ru
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Открыть в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Больше
4 798
Подписчики
-424 часа
-277 дней
-1030 день
Архив постов
Nega bizdan yana avvalgidek yetuk olim va allomalar chiqmayapti ? Ushbu savol ostida yozganlarimni o'qiganmidingiz ? Yo'q bo'lsa marhamat: https://t.me/JoshDeveloper/419 @JoshDeveloper

Esingizdami ushbu kanalni siz azizlarga tavsiya qilganimda, uning asoschisini kimligini izlanib toping degan edim. Hech kimdan aniq javob kelmadi. U inson masjidimiz noibi @elyorbekerkinbek edilar. Bir necha yillar avval, namozni endi boshlagan paytlarimdan biri, shu masjidga kirib namoz o'qiganman. Imom shu inson edi. Shu kuni qalbimda boshqacha his paydo bo'lgandi. Ta'riflab berolmaymanu, ammo sakinat, hotirjamlik shu bo'lsa kerak. O'zimni judayam baxtli his qilgandim negadur. Hotirada his tuyg'ularga bog'lanib qolgan narsalar juda chuqur iz qoldiradi. Ba'zida imomimizni ko'rsam o'sha kungi hislarim esimga tushadi. Shundan beri imomimizga hurmatim ham ancha oshgandi. Shu sabab boshlagan xayrli ishlarini siz azizlarga tavsiya qilgandim...) Shunaqa gaplaar.... :) @JoshDeveloper

Nechta ish va texnik intervyularga qatnashgansiz ?
Anonymous voting

JavaScript'dan o'tgan oygi bo'lib o'tgan texnik intervyuni ko'rmaganlar bo'lsa, Marhamat: https://youtu.be/CK0gkWhjBok @JoshDeveloper

Qur'on o'qishni o'rganish har bir mo'min-musulmon uchun baxt bo'lsa kerak. Kimdadur offline darslarga imkoniyat bo'lmasa, yoki qo'shimcha o'rganmoqchi bo'lsa, Toshkent Islom universitetida taniqli ustozimiz Jahongir Ne’matovning ushbu Islom Saboqlari nomli youtube kanaldagi darsliklarini maslahat beraman. Ushbu kanalda, ham nazariy, ham amaliy darslar o'tilgan. Shuningdek Siyrat va Hadis darslaridan ham bahramand bo’lishingiz mumkin. Marhamat: https://www.youtube.com/c/IslomSaboqlariuzb/playlists @JoshDeveloper

Repost from Islom.uz
Аллоҳнинг мўъжизаларидан бири — «шайтон балиқ» Бугунги кунда ушбу сувда яшовчи балиқнинг ўн икки оилага мансуб тахминан, 170
Аллоҳнинг мўъжизаларидан бири — «шайтон балиқ» Бугунги кунда ушбу сувда яшовчи балиқнинг ўн икки оилага мансуб тахминан, 170 тури мавжуд. Бу балиқ денгиз сатҳидан 300 метрдан 5000 метргача бўлган чуқурликда яшагани учун ҳам уни кузатиш бироз мушкул. Олимлар балиқнинг янги турларини кашф этмоқдалар. Унинг ташқи кўриниши қандай бўлса ҳам у денгиз тубида яшовчи митти жонзотлар учун энг даҳшатли йиртқич балиқ ҳисобланади. Ушбу балиқнинг бошқа сув ҳайвонларидан ажратиб турадиган хусусияти шуки, унинг бош қисмида ўсимта мавжуд бўлиб, унинг учи худди фонарга ўхшаб нур таратади. Ўлжаларни ўзига жалб қилишда бу сув жонзоти ёритгичидан фойдаланади. Бу жонзотлар жим туриб атрофдаги митти жонзотларга хавф солувчи овчилар ҳисобланади. Маълумотларга кўра,. Давоми... 👇 https://islom.uz/maqola/18649 ⬇️ Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

O'zim juda hurmat qiladigan bir inson, insonlarga inshaaAlloh manfaatli bo'ladigan SMM agentligiga asos solganlar. Kanallariga obuna bo'lishingizni tavsiya qilaman: @inson_uchun Qidiruv qobiliyatingizni ishga solib u inson kimligini kommentda qoldiring. 😉 @JoshDeveloper

