cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining Yoshlariga oid yangiliklar yoritib boriladigan axborot kanali!!! Murojaat va eʼlonlar uchun 👉 @mr_oybekk Yoshlar yetakchisi 👉 @Aziz_Fayziyev96

Больше
Рекламные посты
790
Подписчики
-124 часа
-37 дней
+3130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#men_donorman #bor_mehrimiz_senga_bolajon 🏢"TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida "1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan "Bor mehrimiz senga, bolajon!" shiori ostida beg'araz donorlik aksiyasi oʻtkaziladi.
💉 Donorlik tartibi: - 18 - 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (pasport bilan), - 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli, gazli yaxna ichimliklar, ertalabki nonushtada tuxum, yog‘, sut iste’mol qilmasligi, - sariq kasalga chalinmagan, D ro‘yxatda turmasligi lozim.
❣️Unutmang sizning bu ezgu amalingiz bir bemorning hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin!                                                         Aksiya joriy yilning 1-iyun kuni soat 9:00 dan - 16:00 gacha bo'lib o'tadi.   ☎️Murojaat uchun: Institut psixologi D.Turdiqulova Tel: +998903417706 ♦️Aksiyada siz ham faol ishtirok eting!
Bizni kuzating
🌐 "Yoshlar ittifoqi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz: 🔗 Telegram  Instagram  Facebook
Показать все...
👍 1
⚡️Машҳур хонандалар эртага Қаршида гала-концерт беришади. Кириш мутлақо текин🥳 Насаф жамоасининг Ўзбекистон Суперкубоги - 2024 соҳибига айлангани шарофати билан, эртага соат 19:00 да Қарши шаҳридаги «Марказий» ўйингоҳда Жаҳонгир Позилжонов, Сардор Мамадалиев, Лола Аҳмедова ҳамда таниқли бошловчи Аҳрор Қўшматовлар иштирокида катта гала-концерт бўлиб ўтади. Кириш мутлақо текин. Қарши шаҳри. 31-май. Марказий ўйингоҳ (Насаф стадион). Соат 19:00. 🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇 https://t.me/+UjOf6LoeHTEyZWQy
Показать все...
👍 1
Repost from Manaviyat.edu.uz
🗣Talabalar orasida islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, yaratilgan sharoitlar va ularning dunyoqarashini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok eting! 👉 So‘rovnomaga qatnashish
Показать все...
👉 So‘rovnomaga qatnashish
#Intellektual_haftalik
Bugundan Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual haftalik boshlandi. Intellektual haftalikda "TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti jamoasi ham ishtirok etmoqda.
“Intellektual haftalik” Respublika bosqichi “Zakovat” o‘yinida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga mos ravishda: 1-o‘rin 50 mln so‘m; 2-o‘rin 30 mln so‘m; 3-o‘rin 15 mln so‘m topshiriladi. “Breyn-ring” o‘yinida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga mos ravishda: 1-o‘rin 50 mln so‘m; 2-o‘rin 30 mln so‘m; 3-o‘rin 15 mln so‘m topshiriladi. “Shaxsiy o‘yin”da g‘olib va sovrindor bo‘lgan bilimdonlarga mos ravishda: 1-o‘rin 20 mln so‘m; 2-o‘rin 15 mln so‘m; 3-o‘rin 10 mln so‘m topshiriladi. Jamoamizga omad tilab qolamiz! Musobaqa 28-31-may kunlari Zakovat arena binosida bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating
🌐 "Yoshlar ittifoqi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz: 🔗 Telegram  Instagram  Facebook
Показать все...
👍 4
01:06
Видео недоступноПоказать в Telegram
#5️⃣_yoshing_muborak 💧💧💧💧💧💧💧💧💧💧💧 💥💥💥💥💥💥💥💥 🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019 yil 28 maydagi 437-sonli qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali(hozirgi "TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti) tashkil etilgan.
Bizning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz: 💧 tiiamekb.uz  📝Telegram  💻  Instagram   📹 You tube
Показать все...
