Umar Sadullayev | Blog
Открыть в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Больше4 804
Подписчики
-1224 часа
-307 дней
-1130 день
Архив постов
Bugun 19:00 da tepada aytib o'tganimdek, Josh*Podcast'ning ilk soni bo'lib o'tadi.
Podcast muvzusi 📃:
"Vue.js: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish"
Savollaringiz bo'lsa shu post kommenti siz uchun ochiq.
Marhamat.
@JoshDeveloper
Senior bo'ldim(mi?)
Xo'sh, bugun sizlarga bir narsani qilib ko'rsatmoqchiman.
Man bugundan o'zimni o'zim "Senior Frontend Engineer" deb e'lon qilaman. 🥳
Ko'rsatmoqchi bo'lganing shumidi deb kulyapsizmi ? 😄
Ha. Bundan maqsad bor. Shaxsan o'zimni tajribamdan kelib chiqib, ko'pincha keyingi darajaga chiqish orqali shu darajaga mos inson bo'linar ekan. Shaxsan o'zim, Middle bo'lganimda Middle emas edim. Keyin o'zimni Middle sifatida ko'rish orqali kattaroq darajadagi narsalarni o'rganishga, ustimda ishlashga ko'proq kuch topganman. Keyinchalik haqiqiy Middle bo'lganman.
Siz ham, 1-2 yildan beri ishlab yuribsiz-u, haliyam Junior'misiz ? Unda o'zingizni o'zingiz Middle deb e'lon qiling. Keyin shunga yarasha ishlashni, Middle dasturchi qanday bo'lsa siz ham shunday bo'lishni boshlang. Keyin haqiqiy Middle bo'lasiz. Kompaniyangiz sizga beradigan daraja orqali bo'lishni kutish shart emas.
Hozir kompaniyamda Strong Middle'man(lvl 5). Bugundan esa norasmiy ravishda Senior'man. Endi o'zimni haqiqiy Senior'dek his qilib harakat qilaman. Kodlarimni ham shunga qarab yozishga urunaman. Shu orqali kompaniya aytmasidan oldin Senior bo'lib bo'lgan bo'laman. 🙂
P.s: Bu narsani keyingi darajaga biroz yaqinroq qolganda qilsa foydasi yaxshi. Tag'in o'zingiz hali dasturlash tilingizni yaxshi bilmasdan turib, Senior-penior bo'lib olmang. 😄 Bilim oling, tajriba oling.
Senior bo'lish mazza ekan 🌚
@JoshDeveloper
Biz oxiri hal qildik. Angular va React jangi nihoyasiga yetdi.
Kim yutdi deysizmi ? Vue 🔥🤣
#joke
@JoshDeveloper
Diqqat 🌚
"Josh*Podcast"ning ilk soni boshlanish arafasida. 🎙
Podcast muvzusi 📃:
"Vue.js: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish"
Mehmonlarimiz 👥:
- Mirjalol Norqulov (Frontend dasturchi)
- Muhammadamin Ibragimov (Frontend dasturchi)
Mezbonlar qatorida men bilan birgalikda Odil Nizamov bo'ladilar.
Sana va vaqti 🕔:
19-Fevral, 19:00
Manzil 📍:
@JoshDeveloper telegram kanali
#JoshPodcast #podcast
Angular vacancy
Angular guruhida ish e'lonini ko'rib qolgandim.
Shunga kim qiziqsa, mana linki https://t.me/angular_uz/18660
#angular #vacancy
@JoshDeveloper
Ishlash uchun juda yaxshi joy bo'libdi bu filial ham.
Xatto, birinchi qavatga stol tennis ham olib kelishibdi. Svet ham o'chmadi.
Bugungi taasurotlarimdan kelib chiqib, cspace.uz'ning Yunusobod filialini holis tavsiya qila olaman ishlashga. 👍
Aytgancha, namoz o'qishga va tahoratga yaxshi sharoitlar ham bor. Masjid ham yaqin.
Uyimga ham yaqin bo'lsa zo'r bo'lardi-da. 😢😄
#tavsiya
@JoshDeveloper
Lay-off'lar bizda tugadi adashmasam.
Dasturchilardan hech kimni chopishmadi adashmasam. Hamma joy tinchku kelsam. 😄
Recruiter opalar xafa bo'ladigan bo'ldi.🌚
@JoshDeveloper
Bugun ChatGPT'ni haqiqiy ishimda, haqiqiy muommolar ustida ham qo'llashni boshladim.
