cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Qashqadaryo.adliya.uz

Murojaat va takliflaringizni https://t.me/Qashqadaryo_adliya_onlayn_bot ushbu botga yuboring.

Больше
Рекламные посты
2 999
Подписчики
-6624 часа
-1277 дней
-12130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
🔰Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-iyuldan 2026-yil 1-iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi. 📁Huquqiy eksperiment doirasida: 🔸Adliya vazirligi huzurida Oliy apellyatsiya kengashi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida Apellyatsiya kengashi tashkil qilinadi; 🔸apellyatsiya kengashlari ma'muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi ma'muriy hujjatlarini sudgacha ko'rib chiqish natijasida ushbu hujjatlarni o'zgartirish, qisman yoki to'liq bekor qilish to'g'risida qarorlar qabul qiladi, bundan qonunchilikka muvofiq faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki o'zgartiriladigan hujjatlar mustasno; 🔸ma'muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi ma'muriy hujjatlarini apellyatsiya kengashlari tomonidan ko'rib chiqish manfaatdor shaxslarning shikoyatlari hamda davlat xizmatlarini ko'rsatishni monitoring qilish natijalariga ko'ra amalga oshiriladi; 🔸apellyatsiya kengashlarining qarorlari “E-qaror” elektron tizimida e'lon qilib boriladi, shuningdek, ma'muriy shikoyat bo'yicha ma'muriy ish yurituvi ishtirokchilariga belgilangan tartibda ma'lum qilinadi va ma'muriy organlar tomonidan ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi; 🔸apellyatsiya kengashlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor shaxs tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin, ma'muriy organlar uchun mazkur qarorlar qat'iy hisoblanadi va ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi
🔰Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga doir boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi. 📝 Aholining yagona elektron reyestri: 🔹O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi; 🔹tegishli davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko'rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug'urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko'rsatishda ushbu reyestrdan foydalaniladi; 🔹Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi
🔰Farmonga ko'ra, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 🔸maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o'qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimini joriy etish; 🔸Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish. ✅ Quyidagi institutlar tashkil etiladi: ➖Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti; ➖Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi
🔰Farmonga ko'ra, aholi va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida: 🔘2024-yil 1-iyuldan: 🔹elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari va YIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi; 🔹intellektual mulk obyekti ro'yxatdan o'tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etiladi. ✅ Shuningdek, Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berildi: 🔸intellektual mulk to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda xulosa berish; 🔸kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash bo'yicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar o'tkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qo'yish va yo'q qilish; 🔸intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirish. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Fuqarolarga protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashiladi
🔰Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatishning quyidagi tartibi joriy qilinadi: 🔹Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi; 🔹huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur bo'ladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ'ibot kuni etib belgilandi
🔰Farmonga ko'ra, mahallalarda haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ'ibot kuni etib belgilandi. ✔️ Huquqiy targ'ibot kunida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: ➖“Online-mahalla” platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish; ➖aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish; ➖ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta'minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo'yicha tizimli huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish; ➖kundalik hayotda eng ko'p zarur bo'ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan YIDXP (my.gov.uz) va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to'g'risida huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi
🔰Farmonga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasida qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq: 🗓2024-yil 1-iyuldan: 🔹Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga ko'ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi; 🔹avval davlat ro'yxatidan o'tkazilgan (davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo'li bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bo'lgan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar to'g'risidagi ma'lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan ko'chirma berish bepul amalga oshiriladi; 🔹noturar joylarni boshqa shaxsga o'tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o'zida davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi; 📆 2024-yil yakuniga qadar: 🔸davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi; ❕Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi. 🔸fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan o'tish bepul asosda amalga oshiriladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Tuman (shahar) adliya bo'limlariga qo'shimcha vazifalar yuklatildi
Farmonga ko'ra, Adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo'limlariga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi: ➖joylarda aholi tomonidan ko'tarilayotgan dolzarb muammolarni ko'rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o'tkazish. ❕Bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini ko'rsatib borish;uyma-uy yurish va “Huquqiy ko'mak” aksiyalarini o'tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash; ➖“mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish; ➖aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatilishini ta'minlash; ➖yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish; ➖davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo'linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko'rsatib borish. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...