cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Huquqiy axborot | Lotin

Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal. ▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot ▪️|Rus tilida — @pravoinf ▪️|Ingliz tilida — @leginf

Больше
Рекламные посты
6 304
Подписчики
-324 часа
+177 дней
+2530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#2024_yil_1_iyundan 🔰Qonunchilikka ko'ra, “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi. 🔘Bunda: ➖ipoteka kreditlari 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to'rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash maqsadlari uchun ajratiladi; ➖ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Amal_qiling 🔰 Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish: 🔹fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 3 mln 400 ming so'mgacha); 🔹mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda (5 mln 100 ming so'mdan 6 mln 800 ming so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi. ✅ Shuningdek, sanitariyaga oid qonunchilikni buzish, odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishi mumkin: ➖BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish; ➖5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish; ➖2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ➖1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash; ➖5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. ‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi... Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Akademiya bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi
🗓 Qarorga ko'ra, Akademiyada o'quv jarayoni 2025/2026-o'quv yilidan boshlanadi. ✔️ Akademiyaga talabalarni qabul qilish parametrlari Respublika oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi doirasida belgilanadi. 📝 Akademiya talabalarining kontingenti, birinchi navbatda, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida rivojlantirilayotgan sport turlari bo'yicha so'nggi bir yilda Jahon, Osiyo va O'zbekiston chempionatlarida g'olib va sovrindor bo'lgan olimpiya va paralimpiya kollejlari, shuningdek, umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim muassasalarining bitiruvchilari orasidan ularning sport natijalariga qarab, saralash (seleksiya) asosida shakllantiriladi. ▶️ Bunda, Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan saralab olingan bitiruvchilar Akademiyaga to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichga qabul qilinadi. 📄 Akademiya bitiruvchilariga O'zbekistonda oliy ta'lim to'g'risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi. ✅ Akademiya talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq o'tkaziladigan respublika musobaqalarida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etadi. 📜 Akademiya bitiruvchilariga trenerlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun malaka sertifikati, istisno tariqasida, to'g'ridan-to'g'ri 6 yilga beriladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️O'zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi
“O'zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi 🔰Qarorga ko'ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O'zbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi. 📁Quyidagilar 2025/2026 o'quv yilidan Akademiya huzuriga o'tkaziladi: 🔹Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti; 🔹Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari. ✔️ Sport sohasida natijalari yuqori bo'lgan davlatlarning yetakchi oliy sport-ta'lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. 🏢 Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi. ▶️ Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalari a'zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi. ✅ Sportchilarga xorijiy tillar va O'zbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda o'rgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini o'z ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan O'zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o'qitish markazi tashkil etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Futzal bo'yicha Jahon chempionati yuqori darajada tashkil etiladi
“2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-195-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi 🔰Qarorga ko'ra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024-yil 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan 2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o'tkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi: 🔹2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita tarkibi; 🔹2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi. ✔️ Shuningdek, 2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo'ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. 🔍 Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o'tgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro'yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi. 🗓 2024-yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o'tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o'yinlariga chiptalari mavjud bo'lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo'l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi. ✅ Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o'tgan shaxslar hamda o'yin kunlari chiptalari mavjud bo'lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
00:14
Видео недоступноПоказать в Telegram
❗️Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar yer solig‘i to‘lamaydi
Manba: Soliq kodeksi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Amal_qiling 📦 Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni koʻp miqdorda bojxona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi: ➖BHMning 300 baravarigacha miqdorda jarima; ➖480 soatgacha majburiy jamoat ishlari; ➖2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ➖2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash; ➖5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. ‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi... Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
01:58
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlari ko'rsatiladi
Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#2024_yil_1_iyundan
❗️Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish takomillashtiriladi
✔️ Qonunchilikka ko'ra: 🔹tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo'lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko'rsatish tartibi joriy etiladi; 🔹xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro'yxatga olinadi; 🔹tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi: ➖xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o'tkaziladi; ➖profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi; ➖tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo'limlariga joylashtiriladi; ➖rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma'lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi 🔰 Qonunchilikka ko'ra, o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz hamda yolg'iz yashovchi keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar hamda ularni kuzatuvchi shaxslarga davlat sport tadbirlariga, teatrlarga va muzeylarga kirish bepul etib belgilangan. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...