Umar Sadullayev | Blog
Открыть в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Больше4 794
Подписчики
-624 часа
-307 дней
-2130 день
Архив постов
Intervyuga ilk ishtirokchini qanday haqqoniy yo'l bilan tanlashni o'ylayapman.
Bu borada sizning maslahatingiz qanday ?
Kommentda o'z fikringizni qoldiring.
@JoshDeveloper
Jum'a namozini qoldirmang.
Agar siz:
- Ayol kishi bo'lmasangiz,
- Borolmaydigan darajada betob bo'lmasangiz,
- O'zga din vakili yoki ateist bo'lmasangiz,
-Musofir bo'lmasangiz,
-Va boshqa shu kabi uzrli holatlarda bo'lmasangiz,
Jum'aga chiqing.
@JoshDeveloper
Angular routerda Authentication va Authorization haqida juda ajoyib va kulguli video topib oldim. 😂
Angularni bilmaganlar ham maza qiladi.
https://youtu.be/yjxOYsRkozQ
@JoshDeveloper
Eslatib o'taman!
Til bo'yicha so'rovnoma ertaga ertalab tugaydi va biz qaysi til tanlangan bo'lsa shunda qilamiz inshaaAlloh.
Bir necha kun ichida ilk ishtirokchini tanlab olamiz inshaaAlloh.
@JoshDeveloper
#Quran
Kahf surasi (to'liq)
Shayx Alijon qori
Jum'a kuni kuningizni Kahf surasini o'qish yoki eshitish bilan boshlang.
🌙
Jum'a muborak azizlar !!!
@JoshDeveloper
Soqolga qarshi ba'zi noqonuniy harakatlarga Rasul Kusherbayev ushbu videoda o'z fikrini bildiribdi.
To'g'risi videoni ko'rib hursand bo'ldim.
Bunday tor fikrlash rostan ham bizni IIV xodimlarimizga yarashmaydi.
Umid qilamiz, bunday holatlar boshqa kuzatilmaydi.
https://www.youtube.com/watch?v=EUEhVFTtXKc
@JoshDeveloper
JavaScript yoki TypeScriptdan har oy kanal a'zolaridan birini tanlab olib, texnik intervyu qilib borishimga nima deysizlar ?
Maqsadni katta qo'yish kerak.
Bizning eng katta maqsadimiz Musulmon sifatida , Robbimiz roziligi bo'lishi kerak.
O'tkinchi dunyo matohlariga aldanib qolmaslik kerak.
Oxirat hayotini ustun ko'rgan albatta inshaaAlloh ikki dunyoda ham yutuqqa erishadi.
Dunyo hayotini ustun ko'rgan oxiratdan nasibasiz qoladi.
Dunyoda nasibangizdan norozi bo'lgan paytingiz, ushbu oyat sizga kifoya qiladi:
"Balki sizlar ushbu dunyo hayotini ustun qo'yasizlar.
Xolbuki, Oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir"
A'la surasi , 16-17-oyatlar
E'tibor beryapsizmi ?
Ham yaxshiroq, ham boqiyroq!
Ba'zilar o'ylashi mumkin, "Endi Allohni rozi qilaman deb, dunyoni tashlab, kambag'al bo'lib yashaymi ?" deb.
Yo'q, aslo, siz milliarder ham bo'ling, ota-onangiz tirik va yoningizda bo'lsa ularni ham hursand qiling, ammo bu narsalarni maqsad qilmang. Bu narsalarni Alloh roziligi yo'lida ishlating. Boy bo'ling, qiynalganlarga Alloh yo'lida ehsonlar qiling, yaxshi yashang. Ammo boylik maqsadingiz bo'lmasin, balki Alloh roziligi uchun bir vosita bo'lsin.
Alloh barchamizni O'zi rozi bo'lgan bandalaridan qilsin, dunyo va oxiratning barcha yaxshiliklaridan nasibador qilsin. 🤲
@JoshDeveloper
Dasturchi sifatida vaqtimni barcha narsaga taqsimlashga qiynalardim. Shuningdek, daily todo, tasks list, reading list va hokazolar degandek.
Abduaziz Ziyodov(Python expert) Notion nomli dasturni tavsiya qildi.
Shuuuncha payt deganda bugun ishlatib ko'ryapman, "Shunaqa ham zo'r dasturni ishlatmasdan shuncha vaqt yurgan ekanman-a 🤦🏻♂️" deb yubordim 😄.
Sizlarga ham maslahat beraman.
notion.so
Rahmat Abduaziz tog'o 😉.
@JoshDeveloper
Google qilishni o'rganishni vaqti keldi.
Senior dasturchilar hamma narsani biladi deb o'ylaysizmi ?
Yo'q, balki google qilishni yaxshiroq bilishadi xolos.
Ushbu video sizga inshaaAlloh foydali bo'ladi deb o'ylayman.
"How to Google it like Senior Software Engineers"
@JoshDeveloper
"Failure - is kind of success that at least gives you experience and knowledge on what you fail on"
©️ Josh*Developer
"Muvaffaqiyatsizlik - bu sizga eng kamida shu narsa ustida tajriba va bilim beradigan 'muvaffaqiyat'ning bir turi.".
@JoshDeveloper
"Nega dasturchilikni tanladim o'zi. 😢"
Tahminan ushbu so'zlarni 1 marta bo'lsa ham hayolidan o'tkazmagan dasturchi bo'lmasa kerak.
