ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

前往频道在 Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

显示更多
5 143
订阅者
-524 小时
-227 天
-5930 天
帖子存档
Ishlayotganda kimdir musiqa eshitadi, kimdir tabiat ovozlarini va yana nimadirlar, kimdir esa hech narsa. Deyarli barchasini sinab ko'rib, ayta olamanki, menga ovozini paaast qilib, Qur'on tilovatini qo'yib ishlash yoqar ekan. 💯 Sinab ko'rishni maslahat beraman. Bo'sh paytingizda esa, ma'nolarini ham o'qib turishingiz mumkin. Ayniqsa mana bu tilovatni ko'p eshitaman: https://t.me/UmarSadullayev/875 #quran @JoshDeveloper

Dasturlashda qilayotgan daromadingiz halolligiga ham e'tiborli bo'ling. Masalan, 1. Ishlayotgan loyihangiz hukmi qandayligi biling. 2. Kuniga masalan 8 soat ishlashga kelishgan bo'lsangiz, 8 soat ishlab berishingiz kerak. Ammo, ish vaqti qanday o'tishini, vazifalaringiz nimalardan iborat ekanini kompaniya bilan kelishishingiz mumkin. Masalan o'zim, bu haqida ishlagan kompaniyalarim bilan gaplashganman va deyarli birhil javob olganman. Bunday, "Vazifangiz bo'lmasa yoki ertaroq bo'lsangiz, ish kunining qolgan vaqtida "Available" bo'lishingiz kifoya" degan ma'noda. Ya'ni, bo'sh paytim kompyuterda o'z ishlarimni qilishim mumkin, ammo 8 soat ichida "Available" bo'lishim kerak. Bu meni o'zimni holatim. Sizda kelishuv boshqacha bo'lishi mumkin. Ishlayapman deb, umuman o'zingizni ishlaringizni qilib yurgan bo'lsangiz, daromadingizni halolligiga e'tibor bering. Eng yaxshi yo'li, ishga kirishdan oldin hammasini kelishib olish, yoki allaqachon ishga kirgan bo'lsangiz, o'zlaridan so'rab olsangiz bo'ladi. #maslahat @JoshDeveloper

Josh*Podcast'ni kutayotganlar bormi?) Bu safargi mavzu nima haqida deb o'ylaysiz? #JoshPodcast @JoshDeveloper

O'zbek dasturlash olamida eng hurmat qiladigan insonlarimdan biri Farkhod aka Dadajonov bo'ladi. Katta ilm ulashib kelyaptilar. Alloh davomli qilsin, rozi bo'lsin. #respect @JoshDeveloper

Tajribali mentorlar bilan onlayn 1:1 uchrashuvlarni tekinga taqdim etayotgan saytni yuborib qolishdi. Ishlatib ko'rmadim, ammo ko'rinishidan juda ajoyib. Sayt linki: adplist.org Ishlatib ko'rganlar bormi? #tavsiya @JoshDeveloper

Dasturlashda har doim ham biror "Error"ni yechimini topish uchun u darajada katta bilim va tajribali bo'lish shart emas. Shunchaki "error message"ni o'qish kifoya. Deyarli barcha xatoliklar, qayerdan va nima sabab kelayotganini ko'rsatib turadi. Vahimaga tushmasdan, shunchaki nima yozilganini o'qib ko'rish kifoya. #maslahat @JoshDeveloper

Dasturlash guruhlaridagi holat. Falonchibek: Savolim bor edi. Falon narsa ishlamayapti, falon ishlar qildim, mana rasmi. Yordam bera olasizlarmi? Birnecha kundan so'ng. Insoflibek: Falonchibek, savolingizni Google'dan qidirib ko'ring. Falonxon 🧕: Savolim bor edi. Birnecha daqiqadan so'ng. Pistonchibek, Falonjon, Pitonchibek, Javajon, Reaktchibek, Angularchiboy: Nima savolingiz bor? Bering, yordam beramiz. #tanqid #qattiqTanqid @JoshDeveloper

Bir yaqinimiz iltimos yo'llabdi. Be-e'tibor bo'lmang. Koma holatidagi inson uchun tezkorlik bilan qon guruhi -4 bolgan donor kerak agar sizda shu qon guruhi bolsa yoki tanishlaringizda bo`lsa iltimos shu raqamlarga aloqaga chiqing: +998977748804 +998909307878

