Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
Открыть в Telegram
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
Больше881
Подписчики
Нет данных24 часа
-27 дней
-530 день
Архив постов
Бугун туман Адлия бўлими бошлиғи А.Муҳаммадиев, ўринбосари А.Холёроёв, Давлат хизматлари маркази бўлим бошлиғи Б.Қурбонов, бош мутахассис З.Шукуров ҳамда Х.Дўстлиги МФЙ "Ёшлар етакчиси" Ж.Негматовлар томонидан ўқувчи-ёшлар бўш вақтини тўғри ташкил этиш мақсадида "Заковат" интеллектуал ўйини ташкил этилди. Унда 11 синф ўқувчиларидан 4 та жамоа иштирок этиб фахрли биринчи 11-Г синфнинг "Келажак" жамоаси қўлга киритди.
Жамоа 9-май - Хотира ва Қадрлаш куни муносабати билан туман марказидаги "Мотамсаро Она" ҳайкали пойига гулчамбар қуйиш жараёнидан лавҳалар...
⚡️ Синф раҳбари бу...
Йил-ўн икки ой ўқувчилар ҳақидаги маълумотларни ҳали у шаклда, ҳали бу шаклда шакллантириб, бу рўйхатнинг қаёққа кетаётганини ўзи ҳам билмайдиган қоғозбоз.
Ўзи бир кунда бир марта кирадиган синф хонасининг озодалигига жавоб берувчи фаррош.
Ўқувчилари жанжаллашса, адолатли қози.
Ота-оналар исталган устознинг устидан шикоят қилиши мумкин бўлган, лекин қўлидан ҳеч нарса келмайдиган шахс.
Ўзининг ваколатидан кўпроқ нарсани бўйнига оладиган мард.
Ўқувчилари 11-синфни битириб кетганидан кейин бир йил ўтиб ҳам уларни ё ишга, ё ўқишга жойлаб, ё узатиб ФҲДЁ қоғозининг нусхасини топшириб қутуладиган буюк матонат эгаси.
Ўқувчиларини ёзда ҳам сувга чўкмаслигини, ўтда ёнмаслигини, уйидан қочмаслигини, кечаси санғимаслигини, ҳеч ким билан жанжаллашмаслигини назорат қилувчи инспектор.
Ота-онаси жўнатолмаган мактабга амаллаб олиб келадиган, имтиҳонларда ухлаб қолмаслиги учун қўнғироқ қилиб уйғотадиган, кеч қолса ўрнига гап эшитадиган, аммо шу меҳнатлари эвазига битириб кетгач, битта йўқлаб қўйишга ҳам арзимайдиган ўқувчиларини ортидан «болам», деб гапирадиган ҳокисор...
Аслида, бу заҳматларнинг ортида болажонларнинг бир оғиз «Устоз!» деб чақирган лутфи олдида ювилиб кетадиган қувонч ҳам бор...
Сиз нима деб ўйлайсиз?
©Феруза Салходжаева
👉 https://t.me/muallimlarga
Kitob tumani 1-sonli Sport maktabida Viloyat hokimi kubogi"Maktablar ligasi" sport musobaqasining ʼʼStol tennisiʼʼ turi boʻyicha tuman bosqichi musobaqalari boʻlib oʻtdi, musobaqada Tumanda O'g'il bolalar oʻrtasida faxrli 2-o'rinni 96-maktabning 11ʼʼDʼʼ sinf oʻquvchisi Mustafoyev Davron Qiz bolalar oʻrtasida faxrli 2-o'rinni 96-maktabning 6 ʼʼVʼʼ sinf oʻquvchisi Ravshanova Ruhshonalar egallashdi va VILOYAT bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.Ushbu oʻquvchilarni tayyorlagan Uztozi Djoʻrayev Murodullo Ziyadullayevich. Oʻquvchilarimizga Viloyat bosqichida omadlar tilab qolamiz
Мактабнинг 6-а синф раҳбари Турдиева Ирода Ғайратовна томонидан ташкил этилган ота-оналар йиғилишида бир гуруҳ аълочи ўқувчилар рағбарлантирилди...
+1
Ustoz uchun bundan ortiq e'tirof bòlmasa kerak. Men, 96-maktabda dars berayotganimdan, bu dargohda ta'lim berayotgan fidoyi ustozlardan ta'lim-tarbiya olayotgan òquvchilardan, va asosiysi shunday ajoyib muhit yarata olgan, òz sohasining haqiqiy egalari-rahbarlaridan minnatdorman!
🌇Qashqadaryo viloyati
Kitob tumani
🏢 96-IDUM
5-sinf 👭👬o‘quvchilari ijrosida
"Hotira va qadrlash" kuniga atalgan "Hotira aziz" qo‘shig‘ini dars jarayonida o‘quvchilar ijro etdi.
@Gayrat_Muhammad
✍#sheri
@Hasan_hushvaqtov
#musiqasi 🎹
Qashqadaryolik o'quvchi xalqaro olimpiadada 3-o'rinni egalladi
◼️Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyatidan 2 nafar o'quvchilar O’zbekiston terma jamoasi tarkibida Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Bolgariyaga jo‘nab ketgan edi.
◼️Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Bolgariya, Kipr, Buyuk Britaniya, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Shveytsariya, Turkiya mamlakatlaridan jami 138 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etgan.
◾️Terma jamoa a’zolari safida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Suyunova Madina 3-o'rin ya'ni bronza medaliga sazovor bo'ldi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
41-Bolqon Matematika olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.
⏰ Joriy yilning 27-aprel kuni Bolgariyaning Varna shahrida dunyoning 22 ta mamlakatlari terma jamoalari ishtirokida boshlangan 41-Bolqon Matematika olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra yurtimiz o'quvchilari 🥈2 ta kumush, 🥉3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Olimpiada g'oliblari bilan tanishing:
Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal
Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal
Suyunova Madina Muhiddin qizi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
Eslatib o‘tamiz, o’tgan yilgi 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥉 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi.
Barchangizni tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!
+7
9-"A", "B"," V" sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan yakuniy davlat nazorat imtihoniga start berildi...