Node.js bo'yicha tanlab olingan ishtirokchi vaqtlari kamligi sabab qatnashishdan bosh tortdilar. Shu sabab qolgan 3 ta ishtir
Node.js bo'yicha tanlab olingan ishtirokchi vaqtlari kamligi sabab qatnashishdan bosh tortdilar. Shu sabab qolgan 3 ta ishtirokchilar orasida boshqattan random qildim. 1. Sobirjonov Boburmirzo 2. Habibov Ulug'bek 3. Jaloliddin Yusupov Rasmda ko'rib turganingizdek bu safar Habibov Ulug'bek ismli ishtirokchimiz g'olib bo'ldilar. Endi ularga aloqaga chiqamiz. 🚀 @JoshDeveloper

Kitob o'qib turasizmi ?
Anonymous voting

Qilayotgan ishingizni 2 daqiqaga to'xtatib turib, ushbu videoni tinglang. Biz tan olishni hech xoxlamaydigan haqiqatlar bor buyerda... *eski postlarimdan biri. Qayta eshitishingiz ham, birinchi marta eshitishingiz ham inshaaAlloh manfaatli. Alloh hammamizni ushbu dunyoda ham, oxiratda ham O'zi suygan bandalaridan qilsin. Qabr azobidan, do'zzah azobidan saqlasin. Jum'a Muborak azizlar 🌙 #dinim_islom @JoshDeveloper

Azizlar Node.js bo’yicha ishtirokchimiz tanlandi. 18 ta odamdan 4 tagina inson qoniqarli javob beribdi. Ular: 1. Sobirjonov B
Azizlar Node.js bo’yicha ishtirokchimiz tanlandi. 18 ta odamdan 4 tagina inson qoniqarli javob beribdi. Ular: 1. Sobirjonov Boburmirzo 2. Habibov Ulug'bek 3. Jaloliddin Yusupov 4. Sarvar Xalmetov Rasmda ko’rganingizdek birinchi bo’lib 4-raqamli ishtirokchi g’olib bo’ldilar. 4. Sarvar Xalmetov Tabriklayman. Sizga tez orada aloqaga chiqamiz . InshaaAlloh. Qatnashgan barchaga rahmat. @JoshDeveloper

Azizlar , sog'ligimda biroz muommolar bo'lyapti. Tanlovni jonli muloqot orqali o'tkaza olmaydigan ko'rinaman. Ammo, bugun 17:00 random ravishda tanlanib olinadigan ishtirokchini aytaman inshaaAlloh. Tanish-bilish qilmiyman xavotir olmang 😊. Noqulaylik uchun uzr. @JoshDeveloper

Node.js dan 18 ta ishtirokchi o'z javoblarini yo'llabdi. Bu yaxshi, keling tanlov sanasini uncha cho'zmasdan, 24-fevral, payshanba, soat 17:00 da o'tkazamiz. Demak kelishdik 😉 @JoshDeveloper

Quyidagi saytga baho bering. Bruno Simon ismli dasturchi zerikkanda bir ijod qilibdilar shekilli. ) Menga yoqdi. Mashina haydagisi kelganlar bormi ? 🚗 Go here: bruno-simon.com @JoshDeveloper

Repost from N/a
Hammaga salom! Bu MentorMe platformasi bo'lib, unda mentorlar va ustozlar birlashadi. Mentorlar - bu turli sohalardagi tajribali odamlar bo'lib, ular o'zlarining amaliy tajribasi va bilimlari bilan o'rtoqlashadilar va shu orqali boshqalarni katta yutuqlarga undashadi. Menti - bu muayyan holatlarda motivatsiya, tajriba yoki bilimga ega bo'lmagan odamlardir. Masalan, o'qitish yo'l xaritalari(roadmap), martaba yo'llari(ishga kirish, daraja ko'tarilish), samaradorlikni oshirish va boshqalar. Biz hamma narsa samaraliroq bo'lishi uchun foydali hamkorlik qilish uchun shart-sharoitlarni ta'minlaymiz! Muammolarning mohiyatini tushunish uchun biz so'rovnoma o'tkazmoqchimiz, agar o'tsangiz xursand bo'lamiz! 3-ta kichkina savollarimizga javob berishingizni so'raymiz. So‘rovnoma telegram kanalida: Rus tilida so'rovnoma | O'zbek tilida so'rovnoma

