cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining rasmiy sahifasi Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi, 123-uy Ⓜ️ Web_sayt: www.mrdi.uz

Больше
Рекламные посты
3 139
Подписчики
+3124 часа
+907 дней
+36430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

02:10
Видео недоступноПоказать в Telegram
🟩🟩🟩🟩 🟥🟥🟥 🫥 ISTE’DODLAR MASKANI — 2024 2023/2024 о‘quv yili yakunlari bo‘yicha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan tashkil etilgan “Iste’dodlar maskani – 2024” tadbiridan lavhalar. ✅Facebook 🌐 Instagram Telegram  🌐 Web-sayt
Показать все...
20232024 o‘quv yili yakunlari (1).mp447.60 MB
👏 10👍 3 3❤‍🔥 2🎉 2🏆 2
🟩🟩🟩🟩 🟥🟥🟥 ✅“Ustoz-shogird an’analarini davom ettirishga qо‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bо‘yicha o‘quv yili yakunlari bо‘yicha uzoq yillardan buyon mehnat faoliyatining yuritib kelayotgan bir guruh faxriy professor-о‘qituvchilar – О‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Zaynutdin Faxrutdinov, “Badiiy kulolchilik va ta’mirlash” kafedrasi dotsenti Dilorom Toshxodjayeva, “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi professori, О‘zbekiston xalq rassomi Gafur Kadirov, “Muzeyshunoslik” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Usmon Qoraboyev, “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi professori, О‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Shuhrat Abdumalikovlar taqdirlandi.
👍Aytish kerak, institutda professor-о‘qituvchilar nafaqat ta’lim jarayoni, balki ilmiy-ijodiy sohalarni rivojlantirishga о‘zlarining munosib hissalarini qо‘shib, jonkuyarlik kо‘rsatib kelishmoqda. Shu sababdan, “Sohadagi samarali faoliyati uchun” nominatsiyasi bо‘yicha institutning “San’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Nigora Kultasheva hamda “Dizayn” kafedrasi mudiri, dotsent Nilufar Mannopova institut raxbariyatining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. 👍Shuningdek, о‘qish davri mobaynida a’lo о‘qishi, namunali xulqi, jamoat ishlaridagi faolligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadigan 18 nafar talabalar raxbariyat diplomlari bilan taqdirlanishdi hamda joriy о‘quv yilida institutni bitirgan 8 nafar magistrantlarga institutning ramziy diplomi topshirildi.
Facebook 🌐 Instagram Telegram  🌐 Web-sayt
Показать все...
🎉 9👍 4 3❤‍🔥 2👏 2🤗 2
🟩🟩🟩🟩 🟥🟥🟥 🫥 ISTE’DODLAR MASKANI — 2024 2023/2024 о‘quv yili mobaynida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida samarali pedagogik faoliyatini olib borgan professor-о‘qituvchilar, о‘z vazifasiga ma’suliyat bilan yondashgan ishchi-xodimlarning mehnatlarini e’tirof etish, о‘qishdagi muvaffaqiyati va jamoat ishlaridagi faolligi uchun iqtidorli talabalarni taqdirlash maqsadida, О‘zbekiston Kasaba uyushmalari saroyida an’anaviy “Iste’dodlar maskani – 2024” tadbiri tashkil etildi.
⚜️Ta’kidlash kerak, institutda о‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashadigan fidoiy ishchi-xodimlar talaygina. Shu sababdan institutda yil yakunlari hamda boshqa bayram tadbirlarida ana shunday xodimlar munosib taqdirlanib kelinmoqda. ⚜️“Iste’dodlar maskani – 2024” tadbirida “Yilning eng faol ishchi-xodimi” nominatsiyasi bilan о‘quv bino duradgori Aleksandr Xodjayev, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qо‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bо‘yicha “О‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi о‘qituvchisi, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sevara Jumayeva hamda “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi dotsenti Umida Xamroyevalar taqdirlanishdi. ⚜️“Yoshlar va biznesni qо‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan pedagogik faoliyati davomida yaxshi natijalarga erishayotgan, xalqaro tanlovlarda munosib о‘rinlarni egallagan, ijodiy-ilmiy faoliyatda yutuqlarga erishib о‘rnak bо‘layotgan bir qator yosh professor-о‘qituvchilar — “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi о‘qituvchisi Ziyodulla Farmonov, “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi о‘qituvchisi Mirjalol Xoliqov, “San’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi katta о‘qituvchisi Asal Rahmatullayeva, “Miniatyura” kafedrasi katta о‘qituvchisi Charos Payziyeva va boshqalar institut rahbariyatining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Facebook 🌐 Instagram Telegram  🌐 Web-sayt
Показать все...
👏 9 4❤‍🔥 1👍 1🔥 1🤗 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
👍👍👍👍👍 ✅Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga hujjat topshirgan abiturientlar diqqatiga! 🔴2024/2025-о‘quv yili uchun rejalashtirilgan ta’lim yо‘nalishlarining kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni bilan tanishing ✅ Rangtasvir (turlari bo‘yicha) Grafika: (turlari bo‘yicha) Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha) Amaliy san’at (turlari bo‘yicha)Dizayn (turlari bo‘yicha)Dizayn (sanoat dizayni)San’atshunoslik (tasviriy va amaliy san’at)San’atshunoslik (san’at jurnalistikasi)
❗️Hurmatli abituriyentlar, tanlagan ta’lim yо‘nalishlaringiz bо‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon о‘tkaziladigan kuni о‘zingiz bilan 2 dona 3×4 о‘lchamdagi fotosurat olib kelishingizni sо‘raymiz!