Metro vagonlarini ayollar uchun ajratishda taklif Rasmda metro vagonlarini birinchi va oxirgisi faqatgina ayollar(bolalari bo
Metro vagonlarini ayollar uchun ajratishda taklif Rasmda metro vagonlarini birinchi va oxirgisi faqatgina ayollar(bolalari bo'lsa ular ham) uchun ajratilishini, qolgan vagonlari esa ommaviy barcha uchun qolishini so'rab taklif chizdim. Dizaynerlar ko'rmasin faqat.🫣 Mutasaddi xodimlarga taklifimiz yoqsa va buni amalga oshirishsa hursand bo'lgan bo'lar edik. #taklif @JoshDeveloper

Repost from Umar Sadullayev
Bir birodarimiz metroda ayollar(+yosh farzandlari bilan) uchun alohida vagonlar ajratilishi haqida yozibdilar. Juda to'g'ri fikr. O'zini erkak deb hisoblagan hamma bu fikrga qo'shilishi kerak menimcha. Mutasaddilarga bu taklif yetib borsa yaxshi ish bo'lar edi. #taklif @UmarSadullayev

Ishdan haydalishim Bu "failure"ni kamchilik yaqinlarim biladi. Junior paytim bir joyga ishga kirgandim. Ish ofisda edi. Boshlanishiga hammasi yaxshi ketayotgandi, ishni tushunib ham qolgandim. Ammo, bir kuni... Sog'liqimda jiddiy muommolar yuzaga chiqishni boshladi. Eshitish qobiliyatim pasayishni boshladi. Xatto, shu darajaga chiqdiki, ishdagi insonlarni gaplarini arang ilg'ay olardim. Juda qattiq stress boshlandi. Buni boshidan o'tkazganlar tushunadi, juda qattiq stress edi. Shu stress oqibatida ko'plab xatolarga yo'l qo'yishni, kasallik oqibatida esa sog'lom muloqot olib bora olmaslikni boshladim. Shu orada karantin ham boshlanib ketdi, ofisga bir amallab qatnardik, moddiy sharoit juda og'ir damlar. Uyda deyarli ishlayotgan odam o'zim edim. Orada uyoq buyoqdan pul topib, kattaroq narxga "eshitish aparati" olishga majbur bo'ldik, uni tayyor bo'lishiga bir kun qolganda esa... Bir kun qolganda, boshliqim chaqirib, ishdan ketayotganimni aytdi. 😓 Shu kuni ko'chada qattiq xafa holatda, kezib yurganman... Qattiq ta'sir qilgan voqealar. Ammo, Alloh uni evaziga ko'plab boshqa tomondan yengilliklar bergan. Orada faqat uyda o'tirib ishladim, mayda ishlar. Ko'p o'tmasdan esa, ya'ni 19 yoshimda EPAM'ga kirgandim. EPAM'ga kirib ham, sarguzashtlar davom etgan, uni ham keyinroq yozaman inshaaAlloh. Bu "failure"dan olinadigan saboq shuki, sog'liqni asrang 🙂 Hayotda ba'zan shunday qiyinchiliklar va kamchiliklar bo'lib turadi. Ularni yengib o'ta olish, tuzatib bo'lmas kamchiliklarga esa ko'nika olish va boriga shukur qila olishning o'zi ham katta muvaffaqiyat. Asosiysi, tushkunlikka va stressga tushib qolmang, hozir shu davrlarni eslasam, shunchaki jilmayib qo'yaman. Shuncha stress va xavotir esa shunchaki battar zarar qilgan xolos. Shunaqa gaplar :) @JoshDeveloper

Every success story has its own pains, failures and patience. They may seem easy and simple to reach, but, what brings successful people there, is not always the seen, but the unseen, the efforts, the pains and the patience we don't see. ©️ Josh* P.s: Bir ilhom kelib qoldida :) Faoliyatimda ro'y bergan "failure"lar haqida yozaymi ? 🌚 @JoshDeveloper @JoshDeveloper