👍 1
Assalomu alaykum hurmatli oʻquvchilar, yangi guruhlarimizga start beramiz.Har bir guruhlarimizga 5 dona oʻquvchi qabul qilamiz. Darslarimizni hozirgi kunda Qarshi irrigatsiya va agro texnologiyalar institutida tarjimonlik qilib kelayotgan Durdona Sarmanova tomonidan olib boriladi.Siz dars davomida Turkiyaning bir qancha institutlarida ishlaydigan oʻqituvchilar bilan gaplashish imkoni ham boʻladi,ushbu ustozlar sizdan sinov imtihon olishadi.Biz sizlarni kutamiz. Durdona Sarmanova Türk tili oʻqituvchisining oʻquvchilaring 27.04.2024 TYS imtihonidagi natijalari. Türk tilini biz bilan oʻrganing. @UZB_Durdane
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📣DIQQAT EʼLON 📣 Qashqadaryo viloyati aholisi ayniqsa, yoshlar o'rtasida kibersportni rivojlantirish hamda ommalashtirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Counter strike" bo'yicha "Qashqadaryo viloyati hokimi" kubogi musobaqasi tashkil etiladi Batafsil nizom bilan tanishib chiqing Mazkur musobaqada kibersportga qiziquvchi barcha yoshdagi vohadoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin (yoshi chegaralanmagan) Musobaqa 3 ta (saralash, pley-off, hamda final) bosqichda bo'lib o'tadi. Shuningdek, musobaqada ishtirok etish uchun maxsus telegram bot orqali jamoaviy yoki yakka shaklda joriy yilning 1-iyun sanasidan 10-iyun sanasiga qadar elektron ro'yxatdan o'tishingiz mumkin Roʻyxatdan oʻtish uchun muddatdan oldin murojaat qilishingiz mumkin T.me/+998938547572 Ro'yxatdan o'tgan barcha ishtirokchilar 12-13-iyun kunlari "Viloyat hokimi kubogi" bosh sovrini uchun bellashadilar
Bizni kuzating
🌐 "Yoshlar ittifoqi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz: 🔗 Telegram  Instagram  Facebook
Показать все...
👍 1
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab: 🟠kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno); 🟢kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi; 🟠davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi; 🟢davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi; 🟠bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. 🟣Bunda: ✔️ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; ☑️ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; ☑️ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; ☑️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi; ❌ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
👍 2
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#tabrik Bitiruvchi yoshlarimizga tabrik Qadrli o‘quvchi-yoshlar! So‘nggi qo‘ng‘iroq... Oldinda esa imtihonlar, sinovlar va katta hayot! Tez orada sizning umr daftaringizning yangi sahifasi ochiladi – kasb egallash yo‘lida sizni yurtimizning oliygohlari, professional ta’lim maskanlari kutmoqda. Har biringiz o‘z orzungizdagi kasbni egallab, Vatanimiz, oilangiz va yaqinlaringiz koriga yaraydigan inson bo‘lib yetishasiz. Mutaxassis sifatida yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun mehnat qilib, qadr topishingizga ishonaman. Bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish niyatida bo‘lgan yoshlarga sinovlar o‘tgan yilgidan o‘zgacha bo‘ladi. Bir qarashda murakkabroq – o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun 75,6 ball etib belgilanadi. Shu bilan birga, sinovlar yanada adolatli bo‘ladi – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati beriladi. Bu yuqori ball olgan abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish, shuningdek, grantda o‘qish imkoniyatini kengaytiradi. Oliy ta’lim muassasasiga kira olmagan abituriyentlar esa test sinovlari natijasiga ko‘ra texnikum yoki kasb-hunar maktablariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu fursatdan foydalanib, sizlarni tarbiya qilgan, qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatlagan ota-ona va yaqinlaringizga, bilim va tarbiya bergan ustozlaringizga minnatdorlik bildiraman. Aziz yoshlar, katta hayot oldida turarkansiz, endi ulg‘ayganingizni, mas’uliyatni ham boshqacha his qilayotganingiz aniq. Orzularingizga, o‘z kuchingizga ishoning, yangi marralar sari intiling, oldingizga katta maqsadlar qo‘yib, ularga erishishda kuch va g‘ayrat hamisha sizga yor bo‘lsin! Yangi O‘zbekistonimiz bunyodkorlari sizlarsiz! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
👍 1
Repost from Edu.uz
Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 6 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil etilgan, Markaziy Osiyoda o‘xshashi bo‘lmagan universitet bugun har tomonlama yetuk va professional jurnalistik kadrlarni tayyorlashga o‘zining muhim hissasini qo‘shmoqda, bu borada salmoqli muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Universitet jamoasini, professor-o‘qituvchilari va talabalarini bu sana bilan tabriklagan holda, ta’lim sifatini yanada oshirish, sohadagi ilg‘or yutuqlarni o‘zlashtirib, o‘quv jarayoni va amaliyotga tatbiq etishda, bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning yangi jurnalistikasini barpo etishda yanada yuksak marralarni egallashni tilaymiz. Shu bilan birga, joriy o‘quv yilida universitetni bitirayotgan yoshlarimiz sohada o‘z o‘rnini topib, professional mutaxassis sifatida davlatimiz va jamiyatimiz rivojida kamarbasta bo‘lishlariga ishonamiz.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...