cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Vashington kundaligi

Jurnalist, yozuvchi va endi dasturchi Behzod Mamadievning kundaligi

Больше
Узбекистан14 605Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
4 034
Подписчики
-224 часа
-147 дней
-5430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Taqvodor, o'qimishli va pokiza o'rta yoshli ayol va yosh qiziga Nyu-York shahrida vaqtinchalik yashash uchun turar joy kerak. Iloji bo’lsa, dindor ayol kishi bilan yashashni xohlaydi. Shu masalada yordam bermoqchi bo’lganlar 1(714) 326-3579 telefon raqamiga yoki shu raqamdagi Telegramga bog’lanishlari so’raladi. @bmamadiev
Показать все...
👍 44
Фото недоступноПоказать в Telegram
2024-yil 16-iyun kuni Nyu-York shahri va atrofida yashovchi barcha vatandoshlarimizni birga hayit namozini o'qishga taklif qilamiz. Manzil: Kaiser Park, 2529 Naptune Ave, Brooklyn, NY 11224. Vaqti: 16-iyun, 7:00 O'zingiz bilan joynamoz olib kelishni unutmang! Namozdan so'ng bepul nonushta tarqatiladi. @bmamadiev
Показать все...
👍 29 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚠️ Viza xizmatlari bo'yicha AQSh hukumati yangi veb-sayt ochibdi. Endilikda iyul va kelgusi oylar uchun noimmigratsion viza suhbat o'rinlari ushbu sayt orqali e'lon qilinadi. Avvalgi suhbat tizimidan foydalangan holda iyun oyi uchun suhbat sanasini belgilagan viza murojaatchilari belgilangan sanada viza suhbatiga kelishlari va viza uchun to'lovni binoning ichida suhbatdan avval amalga oshirishlari mumkin. Saytda barcha ma'lumotlar o'zbek tilida mavjud. @bmamadiev
Показать все...
👍 22 3
Nyu-York sudi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampni porno aktrisaning og'zini yumish uchun noqonuniy tarzda pul berish, moliyaviy firibgarliklar, soliqdan bo'yin tovlash kabi jami 34 ta jinoyat bo'yicha aybdor deb topdi. Tramp jinoiy ishda aybdor deb topilgan AQSh tarixidagi birinchi sobiq prezident. Hukm 11-iyul kuni o'qiladi. @bmamadiev
Показать все...
👍 33😁 7👎 6
2025-yil uchun topshirilgan "Grin karta" lotereya dasturi natijalari e'lon qilindi. Quyidagi manzil orqali natijalarni bilishingiz mumkin: https://dvprogram.state.gov/ Javobni olish uchun ariza topshirilganda berilgan tasdiq raqami (Confirmation Number), familiya (Last/Family Name) va tug'ilgan yilingiz (Year of Birth) haqidagi ma'lumotlar kerak bo'ladi. Dastlabki soatlarda va kunlarda traffik katta bo'lgani uchun sayt ishlamasligi mumkin. Keyinroq qayta tekshirib ko'ring. Agar "Grin karta" yutgan bo'lsangiz, ekranda chiqqan xat quyidagi gap bilan boshlanadi: "You have been randomly selected for further processing in the Diversity Immigrant Visa Program for the fiscal year 2025". Tarjimasi: “2025-moliyaviy yil uchun Turli millatlarga mansub immigratsion vizalar dasturida arizangizni ko'rib chiqishni davom ettiirsh uchun siz tasodifiy yo'l bilan tanlab olindingiz”. Agar yutmagan bo'lsangiz, quyidagi qisqa xat chiqadi: "Based on the information provided, the Entry HAS NOT BEEN SELECTED for further processing for the Electronic Diversity Visa Program at this time". Tarjimasi: "Taqdim etilgan ma'lumotlar asosida bu ariza Elektron Turli millatlarga mansub viza dasturida qatnashish uchun TANLAB OLINMAGAN". Bu yil g'olib chiqqanlarga viza 2025-yilda beriladi. Hammaga omad yor bo'lsin! Yutganlar bo'lsa, izohlarda xabar bering. @bmamadiev
Показать все...