Mazza.
Undan qo'rqish kerak emas. Ko'pchilik qo'rqyapti ishimizni olib qo'ymasmikan deb. Qaytanga, undan foydalanish kerak. Mentor o'rnini bosyapti masalan. Qiynalgan joyimda, savol so'rayman. Javob beradi. Yozib bergan kodiga qarayman, xato joylarini to'g'irlab yozdiraman, olaman kodni, dasturga moslab chiqaman...
Bu yerda asosiy rolni baribir biz dasturchilar o'ynaymiz. 5-6 soat ustida o'tirishimiz mumkin bo'lgan muommolarni 20-30 daqiqada yechib tashlay olamiz. Bu yaxshiku ?)
Kim hali ishlatib ko'rmagan bo'lsa, sekin yo'lini topib ishlatishni boshlasin. Bilimingiz ham ancha tez o'sadi bu bilan. Yangi narsalar o'rganyapman o'zim masalan.
Shunaqa gaplar 🙂
Sayti sal qotib ishlashi mumkin. Angularda qilishmapti. Bo'laveradi ishlatsa lekin. 🌚
#chatgpt
@JoshDeveloper
EPAM sumkasida, ITransition ofisiga(CSpace Yunusobod) keldim bugun. 😄
Shuyerda bugun ishlab ko'rmoqchiman. Bilishimcha chiroq bilan bo'lgan muommolar hal qilingan ekan. Shunday bo'lsa, shuyerga qatnashni davom etishim ehtimoli katta.
Ikki hafta dam olishdan keyin, endi bugun mana ishga chiqdim. Dam olish yaxshi ekan 😂.
Shunaqa gaplar 🙂
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
"Ortda qolyapman" demang.
Juda foydali post yozibdi Linkedin'da bir inson. Shunga o'z izohimni yozmoqchiman.
Barchaning o'z "timezone"i bor. Barchada vaqt har xil. Bu xuddi, hozir Yaponiyada soat 19:08 bo'lsa, bizda hali 15:08. Bu degani biz 4 soat ortda qolayotganimizni bildirmaydi. Balki, biz o'z vaqtimizdamiz. Ular o'zinikida.
Siz ham o'z vaqtingizni yashayapsiz. Boshqalar o'zinikini. O'z vaqtingizni birovnikiga solishtirmang. Kimdir 20 yoshida erishgan narsaga, siz endi 25 yoshingizda erishgandirsiz, ammo siz kech qolgansiz deyilmaydi. Siz o'zingizga berilgan vaqtdan foydalanyapsiz, ular o'zinikidan. Kimniki qancha ? Alloh biladi.
Shunday ekan, boshqalar bilan o'zingizni solishtirmasdan, o'z hayotingizda, o'z vaqtingizda yashang. Ularga hasad qilmang. Balki, o'z vaqtingizni mehnatga, ilm olishga sarflang. Ustingizda ishlang. Siz qo'lingizdan kelgan harakat ila erishganingiz, o'z vaqtida erishganingizdir. Na kech va na erta.
@UmarSadullayev
Chegirma 🌚
Frontint.uz kursiga bir kunlik katta chegirma e'lon qilmoqchiman.
14-Fevral kuni barcha tariflar uchun 15% chegirma beriladi. Chegirma bir kun amal qiladi.
Kimga qiziq bo'lsa frontint.uz saytidan ma'lumotlarni ko'rib, bizga bog'lanishi mumkin.
14-Fevral kungi chegirmadagi narxlar quyidagicha:
Classic - 690 000 so'm, 586 500 so'm
Pro - 750 000 so'm, 637 500 so'm
Premium - 850 000 so'm, 722 500 so'm
Ulgurib qoling. 🌚
@JoshDeveloper
Bugungi meetup'ni yozib olishdi. Xudo xohlasa, yaqinda videosi chiqadi.
#stay_tuned
@JoshDeveloper
Texnik "podcast"larni yo'lga qo'ymoqchi ekanligimni aytgan edim.
Shu "podcast" seriyalariga nom topolmay yuribman. Bir maslahatlashmaymizmi ? 🙃
"Josh Podcast" degan taklif keldi. Yaxshimi ? 😅
Aytgancha, ertaga WebBrain'dagi JS marafoniga keling. Men ham bo'laman inshaaAlloh.
