cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: [email protected]

Больше
Рекламные посты
11 911
Подписчики
-6524 часа
-6237 дней
+3 33030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Noto'g'ri talqin qilinayotgan video va audio yozuvlarga ishonmang!
Qashqadaryo viloyati fuqarolari va aziz pedagoglar!
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bo'rtirilgan audio, matnli xabarlar internetda tarqalgani kabi emas. Kuni kecha, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan. Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida "Oʻzbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlar olib borilmoqda. Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirlgi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmaganligini ma'lum qiladi. Jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish javobgarlikka sabab bo'ladi. Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Показать все...
👍 6
02:57
Видео недоступноПоказать в Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i va Global Education o'quv markazi rahbari hamkorligida "Kelajak yoshlari" deb nomlangan ingliz tili bo'yicha onlayn olimpiada g'oliblari taqdirlandi. 🏅G'oliblarga bevosita Global Education o'quv markazi rahbari Sardor Sodikov va Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rahbari o'rinbosari Davron Hamzayevich Tojiyevlar mukofotlarni topshirishdi. 💬 Bu olimpiada juda katta miqdordagi o’quvchilarni jalb qildi, ayniqsa 5-sinf o’quvchilari bu borada eng ko'pi bo'ldi. G'olib o'quvchilardan bir qanchasi onlayn olimpiadaning qanday o'tkanligi haqida o'zlarining fikrlari bilan bo'lishishdi. Bu tadbir yakunlandi, lekin, sizning ilmiy sayohatingiz davom etadi. Navbatdagi olimpiadalarda ham biz bilan birga bo'ling! 📸 Rasmlarni ko'rish Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Показать все...
Olimpi21adglo baal.mp4122.08 MB
👍 12
Repost from Saida Mirziyoyeva
01:02
Видео недоступноПоказать в Telegram
Kechagi konferensiyada taʼlimga oid masalalar bo‘yicha tajriba almashdik, xalqaro hamkorlar bilan muloqot jarayonida sohadagi ilgʻor usullar bilan tanishdik. Umid qilamanki, bu gʻoyalar metodikalarimizni yaxshilashga, oʻqituvchilarni taʼlim tizimidagi yangiliklarga tayyorlashga yordam beradi. - Вчера на конференции мы обменялись опытом в области  образования, узнали о передовых методах от международных партнёров. Надеюсь, что эти идеи помогут нам улучшить наши собственные методики и подготовить педагогов к обновлениям в сфере образования.
Показать все...
IMG_1850.MP412.09 MB
👍 3
Taʼlim muassasalarida yangi 2024-2025 oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda... Tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘i Farxod Jumanov tumandagi maktablarning yangi 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish yuzasida 5-20-26-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurdi. Maktab direktori va tegishli mas’ullar hamda homiylar tomonidan maktabning sinf xonalari, sport zallari, faollar zali va hojatxonalarini ta’mirlanishi hamda obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘rganish davomida olib borilayotgan ishlar jarayoni bilan yaqindan tanishib mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni oʻz muddatida va sifatli bajarilishiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan qator topshiriqlar berdi. https://t.me/chiroqchi_tuman_mmtb
Показать все...
👍 7
#xalqaro_hamkorlik #Incheon_taʻlim_festivali ⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BOSHLANDI Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichiga start berildi. Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi. Festivalning birinchi bosqichi joriy yilning 27-31-may kunlari Agentlik tizimidagi maktablar va umumtaʼlim muassasalarining koreys tilini B1 darajasida biladigan 7-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida onlayn formatda o‘tkazilgan edi. Eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar o‘quvchi Festivalning yakuniy bosqichida ishtirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazadi. Festival doirasida Koreya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Ta’lim yarmarkasi” ham bo‘lib o‘tadi. Festivalga Toshkent shahridagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda. Ertaga festivalning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 10 nafar ishtirokchi Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 9
#xalqaro_hamkorlik #Incheon_taʻlim_festivali #birinchi_kun ⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHIDAN FOTOREPORTAJ
Maʼlumot oʻrnida, ertaga festivalning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 10 nafar ishtirokchi Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Anjuman qatnashchilari taʼlim sifati, bu sohadagi joriy tendensiyalar borasida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar. Taʼlim sifatini yaxshilash – davlatimiz siyosatining, olib borilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri. Pedagoglar jamiyatda eng muhim oʻrin tutgan kasb egalaridir. Insonni tarbiyalab, atrofdagilarga, madaniyatga, Vatanga munosabatimizni shakllantiradigan asosan shular. Agar davlatni bir daraxt deb tasavvur qiladigan boʻlsak, oʻqituvchilarni uning ildiziga qiyoslash mumkin. Ishonchim komilki, daraxtning ildizi chuqur, baquvvat boʻlmas ekan, koʻkka boʻy choʻzolmaydi, gullab-yashnamaydi, meva bermaydi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston taʼlim tizimini takomillashtirishga bu qadar katta eʼtibor qaratib, pedagoglarimizni xalqaro dasturlarda ishtirok etishga, dunyoning eng ilgʻor tajribalarini qoʻllashga undamoqda. - Сегодня состоялась международная конференция «Успешные реформы — устойчивые результаты», на которой участники поделились своими взглядами на текущие тенденции и качество образования. Повышение качества  образования является важнейшим направлением нашей политики и проводимых реформ. Педагоги — самые важные профессионалы в обществе,  потому что во многом именно они воспитывают и формируют наше отношение к людям, культуре, стране. Если государство представить в виде дерева,  то они будут его корнями. И я убеждена, что дерево без глубоких, сильных корней не вырастет высоким, цветущим и плодоносящим. Поэтому Узбекистан уделяет так много внимания совершенствованию системы образования, поощряет педагогов участвовать в международных программах и внедрять лучшие мировые практики.
Показать все...
👍 6👏 1
Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i ko'krak nishoni bilan taqdirlandi Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Asror Suyunov "Maktabgacha va maktab ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Shu munosabat bilan, tumandagi 16-sonli umumta'lim maktabida tadbir tashkil etildi. Tadbirda so'zga chiqqan tuman hokimi o'rinbosari Bekzod Eshonqulov tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va milliy istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnati hamda soha rivojiga qo'shgan munosib hissasi uchun Asror Suyunovga tuman hokimining tashakkurnomasi ham topshirildi. Kanalga ulaning 👉@kasbi_tuman_hokimligi
Показать все...
👍 25
Перейти в архив постов