Ba'zan ish qidirib, qidirib topa olmasdan tushkunlikka tushib qolgan dasturchi tomonidan, ba'zan ishi juda qiyinlashib ketgan dasturchi tomonidan yoki boshqa vaziyatlarda ko'plab aytiladigan so'zlardan biri desam adashmayman.
Ayni damda tan olib aytishim kerak-ki, bu so'zlar menda ham bo'lgan.
O'zim xohlagan Angulardan Ish qidirib oxirgi umidim bo'lgan joyga borganimda, uyerdan rad javob olganimda(xatto javob ham yozishmagan o'zi 😂), ishsiz, moddiy taraflama qiyinchiliklar bo'lganida, bu so'zlarni aytib qo'ygan paytim bo'lgan.
Ba'zan, bir qadam qolganida yengilib qolar ekanmiz, ba'zan bitta urunish qolgan paytda yengilib qolar ekanmiz.
Ayni , shu paytda o'zimizni qo'lga olib, qiyinchiliklarni matonat bilan yengib o'tish talab qilinadi. Ishlaringiz yurishmagan paytda bilingki, Allohni nusrati yaqin, har bir tashlagan qadamingiz sizni manzilingizga yaqinlashtirgani kabi, bugungi tushkunligingizni yengib katta-katta qadamlar bilan maqsadingiz tomon yurishingiz - sizni bir kun inshaaAlloh manzilingizga yetkazadi.
P.S: Ayni o'sha ishdan rad javobini olganimdan so'ng( aytganimdek aloqaga ham chiqishmagan ham😂), ko'p vaqt o'tmasdan, EPAMga ishga kirgan edim.
@JoshDeveloper
#EPAM_Training
🔥 EPAM oʻquv markazida Python tiliga kirish boʻyicha bepul treninglar toʻplami ochildi
Python boshqa tillardan aniq va ixcham kodi bilan ajralib turadi, shuning uchun u yangi boshlangich darajadagi talabalar uchun birinchi til sifatida juda qo'l keladi
🐍 Treningda siz:
🔹 OOP afzalliklari bilan tanishing
🔹 Tilning asosiy xususiyatlarini va uning sintaksisini o'zlashtiring
🔹 Funksiyalar va sinflar bilan dasturlaringiz imkoniyatlarini kengaytiring
🔹 Chiroyli va ixcham Python kodini yozishni o'rganing
Profilingizdagi havola orqali roʻyxatdan oʻting va oʻz falsafangiz orqali va koʻplab bepul oʻrnatilgan kutubxonalar bilan yanada qulayroq organing 💪
Haa, "Uka" so'zining ma'nosi shunday ekandaaa 🙁☹️
Shunaqa ukalar oramizda bormi 🙋♂😂
@JoshDeveloper
GDG Tashkent tashkilotchilariga shaxsan katta rahmat aytaman. Ancha yuqori atmosferada o'tdi bu yilgisi.
Davomli bo'lsin. 👍
*
@JoshDeveloper
Tepadagi So'rovnomalarni nega tashladim ?
Nega aynan soatlar bilan ajratib variantlar belgilashingiz xohladim ?
Bunga sabab biz ko'pchilikimiz "Vaqt boshqaruvi" haqida hech qanday tushunchaga ega emasmiz.
Sizga Alloh 24 soat vaqt beradi.
Ularni qanday ishlatishni tanlashda ixtiyorimiz bor.
Ba'zilar bir mashxur dasturchiga havas qiladi. Ba'zilar yana boshqaga.
Tahminan bunday so'zlarni hammamiz eshitgan bo'lsak kerak:
1. "Vo, anu bolani qara, mandan faloncha yosh kichkina lekin uje Senior/Middle dasturchi bo'lib faloncha pul topib yuribdi".
2. "Vo, mambu bola kecha sho'lpayib yurudi, hozir uje shunaqa ko'tarilib ketibdimi ?!"
3. "Vo, anu bola 10 pora Qur'on yodlapti !!!"
va hkz.
"E baraka topgur san telefoningni tegida pubg o'ynab, instagramda layklashib, telegramda xandonlashib o'tirganingda u bola o'zini ustida ishlagan" deydigan odam yo'q. 🙁
Hammasi borib borib, Alloh bergan 24 soat vaqtni qanday sarflashimizga borib taqaladi.
O'sha zo'r dasturchi ham, biznesmen ham, murattab qori ham o'z vaqtidan unumli foydalangani uchun hozir Alloh ularga shu darajalarni berib qo'yibdi.
Qorningiz ochsa ovqat yeyish uchun pismayib borasiz, ammo maqsadlaringiz yo'lida loqaydlik qilasiz va yana ertaga nega buni o'rganolmayapman, nega u mandan bilimli degan savollar bilan kelasiz.
1 soat kitob o'qishga, 7-8 soat rizq talab qilishga yoki kasb o'rganishga, 1 - 2 soat ibodatga, 1 soat yana boshqa foydali narsaga ajratish hammani qo'lidan keladi-ku, to'grimi ?
Hammasi o'z qo'lingizda, Alloh bergan umrni nimaga sarflaysiz o'zingiz tanlang va yaqinda uni hosilini olasiz.
Tag'in yomon hosil olib afsuslanib yurmang-a. 😉
@JoshDeveloper
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