@JoshDeveloper
JavaScript "otasi" Brendan Eich'ning Lex Fridman'ga bergan salkam 3 soatlik podcastini ko'rib qoldim.
Sizlarga ham ulashmoqchiman. Videoda JavaScript qanday dunyoga kelganidan tortib, dasturchilarga maslahatlargacha bor.
https://youtu.be/krB0enBeSiE
#podcast
@JoshDeveloper
Kanalimizda texnik "podcast"lar uyushtirishni yo'lga qo'yishni anchadan beri o'ylab yurgandim. Endi shunga kirishishni boshlayapman.
Xudo xohlasa, ilk mehmonlar bilan ilk texnik mavzuda
podcast" uyushtiramiz.
#stay_tuned
@JoshDeveloper
Shanba kuni tepadagi mavzuda berilayotgan ba'zi savollarga javob beraman.
Masalan, boshqa freymvorkka o'tish qachon to'g'ri va qachon noto'g'ri kabi.
Kanalda Live yoqib qo'yishni o'ylayapman, shunda uzoqdagilar ham eshita oladi.
inshaaAlloh
@JoshDeveloper
Tepadagi fikrlarimni to'liqroq yozishga vaqt topdim mana.
Rasm ham chizdim 😅
Mana nega React'ni "hate" qilaman.
Shaxsan o'zimga kelsak, biror texnologiyani yomon ko'radigan darajada ahmoq emasman. Ammo, ma'lum bir maqsadlar uchun o'zimni shunday ko'rsatishim mumkin.
React kutubxonasini Angular freymvorkidan kuchsiz deyish noo'rin. Aslida ikkisi ham o'z o'rniga ega.
Ikkisini ham ishlatiladigan o'rinlari bor.
"Hate" qilishimga asosiy sabab esa, bizda balans buzilib ketganligi. Indeed.com va djinni.co saytlaridan olingan ma'lumotlar yordamida tepadagi rasmni chizdim. Bizda balans buzilganini shu orqali tushuntirmoqchiman.
Bu real hayotda bo'layotgan narsa. Ish qidirib yurgan Frontend'chilarni 80-90% qismi React'chi bo'ladi. Shaxsan o'zim, telegramdagi ishsizlik bo'yicha yozishmalarimga qarasam, Angulardan ish qidirib yurgan birorta Middle dasturchini bilmayman. Ammo React'dan, juda ko'p. Junior'lik davrida barchasida ham qiyinchilik bo'ladi. Sababi balans buzilgan joyda vaziyat shunday bo'ladi. React'ni maqtayotgan odamlarga qarshi shu sabab gapiraman. Balansni buzishga qo'shimcha sababchi bo'lishadi chunki.
Bozorga kengroq qarasak esa, bu holat jiddiy muommolardan biri, ishsizlikka olib keladi. Shu sabab, Vue'ga kamroq tosh otaman, React'ga ko'proq. Chunki Vue'da balans bor. Ish ham o'rtacha, odamlari ham. React'da esa, ish ko'p, ammo odamlari esa 10-20+ barobar ko'p.
Angularda esa mazza. Ish o'rtacha, odamlar esa kamroq.
Bu gaplarimdan keyin, Vue va Angular dasturchilari "Nonimizni yarimta qilmasade shu bola" deyishi mumkin. Ammo, rizq Allohdan. Balansni ushlash orqali ko'pchilik ishsizlar ish bilan ta'minlanadi, raqobat ham kuchayadi. React ish e'lonlariga ham yuzlab odam topshirib "flood" qilib yubormaydi 😄. Yuzlagan React'chilar ish qidirib sarson bo'lmaydi. Xullas, me'yor bo'ladi.
Shu sabab o'quv markazlarini qilayotgan ishlariga gapiraman. Yo JS va Umumiy frontendni shu qadar zo'r o'rgatishsinki, bemalol xohlagan freymvorkida ishlay olsin(bu qiyin), yoki yiliga minglagan React'chilarni chiqarishdan oldin, ularni taqdirini ham o'ylab ko'rishsin, ular sizga ishonib shu sohaga kirgan. Bozorni o'rganib turib qaror qilish kerak.
Shunaqa gaplar 🙂
Biz Angular'chilar kamchilik bo'lsak ham bag'rimiz keng 😉
The battle's finished, the secret's revealed.
#angular #react #vue
@JoshDeveloper
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
