi ko'rsatib berishingiz xolos.
Shulardan ham keyin yaxshi ish topa olmayotgan bo'lsangiz, qiyinchiliklar davom etayotgan bo'lsa, chiroyli sabr qiling. Ba'zan Alloh bizga shunday sinovlar beradi. Undan chiroyli sabr qilib, umidni so'ndirmasdan, harakatni to'xtatmasdan o'tib olsangiz, uyoqi xohlaganingizdan ham go'zalroq bo'ladi. Ishonavering. Siz ilm olishni va harakat qilishni to'xtatmasdan davom eting. Natijasiga rozi bo'lasiz aniq inshaaAlloh.
Shu va shu kabi mushkullarda, ushbu oyatlarni esingizda saqlab yuring.
«Albatta, Biz sizlarni bir oz qo‘rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar».
Baqara 155-156
@JoshDeveloper
Weekend hazili 😉😄
#joke
P.s: Rasmdagi holatni hayotingizda takrorlash maslahat berilmaydi.
@JoshDeveloper
Finally Weekend 🌚
Muommolar to'la ish atmosferasidan Weekend atmosferasiga chiqib ham oldik. 😋
Kimda qanday rejalar bor ? Weekend'ni dasturlashdan tashqari qanday mashg'ulotlar bilan o'tkazasiz ? (Except sleeping 😴)
@JoshDeveloper
Repost from Jo’rabek Sanokulov | IELTS
🗣MADAD foundation tomonidan hamyonbop IELTS kursi:
Duration: 3 months
Fee: 100.000 UZS
Format: ONLINE 🌐
Teacher: Nodir Murtozayev (7.5)
👨🏫Guest teachers:
Jurabek Sanokulov (8.5)
Sirojiddin Rahmatullayev (8.0)
Loyiha maqsadi:
➡️O'zbekiston yoshlariga hamyonbop va yuqori sifatli onlayn kurslarini taklif qilgan holda, tushgan daromadning 100%ni mahalliy kam ta'minlangan oilalar uchun oziq-ovqat sotib olishga hamda ularning farzandlarining sifatli ta'lim olishiga ko'maklashishga sarflash!
Kursga ro'yxatdan o'tish 👇
@madadfoundationadmin
Loyiha haqida to'liqroq ma'lumot uchun www.madadfoundation.uz
pnpm
Boya npm bilan muommolarga duch kelib turgandim, pnpm ishlatib muommoni hal qildim.
Shu paytgacha qiziqib ko'rmagan ekanman bu haqida. npm dan tez ishlar ekan. Yarn'dan tez bo'lmasa kerak degandim. Adashibman. Ustunlik tarafi, pnpm package'larni global store'da saqlar ekan. Keyingi safar shuyerdan olib oladi. npm va yarn esa unday emas, birhil package'ni nechta loyihada ishlatgan bo'lsangiz, hammasiga alohida install qilib chiqadi.
Chuqurroq o'rganish uchun ushbu maqolani o'qib ko'rsangiz bo'ladi: https://medium.com/pnpm/why-should-we-use-pnpm-75ca4bfe7d93
Post foydali bo'lgan bo'lsa, share qilishni unutmang 😉
@JoshDeveloper
Juniorlikdan Seniorlikkacha degan mavzuda bir yaqinimizni kanalimizga suhbatga chaqirmoqchiman.
InshaaAlloh
Sizga qiziqmi ? (No option except yes!)
Kimligini tahmin qiling. 😉
P.S: Keyingi hafta oxirlariga rejalashtiryapmiz. Kanalda e'loni chiqadi. inshaaAlloh
@JoshDeveloper