👍 24🔥 4 3
Amerikada dindorlik pasayib borayotgan ekan. 1965-yilda o’tkazilgan “Gallup” so'roviga ko’ra, amerikaliklarning 70 foizi din ularning hayotida "juda muhim" ekanligini ta’kidlagan; bugun ularning yarmidan kamrog'i (45 foiz) dinni "juda muhim" deb hisoblaydi. O'zini biror dinga yoki e'tiqodga mansub deb bilmaydiganlar soni 28 foiz bo'lsa-da, ularning bor-yo'g'i 4 foizi o'zini ateist deb bilarkan. Qolgani qandaydir ilohiy kuch yoki Xudo borligiga ishonadi. Demak, AQSh jamiyati hanuz boshqa rivojlangan yoki Yevropa davlatlariga qaraganda ancha dindor. Mamlakat asoschilari dindor bo'lgan va rasmiy marosimlarga ham ko'plab diniy ramzlarni kiritishgan. Masalan, "Biz Xudoga ishonamiz" iborasi pul birligida chop etilgan. Kongressning yangi yig’inlari, odatda, ibodat bilan boshlanadi. "Xudo, menga yordam ber" yozuvi prezident qasamyodining bir qismi. Respublikachilar saylovda, asosan, diniy qatlamga tayanadi. Siyosiy nomzodlar o'zini xudojo'y qilib ko'rsatishga urinadi. Isroilni hech qanday shartlarsiz qo'llab-quvvatlash siyosatining boshlanishi ortida ham injilchi nasroniylar turadi. Falastinda Isroil davlatining to'liq tashkil topishini yahudiylardan ham ko'ra, ana shu nasroniylar ko'proq xohlaydi. Chunki ularning e'tiqodiga ko'ra, aynan shundan keyingina Iso Masih yerga qaytib tushadi. @bmamadiev
Показать все...
👍 36😢 19 3👎 2😱 2
Futbol tugadi. 2-o'rin ham yomon emas. @bmamadiev
Показать все...
👍 55👎 17😁 6🔥 3
Sun'iy intellekt shu paytgacha internetda asosiy faoliyat turi bo'lgan qidiruv amaliyotida inqilobiy o'zgarishlarga sabab bo'lishi kutilyapti. Bu "Alphabet" (sobiq "Google") uchun katta tahdid. Chunki uning asosiy daromadi hanuz qidiruv xizmatidan keladi. Shaxsan, o'zimda internetdagi qidiruv ishlarimning katta qismi sun'iy intellekt asosida ishlaydigan chat botlarga ko'chgani kuzatilyapti. "Google" bu xavfdan yaxshigina ogoh va qidiruv xizmatini allaqachon sun'iy intellekt asosida qayta qurish ishlarini boshlab yuborgan. Ammo buning qanday ko'rinishda bo'lishi hali aniq emas. Bundan buyon ko'plab ommaviy saytlarda traffik pasayishini ham kutish mumkin. Chunki sun'iy intellekt bitta joyda turib internetdagi hamma ma'lumotlarni tortib olish imkoniyatini beradi. Ya'ni, siz savol-javob sahifasini tark etmasdan turib, istalgan onlayn manzildagi axborot va xizmatlardan foydalanishingiz mumkin. @bmamadiev
Показать все...
👍 47
Фото недоступноПоказать в Telegram
O'zbekistonning 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilari tarixda ilk bor Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdi va Osiyo kubogi musobaqasining finaliga chiqdi. Diqqatlisi, shu paytgacha bu jamoa musobaqada bir dona ham to'p o'tkazib yubormagan. Finalda ham shu an'ana saqlanib qolarmikin? :) @bmamadiev
Показать все...
👍 72🔥 7
Фото недоступноПоказать в Telegram
12 yil oldingi gap. Sun’iy intellekt orqali Meta (Facebook) shu ishni bugun amalga oshirmoqda. @bmamadiev
Показать все...
🔥 17👍 10
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.