Best Education2019
Открыть в Telegram
BEST EDUCATION o‘quv markazi TODAY'S READER IS TOMORROW'S LEADER BIZNING MANZIL:ISHTIXON SHAHRIDA CHORRAHADA.MITAN SHAHARCHASIDA Shukrona to‘yxonasi old tomonida BURGER HOUSE yonida
Больше1 612
Подписчики
-724 часа
-107 дней
+730 день
Архив постов
1 611
Ingliz tili, Ona tili va adabiyot yo‘nalishi
166.2 bal
Ustozlari: Nuriddin va Maqsud ustozlar!
1 611
Repost from Xushnudbek.uz
❓ Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
#abituriyent
Ushbu postda ehtiyojmand xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma qanday hisoblanishini aniq misol bilan tushuntirmoqchiman.
Juda ko‘p xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq o‘qishga kiraman" deb o‘ylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan tashqari ular yuqori ball ham to‘plashi kerak, ya’ni bilim ham muhim.
Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika bo‘ylab kunduzgi ta’limga davlat granti asosida jami 2 mingta QO‘SHIMCHA kvota ajratilgan. Sirtqi, kechki va masofaviy ta’limda imtiyoz berilmaydi.
❗️Ko‘pchilik tavsiyanoma olganlar "menga ball qo‘shib beradi", deb o‘ylaydi. Bu ham xato. Mazkur tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi.
‼️BU MUHIM: 2 mingta o‘rin uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun imtiyozli kvota faqat BIRINCHI yo‘nalishga o‘tadi. Shu sababli birinchi yo‘nalishga kunduzgi ta’limni tanlash kerak. Agar birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyozli kvotaga da’vogarlik qila olishmaydi. Ya'ni tavsiyonama kuyadi. Birinchiga kunduzgini tanlab, 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishga sirtqi, kechki, masofaviyni tanlash mumkin.
Kvotalar hududlar kesimida bo‘lib chiqilgan. 2024-yilgi kvota mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24830
Hisoblash tartibi
Keling, Samarqand misolida ko‘rib chiqamiz. Samarqand viloyatida yashaydigan va tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun jami 227 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan. Demak, ushbu kvotalar Samarqandda doimiy ro‘yxatda (propiska) turadigan xotin-qizlar uchun ajratilgan, Samarqanddagi OTMlarga hujjat topshirganlar uchun emas. Samarqandlik tavsiyanoma olgan xotin-qizlar faqat Samarqandga hujjat topshirishi shart emas, ular istalgan hududni (masalan, Toshkent) tanlashi mumkin.
❓Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qo‘llanadi?
Buning tartibi quyidagicha, yuqoridagi rasmga qarang, tushuntiraman:
➖ tushunish osonroq bo‘lishi uchun Samarqand viloyatiga 5 ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz;
➖ aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi;
➖ yuqoridagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topshirgan (bu yerda osonroq tushunarli bo‘lishi uchun OTMlar nomlarini oldim, yo‘nalishlarga bo‘lib o‘tirmadim);
➖ abituriyentlar turlicha ball to‘plashdi;
➖ endi ularni olgan baliga qarab taxlab chiqamiz, xuddi 2-rasmdagi kabi;
➖ Samarqanddan tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abituriyentlar grant asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yashil rang bilan berilgan);
➖ rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini ko‘rish mumkin;
➖ qolgan xotin-qizlar o‘zining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda ishtirok etadi, ya’ni imtiyoz doirasida o‘qishga kira olmasa ham umumiy tartibda tanlovda qatnashaveradi.
Qissadan hissa shuki, Samarqand viloyatida jami aytaylik ming nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan bo‘lsa, ular orasidan eng ko‘p ball to‘plagan 227 nafar xotin-qizlar davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi.
ℹ️ Faqat yana bir jihati bor:
Dastlabki yillarda kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. 2022-yildan boshlab 3 ta sohaga alohida kvota ajratilmoqda:
1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari;
Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.
Sohalar kesimida 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20881
‼️MASLAHAT: agar bilimlaringiz yuqori bo’lmasa, unda o’tish bali pastroq sohani, ya’ni TEXNIKA sohasini birinchi yo’nalish sifatida tanlang. Chunki har yili texnika sohasida o’tish bali past bo’ladi (70 ball atrofida).
👉 @xushnudbek 👈
1 611
Repost from Xushnudbek.uz
❓Davlat granti uchun chegara nima degani?
#abituriyent
Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining chegarasi haqida ko’pchilik so’ramoqda. Bu raqamlar nimani anglatishini tushuntiraman.
Eng avvalo ushbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Ya’ni ma’lum bir oliygohning qaysidir yo’nalishiga ajratilgan kvotaning shuncha foizi miqdorida grant ajratilishi mumkin.
Keling, aniq misol bilan tushuntiraman.
• Yurisprudensiya uchun jami davlat granti kvotasi — 115 ta;
• Yurisprudensiya uchun davlat granti ulushi chegarasi — 10%;
• Toshkent davlat yuridik universiteti jami kvotasi — 650 ta.
Masalan, yurisprudensiya uchun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant chegarasi belgilanibdi.
Bu degani, bitta oliygoh yurisprudensiya yo’nalishi uchun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini davlat granti shaklida olishi mumkin, qolgani kontrakt bo’ladi.
Misol uchun, Toshkent davlat yuridik universitetiga jami 650 ta kvota ajratilgan. ❗️Bu grant va kontrakt uchun jami kvota hisoblanadi.
TDYU mana shu 650 ta kvotaning maksimum 10% qismini grant shaklida olishi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topshirgan abituriyentlar 65 ta grantgacha olishi mumkin. Qolgan 585 ta kvota kontrakt bo’ladi.
65 ta bu maksimum cheklov. Grant undan kamroq ham bo’lishi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga bog’liq.
ℹ️ Aytgancha, joriy yilda TDYU uchun yagona yurisprudensiya yo’nalishiga qabul bo’ladi. Avvalgi yillardagi kabi fakultetlar kesimida kvota tasdiqlanmagan. Talabalar keyinchalik fakultetlarga ajratiladi.
Agar yurisprudensiya uchun ajratilgan jami 115 ta grantning 65 tasini TDYU olsa, qolgan 50 tasi boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo’nalishida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi.
O’tgan yili Yuridik universitetga 25 ta davlat granti uchun kvota berilgandi. Bundan ko’rinib turibdiki, yangi tizim, ya’ni grant kvotasini oliygohlar kesimida emas, yo’nalishlar kesimida tasdiqlash amaliyoti aqlli abituriyentlarga ko’proq imkoniyat beryapti. Bu yaxshi.
👉 @xushnudbek 👈
1 611
Repost from Bilimni baholash agentligi
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida)
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 611
Repost from Bilimni baholash agentligi
Maktab ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 611
Repost from Bilimni baholash agentligi
2024-2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
✅ 2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:
👉 Kunduzgi ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Sirtqi ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Kechki ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Masofaviy ta’lim shakli — yuklab olish.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 611
Repost from Bilimni baholash agentligi
Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 611
Repost from Bilimni baholash agentligi
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 611
Repost from Bilimni baholash agentligi
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 611
Repost from Bilimni baholash agentligi
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 611
Repost from Bilimni baholash agentligi
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 611
Repost from Bilimni baholash agentligi
#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
❇️ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
✅ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
✅ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
⭐️ Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