Huh 😄 Buyoqi qiziq bo'ldiku. Yaxshi gumon qilamizmi? 😅 #bard @JoshDeveloper
Huh 😄 Buyoqi qiziq bo'ldiku. Yaxshi gumon qilamizmi? 😅 #bard @JoshDeveloper

10 xil dasturlash tili orqali 10 ta web dastur yozish haqida Fireship video chiqargan ekan. Qiziq video bo'libdi. Marhamat: https://youtu.be/FQPlEnKav48 #backend @JoshDeveloper

Qaysi kompaniyani tanlasam ekan? 🤔 Ayni damda ish qidirish jarayonini juda ham passive ko'rinishini boshlab yubordim. Ya'ni, kompaniyalar va ular bera oladigan imkoniyatlarni o'rganyapman. Ko'p tanlovlar bor. Exadel, EPAM, FireArt va hkz. Hozir ish joyi shoshilinch bo'lmagan davrda, hammasi haqida o'rganib yuribman. Kerak bo'lganda ikkilanmaslik uchun. Keyin yana bir narsani o'ylayapman. O'zim uchun qiziqdek tuyulyapti. Ishlarga o'zim topshirib(yoki referral) ko'raymi yoki talab qandayligini bilish uchun Linkedin'ga "OpenToWork" qo'yib sinab ko'raymi? Birinchi usul tez va oson, ikkinchisi esa qiziq. Shu davr kelsa o'ylab ko'rarmiz birga sizlar bilan. Balki, ikkisini ham qilarmiz. Hali unga yetarlicha vaqt bor. 🙂 InshaaAlloh Shunaqa gaplar :) @JoshDeveloper

Google I/O ni dasturchilarga bag'ishlangan qismini ko'ryapman. Qo'rqinchli va hursand bo'ladigan yangiliklar bor... 🥶😄 Check it out: https://www.youtube.com/live/r8T0SnwHRNI?feature=share @JoshDeveloper

Kecha Google tomondan birqancha gigant kompaniyalarga zarbalar ro'y berganini yaxshi bilamiz. Microsoft, Apple va boshqa kompaniyalar bunga misol. Google'dagi Angular jamoasi ham yangiliklarni davom ettirishyapti. What's new in Angular ? https://youtu.be/uqWUv0dpib0 Bu bilan Meta'ga zarba berdi demoqchi emasman. O'zingiz tushunib olarsiz. 😅 (#joke - #hazil - #шутка - #yana_qaysi_tilda_yozay?) #updates

Repost from WTM Tashkent
Barcha IT ga qiziquvchi yoshlar uchun ajoyib yangilik! 13-may kuni Al-Xorazmiy maktabida Women Techmakers Tashkent jamoasi tomonidan eksklyuziv texnologiyalarga bag’ishlangan festival tashkillashtirilmoqda. Festivalda dasturlash bo'yicha musobaqalar, viktorinalar, robototexnika ko'rgazmalari va kompyuter o'yinlari chempionatlari kabi ko'plab qiziqarli o’yinlar ham rejalashtirilgan! 🏆🤖 Epam, Super Dispatch va Applied Labs kompaniyalari vakillari tomonidan uyushtiriladigan tezkor intervyularga qatnashmoqchi bo’lsangiz, o’z CVingizni ham birga olib kelish esingizdan chiqmasin 🤝 🖇 Havola orqali ro'yxatdan o'ting! Festivalda ko’rishguncha ✌️ @wtmtashkent

Google va Microsoft o'rtasida jiddiy jang davom etyapti. Google I/O'da juda katta zarbalar berildi. - Joke part - Ikki o'rtada Angular(Google) va bo'lajak C# .NET(Microsoft) dasturchisi sifatida kimga "balet" qilishni ham bilmayman. 🤷‍♂️😅 Tinchlik bo'lsin...🌚 @JoshDeveloper

Google'dagilar ChatGPT'ni "yutish" uchu ko'p ish qilishyapti. Google I/O'ni ko'rganlar nega unday deganimni tushunishadi. Bard'ga rasmlar bilan, xaritalar bilan ishlash kabi birqancha qo'shimchalar kiritishyapti... va hkz. The War has not finished yet. It's just started! @JoshDeveloper