cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Telegramdagi rasmiy sahifasiga XUSH KELIBSIZ! Web page | https://dtpi.uz/ Facebook | https://facebook.com/DTPI.UZ/ Telegram | https://t.me/DTPI_uz/ Instagram| https://instagram.com/dtpi.uz/

Больше
Рекламные посты
1 324
Подписчики
-124 часа
-117 дней
-1830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#ijodiy_kecha Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida zullisonayn shoir bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi Bugun DTPI faollar zalida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, zullisonayn shoir, tarjimon, falsafa fanlari doktori, professor Jafar Muhammad Termiziy bilan ijodiy uchrashuv kechasi o'tkazildi. Shoir oʻzining ikki tilda yozgan she'rlari bilan tadbirga fayz kiritdi. Ijodiy uchrashuv talabalar hamda ijodiy jamoaning qizgʻin savol-javoblari bilan  koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. dtpi.uz
Показать все...
Repost from Grantlar.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya) Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi. Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi. Imtiyozlar: – Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi). – Yiliga 15 300 dollar stipendiya beriladi. – Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi. – Shaxsiy kompyuter beriladi. – Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi. Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi. Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2024-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oist-graduate-university-yaponiya/ @grantlar
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
📣Diqqat e'lon‼️ ⭐️ S. Amanjolov nomidagi Sharqiy Qozog`iston universiteti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika universiteti bilan hamkorlikda DTPI talabalarini (filologiya, tadbirkorlik va boshqaruv, aniq va tabiiy fanlar, pedagogika va psixologiya fakultetlari) 1 semestr davomida akademik mobillilik (talaba almashinuvi) dasturi doirasida o`qishga taklif etadi. ✨Afzalliklari: ✔️ bepul turar joy, ✔️madaniyatlar almashinuvi, ✔️yangi tajribalar, ✔️Qozog`iston bo`ylab sayohat. ⚠️Eslatma: 🔔Shartnoma (kontrakt) asosida o`qiyotgan talabalar o`qish pulini odatdagidek DTPIga to`laydi. Hech qanday ortiqcha mablag` talab etilmaydi. ➡️Talablari: ➕Talabgorlar 1-3 kurs bo`lishi, ➕rus tili yoki ingliz tilini bilishi(sertifikat talab etilmaydi), ➕fanlarni o`zlashtirishi yaxshi ko`rsatkichga ega bo`lishi shart. 🔽Muddat: 2024-yil 1-iyulgacha 🎙Qo`shimcha ma'lumotlar: ☎️ +998(90) 247 07 78 📱 https://t.me/dtpixab ▶️Bizni kuzatishda davom eting: 📱https://t.me/dtpixab
Показать все...
Repost from DTPI rasmiy kanali
Ota-onalarga tashakkurnomalar 🏢 2-sonli TTJ da namunali xulqi, ilmga chanqoqligi, jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turgan talaba-qizlarlar ko‘p. 🖌 Shu kabi bir guruh talaba-qizlarning ota-onalariga farzandining namunali xulqi, yotoqxonada tashkil etiladigan jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotganligi hisobga olinib, institut ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar tarqatildi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Показать все...
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: 🔹 tinglab tushunish; 🔹 o‘qish; 🔹 grammatika; 🔹 yozish; 🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 12-iyun kuniga qadar davom etadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52 👍 Imtihonlar 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi. iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
Repost from DTPI rasmiy kanali
#Xushxabar #Mirzo_Ulug'bek_vorislari #natija Xabaringiz bor Respublikamiz bo'ylab Mirzo Ulug'bek vorislari tanlovining Respublika bosqichiga start berilgan edi. Natijalar e'lon qilindi. G'oliblarga Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash Ulug'bek jamg'armasi raisi, akademik Oqil Salimov, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlantirish agentligi direktori Sharof Rajabbayev va boshqa mas'ullar diplom va sertifikatlarni topshirdilar. Quvonarlisi shundaki, institutimiz talabasi Navruzbek Ziyodullayev tuman, viloyat bosqichlarida 1-o'rin bilan g'olib bo'lgan holda Respublika bosqichiga chiqib faol ishtirok etdi hamda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining diplom hamda sertifikatlari bilan taqdirlandi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: @dtpi_yoshlari @dtpi_uz 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Показать все...
Repost from DTPI rasmiy kanali
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Yoshlar_ittifoqi #Rektor_kubogi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlar oʻrtasida sportning "Mini futbol" turi bo'yicha "Rektor Kubogi" musobaqasi bo'lib o'tadi. Sport musobaqasida har bir fakultet o'zining terma jamoasini shakllantirgan holda ishtirok etadi. G'oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 1-o'rin, darajali diplom, smart tv va kitoblar toʻplami; 2-o'rin, darajali diplom, mini pech va kitoblar toʻplami; 3-o'rin, darajali diplom, katta termos va kitoblar toʻplami. Manzil; Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Gulira'no ko'chasida joylashgan binoning sport maydonchasi. Sport musobaqasi 30 may kuni soat 16:30 da boshlanadi. Musobaqada ishtirok etish uchun @suxrobjon_xidirov manzilga ariza yuborishlaringiz lozim. Rasmiy sahifalarimini kuzatib boring; @dtpi_yoshlari @dtpi_uz 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Показать все...
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari ⚡️Taʼlim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi “Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son, 27.05.2024-y.) qabul qilindi. Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi: 🔴oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi; 🟣taʼlim krediti: ↪️oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida; ➡️oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. ❕Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno. ✔️Bunda taʼlim krediti: ☑️OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda; ▶️professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi. 🗓2024/2025-oʻquv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
Repost from DTPI rasmiy kanali
#matbuot_anjumani 🏢 DTPI “Biologiya va qishloq xo’jalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasiga O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 22-noyabrdagi 942-sonli qaroriga asosan Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Oliy ta'lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash" loyihasi doirasida o'quv laboratoriya jihozlari berilgan bo’lib, bugungi kunda laboratoriya jihozlaridan o'qituvchilar va talabalar dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarida unimli foydalanishmoqda. 📌 DTPI “Biologiya va qishloq xo’jalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi mudiri M.K.Xamraeva rahbarligida o‘quv-amaliyot laboratoriyalari va mavjud 2 sotix maydonda tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati bilan tanishtirish maqsadida Matbuot anjumani o’tkazildi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Показать все...
Repost from DTPI rasmiy kanali
Yakuniy davlat attestatsiyasi 🏢 Bugun, DTPI Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetining Axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan Matematika va informatika yoʻnalishi 1MI-2MI-2020 guruh bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazildi. 🖌 Yakuniy davlat attestatsiyasida komissiya raisi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialidan t.f.n. dotsent I.Boynazarov va komissiya a’zolari, DTPI ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori R.Mamajanov, Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti dekani M.Toshboboyev, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri T.Rajabov, Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan internati oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Mamatqulov, Axborot texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi U.Tursunbadalov hamda kotiba G.Doniyorovalar ishtirok etishdi. Yakuniy davlat attestatsiyasi yuqori saviyada, shaffof tashkil etildi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Показать все...
Перейти в архив постов