Facebook 🌐 Instagram Telegram  🌐 Web-sayt
Показать все...
👍 16🔥 7👏 3💯 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🗿ANONS Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Grafika” kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, mahoratli grafik rassom Xurshid Ziyaxanovning navbatdagi “Yozgi vernisaj” nomli ko‘rgazmasiga marxamat! 🗒️ Ko‘rgazma — joriy yil 1-iyul kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon saroyida ochiladi. 🔴 Barcha san’at ixlosmandlarini ushbu ijod namoyishiga taklif etamiz!
📍Manzil: Toshkent shahri, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 37-a uy
Facebook 🌐 Instagram Telegram  🌐 Web-sayt
Показать все...
👍 10🔥 3👏 1🏆 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🌷 Tavallud ayyom muborak! 🌷 Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Amaliy bezak san’ati” kafedrasi dotsenti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining faxriy yorlig‘i sovrindori, ustoz Tashxodjayeva Dilyaram Vaxidovna muborak 85 yoshni qarshi oldi!
🔴Ustoz Dilyaram Vaxidovna 1939-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 25 yildan ortiq vaqt mobaynida mazkur institutda turli lavozimlarda jumladan, Amaliy san’at fakulteti dekani, Badiiy kulol kafedrasi katta o‘qituvchisi, Magistratura bo‘limi boshlig‘i, Badiiy kulolchilik va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2017-yildan e’tiboran kafedrasi dotsenti vazifalaridan sermahsul mehnat faoliyatini yuritib kelayotgan fidoiy professor-o‘qituvchilardan biridir.
💐 Institut jamoasini nomidan Dilyaram Vaxidovnani qutlug‘ yoshlari bilan tabriklagan holda sihat-salomatlik, xotirjamlik, nabiralar va shogirdlar kamolini tilaymiz!Facebook 🌐 Instagram Telegram  🌐 Web-sayt
Показать все...
👍 18🎉 9👏 4 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tavallud ayyom muborak! Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining О‘quv-uslubiy bо‘lim boshlig‘i, “Madaniyat va san’at fidokori” kо‘krak nishoni sovrindori, dotsent Ismoilov Rixsillo Нamidovich tavallud topgan kun.
🔴Rixsillo Нamidovich mehnat faoliyati mobaynida O‘zMTRK rejessori, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Teatr san’ati fakulteti dekani, Xalq ijodiyoti fakulteti dekani, O‘quv ishlari bо‘yicha prorektori, О‘zbekiston Respublikasi Prezident devonining ommaviy axborot, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari bо‘yicha xizmati Bosh maslahatchisi lavozimlarida sermahsul mehnat qilgan.
💐 Institut jamoasini nomidan Rixsillo Нamidovichni muborak yoshlari bilan tabriklagan holda sihat-salomatlik, xotirjamlik, nabiralar va shogirdlar kamolini tilaymiz! Facebook 🌐 Instagram Telegram  🌐 Web-sayt
Показать все...
👍 18🎉 12 3👏 3❤‍🔥 1🥰 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
✅✅✅✅✅✅ Professor-о‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar! Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2023/2024 о‘quv yili yakunlari bо‘yicha samarali mehnat faoliyatini olib borgan, о‘z vazifasiga ma’suliyat bilan yondashgan xodimlarni hamda о‘qishdagi muvaffaqiyati uchun yuqori natijalarga erishgan talabalarni e’tirof etish va munosib taqdirlash maqsadida, an’anaviy “Iste’dodlar maskani – 2024” ma’naviy-badiiy tadbiri о‘tkazilishini e’lon qilamiz! 🔴Tadbir – joriy yil 27-iyun kuni soat 11:00 da О‘zbekiston Kasaba uyushmalari saroyida soat 11:00 da boshlanadi. 📌Manzil: Toshkent shahri, Buxoro kо‘chasi, 10-uy 🗺 Mо‘ljal: Beeline savdo ofisi rо‘parasi
“Yilning eng yaxshilari”ni taqdirlash marosimiga barchani lutfan taklif etamiz!
Facebook 🌐 Instagram Telegram  🌐 Web-sayt
Показать все...
👍 11👏 4🔥 3 2🤗 1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ☯️ XALQARO TA'LIM FORUMI 🫥 Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak taʼlim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” mavzusida Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumi bo‘lib o‘tdi. 🫥 Forumda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Administratsiyalari, ta’lim vazirliklari, oliy va professional ta’lim muassasalari, IT, madaniyat va madaniy meros, yoshlar tashkilotlaridan jami 150 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. 🫥 Mazkur forum doirasidagi tadbirlarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Umida Zunnunova ham ishtirok etdi. Forum dasturiga muvofiq dastlab forum yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy mamlakatlar bilan hududlararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Igor Maslov, Rossiya ilm-fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilyovskiy so‘zga chiqib, ikki tomonlama ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ahamiyati, ularning natijasi hamda istiqbolli rejalar haqida nutq so‘zladilar.Facebook 🌐 Instagram Telegram  🌐 Web-sayt
Показать все...
👍 6 4👏 2🕊 1
00:06
Видео недоступноПоказать в Telegram
criança-dançando.mp42.30 KB
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.