O'sadigan tadbirkorlar. Bir yilcha avval universitetimiz oldida muzqaymoq sotuvchi paydo bo'ldi. Bitta muzqaymoq apparat bilan ish boshladi. Biroz vaqt oʻtib yoniga kofe mashina qoʻydi. Keyin muzqaymoq turlari ko'paydi, apparat ikkita boʻldi. Kichkina budkadan boshlangan biznes hozir binonig 1-qavatini toʻliq olib, kafe ham qilib qoʻydi. Shunaqa tadbirkorlarni yaxshi ko'raman. Doim 2-3 qadam oldinni o'ylaydi, doim oʻsib boradi, rivojlanadi, to'xtamaydi. Malayziyaga ilk kelganimizda qizimni yangi bog'chaga berdik. Bogʻcha endi ochilgan. Er-xotin binoning 1-qavatini ijaraga olishgan. Ayoli bolalarga qaraydi, eri eski marshrutkani olib, bolalarni uyga tashlab qoʻyadi (qoʻshimcha haq evaziga albatta). 3 yilda bogʻcha kengayib, 4 qavatli binoni toʻliq ijaraga olishdi. Marshrutkalar ham 4 taga yetdi. Bogʻchada kamida 10 ta tarbiyachi, 4 ta haydovchi. Havasim keldi. Negadur bizda ko'pchilik tadbirkorlar qotib qolgan. Bitta marraga chiqadida, keyin uy-joy, uchastka, malibu qilib yuraveradi. O'sish yoʻq. Bobosi novvoy bo'lgan, otasi novvoy boʻlgan, o'zi ham shu eski tandirda non yopadi. Buvasi ochgan ustaxonada, nevarasi ishlab yuradi. Ota-onalar ham aytmaydiki, "shu oʻgʻlim o'qisin, kasbimni olib, mendan ham yuqori martabaga chiqsin". Yoʻq. Mo'ylabi chiqqandan qora mehnatga o'rgatadi, shu bilan bir amallab kun koʻrib yuraveradi. Ahamiyat bering, bizda ham ko'zga koʻringan tadbirkorlar doim oʻsib boradi. Hecham to'xtamaydi. Do'kon ortidan, do'kon. Restoran ortidan, restoran. Loyiha ortidan, loyiha. Afsuski, aksar unday emas. 15 yil avval ippodromda savdo qilib yurgan odam, xali ham shu ippodromda "nochga" chiqib yuradi. Rivojlanmaydi, rivojlanishni bilmaydi. O'qimaydi. O'z ustida ishlamaydi. Kamiga farzandlarini ham eplab o'qitmaydi. Meni kunim o'tayapti, seniki ham o'tadi qabilida ish tutadi. Afsus. @sariqdev

Ko'p kod yozishga dangasalik qilib, har doim qisqa va lo'nda yechim qidirib topadigan dasturchilar oramizda bormi ? 🌚 Hech bo'lmasa shu yerda dangasaligingiz foydasi tegyaptimi ? 🌝 @JoshDeveloper

Hurmatli yurtdoshlar! Internetda Allohdan qo'rqmaydigan, birovni haqqini bemalol yeydigan, betayin o'g'rilar ko'payib bormoqda. Agar sizga kimdir karta raqamingizni qandaydir saytga terishingizni aytsa yoki telefoningizga kelgan qandaydir sms kodni so'rasa yoki shu kabi harxil xolatlar bo'lsa, ISHONMANG !!! Ishonchli ilovalardan boshqa ilovalarga ma'lumotlaringizni, KIRITMANG !!! Alloh shu qo'lidan halol pul topish kelmaydigan, tayinsiz o'g'rilarni O'zi to'g'ri yo'lga boshlasin. Assalaamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. @JoshDeveloper

Node.js bo'yicha intervyuga ishtirokchilarni tanlash sanasi kelayotgan Yakshanba, 27-Fevral, soat 20:00 da bo'lib o'tadi. inshaaAlloh. @JoshDeveloper